Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
450-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 450-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-dekabrdagi 900-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 09/25/900/0006-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 132-son qarorida:
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdoridagi mablagʻlar har chorakda tegishli hududning qoʻshimcha manbalari nisbatan kam miqdorda shakllangan tumanlar (shaharlar)ning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga ushbu jamgʻarmalar Vasiylik kengashining ushbu qarorda belgilangan xarajatlarni qoplashga koʻmaklashish haqidagi talabnomasiga asosan yoʻnaltiriladi”;
b) 3-bandda:
beshinchi xatboshi “bir yilda” soʻzlaridan keyin “30 foizi, biroq” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga”;
v) 1-ilovada:
beshinchi xatboshisi “bir yilda” soʻzlaridan keyin “30 foizi, biroq” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab berishga”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 19.06.2024-y., 09/24/313/0426-son; 03.01.2025-y., 09/25/900/0006-son)