18.11.2020 yildagi 726-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi maʼmuriy reglamentlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PF-5816-son Farmoni ijrosi yuzasidan, shuningdek notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
726-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament notarius tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni (koʻchmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaxsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi oʻrinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Tizim) skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin.Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.

2-bob. Murojaat qilish tartibi

5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron tarmoq) roʻyxatdan oʻtadi.

6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.

7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.

9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat boʻyicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.

10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;

tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa;

soliq yoki kommunal xizmatlardan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — MIB) maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan koʻp kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va toʻsiq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlmasa;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.

3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi

11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.

Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.

Bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;

16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;

harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);

chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

xorijda yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)

fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.

Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.

14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.

Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.

Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi bitimlarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)

Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.

4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi

17. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.

Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.

Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, bitimni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.

Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimlar tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.

5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi

18. Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.

Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.

Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi Koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qoʻyiladi.

Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi

19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻgʻrisida berilgan guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk yoki uning bir qismi auksionda (kim oshdi savdosida) sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun ruxsatnomasi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.
(20-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari notarial idorada qoldirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mulkdor oʻziga qarashli koʻchmas mulk yoki uning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar koʻchmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻgʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki koʻchmas mulk yoxud uning bir qismi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaxsga oʻtkazilgan qismi haqida belgi qoʻyadi, shuningdek oʻz imzosi va muhrini qoʻyib, nusxasini olib qoladi.
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitim rasmiylashtirilayotganida, mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar (gaz taʼminoti, sovuq suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarish, issiqlik taʼminoti (markaziy isitish va issiq suv taʼminoti) boʻyicha xizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr maʼlumotnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr organlarining boshqa mulkdorga rasmiylashtiriladigan koʻp kvartirali uydagi xonadonning ichki tayanch va toʻsiq konstruksiyalarining texnik holati buzilmaganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha budjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar haqidagi ichki ishlar organining maʼlumotnomasi;
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa (garov reyestrida kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud boʻlsa), garovga oluvchining (kreditorning) roziligi;
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimi orqali tegishli mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulklar boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — oltinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan maʼlumotnomalar Tizimda saqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bitimda yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni haqidagi maʼlumotlar kadastr maʼlumotnomasi va mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar asosida yoziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoxud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek koʻchmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash xonasi boʻlmagan qismini qayta taʼmirlab, yashash xonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish boʻlimining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasini taqdim etishni talab qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr maʼlumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimda ularning maydoni kadastr maʼlumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi mulkdori tomonidan ushbu mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri koʻchmas mulk yoki uning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim matnida ushbu mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibini faqatgina quyidagi hollarda koʻrsatib oʻtishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi sud hujjati mavjud boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitim matnida ushbu koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi ana shu ulushni sotib olayotgan shaxs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi kelishuv ushbu mulkning aniq qismlaridan (kvartiralar, xonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda kadastr maʼlumotnomasi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflariga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusxasiga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi, asl nusxasi qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi kelishuv, agar koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ulushlar miqdorining oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organining bu oʻzgarishlar toʻgʻrisida ruxsatnomasini yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasini, shuningdek kadastr maʼlumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk yoki uning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusxasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusxasi (nusxalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qurib bitkazilmagan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi Reyestrdan koʻchirma yoki guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallanmagan obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Reyestrdan koʻchirma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchi shaxsning mehnatga layoqatliligi (yoshi yoki sogʻligʻi boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga beruvchiga moddiy taʼminotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy taʼminotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod taʼminlash sharti bilan boshqa shaxsga beruvchi boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530 — 534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umrbod taʼminlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga berish shartnomasi boʻyicha uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini mulk qilib berish majburiyatini olgan shaxsning vafotiga yoki ushbu shartnoma bekor qilingunga qadar notarius tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining koʻchmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruxsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, memorial order, kirim va chiqim kassa toʻlov hujjatlari, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda, koʻchmas mulk yoki uning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot ham talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi, hadya shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan aʼzolarining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan (vafot etgan shaxslar bundan mustasno) shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan yozma roziligi (agar xususiylashtirish “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklaridan olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda, ularning oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirmasi (nusxasi olib qolinib, asli qaytarib beriladi) yoxud oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan maʼlumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar boʻlganda, koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada koʻrsatilgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati va Toshkent shahrida — 300 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida — 200 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida — 100 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan koʻchmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hududlarda — qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchmas mulkni sotib olishda oʻzaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi. Bunda bitta koʻchmas mulk bir nechta shaxslar tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, har bir mulkdorning ushbu mulkdagi ulushi mazkur bandda nazarda tutilgan tegishli miqdordan kam boʻlmasligi lozim.
(321-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) tomonidan koʻchmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda koʻrsatilgan koʻchmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga “IT-visa” oʻrniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma “IT-visa”ga tenglashtiriladi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatandosh” kartasiga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda koʻrsatilgan koʻchmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
(321-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olishishi huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalarining roʻyxatining (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda — M va FRB) doimiy roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy roʻyxatga olingan shaxsning doimiy roʻyxatga olinganligiga uning qayd varagʻi orqali uch yil toʻlganligini;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 6-bandi asosida doimiy roʻyxatdan oʻtgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan bitimlar va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyxatning 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblansa va MvaFRBning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 2 va 3-bandlari asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxsning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligiga uning qayd varagʻi orqali uch yil toʻlganligini;
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 6-bandi asosida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaxsning Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining maʼlumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash ushbu shaxslar tomonidan yangi qurilgan narxi shartnoma tuzilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining 3 300 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda amalga oshiriladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda, mulk huquqi (tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruxsatnomasi asosida) vujudga kelgan paytdan eʼtiboran uch yil oʻtmagan koʻp qavatli turar joy binolari, qurilish dasturlari doirasida namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar (jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) tushuniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasiga ega boʻlgan diplomatik korpus xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy banklarning doimiy vakolatxonalari xodimlari boʻlgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshligʻi qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos boʻladi: ushbu Reglamentning 12-bandida koʻrsatilgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlardan biri, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar. Ushbu ariza koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa — u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflarining oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar, tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.

Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmati orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qoʻllaniladi.

Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga huquqiy oqibatini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan koʻchmas mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius qonunga muvofiq, er va xotinning har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablagʻlar (kapital taʼmirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qoʻshilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki sud tomonidan ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;

bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;

faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.

38. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.

Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.

39. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning oʻzi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki toʻxtatib turilganligi haqidagi maʼlumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi boʻyicha olingan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida maʼlumotnoma belgilangan miqdordagi toʻlov undirilgandan soʻng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov reyestrida bitim predmeti boʻlgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin notarial harakatni amalga oshirish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan maʼlumotnoma (maʼlumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
(401-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi

41. Mazkur Reglamentning 20 — 40-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va maʼlumotlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan bitimlarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bitim matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq toʻlovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, STIRi toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bitimning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bitimning matnida (tegishliligiga qarab):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);

bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;

bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
(43-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti boshqa shaxsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan maʼlumotnoma raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud boʻlsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;
(43-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaxslar roʻyxati (oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalarida);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonunchilik hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi (davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulklar boʻyicha);
(43-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim necha nusxada tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflarning xohishiga koʻra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda, uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
(43-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.

16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Bitim yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

46. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar oʻzaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda oʻzaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvaragʻidan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvaragʻida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning maʼlumotnomasini talab qiladi. Mazkur maʼlumotnomalar hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.

48. Bitim taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi va bu haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan soʻng toʻlov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilxatni talab etadi.

9-bob. Bitimni tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi

49. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.

Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.

Bitim toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(49-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.

10-bob. Bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibi

50. Toʻlovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.

52. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.

Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.

53. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
541. Notarius tomonidan amalga oshiriladigan ushbu Nizomning 51 — 54-bandlaridagi barcha harakatlar majburiy audio- va videoyozuvda qayd etiladi hamda tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
(541-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bitim tasdiqlangandan soʻng koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi maʼlumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan notarius tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi

57. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.

Bunda, bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;

videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va maʼlumotlarni Tizimga kiritadi;

bitimning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;

taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;

Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.

Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.

Misol:

Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.

Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
(57-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.

Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.

Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;

Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.

Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.

Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.

Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.

Elektron shaklda berilgan hujjat qogʻozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.

Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.

Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib, Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.

Bitimning ikkinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra bitimning nusxasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat va uning noyob raqami shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.

Mazkur bandda koʻrsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Bitimni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi

59. Bitimdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 59-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.

Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.

61. Notarial tasdiqlangan bitimni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi olinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi shuningdek, garov reyestrida koʻchmas mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi tekshiriladi.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov reyestrida bekor qilinayotgan bitim predmeti boʻlgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin bitimni bekor qilish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.

Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.

Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yoxud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.

63. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan bitimning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi

64. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;

muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlari boʻlmagan vakil bitimni tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;

bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(64-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.

Notarius bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytariladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 384-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish

66. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi oʻrinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.

Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bitimlarning yigʻmajildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.

Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.

Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.

Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.

70. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.

74. Bitimlar yigʻmajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Yakuniy qoidalar

75. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulklarni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim
(YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

1. Xohishiga koʻra.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala
va huquq layoqatini aniqlash.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

3. Kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali kadastr maʼlumotlari, soliq va kommunal xizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi hamda koʻchmas mulk xususiylashtirilgan turar joy boʻlsa tuman (shahar) hokimliklaridan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.

4. Agar koʻchmas mulk turar joy boʻlsa, turar joy joylashgan ichki ishlar organiga kuryerlik xizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali turar joyda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni olish.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Avtomatik tarzda.

3. Agar maʼlumot:

kuryerlik xizmati orqali olinsa – bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa – zudlik bilan real vaqt rejimida.

4. Agar maʼlumot:

kuryerlik xizmati orqali olinsa – bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa – zudlik bilan real vaqt rejimida.

3-bosqich

Notarius

Bitim loyihasini tayyorlash va loyihani bitim taraflariga oʻqib berish hamda bitim mazmunini taraflarga tushuntirish.

Hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy
va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Bitimni notarial tasdiqlash, tasdiqlangan bitimni Reyestrga kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish.

1-5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng
15 daqiqa ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi oʻrinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va video qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni toʻliq audio va video qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitim murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron tarmoq) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat boʻyicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — MIB) maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi”;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yohud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda homiyning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi bitimni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha bitim tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan bitim va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi shaxs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimga ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, bitimni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan bitim tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitim tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida bitimni tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon yohud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Bitimni tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius avtomototransport vositasi mulkdorga tegishliligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notarius tomonidan bitimni tasdiqlash davomida murojaat qiluvchilar tomonidan avtomototransport vositalari agregatlar raqamlari roʻyxatdan oʻtkazish raqamlariga muvofiqligi yuzasidan koʻzdan kechiriladi va bu haqida bitimda aks ettiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jismoniy shaxslar oʻrtasida bitimni tasdiqlashda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mashinalarning texnik pasporti yoki texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarning texnik guvohnomasi);
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa — “Oʻzavtotexxizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkilotlarining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan transport vositasini qayd etish guvohnomasi berilgan boʻlsa — merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros ikki yoki undan ortiq merosxoʻrlarga berilgan boʻlsa, avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda barcha merosxoʻrlar yoki ularning vakillari ishtirok etib, bitimni imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitimni tasdiqlashda taraflar yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlgan hollarda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mashinalarning texnik pasporti yoki texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarning texnik guvohnomasi);
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs vakolatli organining avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi hujjati (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning roziligi (agar yuridik shaxsga avtomototransport vositasi operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-kitob kechiktirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaxs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda avtomototransport vositasining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan maʼlumotnoma hamda yuridik shaxsning sof aktivlari haqida maʼlumot ham talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqlashda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Budjet tashkilotlarining avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolarda sotiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Er (xotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun xotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki xotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos boʻladi: fuqaroning pasporti, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoxud dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar. Ushbu ariza avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaxsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa — u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki xotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflarining oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki xotini yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar, tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat qiluvchi tomonidan tugilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er yoki xotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er (xotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻgʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-xotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi boʻyicha olingan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida maʼlumotnoma belgilangan miqdordagi toʻlov undirilgandan soʻng beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov reyestrida bitim predmeti boʻlgan mulkka nisbatan kreditorning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjudligi aniqlansa, notarius murojaat qiluvchiga kreditorning roziligi olingandan keyin notarial harakatni amalga oshirish mumkinligi haqida tushuntiradi. Bunda kreditorning roziligi Tizim orqali olinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning oʻzi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki toʻxtatib turilganligi haqidagi maʼlumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda oʻzaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin. Bunda, notarius sotib oluvchi taraf sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi haqidagi tegishli bankning maʼlumotnomasini talab qiladi. Mazkur maʼlumotnoma hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan maʼlumotnoma (maʼlumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Bitim loyihasini tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Reglamentning 5 — 29-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va maʼlumotlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa — notarius bitim loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan bitimning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan bitimning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning xohishiga qarab bitim matni oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bitim matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimda yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR), davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, quvvati (ot kuchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining taraflar tomonidan kelishilgan bahosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida hisob-kitob amalga oshirilgani yoki amalga oshirish muddati kechiktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlamaganligi va xatlanmaganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim necha nusxada tuzilganligi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari va boshqa turdagi bitim notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab oʻn kun mobaynida DYHXX organlarida roʻyxatidan oʻtkazilishi kerakligi. Bunda, shartnoma matnining yakuniy qismida va tasdiqlovchi yozuvda “Ushbu shartnoma IIVning tegishli DYHXX organlarida oʻn kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mazkur talabni bajarmaslik qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi” deb yozib qoʻyiladi.
(31-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning ixtiyoriga koʻra bitimda qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham koʻrsatilishi mumkin.
(31-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim taraflarning xohishiga koʻra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda, uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
(31-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Bitim yuzasidan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar oʻzaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar ixtiyoriy tarzda oʻzaro hisob-kitoblarni bank xizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvaragʻidan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvaragʻida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning maʼlumotnomasini talab qiladi. Mazkur maʼlumotnomalar hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bitim taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi va bu haqidagi maʼlumotlar Tizimga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq avtotransport vositasi uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablagʻlari sotuvchining bank hisobvaragʻiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan soʻng toʻlov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilxatni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Bitimni tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Bitimni taraflar tomonidan imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Toʻlovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bitimning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bitimning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Bitimni videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimlarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimlarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va maʼlumotlarni Tizimga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sotuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Avtomototransport vositasi sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
(44-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat, avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimga joylashtirilgan bitim bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaxsi men, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib oluvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan hujjat qogʻozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusxasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning ikkinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra bitimning nusxasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat va uning noyob raqami shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Bitimni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bitimdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 46-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarni amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Notarial tasdiqlangan bitimni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusxalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yohud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan bitimning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Bitimni tasdiqlashni rad qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil bitimni tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(51-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi oʻrinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bitimlarning yigʻmajildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Bitimlar yigʻmajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda bitimni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish

1. Xohishiga koʻra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

2. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Bitim loyihasini tayyorlash va loyihani bitim taraflariga oʻqib berish hamda bitim mazmunini taraflarga tushuntirish.

2. Bitim va bitim taraflari haqidagi maʼlumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

1. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimni notarial tasdiqlash.

2. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitim toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi organlariga hisobga qoʻyish uchun Tizim orqali yuborish.

1 — 5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notariuslar tomonidan shartnoma notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida shartnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va shartnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoda qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar shartnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shartnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi shartnomani rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yohud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron tarmoq) roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchilar elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli shartnoma loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat boʻyicha shartnoma loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hollarda shartnoma rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (xatlov) mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — MIB) maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolar — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarius shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shartnomani rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi shartnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Shartnoma vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot Tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius taʼsis hujjati boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslarning rahbarlaridan shartnomalar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida shartnomani tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun shartnomani ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan shartnomalarni uning vasiysi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar shartnomalarni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday shartnomalarni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi shartnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro shartnomalarni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi shartnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiy va homiy, ularning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaxs bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiy yoki homiyning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaxsning vakili boʻlishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va h.k.) shartnomani tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, shartnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan shartnoma tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida shartnomani tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Shartnomani rasmiylashtirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, shartnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va shartnomaning mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida shartnoma matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi shartnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, shartnoma uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda, notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, shartnoma uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan shartnoma mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar shartnoma bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan tartibda shartnomani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli shartnomani oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shartnomani tasdiqlash uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shartnomani tasdiqlash uchun notarius quyidagilarni talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) narsasiga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr maʼlumotnomasi (koʻchmas mulklar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy majburiyat haqidagi shartnoma (kredit yoki qarz shartnomasi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, transport ekspeditsiyasi va boshqalar) nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga (ipotekaga) qoʻyilgan mol-mulkning garovga oluvchi va garovga qoʻyuvchi bilan birgalikdagi tuzilgan baholash dalolatnomasi yoki baholovchi tashkilotning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga (ipotekaga) qoʻyilayotgan mol-mulk umumiy mol-mulkni (er-xotinning birgalikdagi mulki) tashkil etsa, barcha mulkdorlarning (er-xotinning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy boʻlsa tuman (shahar) hokimliklaridan olingan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirishda qatnashib rozilik bergan shaxslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan rozilik arizalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylikdagi shaxsga qarashli boʻlgan koʻchmas mulk bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga garovga berilganda, vasiylik va homiylik organlarining roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) narsasi ashyoviy huquq boʻlgan (operativ boshqaruv huquqi, meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi, yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi, servitutlar va h.k.) holatda mulkdorning roziligi, qonunda va shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning uchinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotnoma notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi. Idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan olingan maʼlumotnomalar Tizimda saqlanadi.
(19-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(19-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq shartnomani tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusxalari notarial idorada olib qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari ularga notariusning “asliga toʻgʻri” degan ustxati yozilib, olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Notariuslar tomonidan shartnomani tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaxsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tugʻilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaxs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaxslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Notarius amalga oshirilayotgan shartnomaning oʻzi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki toʻxtatib turilganligi haqidagi maʼlumotlarni Tizim orqali tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shartnomani tasdiqlashda notarius garov (ipoteka) narsasi boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan taqiq, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud boʻlsa, shartnomani rasmiylashtirishda garovga oluvchining (kreditorning) roziligi olinadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241. Notarius tomonidan kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan maʼlumotnoma (maʼlumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusxalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Shartnoma loyihasini tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Reglamentning 5 — 24-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va maʼlumotlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan shartnoma loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius shartnoma loyihasining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan shartnomaning loyihasi yoki notarial idorada tuziladigan shartnomaning loyihasi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shartnoma matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisob raqam va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomaning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qanday shartnoma ekanligi (shartnomaning nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga (ipotekaga) oluvchi bilan garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi haqidagi toʻliq maʼlumot, jumladan, taraflar yoki ularning vakillarining familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili (ishonchnoma berilgan sana, uning raqami, kim tomonidan berilganligi va tasdiqlanganligi) hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turgan joyi va identifikatsiya qilish uchun yetarlicha tavsifi koʻrsatilgan holda ipoteka narsasi, uning bahosi, mohiyati, miqdori, ipoteka bilan taʼminlanadigan majburiyatni bajarish muddati va ipotekaga qoʻyilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida turganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) narsasi boʻlgan mol-mulk garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga qaysi huquqqa koʻra tegishli ekanligi va garovga (ipotekaga) qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organ nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar garov (ipoteka) narsasi garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga ijara huquqi asosida tegishli boʻlsa, ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) narsasining baholanganligi haqidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat, uning summasi, vujudga kelish asoslari va bajarilish muddati. Bu majburiyat biron-bir boshqa shartnomaga asoslangan hollarda esa, mazkur shartnomaning taraflari, tuzilgan sanasi va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat summasi kelgusida aniqlanishi lozim boʻlsa, garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat summasini aniqlash tartibi va boshqa zarur shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar garov (ipoteka) bilan taʼminlanadigan majburiyat qismlarga boʻlib bajarilishi lozim boʻlsa, tegishli toʻlovlarning muddatlari (davriyligi) va ularning miqdorlari yoki bu miqdorlarni aniqlash imkoniyatini beradigan shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyat koʻrsatilgan muddatda bajarilmasligining oqibatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garov (ipoteka) narsasining navbatdagi garovga (ipotekaga) qoʻyilgan yoki qoʻyilmaganligi, boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi bilan garovga (ipotekaga) oluvchilarning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanishi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma nusxalarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning shartnomani tasdiqlaganligi haqida tasdiqlovchi yozuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar kelishuvga erishgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, shartnoma matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk va avtomototransport vositalari bilan bogʻliq shartnomalar taraflarning xohishiga koʻra gerbli blankada rasmiylashtirilgan taqdirda uning tasdiqlovchi yozuvida gerbli (maxsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.
(27-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda nazarda tutilgan hollarda undiruvni ipotekaga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv asosida hal etilishi haqidagi maʼlumot ham ushbu shartnoma matnida koʻrsatib oʻtilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shartnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir shartnoma alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shartnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(29-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shartnomani tasdiqlashda notarius garovga (ipotekaga) qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Garov narsasini almashtirish zaruriyati tugʻilgan hollarda, garov narsasi garovga (ipotekaga) oluvchining roziligi bilan almashtiriladi. Notarius garovga (ipotekaga) oluvchining garov narsasini almashtirishga roziligi haqidagi yuridik shaxsning yozma shakldagi xabarnomasi (boshqa tegishli hujjatlar), jismoniy shaxsning arizasi asosida garov narsasini almashtirish toʻgʻrisida kelishuv bitimini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov bilan taʼminlanadigan majburiyatning bajarilish muddatini uzaytirish munosabati bilan garov (ipoteka) shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida ham kelishuv bitim tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Shartnomani tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Shartnomani tasdiqlashda notarius tomonidan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlanayotgan shartnoma, shu jumladan shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) shartnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Shartnomani taraflar tomonidan imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Toʻlovlar amalga oshirilib, shartnoma loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar shartnomani imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Shartnoma loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli shartnomani oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Shartnomaning barcha nusxalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra shartnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, shartnomani uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra shartnomani oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, shartnomani uning topshirigʻiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida shartnomaning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Shartnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shartnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Shartnomani videokonferensaloqa rejimida tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida shartnomani notarial tasdiqlashi mumkin va bunday shartnoma ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartib asosida barcha turdagi shartnomalarni tasdiqlash mumkin. Bu kabi shartnomalarni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shartnomaning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaxsini tasdiqlovchi (shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videokonferensaloqa orqali shartnomani tasdiqlashda tegishli shartnoma kartochkasini yaratadi va maʼlumotlarni Tizimga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi shartnoma tuzilayotganligini, shartnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu shartnoma mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda shartnomaning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi maʼlumotlar asosida shartnoma loyihasini elektron shaklda tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimda joylashtirilgan shartnoma loyihasini chop etadi va shartnomaning tegishli qismiga shartnomaning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va shartnoma bilan birga saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga (ipotekaga) qoʻyuvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma garovga (ipotekaga) qoʻyuvchining xohish-irodasi va amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Mulk garovga (ipotekaga) qoʻyuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
(39-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat, garov (ipoteka) shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shartnomani imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimga joylashtirilgan shartnoma bilan bogʻliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali shartnomaning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, notarius shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga qanday turdagi shartnoma tuzilayotganligini, shartnomaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu shartnoma mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi hamda hujjat matnini garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi)ga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Misol:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulugʻbek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning xohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi — B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon “Notarius” AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga (ipotekaga) qoʻyuvchi B.A.G.ning shaxsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi) A.A.V. (va (yoki) E.M.B.)ning shaxsi men, M. Ulugʻbek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga (ipotekaga) oluvchi (va (yoki) kredit oluvchi)ning shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, yaʼni shaxsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tugʻilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hech qanday maʼlumotlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda berilgan hujjat qogʻozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yigʻmajild shakliga keltiriladi, bunda maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaxlit holga keltirilgan shartnoma shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma uch nusxada tuziladi, bir nusxasi shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi (va (yoki) uchinchi) nusxasi shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning ikkinchi va (yoki) uchinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra shartnomaning nusxasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari, nikoh shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusxasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda, notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSHSHIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat va uning noyob raqami shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arxivga murojaat qilish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan qoidalar arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar uchun 2020-yil 1-yanvardan keyin, nikoh shartnomalari uchun 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shartnomadagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning (shartnoma ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 41-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Notarial tasdiqlangan shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosiy shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Notarial tasdiqlangan shartnomani bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar shartnomada bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaxs boʻlsa, shartnomani bekor qilish vaqtida yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab shartnomani bekor qilish haqidagi qarori (kredit komissiyasining qarori, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrugʻi va h.k.) olinadi. Shartnomaning barcha nusxalariga shartnoma bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi hamda unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida maʼlumot kiritiladi. Shartnomaning taraflarga berilgan nusxalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani bekor qilishda shartnoma predmeti koʻchmas mulk boʻlib davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻgʻrisidagi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi olinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi shuningdek, garov reyestrida koʻchmas mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi tekshiriladi.
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani bekor qilishda, agar mulk er-xotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) shartnomani bekor qilishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shartnomani haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda shartnomaning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan shartnoma predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusxasini qoldirib, asl nusxasini mulkdorga yoki uning merosxoʻrlariga yohud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan shartnomaning kseronusxasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaxs imzo qoʻyadi. Shartnomaning asl nusxasi merosxoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusxalari notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan shartnomaning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu shartnomani belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Shartnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda shartnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday shartnomani amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yohud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil shartnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan shartnoma uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(46-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, shartnomani tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik shartnomani tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda shartnomani tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Notarius shartnomani tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi oʻrinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial rasmiylashtirilgan shartnomaning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Shartnomalarning yigʻmajildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Shartnomalar yigʻmajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, shartnomani tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.

60. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

62. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan mol-mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tasdiqlash uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga koʻra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv        mavjud emasligini tekshirish.

2. Avtomatik tarzda.

3. Kadastr maʼlumotlari hamda ipotekaga qoʻyilayotgan mol-mulk xususiylashtirilgan turar joy boʻlsa tuman (shahar) hokimliklaridan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish.

3. Agar maʼlumotlar:

kuryerlik xizmati orqali olinsa bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa zudlik bilan real vaqt rejimida.

3-bosqich

Notarius

1. Shartnoma loyihasini tayyorlash va loyihani shartnoma taraflariga oʻqib berish hamda shartnoma mazmunini taraflarga tushuntirish.

2. Shartnoma va shartnoma taraflari haqidagi maʼlumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.

Toʻlov amalga oshirilgan
vaqtda

6-bosqich

Notarius

Garovga (ipotekaga) qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tasdiqlash va garov (ipoteka) shartnomasi predmetini boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash.

1 va 5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan ishonchnomalarni (keyingi oʻrinlarda — bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Notarial harakatlar notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va ishonchnomani rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoga qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishonchnoma murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishonchnomani tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga oʻzi kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron tarmoq) roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaxslarni qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchi tomonidan elektron tarmoq orqali ishonchnomani tasdiqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat boʻyicha tegishli hujjat loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan yoki notarial idoraga kelib qilingan murojaatlarni koʻrib chiqish quyidagi hollarda rad etiladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasarruf etish (oldi-sotdi, hadya qilish, ayriboshlash, lizing, ijara, tekin foydalanishga berish, garov (ipoteka)ga qoʻyish, mol-mulkni boshqa shaklda oʻzgaga oʻtkazish (tasarruf etish) haqida bitimlarni tuzish) huquqi bilan beriladigan ishonchnomani tasdiqlashda koʻchmas mulk va transport vositalariga nisbatan taqiq (xatlov) shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud boʻlsa, bundan tasarruf etish huquqisiz ishonchnomalarni tasdiqlash mustasno;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — MIB) maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi (notarius yordamchisi mavjud boʻlmagan hollarda, notarial idora kotibi yoki notarius stajyori), ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius yordamchisi (notarial idora kotibi yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Notarius murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaxs vakillarining shaxsini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Notarius murojaat etuvchi jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Notariusga murojaat etuvchi shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat etgan shaxslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tugʻdirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur shaxs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxslar ishtirokidagi ishonchnomalarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab vakil tomonidan murojaat etilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo) bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis hujjati boʻyicha yuridik shaxslarning rahbarlari notarial harakatlarni bajarish uchun ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlashni soʻrab murojaat qilsa, bunday hollarda notarius faqat ularning mansab mavqeyini tasdiqlovchi hujjatni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs nomidan ishonchnomani tasdiqlash soʻrab uning vasiysi murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan murojaat qiladilar. Ishonchnomani tasdiqlash haqidagi ariza bilan murojaat qilinganida ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi ishonchnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan shaxs ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab homiyning yozma roziligi bilangina murojaat qiladi. Bunda, homiyning roziligi ishonchnomani toʻgʻridan-toʻgʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin. Agarda alohida ariza koʻrinishida berilgan boʻlsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (xizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va hokazo) ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilishda rozilik bera olmasalar, ishonchnoma vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda Oʻzbekiston Respublikasi “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi. Agarda alohida ariza koʻrinishida berilgan boʻlsa, notarius bu haqda tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash va shu kabi boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruxsati bilan vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitim, ariza va boshqa hujjatlarni tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruxsati talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslar ishtirokida ishonchnomani tasdiqlashni tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, ishonchnomani tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va arizasining mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida tegishli hujjat matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi ishonchnomani tasdiqlash haqidagi arizani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, ariza uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, ariza uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan ariza mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.

Mazkur bandda belgilangan tartibda arizani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli hujjatni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ishonchnomani rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishonchnomani tuzish va tasdiqlash uchun ishonchli vakilning ishtiroki talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar ishonchnoma boʻyicha vakil boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki uning soʻzlariga asosan yozilishi mumkin. Ishonchli vakil haqidagi, shuningdek ishonchnoma obyekti haqidagi maʼlumotlar ishonchnoma beruvchining soʻzlariga asosan yozilgan hollarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun ishonchnoma beruvchi masʼuldir. Bu haqda ishonchnoma matnida qayd etib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan tegishli maʼlumotlarga aniqlik kiritilgandan soʻng, idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan avtomatik tarzda MIB maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar olinadi. Bunda, tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqti koʻrsatilgan hamda maxsus QR-kodga ega boʻlgan tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (koʻchirma) Tizimda saqlanadi.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishonchnoma bir yoki bir nechta vakilga berilishi mumkin. Agar ishonchnoma bir nechta vakilga berilsa, ularning har biri ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlarni birgalikda amalga oshirishi yoki alohida-alohida bajarishi haqida ishonchnomaning matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, notarius ishonchnoma boʻyicha har bir vakilga berilgan vakolatlar doirasini aniqlaydi va bitimni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar ishonchnoma boʻyicha vakillik qiluvchi yuridik shaxs boʻlsa, ishonchnoma matnida yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkor oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini boshqa shaxsga ishonchnoma berish orqali oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar hamda firmalar vakolatxonalariga hamda ularning xodimlariga, oila aʼzolariga tegishli “CMD”, “D”, “UN”, “T”, “X”, “M” seriyadagi davlat raqamlariga ega boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarini notarial tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga avtotransport vositalari, 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga mototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalarni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq ishonchnomalar berish ular bojxona organlarida rasmiylashtirilgandan va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Notarius koʻchmas mulk va avtomototransport vositasini tasarruf etish huquqi bilan ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23 va 24-moddalari mazmuni tushuntirilganligi haqida koʻrsatib oʻtishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261. Avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish ishonchnomalarida ishonchnoma berilgan shaxsda ushbu avtotransport vositasini chet elga olib chiqish huquqi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi yozuv alohida koʻrsatilishi shart.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻz vakolatini boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma matnida asosiy ishonchnoma tasdiqlangan sana, joy va reyestr raqami, asosiy ishonchnoma olgan, bergan va vakolat ishonib topshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha yoki ayrim vakolatlarini (masalan, avtomototransport vositasini sotish, boshqarish, taʼmirlash, haydab olib borish va h.k.) berilayotganligi haqida aniq koʻrsatilishi kerak.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsga oʻtkazish yoʻli bilan berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati asosiy ishonchnomaning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan barcha vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish tartibida berilgan ishonchnoma tasdiqlanganda asosiy ishonchnoma notarial idorada olib qolinadi va mazkur ishonchnoma boʻyicha vakolatlar boshqa shaxsga berilganligi haqida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ishonchnoma bilan berilgan ayrim vakolatlarni boshqa shaxsga ishonib topshirish haqida ishonchnoma tasdiqlanganda esa asosiy ishonchnomaga qanday vakolatlar boshqa shaxsga ishonib topshirilganligi haqida belgi qoʻyilib, undan nusxa olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlar oʻrganib chiqilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki notarial idora kotibi tomonidan ishonchnoma loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma loyihasi jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa notarius ishonchnoma loyihasining qonunchilikk hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilingan ishonchnomalarning loyihalari yoki notarial idorada tuziladigan ishonchnomalarning loyihalari qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ishonchnoma matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaxslarning nomlari esa — ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq toʻlovchining shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — STIR) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishonchnomaning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi hamda ishonchnoma beruvchiga tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Notarius mulkni hadya qilish shartnomasini tasdiqlash bilan bogʻliq ishonchnomani tasdiqlashda ishonchnoma matnida hadya oluvchining nomi va hadya narsasini koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ishonchnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ishonchnomani rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ishonchnomani tasdiqlash uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishonchnomani tasdiqlashda notarius tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma gerbli maxsus blankada chop etilgan hollarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq gerb yigʻimi undiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlanayotgan ishonchnoma, shu jumladan ishonchnomani tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot Tizimda saqlanadi.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ishonchnomani imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishonchnoma loyihasi ishonchnoma beruvchiga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ishonchnomaning barcha nusxalarini ishonchnoma beruvchi (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaxsan imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishonchnoma beruvchining (uning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) kamida ikkita barmoqlari izlari maxsus moslamalarda skaner qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ularning jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maxsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishonchnomaning barcha nusxalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishonchnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ular ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi hamda notarial idoraning muhri qoʻyilgan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tasdiqlangan ishonchnomaning bir nusxasi ishonchnoma beruvchiga beriladi, ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarida tasdiqlangan ishonchnomalarning elektron shakli davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida foydalanish uchun murojaatchilarning roziligi asosida (ularning shaxsi Face-ID tizimi orqali tasdiqlangan holda) davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari tomonidan axborot tizimlari orqali olinishi mumkin. Bunda elektron shakldagi hujjat uning qogʻoz shakliga tenglashtiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Ishonchnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ishonchnoma beruvchi tomonidan ishonchnoma bekor qilingan taqdirda ishonchnoma bergan shaxsning bu haqdagi arizasidagi imzosining haqiqiyligi notarial tartibda shahodatlantiriladi. Bu haqda notarial idorada saqlanayotgan ishonchnoma nusxasiga (boshqa notarial idora tomonidan bekor qilingan hollar bundan mustasno) belgi qoʻyiladi va Tizimga maʼlumot kiritiladi. Arizaning ikkinchi nusxasi ishonchli vakilni xabardor qilish uchun ishonch bildiruvchiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ishonchnomadagi qoʻshimcha va tuzatishlar ishonchnomani imzolagan shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tasdiqlovchi yozuvning matni texnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 41-bandi asosida izohlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Notarius ishonchnomani haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda ishonchnomaning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan bitimning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga darhol xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida tegishli hududiy adliya organlariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Notariuslar tomonidan mansabdor shaxslar tasdiqlagan ishonchnomalarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnoma va ishonchnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladigan hujjatlar notarial idoraga kelib tushgan kundan kechiktirmay notarius tomonidan Tizimga maʼlumot kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius saqlash uchun kelib tushgan ishonchnomani tekshirib koʻrishi va uning qonunchilik hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan taqdirda, bu haqda darhol ishonchnoma oluvchiga va ishonchnomani tasdiqlagan mansabdor shaxsga maʼlum qilishi shart.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Ishonchnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda ishonchnomani tasdiqlashni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ishonchnomani amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan ishonchnoma uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnoma qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomani tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(46-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ishonchnomani tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik ishonchnomani tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomani tasdiqlash rad etilgan taqdirda notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etish haqida murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius ishonchnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius ishonchnomani tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytarib beriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi oʻrinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Hujjatlarning yigʻmajildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishonchnomalar bilan bogʻliq hujjatlar yigʻmajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 5 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlashning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnomalarni tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Ishonchnomalarni tasdiqlash uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga koʻra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash, taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Ishonchnoma predmetiga nisbatan taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligini aniqlash.

2. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Ishonchnoma loyihasini tayyorlash va loyihani ishonchnoma beruvchiga oʻqib berish hamda ishonchnoma mazmunini tushuntirish.

2. Ishonchnoma va ishonchnoma beruvchi haqidagi maʼlumotlarni Tizimga kiritish.

Hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilganda 30 daqiqa ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Ishonchnomalarni notarial tasdiqlash

1 — 5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Notariuslar tomonidan notarial harakatlar notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish notarial idora binosidan tashqarida bajarilsa, hujjatning matnida guvohnoma rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va guvohnoma berishni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani rasmiylashtirish jarayonini audio va videoga qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda, notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib murojaat qiluvchi(lar)ga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan murojaat qiluvchi(lar) toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim)da skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoga qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning (keyingi oʻrinlarda — Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar guvohnoma berish murojaat qilgan shaxs tushunmagan yoki yaxshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaxs taklif etgan tarjimon tomonidan ogʻzaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaxs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Guvohnoma berish ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Murojaat qiluvchi notarial idoraga oʻzi kelib yozma ariza bilan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “E-notarius.uz” axborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda — elektron tarmoq) roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek guvohnoma olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni joʻnatgan holda tegishli hujjat loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllagan murojaatlari Tizimdagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyxatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qiluvchi(lar)ni qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaat qiluvchi(lar) tomonidan elektron tarmoq orqali guvohnoma berish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatgan holda tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlar u(lar)ning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hollarda notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun tegishli hujjatlarning oldindan tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻxtatib turilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Voyaga yetmagan, muomala layoqati cheklangan va muomalaga layoqatsiz shaxslarning murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun guvohnoma berishni soʻrab ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan guvohnoma berish soʻrab uning vasiysi murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, guvohnoma berishni soʻrab oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarini xabardor qilgan holda murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro guvohnoma berishni soʻrab homiyni xabardor qilgan holda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kar-soqovlik nuqsoni va koʻzi ojiz boʻlgan shaxslarning murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Guvohnoma berishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaxs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, guvohnoma berish paytida u bilan muomala qila oladigan va arizasining mazmunini uning xohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaxsan muloqot qilganligi haqida tegishli hujjat matnida yozib qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi guvohnoma berish haqidagi arizani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, ariza uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga yozib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyxatga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va xizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro guvohnoma berishni soʻrab murojaat qilsa, ariza uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, qulogʻi ogʻir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan ariza mazmuni oʻzining xohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar ariza va boshqa hujjatlar bilan birga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan tartibda arizani imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar murojaat qiluvchi savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaxshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli hujjatni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarjimon yoki surdo tarjimon yoxud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻgʻri yoki yolgʻon tarjima qilganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.
(12-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi (notarius yordamchisi mavjud boʻlmagan hollarda, notarial idora kotibi yoki notarius stajyori), ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius yordamchisi (notarial idora kotibi yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni xabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Murojaat qiluvchilarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijda yashayotgan va konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qiluvchi fuqaroning shaxsini hamda yuridik shaxsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli axborot resurslaridan foydalanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Notarius guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Meros mol-mulki mulkiy kompleks sifatida korxona yoki meros qoldiruvchining yuridik shaxslar ustav kapitalidagi (fondidagi) ulushdan iborat boʻlsa, guvohnoma berishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaxslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notarius tomonidan tegishli yuridik shaxsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaxsning Tizim orqali olingan taʼsis hujjatlari va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Guvohnoma berishni soʻrab vakil tomonidan murojaat etilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi. Bunda vakolat beruvchi jismoniy shaxslarning oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vakolat.uz” platformasi orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomalar haqidagi maʼlumotlar Tizim orqali “Vakolat.uz” platformasida tekshiriladi va olingan maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi. Bunda ishonchnomaning qogʻoz shaklini taqdim qilish talab qilinmaydi;
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-dekabrdagi 825-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tugʻdirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaxs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi maʼlumot Tizim orqali tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Guvohnoma berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Meros ochilgan joydagi notarius merosxoʻr(lar)ning yozma arizasiga koʻra guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha meros olinganida ham, vasiyatnoma boʻyicha meros olinganida ham, agar notarius tegishli mol-mulkka yoxud butun merosga nisbatan guvohnoma berishni soʻrab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxoʻrlar yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsa, guvohnoma yuqorida koʻrsatilgan muddat tugamasidan oldin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Merosning ochilish joyi deb meros qoldiruvchining oxirgi oxirgi yashab turgan (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan) joyi hisoblanadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros qoldiruvchining oxirgi yashab turgan joyi nomaʼlum boʻlsa, meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi turgan joy, koʻchmas mulk boʻlmagan taqdirda esa, koʻchar mulkning asosiy qismi turgan joy meros ochilgan joy deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Guvohnoma matnida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial okrug nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan sana (soʻzlar bilan qayd qilinadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marhumning familiyasi, ismi, otasining ismi, vafot etgan sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik darajasi, merosxoʻrning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, merosxoʻr chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manzili, STIRi;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosxoʻr sifatida yuridik shaxs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaxsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mulki koʻchmas mulk boʻlsa, uning joylashgan manzili, tarkibi va tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mulki avtomototransport vositasi boʻlsa, uning rusumi, ishlab chiqarilgan yili, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi, agregat raqamlari, avtomototransport vositasini qayd etish guvohnomasining seriyasi, raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros mulkiga nisbatan marhumning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk va (yoki) avtomototransport vositasi boʻyicha ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan berilgan hujjatlardagi mulkning tavsifi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma nechta nusxada berilganligi haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berilgan reyestr raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berganlik uchun undirilgan toʻlovlar haqida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berish uchun asos boʻlgan meros ishi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomani bergan notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi, muhr.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻrlar ixtiyoriga koʻra va (yoki) qonunchilik hujjatlariga muvofiq guvohnomada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
(20-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan notarius meros ochilgan joy boʻyicha notariusga murojaat etgan merosxoʻrlar doirasini tekshirib, meros qilib qoldirilgan koʻchmas mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan joyi boʻyicha guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi MDHga aʼzo davlatlar yoki boshqa chet el davlatlaridan birida boʻlgan taqdirda, fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan meros qilib qoldirilgan koʻchar mol-mulkka nisbatan guvohnoma meros qoldiruvchining oxirgi yashagan joyi boʻyicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar meros qoldiruvchining merosxoʻri meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa (transmittent), unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha (transmissar) yoki vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning (transmittentning) vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi va meros qoldiruvchi vafot etgan joydagi notarius tomonidan merosxoʻrning (transmittentning) merosxoʻrlariga (transmissarlariga) guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, notarius vafot etgan merosxoʻrning (transmittentning) barcha meros mol-mulki vasiyat qilingan yoki yoʻqligini, merosxoʻrlar (transmissarlar) doirasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, 2019-yilda Toshkent shahrida vafot etgan marhum A. Aliyevga tegishli meros mulkiga uning merosni qabul qilishga ulgurmasdan 2020-yilda Samarqand viloyatida vafot etgan farzandining merosxoʻrlariga Toshkent shahridagi notarius tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Merosxoʻrlardan biri yoki uning vakili meros qoldiruvchining vafot etganligi haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirmani notariusga taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻrlardan biri yoki uning vakili meros ochilgan joydagi notariusga murojaat etgan kunning oʻzida notarius Tizim orqali meros qoldiruvchining mol-mulkiga nisbatan meros ishi ochilgan yoki ochilmaganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros ishi ochilmagan taqdirda murojaat etgan merosxoʻr yoki uning vakilidan merosxoʻrlar doirasi koʻrsatilgan holda meros ishi ochish toʻgʻrisida ariza olinadi va notarius Tizimga meros ishini ochish boʻyicha maʼlumotlarni kiritadi. Bu holda, notarius merosxoʻr yoki uning vakilining shaxsini aniqlaydi va imzosi haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomonidan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma mavjud yoki mavjud emasligini, agar mavjud boʻlsa, ushbu vasiyatnoma oʻzgartirilmaganligi yoki bekor qilinmaganligini Tizim orqali tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial idoraga shaxsan kelgan merosxoʻrlardan merosni qabul qilish yoki undan voz kechish haqidagi arizalar oladi. Merosdan voz kechish haqidagi arizalar notarial tasdiqlanishi lozim.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza pochta orqali kelib tushgan boʻlsa, merosxoʻrning imzosi haqiqiyligi shahodatlanmagan boʻlsa ham ariza notarius tomonidan qabul qilinadi, merosxoʻrga esa arizani notarius yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari yoxud Qonunning 26-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan shahodatlantirilgan holda yuborish yoki notarial idoraga shaxsan kelishi haqida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosdan voz kechish arizalarida meros tarkibi koʻrsatilmaydi va notarial tartibda tasdiqlanadi. Bunday arizalarni tasdiqlashdan oldin muqaddam ushbu merosxoʻr tomonidan merosdan voz kechish arizasi berilgan yoki yoʻqligi Tizim orqali tekshiriladi. Agarda merosxoʻr tomonidan muqaddam voz kechish arizasi berilgan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1147-moddasining toʻrtinchi qismi talablari tushuntirilgan holda rad etiladi (voz kechish arizasida merosxoʻr vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan voz kechayotganligi aniq koʻrsatilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining eridan (xotinidan) olingan merosdan voz kechish arizasida meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan oʻz ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda voz kechayotganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Notariusga murojaat etgan marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotiniga (eriga) Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasi va Qonunning 63-moddasiga asosan meros qoldiruvchi bilan birgalikdagi nikoh davomida orttirilgan mulkdan oʻz ulushini ajratgan yoki ajratmagan holda meros qolgan mulkka nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berish haqida ariza olinadi. Ariza pochta orqali kelganda, marhum erdan (xotindan) keyin beva qolgan xotinga (erga) yuqorida qayd etilgan moddalar mazmuni tushuntirilgan xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar marhum erdan (xotindan) keyin xotini (eri) boshqa qayd etilgan nikohdan oʻtgan boʻlsa ham u meros olishga chaqiriladi. Nikoh haqiqiy emas deb topilgan holatda, bunday nikohda boʻlgan shaxslar bir-birining vafotidan keyin merosxoʻr deb hisoblanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzini meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb hisoblayotgan shaxs guvohnoma berilishini soʻrab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshi boʻyicha qaramoqda boʻlgan shaxsning mehnatga qobiliyatsizligi uning pasporti, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pensiya guvohnomasi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda notarius meros qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz merosxoʻrlari mavjudligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda I yoki II nogironligi boʻlgan deb topilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosdagi majburiy ulushdan voz kechish hech bir shartsiz boʻlishi lozim. Boshqa shaxslar foydasiga majburiy ulushdan voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu holatda meros mol-mulki vasiyatnomada koʻrsatilgan merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agar vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlar majburiy ulushga guvohnomani olishga qarshilik qilishsa, notarius ularning sudga murojaat etish huquqlarini tushuntiradi va majburiy ulushga guvohnomani berilishini oʻn kundan oshmagan muddatga kechiktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomada meros qoldiruvchi bilan (merosxoʻrlarning xohishi boʻyicha) merosxoʻrlarni qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarini koʻrsatib oʻtishi zarur boʻlsa, notarius ushbu munosabatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan vasiyatnomaning asl nusxasi yoki dublikati notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat qiluvchi uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi oʻtadigan merosxoʻrga bu uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish majburiyatini yuklashga haqli. Mazkur majburiyat notarius tomonidan guvohnomada yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomada vasiyat qiluvchi meros sifatida turar joyni oladigan merosxoʻr zimmasiga turar joyni yoki uning bir qismini boshqa shaxsga umrbod foydalanish uchun vasiyat majburiyati koʻrsatilgan boʻlsa notarius vasiyatnoma boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma matnida turar joydan umrbod foydalanish huquqiga ega shaxs haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Guvohnoma berishda notarius, qoida tariqasida, quyidagi hujjatlarni talab qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma yoxud oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining oxirgi yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyi haqidagi ichki ishlar organlarining maʼlumotnomasi yoki uy daftaridan koʻchirma;
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (bunda meros mulki koʻchmas mulk boʻlsa, kadastr maʼlumotnomasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosxoʻrlarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. oʻzgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
merosxoʻrlar vafot etgan taqdirda, oʻlim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma yoxud oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan maʼlumotnoma;
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tizimlarda texnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan axborot almashuvi kuryerlik xizmat orqali amalga oshiriladi. Bunda kuryerlik xizmatidan foydalangan holda olinadigan maʼlumotnoma (maʼlumot) tegishli notarial harakatning hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
(29-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonun boʻyicha merosxoʻrlarning biri yoki bir nechtasi vorislikka chaqirishga asos boʻladigan munosabatlar mavjudligini isbotlaydigan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, ular merosni qabul qilib olgan va tegishli isbotlarni taqdim etgan boshqa barcha merosxoʻrlarning yozma roziligi bilan guvohnomaga kiritilishi mumkin. Bu rozilik yozma ariza koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Merosxoʻrlar shaxsan oʻzlari meros ochilgan joydagi notarial idoraga kelib, arizani taqdim etgan holda, ularning imzolarining haqiqiyligini shahodatlash talab qilinmaydi. Bu holda, notarius merosxoʻrlarning shaxsini aniqlaydi va imzolari haqiqiyligini tekshiradi, bu haqda arizaga belgi qoʻyadi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomini, uning raqamini, qachon va kim tomondan berilganligini va tugʻilgan yilini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ariza notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan holda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar meros mulki tarkibiga ov miltigʻi kirsa, bunda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari (ichki ishlar organlari) tomonidan meros qoldiruvchiga ushbu miltiqni saqlash uchun berilgan ruxsatnomani va ovchi biletini merosxoʻrdan talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlarining meros mol-mulki tarkibiga ularga tegishli boʻlgan aksiyalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatsiz shakldagi qimmatli qogʻozlarga mulk huquqi tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidan olingan depo hisobvaragʻining koʻchirmasiga asosan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros olish tartibida nafaqat qimmatli qogʻozlar turi sifatida aksiyalar balki toʻliq shirkat, kommandit shirkat, masʼuliyati cheklangan jamiyat ishtirokchisining, ishlab chiqarish kooperativi aʼzosining (ishtirokchi, hissa qoʻshuvchi, kommanditchining) ulushi (hissasi) kirsa, bunda tegishli shirkat, kooperativ, jamiyatdagi ushbu ishtirokchining (aʼzoning) ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi (hissasi) ham kiradi. Ushbu huquqlarga meros qoldiruvchiga mulk huquqi asosida tegishliligining dalili sifatida notarius uchun tegishli tashkilotlarning taʼsis hujjatlari yoki bu haqda merosxoʻrlar tomonidan taqdim etilgan boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Merosxoʻrlarda ushbu isbotlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa, notarius koʻrsatilgan tashkilotlarning mansabdor shaxslaridan tegishli hujjatlarni olishda koʻmak berishi lozim.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fermer xoʻjaligining mol-mulki qonunchilik hujjatlariga muvofiq meros qilib qoldiriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, fermer xoʻjaligi mulkiy kompleks sifatida merosxoʻrlarga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bankda (boshqa kredit tashkilotida) saqlanayotgan omonat, meros beruvchining nomidagi qimmatli qogʻozlar mavjudligini tasdiqlashda, notarius merosxoʻrlardan omonat daftarchasini (bank omonati shartnomasini yoki omonat mavjudligini isbotlovchi boshqa tegishli hujjatni), qimmatli qogʻozlarga nisbatan esa tegishli investitsiya vositachisi yoki Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining maʼlumotnomasini talab qiladi. Omonat daftarchalari nusxalari va maʼlumotnomalar meros ishiga biriktirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros tarkibida banklar va boshqa kredit tashkilotlarida saqlanayotgan omonat pul mablagʻlari mavjud boʻlib, biroq merosxoʻrlar uni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasalar, bu holatda notarius meros tarkibini aniqlash va uni himoya qilish uchun banklar, boshqa kredit tashkilotlari va yuridik shaxslarga maʼlumotnoma berish haqida soʻrov yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius olingan maʼlumotni faqat vasiyatni bajaruvchiga yoki merosxoʻrlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Guvohnomani rasmiylashtirishda meros mol-mulki taqiqlanmagani va (yoki) xatlanmagani, shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi boʻyicha olingan mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanmagani yoki xatlanmagani va kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligi haqidagi maʼlumotnoma Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qoʻyilgan, shuningdek, kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud boʻlsa, taqiq va xatlov hamda tegishli yozuv olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berish toʻxtatib turiladi. Garov (ipoteka) shartnomasi asosida meros mol-mulkiga taqiq qoʻyilgan boʻlsa (garov reyestrida kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud boʻlsa), garovga oluvchining (kreditorning) roziligi bilan taqiq bekor qilinmagan holda merosxoʻrlarga guvohnoma berilishi mumkin.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi merosxoʻrlarga guvohnoma berilganligi haqida notarius ularning mulkiy manfaatlarini himoya qilish uchun merosxoʻrlarning yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan manziliga koʻra vasiylik va homiylik organlariga xabar beradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Notarius tomonidan berilgan guvohnomada koʻrsatilmagan boshqa meros mol-mulklari boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida qoʻshimcha guvohnomalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa mol-mulkka qoʻshimcha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomani berishda ilgari berilgan guvohnomaga kiritilmagan merosxoʻrlar murojaat qilganda, ular ham umumiy asoslarda qoʻshimcha mulk boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Baʼzi bir merosxoʻrlarning ulushlari hal etilmaganda, guvohnomada hal etilmagan ulush miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Guvohnoma Tizimga kiritiladi hamda har bir notarial harakat alohida tartib raqami bilan roʻyxatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning matnida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Guvohnoma berishda Tizimga quyidagi shaxslarning jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda — JSH SHIR) kiritilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha (yashash joyi boʻyicha) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JSH SHIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSH SHIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tugʻilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur band talablari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yashash guvohnomasisiz va yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilmasdan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan koʻchmas mulk sotib olish huquqiga ega boʻlgan chet el fuqarolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(39-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Guvohnoma berish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Guvohnoma berishda notarius tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma, shu jumladan guvohnoma berishni soʻrab murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “ishonch telefoni” raqami koʻrsatilgan SMS xabar yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaxsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlar toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi maʼlumot (invoys) Tizimda saqlanadi.
(40-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi merosxoʻrlarga berilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusxasi olib qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Guvohnomani imzolash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Guvohnomaga notarius Tizimga qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Guvohnoma bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maxsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oxirgi varagʻi yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Merosxoʻrlarning xohishiga koʻra guvohnoma ularning har biriga alohida yoki ularning barchasiga bir nusxada beriladi. Guvohnomaning ikkinchi nusxasi notarial idorada qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Guvohnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Guvohnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar manfaatdor shaxsning murojaati yoki notariusning tashabbusiga koʻra kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki merosxoʻrlarning iltimosiga koʻra guvohnomaning barcha nusxalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik xatolarinigina tuzatishi mumkin. Guvohnomaga notariusning tashabbusi bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, bu haqda guvohnoma olgan shaxsga xabar qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Guvohnomaga qoʻshimcha va tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Matndagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Notarial tasdiqlangan guvohnoma sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius guvohnomani haqiqiy emas deb topganligi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda guvohnomaning notarial idora yigʻmajildlarida saqlanadigan asl nusxasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga maʼlumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Notarius yoʻl qoʻygan xatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan guvohnomaning notoʻgʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu guvohnomani belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga darhol xabar qilishga majbur. Notarius prokurorni xabardor qilganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida tegishli hududiy adliya organlariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Guvohnomani tasdiqlashni rad qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda notarial harakatni tasdiqlashni rad etadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday notarial harakatni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu notarial harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari boʻlmagan vakil notarial harakatni tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakat qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.
(48-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, notarial harakatni tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik notarial harakatni amalga oshirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatni tasdiqlash rad etilgan taqdirda notarial harakatni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial harakatni tasdiqlash toʻgʻrisidagi murojaati rad etilgan shaxsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius guvohnoma berishni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytarib beriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Hujjatlarni notarial idorada saqlash va notarial arxivga topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga (keyingi oʻrinlarda — notarial arxiv) topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial rasmiylashtirilgan guvohnomaning elektron nusxasi Tizimda saqlanadi va elektron arxiv shakllantirib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Hujjatlarning yigʻmajildlari notarial idora arxiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri taʼsiridan himoyalaydigan va ularning yaxshi saqlanishini taʼminlaydigan shkaflarda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio- va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va tegishli notarial harakatga yuklangan holda Tizimda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning qoidalari 2025-yil 1-dekabrdan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yigʻmajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Kalendar yil tugashi bilan masʼul shaxs yigʻmajildlarni notarial idora arxivida saqlash uchun tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild oxirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa masʼul shaxs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻmajild muqovasidagi sana hujjatlar yigʻmajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arxivga topshirishidan oldin masʼul shaxs ularni tayyor holga keltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arxivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arxiv ishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arxivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusxada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyxati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi aʼzolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Meros ishi bilan bogʻliq hujjatlar yigʻmajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arxivda 75 yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial xizmatdan foydalanishdan bosh tortganda uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariuslar tomonidan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomalar berishning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

1. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalar berish uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim (YIDXP yoki E-notarius.uz axborot portali) orqali murojaat qilish.

1. Xohishiga koʻra.

2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.

2. Murojaat qilinganda.

2-bosqich

Notarius

1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaxsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.

1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.

2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish, meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindoshlik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlash.

2. Murojaat qilinganvaqtda.

3. Tizim orqali taqiq yoki xatlov shuningdek, garov reyestrida mulkka nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisida yozuv mavjud emasligini tekshirish.

3. Avtomatik tarzda.

3-bosqich

Notarius

1. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma loyihasini tayyorlash va loyihani merosxoʻrlarga oʻqib berish va ushbu guvohnoma mazmunini tushuntirish.

2. Guvohnoma va guvohnoma oluvchi shaxslar haqidagi maʼlumotlarni Tizimga kiritish.

2-bosqichda keltirilgan hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilgan va maʼlumotlar tekshirilganda, meros ochilganidan soʻng 6 oy ichida

5

4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaxs

Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yigʻimi hamda huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish

Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda

5-bosqich

Notarius

Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan “SMS” xabarnoma yuborish va xabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish

Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda

6-bosqich

Notarius

Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnomalarni merosxoʻrlarga berish

1 — 5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilganda 15 daqiqa ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-sentabrdagi 559-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2020-y., 09/20/726/1524-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son, 20.04.2022-y., 09/22/200/0327-son, 14.07.2022-y., 09/22/384/0632-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 13.12.2023-y., 09/23/654/0932-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 26.12.2025-y., 09/25/825/1219-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)