Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI REKTORLARINI DAVLAT ATTESTATSIYASIDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uzluksiz taʼlim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishdagi oʻrnini, kasbiy, maʼnaviy va tashkilotchilik sifatlarini aniqlash, ularning tashabbuskorligi va ijodiy faolligini rivojlantirish, shuningdek, joriy yilning 21-iyulida Vazirlar Mahkamasining majlisida oldinga qoʻyilgan kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga qoʻyish vazifasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi hissalarini aniqlash, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil etish ishlari holatini baholash uchun oliy taʼlim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasidan oʻtkazilsin.
3. Respublika komissiyasi:
bir hafta muddatda oliy taʼlim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasiga oid meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtirsin;
oʻn kun muddatda iqtidorli yosh olimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar zaxirasini yaratsin;
oliy taʼlim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasini Nizom talablariga rioya qilgan holda 2000-yilning avgust-sentyabr oylarida oʻtkazsin va oʻz xulosalarini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Attestatsiya jarayonini adolatli va xolisona oʻtkazish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi bilan birgalikda har yili avgust oyida oliy taʼlim muassasalari reytingi haqidagi maʼlumotni Respublika komissiyasiga taqdim etsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari X.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 16-avgust,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325- son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish Respublika komissiyasi
TARKIBI
| 1. | Karomatov H.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| 2. | Risqiyev T.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, rais oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
| 3. | Qurbonov Sh.E. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh inspektori |
| 4. | Vorisov A.K. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi, masʼul kotib |
| 5. | Gʻulomov S.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| 6. | Joʻrayev R.H. | — | Xalq taʼlimi vaziri |
| 7. | Polvon-zoda A.A. | — | Adliya vaziri |
| 8. | Ibrohimov Sh. | — | Mehnat vaziri |
| 9. | Nazirov F.Gʻ. | — | Sogʻliqni saqlash vaziri |
| 10. | Joʻrayev X.R. | — | Madaniyat ishlari vaziri |
| 11. | Habibullayev P.Q. | — | Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi |
| 12. | Abdullayev F.S. | — | Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori |
| 13. | Zohidov R.K. | — | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisi |
| 14. | Maxsitov B.M. | — | Davlat sport qoʻmitasi raisi |
| 15. | Qoʻziyev T.K. | — | Badiiy akademiya raisi |
| 16. | Abdullayev Sh.Y. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 17. | Joʻrayev A.M. | — | Qishloq va suv hoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
| 18. | Karimov A.A. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakchi konsultanti |
| 19. | Muhiddinov M.M | — | Davlat test markazi direktori |
| 20. | Ubaydullayeva R.A. | — | “Ijtimoiy fikr” markazi direktori |
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 16-avgustdagi 325-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari rektorlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
2. Davlat attestatsiyasi:
rektorlarning kasbiy sifatlarini va oʻzlari rahbarlik qilayotgan oliy taʼlim muassasasida taʼlimni tashkil etishda ularning oʻrnini;
davlat taʼlim standartlari, taʼlim darajasi hamda kadrlar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablar bajarilishining taʼminlanishini;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holatini;
taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilishi, zamonaviy oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlarning yoʻllanishini;
fan va ishlab chiqarishning taʼlim jarayoni bilan integratsiyasini;
xalqaro hamkorlik amalga oshirilishini;
moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi va boshqa ishlarning yoʻlga qoʻyilishini xolisona baholash maqsadida oʻtkaziladi.
3. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining davlat attestatsiyasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Davlat attestatsiyasi, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha turdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari uchun majburiydir.
5. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining attestatsiyasi kamida 5 yilda bir marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda vakolatli davlat organlari tashabbusi bilan navbatdan tashqari davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi mumkin.
II. ATTESTATSIYANI OʻTKAZISh TARTIBI
6. Respublika komissiyasining ish muddati va jadvali uning raisi tomonidan belgilanadi.
7. Oliy taʼlim muassasalari rektorlari davlat attestatsiyasi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
8. Attestatsiyadan oʻtkaziladigan rektor attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda komissiya attestatsiyani boshqa muddatga koʻchirishi mumkin. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan qatnashmagan rektor attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
9. Respublika komissiyasining majlisi komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Attestatsiya toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli va majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
10. Davlat attestatsiyasi yakuni toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirish bayonnoma koʻrinishida amalga oshiriladi.
Bayonnomaga attestatsiya stenogrammasi hamda majlisga aloqador barcha hujjatlar ilova qilinadi.
11. Har bir rektorga shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi rasmiylashtiriladi. Mazkur jildga rektor toʻgʻrisida batafsil maʼlumot, oliy taʼlim muassasasi boʻyicha maʼlumotlar, attestatsiya oʻtkazilishi va uning yakunlari boʻyicha barcha zarur hujjatlar tikiladi.
12. Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining Davlat attestatsiyasi yakuni toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirish komissiya tomonidan belgilangan shakllarga binoan amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
13. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatiga vazirlik va idoralar xodimlarini va mutaxassislarini jalb etadi, oliy taʼlim muassasasidagi taʼlim-tarbiya va ilmiy-uslubiy ishlarning holatini atroflicha koʻrib chiqadi, sotsiologik tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazadi.
14. Davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Davlat attestatsiya komissiyasining xulosasiga koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori:
— egallab turgan lavozimiga loyiq;
—egallab turgan lavozimiga noloyiq;
—attestatsiyadan shartli oʻtgan deb eʼtirof etiladi.
16. Attestatsiyadan shartli oʻtgan rektor 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiyadan oʻtuvchi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb eʼtirof etilgan holda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimidan ozod qilinadi.
17. Lavozimga yangi tayinlangan oliy taʼlim muassasasi rektorining attestatsiyasi uning mehnat faoliyati boshlanganidan kamida bir yildan soʻng oʻtkaziladi.
18. Oliy taʼlim muassasalarining rektorlari davlat attestatsiyasi yakunlari boʻyicha nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.