22.06.2018 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3726-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, tavsiyanomalar quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga va Milliy gvardiya xodimlariga — bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga beriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanomalar blankalarini tayyorlash vazirliklar va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili ushbu vazirliklar va idoralar uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda tavsiyanomalar berish tadbirlarini joriy yilning iyun oyida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 462-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga va oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan xaqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga (keyingi o‘rinlarda — harbiy xizmatchilar deb ataladi) va Milliy gvardiya xodimlariga — ularning farzandlarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlariga — mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklda.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tavsiyanomalar blanklari qat’iy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tavsiyanomalar mazkur Nizomning 3-ilovasidagi sxema bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlarini O‘zbekiston Respublikasining bitta oliy ta’lim muassasasiga bir marta kirishi uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tavsiyanomalarni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tavsiyanomalarni berish masalasini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklarda (idoralarda) vazirlik (idora) rahbarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat bo‘lgan komissiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har yili mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idoralar) komissiyalarida quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi tavsiyalari bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarining va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komandir (boshliq)lar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyanomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotnoma-obyektivka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biografik ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
(7-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
(7-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lganligi to‘g‘risida vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) o‘limi haqidagi guvohnomadan nusxa;
(7-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;
(7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik (idora) xududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi haqidagi ma’lumotnoma;
(7-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalariga ko‘rib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning komissiyalari harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha ko‘rib chiqadi. Bunda mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida e’tibor qaratiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Kurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan, harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar (Milliy gvardiya xodimlari) farzandlarining ro‘yxatlarini har yili 1-maygacha mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklda yuboradilar
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Amalga oshirish mexanizmi

Subyekt

Bajarish muddati


I-bosqich

1. Vazirlik (idora) rahbarining tavsiyanoma berish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi buyrug‘ini chiqarish.

2. Komissiya quyidagilarni ko‘rib chiqadi:

harbiy xizmatchi va xodimlar farzandlarining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish to‘g‘risidagi tavsiyalar bilan komandirlar (boshliqlar)ning takliflari;

harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari ro‘yxatlari.

Vazirliklar

(idoralar)

Har yili

10-martgacha


II-bosqich

Komandir (boshliq)lar komissiyaga ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

bevosita komandir (boshliq)ning tavsiyasiyanomasi; ma’lumotnoma-obyektivka; biografik ma’lumotlar; xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;

b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

vazirlik (idora) hududiy organi, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lganligi to‘g‘risida vazirlik (idora) rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi)ning o‘limi xaqidagi guvohnomadan nusxa; halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari;

v) harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga (Milliy gvardiya xodimiga):

vazirlik (idora) hududiy organ�, mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi; tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining (Milliy gvardiya xodimining) nogironligi xaqidagi ma’lumotnoma; yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning xulosasi; harbiy xizmatchi (Milliy gvardiya xodimi) farzandining pasporti va tug‘ilganlik xaqidagi guvohnomasi nusxalari.

Harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)

Har yili

15-martgacha


III-bosqich

1. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi. (Mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga salmoqli xissa qo‘shgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatida ma’lum bir natijalarga erishgan harbiy xizmatchilarga (Milliy gvardiya xodimlariga) alohida e’tibor qaratiladi).

2. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirliklar (idoralar) komissiyalarining raislari

Har yili

1-aprelgacha

IV-bosqich

1. Vazirlik (idora) tegishli rahbarining buyrug‘i chiqariladi.

2. Harbiy xizmatchi va Milliy gvardiya xodimlari farzandlarining respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar beriladi.

3. Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalarga ega bo‘lgan farzandlari ro‘yxatlari Davlat komissiyasiga yuboriladi.

Vazirliklar (idoralar) rahbarlari, harbiy qismlar va muassasalar komandirlari (boshliqlari)

Har yili

1-maygacha


V-bosqich

Davlat komissiyasi harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning (Milliy gvardiya xodimlarining) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berilgan farzandlari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqadi.

Davlat komissiyasi (ta’lim muassasalari bo‘yicha ATD) ishchi organi

Har yili

15-iyungacha

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning xodimlari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmat majburiyatini (xizmat majburiyatini) bajarish chog‘ida halok bo‘lgan, yarador bo‘lishi, kontuziya, shikastlanish natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchi va xodimlarning respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomaga ega bo‘lgan farzandlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Abituriyentning (nomzodning) familiyasi, ismi, otasining ismi

Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasining) seriyasi va raqami

Qaysi vazirlik (idora) vakili

Ta’limning rejalashtirilayotgan yo‘nalishi

Tavsiyanoma raqami

Izoh

1.

2.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 470-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2018-y., 09/18/462/1383-son; 10.08.2020-y., 09/20/470/1149-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)