Bank sohasidagi qonunchilik hujjatlarida bir-birini takrorlaydigan vazifa va funksiyalarni bartaraf etish hamda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi “Xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar o‘z vaqtida o‘tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1154-son Farmonining 5-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4609-son Farmonining 7-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoniga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi “Banklardagi depozit hisobvaraqlardan naqd pul to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-iyuldagi “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 356-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-fevraldagi “Naqd pul tushumidan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 29-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-dekabrdagi “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 548-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 4-avgustdagi “Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish to‘g‘risida”gi 332-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-apreldagi “1999-yilning II choragi uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlari to‘g‘risida”gi 186-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyuldagi “1999-yilning III choragi uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlari to‘g‘risida”gi 338-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 362-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 504-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi “2000-yilning II choragi uchun naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlari to‘g‘risida”gi 154-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-yanvardagi “2001-yilgi naqd pul emissiyasi darajasi va kassa rejasi parametrlari to‘g‘risida”gi 53-son qarori.
15. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 264-son qarori.
16. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi “Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 88-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-son qarori.
19. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi iste’molchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi hamda ushbu Nizomga 1-ilova.