10.08.2020 yildagi 470-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3726-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-iyundagi PQ-4753-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
470-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari ajratilgan qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Akademiyaga sirtqi ta’lim shakliga belgilangan umumiy qabul sonidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari qabul kvotalaridan tashqari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini ajratilgan (besh va ikki foizli) kvotalar doirasida Akademiyaga sirtqi ta’lim shakliga qabul qilishda vazirliklar va idoralarning belgilangan shakldagi tavsiyanomalari asosida o‘rinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan (besh va ikki foizli) kvota o‘rinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari bo‘yicha to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 22-iyundagi 462-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 27-son, 620-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaror nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchilarga” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlariga” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qarorga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga va oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar deb ataladi) va Milliy gvardiya xodimlariga — ularning farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi “harbiy xizmatchilarning” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlarining” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchilar” so‘zlaridan keyin “va Milliy gvardiya xodimlari” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchiga” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimiga)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchiga” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimiga)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin, “harbiy xizmat vazifalarini” so‘zlari “harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchining” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimining)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “harbiy xizmatchi” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimi)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora) xududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha ko‘rib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida e’tibor qaratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-banddagi “harbiy xizmatchilarning” so‘zlaridan keyin “(Milliy gvardiya xodimlarining)” so‘zlari qo‘shilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) farzandlarining ro‘yxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Nizomga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING SHAKLI

”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Nizomga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

z) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyekt

Bajarish muddati

I-bosqich

1. Vazirlik (idora) rahbarining tavsiyanoma berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqarish.

2. Komissiya quyidagilarni ko‘rib chiqadi:

harbiy xizmatchi va xodimlar farzandlarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi tavsiyalar bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;

harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari.

Vazirliklar

(idoralar)

Har yili

10-martgacha

II-bosqich

Komandir (boshliq)lar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyasiyanomasi; ma’lumotnoma-obyektivka; biografik ma’lumotlar; xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;

b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lganligi to‘g‘risida vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi)ning o‘limi haqidagi guvohnomadan nusxa; halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;

v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi; tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi ma’lumotnoma; yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.

Harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)

Har yili

15-martgacha

III-bosqich

1. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi. (Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida e’tibor qaratiladi).

2. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirliklar (idoralar) komissiyalarining raislari

Har yili

1 aprelgacha

IV-bosqich

1. Vazirlik (idora) tegishli rahbarining buyrug‘i chiqariladi.

2. Harbiy xizmatchi va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.

3. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalarga ega bo‘lgan farzandlari ro‘yxatlari Davlat komissiyasiga yuboriladi.

Vazirliklar (idoralar) rahbarlari, harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)

Har yili

1-maygacha

V-bosqich

Davlat komissiyasi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berilgan farzandlari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi.

Davlat komissiyasi (ta’lim muassasalari bo‘yicha ATD) ishchi organi

Har yili

15-iyungacha

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Nizomga 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchi va xodimlarning respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan farzandlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi

Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasining) seriyasi va raqami

Qaysi vazirlik (idora) vakili

Ta’limning rejalashtirilayotgan yo‘nalishi

Tavsiyanoma raqami

Izoh

1.

2.

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 645-modda) bilan tasdiqlangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Universitetga talabalarning bakalavriatga qabul qilishning umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul komissiyasiga ushbu tavsiyanomaning asl nusxasini taqdim etadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 463 va 464-bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“463. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida Universitet bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. Ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini, shuningdek, ikki foizli kvota chegarasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtihonlari natijasi bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma’lum bir natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlari va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun Institut bakalavriatiga kursantlar qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmatdagi harbiy xizmatchi va xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 61-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, kontrakt bo‘yicha serjantlari va oddiy askarlarining (Milliy gvardiya xodimlarining) farzandlari tegishli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarisiz, belgilangan qabul kvotalaridan tashqari Institut bakalavriatiga o‘qishga qabul qilinadilar”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)