09.09.2019 yildagi 754-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha bilimlarini izchil oshirib borish va koʻnikmalarini hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmaganlarni, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga oʻrgatish.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda ish vaqtida hamda yashash joylarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tadbirlariga metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda hayotiy faoliyat xavfsizligi va fuqaro muhofazasi yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirsinlar va 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga joriy etilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar harbiy-maʼmuriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasining mahalliy darajadagi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayotiy faoliyat xavfsizligi oʻquv markazlarida zamonaviy koʻrgazmali materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari bilan jihozlangan favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualarini tashkil etsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
754-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom aholining barcha qatlamlarini tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda (keyingi oʻrinlarda favqulodda vaziyatlar deb ataladi) harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks oʻquv mashqlari — obyektlar rahbarlarini, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolarini, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarini, ishlab chiqarish faoliyatini toʻxtatmagan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarishga tayyorlashning asosiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi oʻrinlarda FVDT deb ataladi) barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir boʻlganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning oliy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus-taktik oʻquv mashqlari — qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa ishlarni bajarishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy va samarali shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt oʻquv mashgʻulotlari — obyektlar rahbarlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, shuningdek, tuzilmalar tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarga favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha nazariy tayyorlashning asosiy shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi boʻyicha bilimlarini izchil oshirib borish va koʻnikmalarini hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmaganlarni, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga oʻrgatish.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Barcha aholi qatlamlari quyidagi toifalarga boʻlingan holda favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorgarlikdan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash (keyingi oʻrinlarda aholini tayyorlash deb ataladi) ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aholini tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aholini tayyorlash, toifalar doirasida tashkil etiladigan guruhlar tarkibida, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻinlar va oʻquv mashqlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va masʼul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari — 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining (keyingi oʻrinlarda Fuqaro muhofazasi instituti deb ataladi) malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va masʼul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlari — 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Boshlangʻich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi), shuningdek, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlarining (keyingi oʻrinlarda hududiy markazlar deb ataladi) malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar — doimiy ravishda tayyorlash dasturlariga muvofiq, xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan obyekt oʻquv mashgʻulotlarida tayyorgarlikdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari:
(6-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari — doimiy ravishda maktabgacha taʼlimning maktabgacha taʼlim va tarbiya davlat standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli oʻyinlar va mashgʻulotlarda
(6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari — oʻquv yili davomida, umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, qoʻshimcha taʼlim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda;
(6-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 776-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari — oʻquv yili davomida, oʻrta maxsus, professional taʼlim va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda tayyorgarlikdan oʻtkaziladi;
(6-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar — fuqarolarning oʻzinioʻzi boshqarish organlarioʻquv-maslahat punktlarida suhbatlar oʻtkazish, maʼruzalar oʻqish, oʻquv filmlarini namoyish etish, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek, qoʻllanmalar va eslatmalarni tarqatish, radio va teledasturlarni efirga uzatish hamda Internet jahon axborot tarmogʻida sohaga oid maʼlumotlarni joylashtirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlartashrif davomida, ularga xizmat koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish, yoʻriqnoma, buklet va eslatmalarni tarqatish orqali tayyorgarlikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholini tayyorlash innovatsion texnologiyalarni, uygʻunlashtirilgan hamda masofadan oʻqitish uslublarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, shuningdek, mustaqil oʻrganish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Aholini tayyorlash shakllari va davriyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholini tayyorlash, ularning nazariy bilimlarini va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, FVDT kuch va vositalarining hamkorlikda harakat qilishini takomillashtirish, shuningdek, tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi shakllardagi tadbirlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — 5 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlarda — 3 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda — 1 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb ataladi) toʻgʻridan-toʻgʻri hamda tezkor boʻysunadigan kuch va vositalar jalb etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus-taktik oʻquv mashqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda — 3 yilda bir marta olti soatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim va toifalangan obyektlarda — 1 yilda bir marta olti soatgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks oʻquv mashqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar soni 200 dan ortiq boʻlgan tashkilotlarda hamda 400 dan ortiq oʻringa ega boʻlgan davolash-profilaktika muassasalarida — 2 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan tashkilotlarda — 2 yilda bir marta olti soatgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarda oʻtkaziladigan oʻquv mashqlariga ushbu obyektlarning xavfi doirasiga tushuvchi hududda yashayotgan aholi jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yosh qutqaruvchi” musobaqalari umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarida 1 yilda bir marta oʻtkaziladi.
(8-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv mashqlari, mashgʻulotlar va musobaqalar, shuningdek, boshqa amaliy tadbirlarga jalb qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibi va aholi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻinlar profilaktikasi boʻyicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har haftaning chorshanba kunlari tashkilotlarda va mahallalarda aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻinlar profilaktikasi boʻyicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini taʼminlash tadbirlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT tarkibidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan ushbu kun davomida quyidagi asosiy tadbirlar keng qamrovda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan seminarlar va mavzuli oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi, ularga targʻibot-tashviqot materiallari tarqatiladi va zarur tadbirlar yuzasidan tavsiyalar beriladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi bilan suhbatlar oʻtkaziladi, maʼruzalar oʻqiladi, ularga eslatmalar, bukletlar va lifletlar tarqatiladi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yongʻinlarga olib keladigan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ular sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish usullari oʻrgatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi koʻp toʻplanadigan joylarda va jamoat transportida favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan plakatlar, shuningdek, ulardagi mavjud tablolar va monitorlarga, Internet saytlariga ijtimoiy roliklar joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tahliliy va mavzuli telekoʻrsatuvlar efirga uzatiladi, sohaga oid dolzarb masalalar boʻyicha davra suhbatlari oʻtkaziladi, radioeshittirishlar uzatiladi va maqolalar chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining aholini tayyorlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini tayyorlash sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, tadbirlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy koʻrsatmalar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashqlari, mashgʻulotlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va keng foydalanilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimidagi aholini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalarning tinglovchilar bilan jamlash rejalarini tegishli davr uchun shakllantiradi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari aholini tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholini, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-amaliy tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi, ularga mahalliy aholi jalb etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-metodik va targʻibot materiallari chop etilishini hamda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholiga tarqatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy aholini favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisidagi tegishli axborot va maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning aholini tayyorlash sohasida majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar aholini tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlar, masʼul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari belgilangan tartibda tayyorgarlikdan oʻtishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etilgan rahbarlar, masʼul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari, xodimlar, ishchi va xizmatchilarning oʻrtacha ish haqi saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan dasturlar asosida qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari aʼzolari, xodimlari, ishchi va xizmatchilarini oʻqitadi hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay boʻlish darajasidagi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini tashkil etishda zamonaviy oʻquv-moddiy baza (oʻquv xonasi, zarur koʻrgazmali oʻquv qurollari va darsliklar) bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorgarlik va malaka oshirish oʻquv kurslarida tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan rahbarlar, masʼul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari roʻyxatini Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining aholini tayyorlash sohasidagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholini tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan suhbatlar, maʼruzalar va uchrashuvlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FVDT xizmatlari tomonidan tayyorlangan eslatmalar, metodik qoʻllanmalar va boshqa targʻibot materiallarini tarqatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga mahalliy aholini jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Fuqarolarning aholini tayyorlash sohasida huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan, tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish uchun moʻljallangan boshqa mol-mulkidan foydalanishni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etish va tegishli tayyorgarlikdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida bilim olish hamda oʻquv mashqlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlar davomida oʻzlari duch kelishi mumkin boʻlgan xavf toʻgʻrisida xabardor qilinish hamda texnika, yongʻin va yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari boʻyicha yoʻriqnomalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarda ishtiroki jarayonida sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofazalanishning asosiy usullarini bilish, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsata olish hamda oʻz bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar xavfi tugʻilganda va sodir boʻlganda ogohlantirish signallarini, harakat qilish tartibini, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar aholini tayyorlash sohasida qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Aholini tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari, masʼul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan xodim va xizmatchilarni hamda harbiy xizmatchilarni tayyorlash, shuningdek, ular tomonidan oʻtkaziladigan oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarni moliyalashtirish, ushbu tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nodavlat tashkilotlar rahbarlari, masʼul mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarni tayyorlashni moliyalashtirish ularning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni tayyorlashni moliyalashtirish mahalliy budjetlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqaro muhofazasi instituti, Markaz hamda hududiy markazlarda shartnoma asosida aholini tayyorlash narxlari (preyskuranti) Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Aholi toifasi

Tayyorgarlikdan oʻtadigan guruhlar

Davriyligi

Tayyorlash joyi va shakli


Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholi, shu jumladan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar

Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻinlar va oʻquv mashqlarida


Respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari va masʼul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlari

3 yilda bir marta, jamlash rejasiga muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining malaka oshirish va qayta tayyorlash oʻquv kurslarida


Tumanlar va sh?harlar miqyosidagi tashkilotlarning rahbarlari va masʼul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlari

3 yilda bir marta, jamlash rejasiga muvofiq

Hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Hayot faoliyati xavfsizligi oʻquv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida


Tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar

Doimiy ravishda, tayyorlash dasturlariga muvofiq

Xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan oʻquv mashgʻulotlarida


Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalarining talabalari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari

Doimiy ravishda maktabgacha taʼlimning davlat talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq

Taʼlim-tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli oʻyinlar va mashgʻulotlarda


Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari

Oʻquv yili davomida, umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq

Oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda


Oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari

Oʻquv yili davomida, oʻrta maxsus, professional taʼlim va oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq

Oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy markazlarning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda


Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar

Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan yillik asosiy tadbirlar rejasi asosida

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tashkil etilgan oʻquv-maslahat punktlarida suhbatlar oʻtkazish, maʼruzalar oʻqish, oʻquv filmlarini namoyish etish, oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek, qoʻllanmalar va eslatmalarni tarqatish, radio va teledasturlarni efirga uzatish hamda jahon Internet tarmogʻida sohaga oid maʼlumotlarni joylashtirish orqali


Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar

Tashrif davomida har bir guruh bilan alohida

Ularga xizmat koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish, yoʻriqnoma, buklet va eslatmalarni tarqatish orqali

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RUYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 7-oktabrdagi 427-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Yongʻinlar profilaktikasi kunlarini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi choralarini kuchaytirish toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi 688-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 36-son, 954-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 3-iyundagi 457-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 09/19/754/3727-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)