Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 26.05.2021 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22 — 24-aprel kunlari Navoiy shahrida kon-metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallari va elektr energetikasi sohalaridagi yirik tarmoq tashkilotlari, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan ushbu tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlar ishtirokida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yarmarkada qiymati 375,8 mlrd so‘mlik jami 996 ta sanoat kooperatsiyasi shartnomalari va 268 ta texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlari imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, joriy yilning 29-30-aprel kunlari Xorazm viloyatida “Hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” ko‘rgazmasi o‘tkazilib, qiymati 70,3 mlrd so‘mlik 289 ta shartnomalar hamda 20 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaratilgan 42 ta memorandumlar imzolanishi ta’minlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan respublikadagi yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini quyidagi ikki bosqichda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich — 2021-yilning may — oktyabr oylarida respublika hududlarida yirik sanoat tashkilotlarining ixtisoslashuvi asosida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bosqich — 2021-yilning 22 — 28-noyabr kunlari 2022-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish bo‘yicha respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarmarka o‘tkaziladigan hududlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda ixtisoslashuvi asosida yirik sanoat tashkilotlari, boshqa hududlardan taklif etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlari, shuningdek, yirik sanoat tashkilotlari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish istagini bildirgan respublikadagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni shakllantirish bilan birga yirik sanoat tashkilotlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yarmarka doirasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishi, hamkorlariga texnik shartlarni berishi, texnik hujjatlar va chizmalarni birgalikda ishlab chiqishi, shuningdek, mahsulot namunalarini ishlab chiqarishi, ularni sinovdan o‘tkazishi, mahsulotlar ishlab chiqarishni boshlashi va ularni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar va ularni bajarish muddatlari belgilab olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish xarajatlari ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning o‘z mablag‘lari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja-jadvali 1-ilovaga Muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhning namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish va ularning o‘z muddatida o‘tkazilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishi, mahalliy xomashyo va sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ishtirokchilari va loyihalari sonini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida 2021-2022-yillarda mahsulot xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, shuningdek, ilgari import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirishda texnik hamkorlik qilish memorandumlari shakllantirilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan butlovchi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini joylashtirish masalalarida, shu jumladan, kichik sanoat zonalari va erkin iqtisodiy zonalar hududida (ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha) yer maydonlari ajratilishiga ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari hududiy sanoat yarmarkalari ixtisoslashuviga muvofiq tarmoqlardagi yirik sanoat tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy yirik sanoat tashkilotlari tomonidan foydalaniladigan xomashyolar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, asbob-uskuna va tayyor mahsulotlar ro‘yxati to‘g‘risida elektron ma’lumotlar, birinchi navbatda, ishlab chiqarish istagini bildirgan salohiyatli kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkazilishidan kamida bir hafta oldin yetkazilishi ta’minlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida texnik hamkorlik qilish memorandumlarini, shu jumladan, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar bo‘yicha muhandislik-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish, shuningdek, maqsadli sifat ko‘rsatkichlariga erishish yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ular muassisligidagi 50 foiz va undan ortiq ulushga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — davlat ulushi bo‘lgan korxonalar) bilan birgalikda Elektron kooperatsiya portalida joriy etilgan tizim orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan o‘zlashtiriladigan mahsulotlar texnik hamkorlik qilish memorandumlarida keltirilgan sifat va narx ko‘rsatkichlari asosida tegishli shartnomalar tuzilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari doirasida tuzilgan texnik hamkorlik qilish memorandumlari asosida import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish iqtisodiy samaradorligidan kelib chiqib, ikki yil va undan ortiq muddatga shartnomalar tuzilishiga ko‘maklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga asosan ushbu kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha asoslangan xarajatlari chegirib tashlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida imzolangan texnik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarga muvofiq sinov uchun taqdim etiladigan mahsulotlarning tajriba namunalari (to‘plami), agar ular qayta ko‘rib chiqish (qayta ishlash) uchun qaytarilsa, unda qayta ko‘rib chiqish xarajatlari foyda solig‘ini hisoblashda asoslangan xarajatlar sifatida inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida ilmiy-tadqiqot muassasalarining yangi texnologiyalari va ishlab chiqarish loyiha takliflari, shuningdek, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish to‘g‘risidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralarni jalb etgan holda, hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalari o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi, yong‘in xavfsizligi hamda karantin qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJA-JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Sanoat yarmarkasining ixtisoslashuvi

O‘tkazish muddati

I. Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

1.

Buxoro viloyati

Qurilish materiallari, to‘qimachilik, neft va gaz sanoati, sayyohlik sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik sohasi

May

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati

Iyun

3.

Andijon viloyati

Avtomobilsozlik va to‘qimachilik, farmatsevtika va elektrotexnika sanoati

Iyun

4.

Jizzax viloyati

Farmatsevtika, avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati

Iyul

5.

Farg‘ona viloyati

Turizm sohasi uchun to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, charm-poyabzal, mebelsozlik, neft va gaz sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish

Iyul

6.

Sirdaryo viloyati

Energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, metall prokati va metall buyumlari ishlab chiqarish

Avgust

7.

Toshkent viloyati

Qishloq xo‘jaligi texnikasi, qora metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish

Avgust

8.

Qashqadaryo viloyati

Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati

Sentyabr

9.

Surxondaryo viloyati

Qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, transport va logistika sohalari

Sentyabr

10.

Namangan viloyati

To‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va mebelsozlik sanoati

Oktyabr

11.

Samarqand viloyati

Turizm, gastronomik turizm, oziq-ovqat sanoati, mebelsozlik va elektrotexnika sanoati hamda gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish

Oktyabr

II. Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

12.

Toshkent shahri

2022-yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish

Noyabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruhiga hududiy sanoat yarmarkalarining iqtisodiy ixtisoslashuviga o‘zgartirish kiritish va yarmarkani o‘tkazish oyining aniq sanalarini belgilash huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

S.O‘. Umurzakov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Ishchi guruhi rahbari

2.

A.R. Jumanazarov

Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

D.N. Sattarov

“O‘zstandart” agentligi bosh direktori

4.

B.K. Abdinazarov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari

5.

B.A. Rahimov

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari

6.

A.Y. Xaydarov

moliya vaziri o‘rinbosari

7.

J.T. Maxsudov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari

8.

D.S. Kasimov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

9.

A.I. Ikramov

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

10.

S.Z. Mirzayev

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

S.O. Usmonov

Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti bosh mutaxassisi

12.

F. Xo‘jamqulov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya markazi direktori, Ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchilari, Ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

4.

Lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i

5.

Lavozimiga ko‘ra

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmasi boshlig‘i

6.

Lavozimiga ko‘ra

“O‘zstandart” agentligining hududiy filiali boshlig‘i

7.

Kelishuv asosida

hududlardagi yirik sanoat tashkilotlari rahbarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tganda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-maydagi 324-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Mas’ullar

Ijro muddatlari

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalari

1.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida (keyingi o‘rinlarda — sanoat yarmarkalari) qatnashish uchun ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va jalb etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Milliy te�eradiokompaniya (Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

vazirlik va idoralar,

xo‘jalik birlashmalari

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan bir oy oldin

2.

Sanoat yarmarkasi ishtirokchilari ro‘yxatini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan namoyish etiladigan yangi turdagi mahsulotlarni, shuningdek, yirik sanoat tashkilotlari tomonidan import qilinadigan mahsulotlar (xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallar) ro‘yxatini shakllantirish hamda elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan bir oy oldin

3.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan sanoat yarmarkalarida namoyish qilinishi taklif etilayotgan yangi turdagi mahsulotlarning dastlabki ro‘yxatini ishlab chiqish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan bir oy oldin

4.

Respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sanoat yarmarkalarida namoyish etish uchun elektron kooperatsiya portaliga (cooperation.uz) tegishli ma’lumotlarni joylashtirish.

Bunda, yirik sanoat tashkilotlari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida texnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumini tuzishi, mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilishi va hamkorlik doirasida yirik sanoat tashkilotlari tomonidan texnik shartlarni berilishini elektron kooperatsiya portali orqali amalga oshirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov), Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Qudbiyev),

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

5.

Ko‘rgazma stendlari maketlarini, tadbir dasturini, sanoat yarmarkalari ochilish va yopilish marosimlari ssenariylarini, sanoat tashkilotlari, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari taqdimotlari jadvalini ishlab chiqish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan o‘n kun oldin

6.

Hududiy sanoat yarmarkalari ishtirokchilari stendlarini joylashtirish hamda dizaynini ishlab chiqishda “O‘zekspomarkaz” AJ bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish.

Bunda, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar tarkibini inobatga olgan holda ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtiriladigan hamda ishlab chiqarilishi tavsiya etiladigan mahsulotlarni ko‘rgazmani namoyish etishga alohida e’tibor berish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar

Hududiy yarmarkalar doirasida

7.

Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlarining kelgusi davr uchun xomashyo, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, uskuna va materiallarga bo‘lgan ehtiyojini ishlab chiqish, sanoat yarmarkalari ishtirokchilari uchun ishlab chiqarish faoliyatida talab etiladigan mahsulotlar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazilishini hamda elektron kooperatsiya portalida yoritib borilishini ta’minlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

8.

Sanoat yarmarka�ini yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida yarmarka hududini hamda konferensiya o‘tkazish joyini tayyorlash va bezash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

mutasaddi vazirlik va idoralar

Hududiy yarmarkalar doirasida

9.

Sanoat yarmarkasi ishtirokchilari uchun stendlarni o‘rnatish va loyihalash ishlarini yakunlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan to‘rt kun oldin

10.

Sanoat yarmarkasi davomida elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali mahsulotlarni xarid qilish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chi�arish bo‘yicha texnik jihatdan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandumlar tuzish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

11.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar miqdori, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar turlari, yangi yuqori texnologik mahsulotlar va innovatsion ishlanmalar va boshqalar bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishtirokchilarini rag‘batlantirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

12.

Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Shuningdek, sanoat yarmarkasi yakunlari bo‘yicha bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

13.

Sanoat yarmarkasi tashkiliy Ishchi guruhining yig‘ilishini tashkil etish.

Yig‘ilishda sanoat yarmarkasi natijalarini, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda samaradorlikka erishish chora-tadbirlarini belgilab olish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan uch kun muddatda

Tashkilotlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va kengaytirib borish, ushbu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokini faollashtirish takliflarini tayyorlash

14.

Hududiy va tarmoq tashkilotlari tomonidan elektron kooperatsiya portalida (www.cooperation.uz) ma’lumotlarni joylashtirish va doimiy yangilanishini ta’minlash, xususan:

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar; o‘zlashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar; barqaror talabga ega hamda rivojlanishi istiqbolli bo‘lgan tashkilotlar import tovarlari;

hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda mas’ul bo‘lgan rahbarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (shaxsning aloqa ma’lumotlari va h.k.).

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Doimiy

15.

Sanoat yarmarkalari natijalari bo‘yicha sanoat kooperatsiyasi va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflarni inventarizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasi uchun mahsulot yetkazib berish shartnomalari reyestrini, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish memorandumlarini shakllantirish.

Tayyorlangan ma’lumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

16.

Sanoat yarmarkasi doirasida import qilinadigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarning turlarini ishlab chiqarish kooperatsiyasi, shu jumladan, inventarizatsiya natijalariga ko‘ra kichik korxonalarni jalb qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish.

Tayyorlangan ma’lumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

17.

Ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik qayta taqsimotlardan samarali foydalanish asosida kichik korxonalar imkoniyatlaridan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishni va yetkazib berishni tashkil etish.

Tayyorlangan taklif va ma’lumotlarni Ishchi guruhiga kiritish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

Hududiy yarmarkalar doirasida

Hududiy yarmarkalar yakuni bilan

18.

Sanoat va hududiy korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillarini ishlab chiqarilishi taklif etilayotgan import o‘rnini bosuvchi xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirish, shuningdek, ushbu ma’l�motlarni elektron kooperatsiya portalidagi virtual ko‘rgazmalarda joylashtirish (cooperation.uz).

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil may — dekabr oylarida

19.

Import tarkibi va ichki bozor ehtiyojlari tahlili asosida ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish tavsiya etilayotgan mahsulotlarga buyurtmalar berish.

Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Hududiy yarmarkalar doirasida

20.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kuyidagi masalalarda yordam ko‘rsatish: ularga bo‘sh bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan texnologik uskunalarni va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asbob-uskunalarni ijaraga berish;

o‘zlashtirilayotgan mahsulotlar uchun texnik parametrlar va sifat talablarini muvofiqlashtirib borish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

Doimiy

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

21.

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi (keyingi o‘rinlarda — respublika sanoat yarmarkasi) doirasidagi takliflar asosida kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni o‘rganish, ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishda mahalliy korxonalar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil oktyabr

Ixtisoslashgan tashkilotlarning respublika sanoat yarmarkasida yangi aloqalar va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish doirasida yangi texnologiyalar va ishlab chiqarish loyihalarini, shuningdek, talab etiladigan mahsulotlar bo‘yicha takliflarni taqdim etish.

Innovatsion rivojlantirish vazirligi (Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi (Yuldashev)

22.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish tadbirlari asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot texnik parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirish yechimini ishlab chiqish.

Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

“O‘zstandart” agentligi (Sattarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida

23.

Sanoat kooperatsiyasi asosida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha elektron kooperatsiya portalida tuzilgan shartnomalarning dastlabki reyestrini shakllantirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 22 — 28-noyabr

24.

Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilariga taklifnomalar va boshqa kerakli materiallarni tarqatish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 1-noyabr

25.

Ariza berish, stendlar eskizlari bilan tanishish, yarmarkada taklif etiladiganlar ro‘yxati, shuningdek, yarmarka ishtirokchisining yangi va namoyish etilayotgan mahsuloti nomenklaturasini elektron kooperatsiya portali (cooperation.uz) orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini ishga tushirish.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 1-noyabr

26.

Stendlarni loyihalash va joylashtirishni tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishtirokchilari bilan kelishish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari

2021-yil 15-noyabr

27.

Respublika sanoat yarmarkasida tuzilgan shartnomalar doirasida mahsulotlarni yetkazib berishning prognoz parametrlarini aniqlash va tarmoqlararo sanoat yarmarkasining tashkiliy Ishchi guruhiga tasdiqlash uchun taqdim etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 20-noyabr

28.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari rivojlanishini ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan korxonalar sonidan kelib chiqib, ro‘yxatga kiritiladigan mahsulotlarni tanlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 1-noyabr

29.

Respublika sanoat yarmarkasini o‘tkazish dasturini tayyorlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil 10-noyabr

30.

Ushbu tarmoq yarmarkasiga tayyorgarlikni ko‘rib chiqish, tadbir dasturini, ishtirokchilar ro‘yxatini, maketini, kutilayotgan natijalarini va boshqalarni kelishib olish uchun tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkiliy Ishchi guruhining yig‘ilishlarini o‘tkazish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov)

2021-yil oktyabr-noyabr oylarida

31.

Faxriy mehmonlarni taklif qilish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

2021-yil 1-noyabr

32.

Respublika sanoat yarmarkasi ishtirokchilari stendlarini o‘rnatish va loyihalash ishlarini yakunlash.

Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

33.

Respublika sanoat yarmarkasida mahalliy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilishi tavsiya etilgan mahsulotlar ro‘yxati va ilg‘or xorijiy texnologiyalar taqdimoti asosida stend tashkil etish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

34.

Tegishli stendlar dizayni va yarmarka ishtirokchilariga standartlashtirish, sertifikatlash, moliyaviy xizmatlar bo‘yicha maslahatlar berish.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

“O‘zstandart” agentligi, tijorat banklari,

sug‘urta va lizing kompaniyalari

Yarmarka doirasida

35.

Elektron kooperatsiya portalida yarmarka doirasida tuzilgan shartnomalar hajmi va sohalar bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 22 — 27-noyabr

Asosiy tadbirlar uchun joylarni tayyorlash

36.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlarini o‘tkazish uchun yarmarka hududini, pavilonlarni, konferensiyalar o‘tkazish xonasini tayyorlash va bezash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

37.

Elektr ta’minoti, zaxiradagi yoritish uskunalari, konditsioner, aloqa va telekommunikatsiya tizimlari hamda ko‘rgazma majmuasi va konferensiyalar zalini tayyorlash.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev)

2021-yil 20-noyabr

38.

Ko‘rgazma majmuasi tashqi hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 20-noyabr

39.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM hududida respublika sanoat yarmarkasi o‘tkaziladigan joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev),

Ichki ishlar vazirligi

2021-yil 22 — 27-noyabr

40.

Respublika sanoat yarmarkasini o‘tkazish shtabini tashkil etish, taqdimotni o‘tkazish, sh�rtnomalar va matbuot markazini elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yarmarkani ochilish va yopilish marosimlari uchun zarur asbob-uskunalar (ovoz kuchaytirgich apparaturasi, keng formatli monitorlar va proyektorlar) bilan ta’minlash hamda tadbir davomida taqdimotlar o‘tkazish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Savdo-sanoat palatasi (Ikramov),

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 22 — 27-noyabr

41.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKKning barcha pavilonlarida taqdimotlarni namoyish etish va jonli efirga uzatishni ta’minlash.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Maxsudov),

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

Yarmarka davomida

42.

Respublika sanoat yarmarkasi o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev), Ichki ishlar vazirligi

Doimiy

Reklama kampaniyasi, ommaviy axborot vositalarida respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish haqida axborotlarni keng jamoatchilikka yetkazish

43.

Davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarda, shuningdek, elektron kooperatsiya portalida (cooperation.uz) respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi haqidagi reklamalarni joylashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat tashkilotlari

2021-yil 15-noyabr

44.

Respublika sanoat yarmarkasi o‘tkazilishi haqida audio va video formatda reklama lavhasini ishlab chiqish hamda ularni markaziy televideniye va radio kanallarda yoritib borish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev)

2021-yil oktyabr-noyabr oylarida

45.

Respublika va hududiy sanoat yarmarkasi rejalashtirilgan tadbirlari haqida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, markaziy va hududiy bosmaxonalar hamda ommaviy axborot vositalari (navbatdagi sonida), shuningdek, radio va teleradiokanallarda (kundalik) reklamalarni joylashtirish.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil iyun — oktyabr
2021-yil 20-noyabr

46.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirlari, ularni amalga oshirishning maqsad va vazifalari, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha korxonalar tajribasi haqidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Yarmarkani o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda

47.

Respublika sanoat yarmarkasi tadbirini reklama qiluvchi bannerlarni ishlab chiqish.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 1-noyabr

48.

Respublika sanoat yarmarkasi o‘tkazilishi haqida reklama bannerlarini chop etish va joylashtirish.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Rahimov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Abdinazarov)

2021-yil 5 — 18-noyabr

49.

Toshkent shahri va viloyatlar markazlarining markaziy ko‘chalardagi elektron monitorlarda respublika sanoat yarmarkasi haqida tayyorlangan reklama roliklarini ko‘rsatib borish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2021-yil 15 — 28-noyabr

50.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM hududida xush kelibsiz va boshqa tadbirga oid bannerlarni chop etish hamda joylashtirish.

“O‘zekspomarkaz” AJ MKM (Yuldashev)

2021-yil 15-noyabr

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 09/21/324/0489-son)