28.07.2021 yildagi 470-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2022
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qoplanishi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.