13.09.2021 yildagi O‘RQ-713-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash (bundan buyon matnda seysmik xavfsizlikni taʼminlash deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizual tekshiruv — tayanch konstruksiyalardagi, qoplamalar va devorlardagi yoriqlar hamda shikastlanishlarni aniqlash uchun binolar va inshootlarning texnik holatini koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila — yer qobigʻining yoki yer ustki qatlamining toʻsatdan roʻy bergan siljishi, yemirilishi yoki oʻpirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan toʻlqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila oqibatlarini bartaraf etish — sodir boʻlgan zilziladan keyin amalga oshiriladigan va inson hayotini saqlab qolishga, zararni hamda moddiy yoʻqotishlarni kamaytirishga qaratilgan tezkor avariya-qutqaruv ishlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila epitsentri — zilzila oʻchogʻiga toʻgʻri keladigan yer yuzasidagi nuqta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
instrumental-texnik tekshiruv — maxsus kuzatuv, oʻlchov va nazorat vositalaridan foydalangan holda binolar hamda inshootlarning texnik holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter oʻlchovi boʻyicha 5,0 va undan yuqori boʻlgan zilzila;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik jihatdan zaiflik — binolar va inshootlarning konstruksiyalarida zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shikastlanishlar hamda yemirilishlarning koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik jihatdan hududlashtirish — hududlarni ilmiy tahlil asosida seysmik xavf darajasi boʻyicha tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori boʻlgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oraligʻida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berishi ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xatar — muayyan hududda zilzilalardan koʻriladigan ehtimol tutilgan ijtimoiy va iqtisodiy zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar — Oʻzbekiston Respublikasi hududida seysmik rejim oʻzgarishining monitoringini amalga oshiruvchi seysmik kuzatuv stansiyalarining tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron texnik pasport — bino va inshootlarning seysmik mustahkamlik holati toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar jamlangan elektron hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy birliklarining hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa, sanoat, agrar, energetika, ilmiy-texnika majmualari, suv omborlari va gidrotexnika inshootlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, taʼlim tashkilotlari, jamoat va turar joy binolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va madaniy meros obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, tonnellar va yoʻllar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik va transport kommunikatsiyalari, gaz, suv, issiqlik va elektr taʼminoti tarmoqlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlarning tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlar ahamiyatiga koʻra quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I toifa — xavflilik omili past boʻlgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II toifa — xavflilik omili oʻrtacha boʻlgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III toifa — xavflilik omili yuqori boʻlgan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV toifa — xavflilik omili juda yuqori boʻlgan obyektlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlarning toifalariga koʻra roʻyxati ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik darajasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishda boʻlgan, shuningdek foydalanishga topshiriladigan binolar va inshootlar zilzilabardoshligining monitoringi hamda nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuvlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida joylashgan suv omborlarining va boshqa gidrotexnika inshootlarining zilzilabardoshligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlashning ilmiy asoslari va texnologiyalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan zilzilalar natijasida insonlarning sogʻligʻi va hayotiga va aholining mol-mulkiga zarar yetkazilishini, shuningdek yoʻqotishlar xatarini (moddiy, iqtisodiy va boshqa) kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda seysmik xavfni, seysmik xatarni va zilzilalar yuz berishi ehtimolini prognoz qilishning, shuningdek inshootlar zilzilabardoshligining zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini tashkil etadi, tasdiqlaydi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilm-fan rivojlanishini, ushbu sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining va ilmiy muassasalarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik jihatdan hududlashtirishning har xil masshtabli xaritalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavf yuqori boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha xulosalar berish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida seysmik xavf darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoringini doimiy ravishda olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida, transchegaraviy hududlarda, shuningdek tabiiy va texnogen xavf yuqori boʻlgan hududlarda seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar yuz berishi xavfi paydo boʻlganda ularning oqibatlarini bartaraf etishga doir zarur choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini va davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xatarni va kuchli zilzilalar oqibatlarini baholashga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazishda, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmoprognostik monitoring amalga oshirilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va davlat organlarini kuchli zilzilalar toʻgʻrisida tezkor xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar, ular tomonidan keltirib chiqarilgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha turdagi resurslar zaxiralari shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar vaqtida aholini tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash maqsadida seysmik faol zonalarda muntazam ravishda seminar va treninglar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalar oqibatlarining bartaraf etilishini hamda bunday vaziyatlarda davlat tizimi kuchlari va vositalarining shayligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya-qutqaruv kuchlarining, maxsus texnikaning va maxsus tuzilmalarning zilzilalar epitsentrida tezkor-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga doir doimiy shayligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlashga doir tadbirlarni amalga oshirish chogʻida qutqaruv ishlarini tashkil etadi va olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini zilzilalar vaqtida oʻzini tutish qoidalari bilan tanishtiradi, ularga tayyorgarlik koʻrishga doir tegishli uslubiy qoʻllanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilishi va tarqatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda joylashgan suv omborlarida seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni oʻz vakolatlari doirasida olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila sodir boʻlgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlgan epitsentral guruhning kuchli zilzila epitsentrida shikastlangan binolar hamda inshootlarning yaroqliligini baholashga doir faoliyatini tashkil etadi hamda uning doimiy shayligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlar holatining monitoringini elektron texnik pasportlar asosida amalga oshiradi hamda seysmik jihatdan zaifligi yuqori boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni tegishli davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholaydi hamda nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlik taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash, shuningdek mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfni turli masshtablarda baholash, seysmik jihatdan hududlashtirish, zilzilalarni vaqt kesimida prognoz qilish, binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha uslubiyatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-geologik asoslarni va texnologiyalarni, shuningdek turli seysmik xavf va xatarlarni baholash uslubiyotlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlashning, seysmik xavfni va seysmik xatarni baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning seysmik xavfi va seysmik xatariga doir har xil masshtabli xaritalarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila sodir boʻlgan taqdirda, yer sathi shaklining oʻzgarishi darajasini, binolar va inshootlarning yemirilishi darajasini baholash uchun zilzila epitsentri hududida makroseysmik hamda boshqa tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlari toʻgʻonlarining zilzilabardoshligini doimiy nazorat qilish usullarini ishlab chiqadi hamda instrumental seysmologik va seysmometrik kuzatuv maʼlumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik xossalarini oʻrganib, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari uchun seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻquv va oʻquv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarini va oliy taʼlim tashkilotlarini seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik manbalar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik faol zonalarda qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xatarni kamaytirish va aholini yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuz berishi mumkin boʻlgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hamda tadqiqot va loyihalash ishlarini olib borish borasida boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini kuchli zilzilalar vaqtida tegishli harakatlarni bajarishga va tadbirlarni amalga oshirishga tayyorlash boʻyicha seysmik faol zonalarda seminar va treninglar tashkil etilishiga bevosita koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tashkilotlari tomonidan seysmik faol zonalar uchun normativlarga muvofiq ishlab chiqilgan loyihalarga qatʼiy rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud boʻlgan hamda qurilayotgan binolar va inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirishda, ularni yangilashda, shuningdek monitoringini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi yangi ishlanmalarni amalga oshirishda bevosita tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi faoliyatni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Seysmik xavfni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfni baholash Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfni baholash yer yuzasidagi tebranishlar jadalligini hisoblashni hamda ularning yuz berishi ehtimolini baholashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfni baholash natijalari asosida hududlarning seysmik jihatdan hududlashtirish xaritalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik jihatdan hududlashtirish xaritalari qurilish loyihalarining zilzilabardoshligi normativlarini, yerdan foydalanish, yerga egalik qilish va aholini joylashtirish tarhlarini ishlab chiqish uchun asosdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik faoliyatida muayyan hudud gruntining xususiyatlarini hisobga olgan holda seysmik jihatdan mikrohududlashtirish xaritalari tuziladi, binolar va inshootlar esa ushbu xaritalarga muvofiq loyihalashtiriladi hamda quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Zilzilalar yuz berishi ehtimolini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimolini prognoz qilish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik kuzatuvlar tarmogʻi respublika hududida kompleks prognostik kuzatuvlarni, maʼlumotlarni toʻplash va uzatishni, ularning dastlabki tahlilini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik kuzatuvlar tarmogʻi milliy va xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga kiritilgan stansiyalardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik va prognostik stansiyalarda doimo kuzatuvlar olib boriladi, olingan natijalar esa Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazining maʼlumotlar bazasida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi seysmik, geofizik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boradi, shuningdek zilzilalar darakchilariga doir prognoz maʼlumotlarining tahlilini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Fanlar akademiyasining idoralararo ekspert komissiyasi kuzatilayotgan va yuz berishi mumkin boʻlgan seysmik vaziyat toʻgʻrisidagi xulosalarni muntazam ravishda (har haftada va har oyda) tegishli davlat organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini tekshirish hamda monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalari talablariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II — IV toifadagi obyektlar har besh yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vizual tekshiruvlar instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazilishini talab etadigan hollarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvi oʻtkaziladi hamda ularning elektron texnik pasporti yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik faol zonalarda joylashgan III-IV toifadagi obyektlar har oʻn yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III-IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda ular zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV toifadagi obyektlarga taalluqli boʻlgan suv omborlari toʻgʻonlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv omborlari toʻgʻonlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir boʻlgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish sohasidagi tegishli hududiy nazorat inspeksiyalari, qurilish sohasidagi loyihalash tashkilotlari va maxsus litsenziyalangan tashkilotlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzilalar sodir boʻlgan hududlardagi barcha turdagi binolar va inshootlardan mutaxassislar tomonidan zilzilabardoshlikka doir vizual yoki instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyin foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar seysmik jihatdan zaifligining doimiy monitoringi elektron texnik pasportlar asosida amalga oshiriladi hamda ushbu monitoring natijasida olingan axborot tasarrufida binolar va inshootlar boʻlgan davlat organlariga hamda boshqa tashkilotlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz tasarrufida binolar va inshootlar boʻlgan davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan axborot olinganidan keyin olti oy davomida seysmik jihatdan zaif deb topilgan binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvi oʻtkazilishini taʼminlashi hamda tekshiruv natijalariga doir xulosalar asosida ularni mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Seysmik xatarni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xatarni baholash kuchli zilzila natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan insonlar jabrlanishining, moddiy va boshqa yoʻqotishlarning ilmiy prognozini ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida seysmik xatarni baholash Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xatarni baholash natijalariga koʻra turli masshtabdagi seysmik xatar xaritalarini ishlab chiqish amalga oshiriladi, ular asosida zilzilalarning (seysmik xatarlarning) ehtimol tutilgan oqibatlarini kamaytirish dasturlari ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Seysmik xatarni kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xatarni kamaytirishga quyidagi choralarni amalga oshirish hisobidan erishiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik yechimlar asosida binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining xabardorligi va tayyorgarligi darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va tashkilotlarini seysmik xatarlarni boshqarishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini barvaqt ogohlantirish tizimini yaratish, uning tibbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarga nisbatan tezkor harakat qilish kuchlarini tayyorlash va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilziladan zarar koʻrgan zonani tiklash va aholini reabilitatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xatarni kamaytirish choralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish ushbu moddada bayon etilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligida hamda ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari, seysmologiya sohasidagi mutaxassislar ishtirokida zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish asosida tezkor chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zilzila sodir boʻlgan taqdirda zilzila epitsentrida shikastlangan binolar va inshootlarning foydalanishga yaroqliligini baholash doimiy epitsentral guruh hamda tegishli mutaxassislardan tuziladigan guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish doirasida hududlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini kuchli zilzila zonasidan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv va kechiktirib boʻlmaydigan avariya-tiklash ishlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarning hamda muhandislik-transport infratuzilmasining shikastlanish darajasi tezkor va batafsil oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila tufayli yetkazilgan zarar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzila oqibatida buzilishi, tiklanishi yoki qayta qurilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzila natijasida vayron boʻlgan binolar va inshootlarni qayta qurish hamda tiklash amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini kuchli zilzilalar keltirib chiqargan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholash boʻyicha komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan tezkor shtabning va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qoʻshma qarori bilan tuziladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur komissiyalar tarkibiga seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatli vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, sugʻurta hamda moliya tashkilotlarining masʼul xodimlari, zilzilabardosh qurilish sohasidagi loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlarining mutaxassislari hamda boshqa ekspertlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Kuchli zilzila natijasida zarar koʻrgan obyektlarni tiklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchli zilzila natijasida zarar koʻrgan obyektlarni tiklashga doir tadbirlarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurtalangan mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash qonunchilikka va sugʻurta shartnomasiga binoan sugʻurta kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquq hamda majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi seysmik xavf darajasi toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar chogʻida oʻzini tutish qoidalari hamda ularga tayyorgarlik koʻrish tartibi toʻgʻrisida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda tashkilot xodimlarini himoya qilish va ularni zilzila vaqtida oʻzini toʻgʻri tutishga oʻrgatish uchun mutaxassislarni jalb etish huquqlariga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarning seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hayotini qutqarish, sogʻligʻini va mol-mulkini saqlash uchun zilzilalarga qarshi ehtiyot choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalarga tayyorgarlik koʻrish va ularning oqibatlarini bartaraf etish jarayonida oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirayotgan tegishli davlat organlari hamda tashkilotlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlarini zilzila vaqtidagi favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri himoyalanishga va harakat qilishga oʻrgatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ogohlantirish tizimlarini tashkil etishi va doimiy tayyor holatda tutishi hamda ehtimoli boʻlgan seysmik xavflar haqida xodimlarga darhol xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufida boʻlgan obyektlarning barqaror ishlashini taʼminlash shartlariga rioya etishi hamda zilzila vaqtida seysmik xavfning darajasiga muvofiq xodimlarning hayot faoliyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga muvofiq davlat organlari va boshqa tashkilotlar obyektlarida avariya-qutqaruv ishlarini oʻtkazishda koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
evakuatsiya tadbirlarini belgilangan tartibda oʻtkazishi hamda tashkilotlar hududida aholi va xodimlarni joylashtirish uchun bazalarni oldindan tayyorlashni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga va seysmik xavfsizlik taʼminlanishini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligi va ularning oqibatlari toʻgʻrisida chegaradosh davlatlarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish doirasida davlatlararo hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizolarni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-713-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seysmik xavfsizligi taʼminlanadigan obyektlarning toifalariga koʻra
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyektning nomi

I toifa obyektlari

1.

Uylarning yonidagi xoʻjalik va yordamchi imoratlar

2.

Vaqtincha uy-joylar

3.

Vaqtincha pavilyonlar va kioskalar

4.

Kino va videofilmlarni namoyish etish uchun vaqtincha pavilyonlar

5.

Saqlash uchun joylar, angarlar, omborlar

6.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini joylashtirish va saqlash uchun muzlatish kameralari

II toifa obyektlari

7.

Kam qavatli uylar va kottejlar (3 qavatgacha)

8.

Yakka tartibda qurilgan shaxsiy uy-joylar

9.

Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari infratuzilmasi obyektlari

10.

Garajlar (koʻp qavatli yer osti, yer usti garajlari)

11.

Matbaa sanoati obyektlari

12.

Kommunikatsiya tonnellari (yer osti kommunikatsiyalari kollektorlari) va issiqlik tarmoqlari

13.

Chiqindilarni qayta ishlash tashkilotlari

14.

Oʻrmon xoʻjaligi, yogʻochni qayta ishlash, sellyuloza-qogʻoz sanoati obyektlari

15.

Kimyoviy tozalash punktlari, hammomlar

16.

Texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, jamoat transporti tashkilotlari

17.

Kempinglar, motellar, turbazalar, yozgi oromgohlar, dam olish bazalari va alpinistlar kurortlari

18.

Yil boʻyi ishlaydigan doʻkonlar, maishiy xizmat tashkilotlari (kafelar, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish punktlari)

19.

Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari

20.

Mashq qilish zallari va fitnes zallari

21.

Yil boʻyi ishlaydigan dam olish zonalari

22.

Koʻrgazma zallari, madaniyat uylari

23.

Maishiy texnika, sopol va chinni buyumlar, yogʻoch va mebellar, polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari

24.

Qandolatchilik mahsulotlari, salqin ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkilotlari

25.

Pilla tayyorlash tashkilotlarining obyektlari

26.

Poyabzal ishlab chiqarish tashkilotlarining obyektlari

III toifa obyektlari

27.

Dastgohlar ishlab chiqarish obyektlari

28.

Avtomobil sanoati tashkilotlarining obyektlari

29.

Radiatsiyaga qarshi hamda yer ostidagi ixtisoslashtirilgan pana joylar

30.

Shahar transporti obyektlari, koʻpriklar, tonnellar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar, temir yoʻl koʻpriklari

31.

Avtomatlashtirilgan tezkor dispetcherlik boshqaruvi binolari

32.

Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, shu jumladan chorvachilik va ozuqa ishlab chiqarish mashinasozligi tashkilotlarining obyektlari

33.

Ishlatilayotgan markaziy isitish punktlari, bugʻ qozonxonalari

34.

Harakatlanadigan tarkibni, aviatsiya texnikasini taʼmirlash tashkilotlarining obyektlari

35.

Qurilish tarmogʻi tashkilotlarining obyektlari, qurilish metall konstruksiyalari tashkilotlarining obyektlari

36.

Paxtani qayta ishlash tashkilotlarining obyektlari, toʻqimachilik tashkilotlarining ishlab chiqarish obyektlari

37.

Pochta, telegraf va aloqa tashkilotlarining boshqa obyektlari

38.

Turar joy binolari, majmualari va yotoqxonalar

39.

Oʻrta qavatli uylar va mehmonxonalar (3 qavatdan 5 qavatgacha)

40.

Koʻp qavatli uylar va mehmonxonalar (5 qavatdan 12 qavatgacha)

41.

Savdo uylari, ixtisoslashtirilgan yirik universal doʻkonlar majmualari, supermarketlar, restoranlar hamda usti yopiq bozorlar

42.

Oʻquv yurtlarining barcha turlari (12 qavatgacha)

43.

1000 oʻringacha boʻlgan kinoteatrlar, kino-konsert zallari

44.

Teatrlar, sirklar, muzeylar, amfiteatrlar, hayvonot bogʻlari, akvaparklar, okeanariumlar

45.

Avtomobilga yoqilgʻi quyish shoxobchalari

46.

Loyiha-konstruktorlik tashkilotlari

47.

Ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalarining binolari

48.

Akademik ilmiy-tadqiqot markazlarining binolari va inshootlari

49.

Kutubxonalar, noyob qoʻlyozmalar saqlanadigan joylar hamda davlat arxivlarining binolari

50.

Sugʻorish va suv ajratish tarmoqlaridagi, sunʼiy suv havzalaridagi gidrotexnika inshootlari

51.

Pansionatlar, profilaktoriylar, dam olish uylari, sanatoriylar, yuqori darajadagi turistik majmualar

52.

Milliy galereyalar, madaniy markazlar, diniy muassasalar (masjidlar, cherkovlar, sinagoglar va boshqalar)

53.

Ijtimoiy-siyosiy faoliyat markazlarining binolari, biznes-majmualar (markazlar), koʻp funksiyali ijtimoiy majmualar

54.

Banklar, birjalar, banklarning boʻlimlari, hisoblash markazlari

55.

Barcha turdagi tarixiy obidalar

56.

Tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari, maʼmuriy qamoqxonalar, ichki ishlar organlarining binolari va inshootlari

57.

Jazoni ijro etish muassasalari

IV toifa obyektlari

58.

Mudofaa obyektlarining barcha turlari

59.

Yadro tadqiqotlari, radiaktiv moddalarni ishlab chiqarish, yadroviy materiallar va radiaktiv moddalarni saqlash, shuningdek radioaktiv moddalarga ishlov berish va ularni utilizatsiya qilish obyektlari

60.

Milliy ahamiyatga ega binolar va inshootlar

61.

Maʼmuriy-davlat boshqaruvi binolari

62.

Tibbiyot-mikrobiologiya sanoatining va tibbiyot muassasalarining obyektlari

63.

Oʻt oʻchirish qismlarining binolari

64.

Suv omborlarining toʻgʻonlari va gidroelektrostansiyalar

65.

Issiqlik elektr stansiyalari, bugʻ qozonxonalari

66.

Elektroenergetikaning boshqa (muqobil) obyektlari

67.

Neft-gaz va koʻmir sanoatining obyektlari hamda omborlari

68.

Metallurgiya va elektrotexnika sanoati tashkilotlarining obyektlari

69.

Togʻ-kon ruda sanoati tashkilotlarining obyektlari

70.

Kimyo sanoati, mineral oʻgʻitlar tashkilotlarining obyektlari, portlash va yongʻin xavfi yuqori boʻlgan obyektlar

71.

Havo va temir yoʻl transportining binolari hamda inshootlari, yer osti va usti metrosi obyektlari

72.

Oʻquv yurtlarining, koʻp qavatli uylar va mehmonxonalarning, shuningdek boshqa maqsadga moʻljallangan binolarning (12 qavatdan yuqori) barcha turlari

73.

1000 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan kino-konsert zallari va kinoteatrlar

74.

Koʻp oʻrinli yopiq stadionlar, yirik sport saroylari

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.09.2021-y., 03/21/713/0869-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)