1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, ilm-fan va innovatsiya yutuqlarni keng joriy etgan holda hududlarda “sanoat klasterlari”ni tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq yangilangan tarkibda tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport prognoz parametrlarining bajarilishini doimiy ravishda monitoring qilish, shuningdek kelgusi yillar uchun eksport prognozini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar va tarmoq eksport salohiyatining oʻsishi va safarbar etilishiga toʻsqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobarqaror tashqi konyunktura, shuningdek yangi turdagi xalqaro tahdid va xatarlar (koronavirus pandemiyasi kabi) sharoitida mamlakatning eksport qilish salohiyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport faoliyatini amalga oshirishda aniqlangan muammolarni oʻrganib, zarur hollarda joyida bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini yanada kengaytirish boʻyicha amaliy, shu jumladan qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirgan holda investitsiya dasturlari va markazlashgan investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni shakllantirish hamda oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish hamda investitsiya oqimining oʻsishi va ularning jalb etilishiga toʻsqinlik qiladigan joriy va tizimli muammolarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlari va tarmoqlar yoʻnalishi doirasida investitsiyalarning oʻzlashtirilishi va loyihalarning amalga oshirilishi holatini oʻrganish hamda vujudga kelayotgan muammolarni, shu jumladan joyida bartaraf etish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalari, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kelishiladigan koʻp yillik hamkorlik dasturlari va strategiyalarini taqdim etish, ular ishtirokidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va loyihalarni amalga oshirish guruhlarining hisobotlarini eshitish, shuningdek ushbu loyihalarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida sanoatni jadal rivojlantirish hamda ilm-fan, innovatsiya, loyiha, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini qamrab olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo hamda materiallardan samarali foydalanish asosida qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratishni taʼminlaydigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.02.00 Oliy darajada kutib olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlar, shu jumladan eksport kelishuvlarining toʻlaqonli bajarilishi hamda investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida hamda samarali ijro etilishini taʼminlash, toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yoʻl xaritalari”da nazarda tutilgan tadbirlarning ijro etilishida sunʼiy ravishda choʻzish va sansalorlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Hukumat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha qabul qilingan bayonnoma topshiriqlarining eksport, investitsiyalar, hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda boshqa tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qismining ijrosini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Hukumat komissiyasining Ishchi organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini yanada kengaytirish, investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hukumat komissiyasiga (S. Umurzakov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va ichki bozorda narx va talab konyunkturasi, ishlab chiqarish va taqsimot balanslaridan kelib chiqib, eksport prognozining yillik umumiy koʻrsatkichlarini saqlagan holda eksport prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllashda belgilangan meʼyorlarga oʻzgartirishlar kiritish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan meʼyorlardan tashqari);
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturlariga ularning umumiy parametrlari hamda koʻrsatkichlarini saqlagan holda tuzatish, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi PF-6240-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya miqdori 200 million AQSh dollaridan hamda ijaraga beriladigan maydoni 70 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan yirik savdo-koʻngilochar markazini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida tijorat binolarini ijaraga berish shartnomalarida ijara toʻlovlarini chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga ruxsat etish. Bunda, ijara toʻlovlari Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kursi boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PF-62-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, shuningdek xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning umumiy koʻrsatkichlarini oʻzgartirish Hukumat komissiyasi (S. Umurzakov) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukumat komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini oʻrganish uchun doimiy ravishda respublika viloyatlariga tashriflarni amalga oshirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Umurzakov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududda ishlab chiqarishni kengaytirish, raqobatdosh mahsulot chiqarishda ilm-fan, innovatsiya, loyihalashtirish, moliya, injiniring va investitsiya tashkilotlarini oʻz ichiga olgan “sanoat klasterlari”ni tashkil etish dasturini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari S. Umurzakov va J. Qoʻchqorov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va hudud rahbarlari bilan birgalikda har hafta sanoatdagi ishlar holatini muhokama qilib, muammolarni yechib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda sanoat va investitsiya boʻyicha barcha koʻrsatkichlarni qayta hisob-kitob qilib, korxonabay ish rejasini tasdiqlasin hamda ijrosi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari bir oy muddatda hududlarga chiqqan holda, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish rejasini kafolatli taʼminlash va investitsiya loyihalarini yakunlash uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir haftada barcha sanoat korxonalari boʻyicha ishlab chiqarish dasturlarini tasdiqlasin va ijrosini qatʼiy nazoratga olsin hamda har chorak yakuni boʻyicha dasturlar ijrosi natijalari toʻgʻrisida Hukumat komissiyasiga axborot kiritib borsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarning cheklangan soni 18 nafar boʻlgan Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tashkil etilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Inspeksiya zimmasiga Hisob palatasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish jarayonini yanada takomillashtirish, budjet tashkilotlari, budjet mablagʻlarini oluvchilar va monitoring yuritiladigan korxonalar tomonidan import qilingan mahsulotlarning asoslanganligini oʻrganish boʻyicha funksiyalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tuzilmasidagi Strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosini monitoring va nazorat qilish shuʼbasining 7 ta hamda Oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va unga koʻmaklashish shuʼbasining 11 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya faoliyati mazkur Farmonga muvofiq tasdiqlanayotgan Hukumat komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hisob palatasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish doirasida Inspeksiyaning “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimidan foydalanishi imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosarlari A. Voitov va L. Kudratov zimmasiga — Hukumat komissiyasining faoliyatini samarali tashkil etish, eksport prognoz koʻrsatkichlari, Investitsiya dasturlarining umumiy parametrlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlash, shuningdek xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish boʻyicha masʼul vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari O. Rustamov zimmasiga — ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning elektron kooperatsiya portaliga toʻliq joylashtirib borilishini taʼminlash, mazkur portalda savdo hajmlarini keskin oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokurorning oʻrinbosari S. Saidkarimov zimmasiga — Hukumat komissiyasi tomonidan berilgan topshiriqlarning masʼul vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari O. Nasritdinxodjayev zimmasiga — Hukumat komissiyasi faoliyati doirasida mahalliy eksport qiluvchi korxonalar va loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq ajratilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari F. Arziyev zimmasiga — xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy diplomatiyani kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari tomonidan mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisining oʻrinbosari B. Abubakirov zimmasiga — tijorat banklari tomonidan eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarni shakllantirish boʻyicha zarur kredit mablagʻlarini ajratish, shuningdek, investitsiya loyihalari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari M. Saliyev zimmasiga — mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirishda bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, ushbu yoʻnalishga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari A. Fayzibayev zimmasiga — eksport qiluvchi korxonalar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga taqdim etilgan soliq imtiyozlarini samarali qoʻllanilishini taʼminlash, shuningdek mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovlarini oʻz vaqtida qaytarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D. Sattarov zimmasiga — mahalliy eksport qiluvchi korxonalar hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori I. Ergashev zimmasiga — mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda tashqi bozorlardagi fitosanitariya cheklovlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi A. Mirsoatov, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi S. Annaklichev va “Asaka” ATB boshqaruvi raisi N. Saydullayev zimmasiga — mamlakatning eksport va investitsiya salohiyatini yanada kengaytirishga qaratilgan tadbirlar hamda raqobatbardosh loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi ikki hafta muddatda mazkur Farmon talablari hamda davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish jarayonlarining qonuniyligini va davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyihalarni audit qilish vazifalari yuklatilganligidan kelib chiqib, Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-sentabrdagi “Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy ishlovchi Respublika komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 758-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6042-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi PF-6306-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
S.U. Umurzakov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Hukumat komissiyasi raisi
2.
A.B. Voitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari
3.
O.B. Rustamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari
4.
S.S. Saidkarimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari
5.
F.J. Raximov
—
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati mudiri, Hukumat komissiyasi raisi oʻrinbosari
6.
A.R. Jumanazarov
—
Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining oʻrinbosari
7.
O.Z. Nasritdinxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
8.
L.Sh. Kudratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
F.N. Arziyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
I.R. Maxkamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
11.
N.K. Xolmurodov
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari
12.
Sh.A. Vafayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori
13.
B.Y. Abubakirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari
14.
M.O. Saliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
15.
A.E. Fayzibayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
16.
D.N. Sattarov
—
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori
17.
T.N. Nabiyev
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi
18.
I.K. Ergashev
—
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
19.
A.K. Mirsoatov
—
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ boshqaruvi raisi
20.
S.S. Annaklichev
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi
21.
N.N. Saydullayev
—
“Asaka” ATB boshqaruvi raisi
22.
J.Sh. Avezov
—
Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalarikotibiyati mudirining oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Hukumat komissiyasi tarkibiga vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklarining rahbarlari qoʻshimcha ravishda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-fevraldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmoniga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni, shuningdek, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5565-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-2-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan tashkiliy tadbirlarning oʻz vaqtida ijro qilinishi ustidan nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalari tashrif boshlanishidan bir oy avval Inspeksiya bilan birga batafsil koʻrib chiqilganidan soʻng Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya har oyda oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari ijrosining borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan aniq investitsiya loyihalari, xalqaro moliya institutlarining qarzlari, kreditlari, texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarini) jalb qilish hamda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturasi” soʻzlari “Inspeksiya va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va boshqa masʼul idoralar oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha, shu jumladan ularning ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun “Ijro.gov.uz” tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud boʻlgan elektron materiallarni Inspeksiyaga taqdim etib borsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov) va boshqa manfaatdor vazirliklar rahbarlariga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarda avvaldan qoʻyilgan maqsadlarga erishish va amalga oshirish boʻyicha koʻtarilgan masalalarni va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi natijalarini oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarga — oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlar loyihalarini sifatli ishlab chiqish, shuningdek, Inspeksiyaga ushbu Farmonga muvofiq materiallarni oʻz vaqtida, asoslantirilgan holda va toʻliq taqdim etish uchun”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5717-son Farmoni 15-bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4563-son qarori 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida tashqi qarzni jalb etish boʻyicha 2020-yilda yangi imzolanadigan shartnomalar doirasida jalb qilinadigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan chegaraviy hajmlar doirasida aniqlanadi”.
(4-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 06/20/6042/1190-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2021-y., 06/21/6240/0514-son, 08.09.2021-y., 06/21/6306/0852-son; 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 27.04.2023-y., 06/23/62/0232-son; 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)