04.06.2002 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“KO‘MIR” AKSIYADORLIK BIRLASHMASI TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA 2002—2010-YILLARDA RESPUBLIKA KO‘MIR SANOATINI RIVOJLANTIRISH DASTURINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]

Ko‘mir ishlab chiqarishni barqaror ravishda ko‘paytirishni ta’minlash va uning energiya manbalari tarkibidagi ulushini oshirish, ko‘mir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, ko‘mir tarmog‘i korxonalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-martdagi 112-f-son farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2002—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini rivojlantirish Dasturi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘mir sanoatini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga doir tadbirlar 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002—2010-yillarda Yangi Angren IESini va Angren IESini rekonstruksiya qilishga doir tadbirlar 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi va uning korxonalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun 7-ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*7-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya bir oy muddatda “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi va uning korxonalari rahbar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin va u tugallangach Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vositachilar sonini qisqartirish, tarmoqni boshqarish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “O‘zbekko‘mir” sotish firmasi tugatilsin va uning hududiy bo‘linmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyundagi 290-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 288-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 456-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Krupp Ferdertexnik Gmbx” kompaniyasi (Germaniya) tomonidan “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi bilan birgalikda “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilgani, unda Germaniyaning “MAN Takraf” firmasi bilan konsorsiumda zamonaviy import texnologik asbob-uskunalar yetkazib berilishi nazarda tutilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur loyihani mablag‘ bilan ta’minlash “Germes” jamiyati (Germaniya)ning sug‘urta qoplamasi ostida Germaniya banklari kreditlari hisobiga, shu jumladan ko‘mir tarmog‘ini texnika bilan qayta jihozlashning birinchi bosqichi bo‘yicha (42 mln. Germaniya marksasi miqdorida) — “Bank Gezelshaft Berlin AG” (Germaniya) kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Angren IESining beshta energobloki 11-ilovaga* muvofiq 2010-yilgacha ko‘mirdan yil davomida foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*11-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasi hajmini saqlab qolgan va 2010-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 1,37 mlrd kVt. soatgacha ko‘paytirgan holda Angren IESi to‘liq ta’mirlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Angren IESi uchun qo‘shimcha kul-shlak tashlash joylari qurishning dastlabki bosqichini, ularning 8,3 mln tonna sig‘imli birinchi navbatini 2004-yilda tugallagan holda 2002-yilda boshlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir sanoati korxonalarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida 2002—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini rivojlantirish Dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini har yili nazarda tutsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda budjet tashkilotlariga ko‘mir yetkazib berish mexanizmini bir oy muddatda ishlab chiqsin, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan yilning I choragida yillik ko‘mir xaridlari uchun avans to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga ko‘mirni yil mobaynida, to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan narx bo‘yicha (ko‘mirni kelishilgan joydagi iste’molchigacha yetkazib berish qiymatini hisobga olgan holda) tuzilgan shartnomalarga muvofiq “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalari tomonidan ko‘mirni yetkazib berish muddatlari va sifati bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan mas’uliyati bilan yetkazib berish imkoniyatini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga va budjet tashkilotlariga ko‘mir sotishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 20-oktabrdagi 516-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V. Yu. Atayev va R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-iyundagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI

I. Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqning mavjud salohiyatidan eng samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash va shart-sharoitlarni shakllantirish 2002—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturining maqsadi hisoblanadi. U quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning yoqilg‘i mustaqilligini mustahkamlash va yanada rivojlantirish, O‘zbekistonning sifatli yonilg‘iga bo‘lgan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi ishlab chiqarishda yoqilg‘i resurslari tarkibida ko‘mirning ulushini 2010-yilda 15 foizgacha yetkazgan holda Angren konini qazishning ochiq usulini rivojlantirish hisobiga ko‘mir qazib olishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir sanoati korxonalarini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib oluvchi korxonalarning ishonchli va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori unumli asbob-uskunalardan foydalangan holda zamonaviy texnologiyani joriy etish asosida kon ochish ishlarida kon ishlarini va texnologik transportni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ko‘mir sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zamonaviy texnologiyani va yuqori unumli asbob-uskunalarni joriy etgan holda “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Angren” konidan bo‘shaydigan kon-transport asbob-uskunalaridan foydalangan holda “Apartak” konini rekonstruksiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2010-yilga borib elektr energiyasi ishlab chiqarishda energiya resurslari iste’moli tarkibida ko‘mirning ulushini 15 foizgacha ko‘paytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan foydali qazilmalarni oqilona qazib olish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konlarning barqaror energiya ta’minotini rivojlantirish va ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Temir yo‘l transportining yuk tashish quvvatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, mashina va asbob-uskunalarning mavjud parkini ta’mirlash va tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Angren” konida ko‘chkilarni barqarorlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashni 2002—2010-yillarda olti bosqichda (1-jadval)* amalga oshirish mo‘ljallanmoqda va quyidagilarni joriy etish nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qatlamlari va bevosita ko‘mir qatlamlari ustida yotgan kon yuzasini ochishda (ikkilamchi kaolinlar) rotor ekskavator, qayta yuklagich, konveyer, tog‘ jinslari hosil qiluvchini o‘z ichiga oluvchi uzluksiz texnologiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon jinslarini ko‘chma maydalagichlar yoki avtoyukag‘dargichlarga yuklagan, bir cho‘michli ekskavatorlardan foydalangan holda siklli-uzluksiz texnologiya. Maydalagichlar yoki avtoyukag‘dargichlar kon jinsini maydalash qurilmalarigacha yetkazib beradi, so‘ngra kon jinslari konveyerlar bilan uyumlargacha tashiladi, u yerda qattiq jinsli kon yuzasini ochish ishlarida tog‘ jinslari hosil qilish qo‘llanilgan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlashni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichni 2003-yil 1-martgacha foydalanishga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni 2003-yil 1-dekabrgacha tugallagan holda 2002-yilning ikkinchi yarim yilligida ikkinchi bosqichga kirishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan bosqichlarni tadbirlarga muvofiq bajarish (1-jadval) nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konda kon yuzasini ochish ishlari hajmini 2001-yildagi 11,2 mln kub metrdan 2010-yilda 62,7 mln kub metrgacha ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyani va yuqori unumli asbob-uskunalarni (qo‘llash hisobiga o‘tgan yillarda yo‘l qo‘yilgan 54 mln kub metr hajmdagi kon yuzasini ochishdagi qoloqlikning o‘rnini 2007-yilda to‘ldirish. 2010-yilda kon yuzasini ochish ishlari umumiy hajmining 64 foizini konveyer transporti bilan bajarish mo‘ljallangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon bortlarini talab etiladigan parametrlarga (16 gradusdan 12 gradusgacha) to‘g‘rilash tufayli kondagi ishlab chiqarish vaziyatini barqarorlashtirish, bu amalda mahalliy ko‘chki hodisalarini bartaraf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yildan boshlab o‘sishga erishgan holda ko‘mir qazib olishni 2001-yildagi 2,1 mln tonnadan 2010-yilda 7,8 mln tonnagacha ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tonna ko‘mir tannarxini 2001-yildagi 10,38 AQSH dollardan 2010-yilda 7,85 AQSH dollarigacha pasaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Apartak” konini rekonstruksiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq bo‘yicha ko‘mir qazib olish hajmlari yillik o‘sishini ta’minlash uchun “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash davrida Dasturda “Apartak” konini rekonstruksiya qilish nazarda tutilgan. Bu 2010-yilga borib ko‘mir qazib olishning 1,5 mln tonna hajmida o‘sishini ta’minlaydi (2-jadval*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apartak” konini rekonstruksiya qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” konidan bo‘shagan kon-transport asbob-uskunalaridan ta’mirlangandan va tiklangandan keyin foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yilda Angren shahrida ishlab turgan 6,9 km uzunlikdagi oralig‘i keng birlashtiruvchi shoxobcha qurgan holda temir yo‘l transportini rivojlantirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mirni zaboylardan ko‘mir omborigacha avtomobilda tashish o‘rniga konveyerda va temir yo‘l transportida tashishga o‘tishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilda “Apartak” yuk ortish temir yo‘l stansiyasi qurishni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apartak” konini rekonstruksiya qilish dasturining bajarilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon yuzasini ochishni 2001-yildagi 1,9 mln kub metrdan 2010-yilda 15,0 mln kub metrgacha yoki 7,9 baravar, shu jumladan temir yo‘l transporti bilan 0,4 mln kub metrdan 11,5 mln kub metrgacha yoki 28,7 baravar ko‘paytirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib olishning 2001-yildagi 214 ming tonnadan 2010-yilda 1,5 mln tonnagacha o‘sishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib olish tannarxining 2001-yildagi 10,47 AQSH dollaridan yilda 6,66 AQSH dollarigacha pasaytirilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida ko‘mir iste’moli o‘sishini ko‘paytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetakchi mamlakatlarning ko‘mir tarmog‘ini ustuvor rivojlantirishga asoslangan energetika va xom ashyo strategiyasiga muvofiq Dasturda yoqilg‘i-energetika balansida elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirning ulushini 2001-yildagi 4,7 foizdan 2010-yilda 15 foizgacha ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu vazifani bajarish uchun ko‘mir qazib olishni 2001-yildagi 2,7 mln tonnadan 2010-yilda 9,4 mln tonnagacha ko‘paytirish nazarda tutilmoqda (3 va 3a-jadvallar*). Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3 va 3a-jadvallar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining beshta energiya bloki ko‘mirdan yil davomida foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkaziladi (4-jadval*);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angren issiqlik elektr stansiyasida ko‘mirni uzatish va yoqish uchun ishlab turgan asbob-uskunalar zamonaviylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qo‘shimcha ravishda qazib olinadigan foydali qazilmalardan oqilona foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib borilgan tadqiqotlar, sanoat sinovlari natijasida kon yuzasini ochishda qo‘shimcha ishlov beriladigan foydali qazilmalarni qo‘llashning keng ko‘lami tasdiqlandi. Qazish ishlari hajmi kon yuzasini ochish ishlari ko‘paygani sari o‘sib boradi (5-jadval*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda qurilish materiallari ishlab chiqarishda qo‘shimcha xom ashyo materiallarini keng qo‘llash imkoniyati ishlab chiqildi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ohangaron va Bekobod zavodlarida sement ishlab chiqarishda “Angren” koni ohaktoshidan foydalanish (yiliga 1 mln tonnagacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sortli sement va o‘rta chidamli materiallar ishlab chiqarishda rang-barang va ikkilamchi kaolinlardan foydalanish (yiliga 900 ming tonnagacha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari konning maydalash-sortlarga ajratish qurilmalarida o‘z ehtiyojlari uchun, shuningdek qurilish va pul tashkilotlariga sotish uchun shag‘al ishlab chiqarish uchun toshqotishmani qayta ishlash nazarda tutilmoqda (yiliga 3 mln kub metrgacha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konlarning elektr energiyasi ta’minotini rivojlantirish va barqarorlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konlardagi elektr energiyasi uzatish liniyalarining uzunligi va ularning katta quvvat bilan ishlashi va “Angren” konida uning texnika bilan qayta jihozlanishi, ko‘mir qazib olish va kon yuzasini ochishning ko‘payishi munosabati bilan elektr energiyasiga ehtiyojning ortishini hisobga olib Dasturda 2002—2010-yillarda konlarning elektr energiyasi ta’minotini rivojlantirish bo‘yicha 6-jadvalga* muvofiq tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*6-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Stansiyalar va temir yo‘l transporti yo‘llarini rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon yuzasini ochish ishlari hajmining ortishi tufayli temir yo‘l transportida tashishlarni rivojlantirish uchun 7-jadvalga* muvofiq yuklash stansiyalari, stansiya va yo‘llarning o‘tkazish quvvatini oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*7-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ko‘mir qazib olishning yer osti usuli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9-shaxtani yopish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Angren Ko‘mir konida kon-geologiya sharoitlariga ko‘ra 1852 mln tonna sanoat zaxiralaridan 795 mln tonnasi yer osti usulida qazib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-shaxtada Angren konidagi Ko‘mir qatlamlari ham xuddi “Angren” va “Apartak” konlaridagi kabi texnika bilan qazib olishga yaroqsiz qatlamlar ochiq usulda qazib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra shaxta balansidagi mavjud 49,5 mln tonna sanoat ko‘mir zaxiralaridan 6,0 mln tonnasi qazib olishga tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-shaxtadagi ko‘mirni qazib olish ochiq usuldagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan kam samarali ekanligining yuqori darajadagi xavfsizlik bilan bog‘liqligini hisobga olib yer osti sharoitlarida ishlaydigan shaxtyorlar uchun quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yildan boshlab ko‘mirning yangi zaxiralarini tayyorlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yilda 9-shaxtani qazib olishga tayyor ko‘mir zaxiralarini qazib chiqarish, asbob-uskunalar va materiallarni belgilangan tartibda demontaj qilish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini bajargan holda maxsus loyiha bo‘yicha yopish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 9-shaxtadan bo‘shab qoladigan xodimlarni, keyinchalik ularni “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi korxonalarida ishga joylashtirish uchun, yangi ixtisoslarga qayta o‘qitish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshko‘mir qazib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatidagi “Sharg‘un” va “Boysun” shaxtalarida issiqlik hosil qiluvchanligi Angren qo‘ng‘ir ko‘miriga nisbatan 3 baravar yuqori bo‘lgan toshko‘mir qazib olinadi. Surxondaryo viloyatining budjet tashkilotlari, korxonalari va aholisi toshko‘mirning asosiy iste’molchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda yaqin yillarda ularni qazib olishning mavjud darajasini saqlab qolish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxtalarning mahsulotiga faqat energetika yonilg‘isi sifatidagina emas, balki koksobriketlar, kalsiy karbidi, ko‘mir elektrodlari va shu kabi import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qimmatli kimyoviy xom ashyo sifatida qarash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mavjud mashina va asbob-uskunalar parkini ta’mirlash va tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cheklangan imkoniyatli, eskirgan mashina va asbob-uskunalar parkini yangilash, ularning avariyaga uchrashi darajasi yuqori bo‘lgan sharoitlarda kon yuzasini ochish va ko‘mir qazib olish hajmlarini ko‘paytirish uchun kon-texnika asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalangan holda texnika bilan qayta jihozlash loyihasi qiymatini arzonlashtirish maqsadida Dasturda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon-texnika asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodi quvvati bilan tiklanadigan mashina va asbob-uskunalar sonini ko‘paytirish, ulardan foydalanishning ishonchliligi va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-texnika asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodida metall prokatidan “Angren” konini texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha asbob-uskunalar va metall konstruksiyalar tayyorlash (8-jadval*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*8-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tadbirlarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metall quyish asbob-uskunasi sotib olish va uni kon-texnika asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodida mavjud loyiha bo‘yicha o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-texnika asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodini dastgohlar va asbob-uskunalar bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’mirlanadigan va tiklanadigan mashina va asbob-uskunalar sonini ko‘paytirish imkonini beradigan import o‘rnini bosuvchi ehtiyot qismlar, uzellar, detallar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib olish korxonalariga ham zavod sharoitlarida, ham korxonalarda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz texnologiya uchun texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha yangi turdagi mahsulotlar — detallar, uzellar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyot qismlar, uzellar, detallar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib chiqaruvchi korxonalarga ham zavod sharoitlarida, ham korxonalarda asbob-uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import bo‘yicha ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar sotib olishga sarflanadigan valyuta mablag‘larini tejash imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Angren” konida ko‘chkilarni barqarorlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” konida sodir bo‘ladigan o‘nta ko‘chki korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ularning kommunikatsiyalar va texnologik liniyalarga ko‘rsatadigan ta’siri oqibatlarini tugatishga ko‘plab moddiy xarajatlarni talab qiladi. Shu narsa aniqlanganki, ko‘chkilar tektonik buzilishlar zonalarida vujudga keladi. Ularni aniqlash va prognoz qilish uchun geologik-geofizik ishlarning maxsus metodlari bilan, ko‘plab mablag‘lar sarflagan holda puxta o‘rganish ishlari talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘chki hodisalarini prognoz qilish, ularning oldini olish va barqarorlashtirish tadbirlari 9-jadvalda* nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*9-jadval berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Dasturni amalga oshirishdan kutiladigan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi ko‘mir sanoatini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib olishni 2001-yildagi 2,7 mln tonnadan 2010-yilda 9,4 mln tonnagacha ko‘paytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning qattiq yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon yuzasini ochish ishlarini ko‘paytirish, kon yuzasini ochish ishlari bo‘yicha qoloqlikning o‘rnini to‘ldirish hisobiga korxonalarda ishlab chiqarishning ahvolini barqarorlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-transport asbob-uskunalari, texnologik bo‘g‘inlar ishlarining ishonchliligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chkilarni barqarorlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olinayotgan va iste’molchilarga jo‘natilayotgan ko‘mir sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘mir qazib olish tannarxini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirning yoqilg‘i resurslari tarkibidagi ulushini 2010-yilda 15 foizgacha yetkazish imkoniyatini beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-modda, 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 25-son, 288-modda, 43-son, 456-modda)