25.07.2020 yildagi PF-6035-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyoda koronavirus pandemiyasi xavfining tobora kuchayib borayotgani yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatining institutsional asoslari va tashkiliy tuzilmasini hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, kasalliklarning oldini olish va ularni profilaktika qilish, erta aniqlash, toʻgʻri tashxis qilish va davolashda sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari (qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar, tez yordam stansiyalari va shoshilinch tibbiy yordam muassasalari) oʻrtasida tuzilmaviy bogʻliqlik va oʻzaro hamjihatlikdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, jamoat salomatligini saqlashda kasalliklar profilaktikasi, inson immunitetini mustahkamlash, buning uchun avvalam bor toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligini taʼminlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish, sanitariya-epidemiologiya xizmatining yaqin va oʻrta istiqboldagi rivojlanishini belgilash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (zamonaviy laboratoriyalar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, test tizimlari, himoya vositalari va boshqalar), soha uchun kadrlarni tayyorlash va jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi (A.N. Aripov) aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash boʻyicha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda besh kun muddatda hududlarda shakllangan ijobiy tajribadan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar va aholi xonadonlarida yuqumli kasalliklar, shu jumladan koronavirusning oldini olish, simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar va ular bilan muloqotda boʻlgan shaxslarga zarur tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha har bir oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlarni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil guruhlar tarkibiga birinchi navbatda malakali shifokor yoki infeksionist hamda patronaj hamshirasi kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligini jalb qilgan holda mobil guruhlarni dori-darmon, aloqa, transport vositalari va boshqa zarur asbob-uskuna va anjomlar (shaxsiy himoya vositalari, pulsoksimetr, pirometr va boshqalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil guruhlar uchun soddalashtirilgan yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarini tizimli yoʻlga qoʻyish, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishda tirbandlikning oldini olish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alohida xizmat koʻrsatish tashkil etilgan tibbiyot muassasalari, ulardagi boʻsh koykalar soni, kasallarni qabul qilish holati, kasallikka chalingan va tibbiyot muassasalarida hamda boshqa ruxsat etilgan hududlarda davolanayotgan bemorlar soni, ularning holati, dori vositalari, shuningdek, zarur laboratoriya va tibbiyot anjomlari va texnikasining mavjudligi hamda holati yuzasidan maʼlumotlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini uch kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻn besh kun muddatda tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi axborot almashish tizimini soddalashtirish maqsadida hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qogʻozbozliklar bilan bogʻliq jarayonlarni elektron tizimga oʻtkazish orqali keskin qisqartirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarga uy sharoitida yordam koʻrsatishning quyidagi tartibini joriy qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir oilaviy poliklinika kesimida umumiy amaliyot shifokori va patronaj hamshirasi uchun aniq xonadonlar taqsimlanadi hamda umumiy nazorat oilaviy poliklinika mudiri tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida tajribali shifokorlardan iborat boʻlgan kasallikka chalingan bemorlarni saralash va evakuatsiya qilish, davolash jarayonini monitoring qilish guruhlari tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida birlamchi boʻgʻin shifokorlari bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining vrachlari operativ maslahatlashish va bemorlar ahvolini toʻgʻri baholay olish imkonini beradigan aloqa tizimi oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy poliklinika mudiri har kuni kasalligi simptomsiz, yengil kechayotgan bemorlar, ular bilan muloqotda boʻlgan shaxslar soni, ahvoli, shuningdek, davolash muolajalarini olayotgan bemorlarda kasallik kechish dinamikasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni telefon yoki onlayn videoaloqa tizimi orqali tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining oilaviy poliklinikalar boʻyicha koordinatoriga yetkazib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy sharoitida davolanayotgan bemorlar ahvoli dinamikasida salbiy oʻzgarishlar kuzatilgan taqdirda mobil guruhga murojaat qilib, bemorni tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga tegishli boʻlgan tibbiyot muassasalariga yotqizish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sohada kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini soddalashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalardagi mavjud kichik va oʻrta tibbiy xodimlar vakant joylari tibbiyot taʼlim muassasalari bitiruvchilari, pensionerlar va boshqa tibbiyot mutaxassisligiga ega boʻlgan shaxslar orasidan toʻliq toʻldirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh kun muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda tibbiyot muassasalari umumiy klinik laboratoriyalarining vrach-laborantlarini virusologiya laboratoriyalarida faoliyat koʻrsatishi uchun tayyorlash, shu jumladan amaliy koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma kun muddatda respublikadagi oliy taʼlim muassasalarining “Biologiya” taʼlim yoʻnalishini tugatgan bitiruvchilarini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi va uning hududiy filiallari, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning hududiy filiallari, Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlarida virusologiya laboratoriyasining vrach-laboranti mutaxassisligi boʻyicha bir oylik qayta tayyorlash kurslarini yoʻlga qoʻysin. Bunda, mazkur kurslar onlayn tarzda oʻtkazilib, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus pandemiyasini bartaraf etish boʻyicha eʼlon qilingan karantin tadbirlari yakuniga qadar barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarini 1 yilgacha boʻlgan muddatga vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinishini taʼminlasin. Bunda vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarga jalb qilinayotgan mutaxassislar uchun uy-joy va boshqa qulay sharoitlar yaratish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma kun muddatda Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi hududiy boʻlinmalarining tibbiy xodimlarini “valeolog” mutaxassisligiga qayta ixtisoslashtirish boʻyicha bir oylik qisqa muddatli onlayn kurslarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarini (qishloq vrachlik punktlari, oilaviy polikliniklar, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar) jalb qilgan holda aholining keng qatlamlari va har bir xonadonda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish, jismoniy tarbiya, sport va toʻgʻri ovqatlanishni faol targʻib qilish boʻyicha doimiy ravishda zarur choralar koʻrib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qarori bilan ehtiyoj yuqori boʻlgan tor mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlarni birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 15-avgustga qadar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini ishlab chiqsin va joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 20-avgustga qadar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olish uchun shifokorlar mutaxassisliklari roʻyxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini (internatura) toʻliq joriy qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Sanepidqoʻm uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar bilan birga yaxlit tizimni tashkil qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanepidqoʻmning tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlariga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi tatbiq etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Sanepidqoʻmning jozibadorligini oshirish va tizimga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida 2021-yil 1-martga qadar pandemiyadan keyingi davrda ham tibbiyot va Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning yangilangan tizimini tasdiqlasin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4695-son qarorining 1-bandida nazarda tutilgan mehnatga qoʻshimcha haq toʻlash shartlari Sanepidqoʻmning xodimlariga qoʻllaniladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm xodimlarining amaldagi oylik ish haqlariga qoʻshimcha ravishda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlganda lavozim maoshiga — 30 foiz, fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlganda — 60 foiz har oylik ustamalar belgilanadi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻmning ilmiy-tadqiqot muassasalari:
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga bazaviy moliyalashtirish asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar xodimlarining ish haqi budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sanepidqoʻmga moddiy-texnika bazasini yaxshilash va xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida aholiga pullik asosda (laboratoriya xizmati, sertifikatsiya, ekspertiza va boshqalar) xizmat koʻrsatish huquqi beriladi;
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Sanepidqoʻm Davlat budjetidan tizimga ajratilgan mablagʻlar, ularning sarflanish yoʻnalishlari, samaradorlik natijalari yuzasidan maʼlumotlarni har oy yakuni boʻyicha jamoatchilikka eʼlon qiladi va oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirib boradi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining budjetdan tashqari Maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy boʻlinmalarining budjetdan tashqari hisob raqamlaridagi barcha qoldiq mablagʻlari Jamgʻarmaga toʻliq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya qonunchiligini buzganlik uchun Sanepidqoʻm tomonidan qoʻllanilgan jarimalar va jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlarning 50 foizi (nazorat tadbirlari boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirilganda, jarima hamda jarimalarni toʻlash kechiktirilganligi uchun hisoblangan penyalardan tushgan mablagʻlarning 25 foizi);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ixtisoslashgan pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumlarning ularni amalga oshirishga ketgan jami xarajatlar qoplangandan keyin qolgan summasining 15 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shu jumladan uy-joyni ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻmning boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻm oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Davlat budjetining 1,7 mlrd soʻm va xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma va investitsiya banki) jalb qilingan 194,5 mln AQSh dollari mablagʻlari hisobidan Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, yuqori texnologiyali asbob-anjomlar, apparaturalar, jihozlar, maxsus texnika, sarflovchi va boshqa vositalar bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi (B.A. Musayev) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xarid qilinayotgan asosiy vositalar, qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha jalb qilinayotgan xalqaro moliya institutlari mablagʻlarining toʻgʻri va toʻliq oʻzlashtirilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarish guruhlarini birlashtirish va yagona Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirish guruhini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2020 — 2025-yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlar va normalarga muvofiq qayta koʻrib chiqish jarayoniga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqa xalqaro ekspertlarni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sanepidqoʻm va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanepidqoʻmning budjetdan tashqari mablagʻlari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga ularning faoliyati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini oʻrganish va tahlillar natijalariga asosan “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik belgisi”ni (keyingi oʻrinlarda — Belgi) berish amaliyoti joriy qilinsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan uch xil turdagi — “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalar boʻyicha 12 oy muddatgacha beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” toifadagi Belgiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan oʻrganilishi va tekshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (ommaviy zaharlanish va guruhli kasalliklar qayd etilgan holatlar bundan mustasno). Bunda “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obyektlari reyestriga kiritilgan turizm va yondosh infratuzilma obyektlari “yashil” toifadagi Belgiga ega boʻlgan obyektlarga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgi tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda davlat organlari tashabbusi bilan (majburiy) beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining tashabbusi bilan (ixtiyoriy) Belgini olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hamda pullik asosda amalga oshiriladi. Bunda, koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun olinadigan daromad Sanitariya-epidemiologiya xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va xodimlarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Savdo-sanoat palatasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar Belgini berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkil etilayotganligi munosabati bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy boʻlinmalari tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalari — tegishincha Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, shuningdek, ularning hududiy boʻlinmalari huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2020-yil 1-sentabrdan boshlab sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda tegishli tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida sanitariya-gigiyena va epidemiologiya hamda mikrobiologiya yoʻnalishidagi filiallar, shuningdek, xalqaro fakultetlar ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-martga qadar sodir boʻlgan favqulodda hodisa, tabiiy ofatlar, pandemiya davrida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi va “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarni yangi tahrirda ishlab chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, loyihalarda yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega ofatlar sodir boʻlishi xavfi yuzaga kelgan sharoitda aholining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masʼul tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi boʻyicha batafsil “harakatlar algoritmi” va amalga oshirilishi lozim boʻlgan kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5814-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6035-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Xarajatlar*

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Moddiy-texnika bazani mustahkamlash

1.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

4,2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

2.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,7 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Respublika oʻlat profilaktika markazini, uning filiallari va boʻlinmalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Virusologiya ilmiy-tekshirish institutini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

3,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy laboratoriya komplekslari faoliyatini takomillashtirish va zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

66,8 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Hududiy yuqumli kasalliklar shifoxonalarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarini zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

2 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,
Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8.

OIV infeksiyasi yuqqanlik vaqtini tashxis qilish uchun virus antigenini aniqlovchi diagnostikumlar xarid qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020 yil

2021 yil

350 mln soʻm

350 mln soʻm

Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,
Moliya vazirligi

9.

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5,9 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

10.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

2,4 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

11.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklar ilmiy-tadqiqod instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

4,6 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

12.

Respublika oʻlat profilaktika markazi, uning filiallari va boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

6,8 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

13.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

50 mln

AQSh doll

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, investitsiya dasturlari doirasida Davlat budjeti mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarida omborxonalarni qurish, sovutish uskunalari, sovutgich, muzlatkich, stabilizator, generator, avtorefrijirator xarid qilish orqali uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil davomida

17,2 mln AQSh doll.

Vaksinatsiya

va immunizatsiya boʻyicha Global alyans mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

15.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5 mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlari laborator komplekslarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil

5mln

AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarini ixtisoslashtirilgan transport vositalari bilan taʼminlash, shu jumladan:

a) Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshqarmalari va boʻlimlarini:

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-2021

yillar

Sanitariya-epidemiologiya xizmati,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

dezinfeksiya kameralari oʻrnatilgan transport vositalari;

2020-yil

5,49 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

sanitar avtotransportlar;

2020-yil

3,15 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

xizmat velosipedlari;

2020-yil

757 mln soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

b) oʻlat profilaktikasi boʻlimlari va filiallarini:

UAZ tibbiy xizmat (sanitariya) avtomobillari;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

yuqori oʻtuvchanlikka ega maxsus yengil avtomobil Pikap ISUZU D-MAX;

2020-yil

480 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

yuqori oʻtuvchanlikka ega yuk tashuvchi transport vositasi;

2020-yil

529 ming AQSh doll.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

suv tashish uchun avtotirkama.

2020-yil

120 mln soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

II. Qoʻshimcha chora-tadbirlar

18.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena meʼyorlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

obyektlarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini amalga oshirish tartibi va davriyligiga qoʻyiladigan tabaqalashgan talablarni ularning xavf-xatarlar toifasi va funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda belgilash;

xavf-xatar toifasi past boʻlgan nazorat obyektlari uchun tekshirishlar oʻtkazishni bekor qilish hamda masofaviy monitoringni amalga oshirish;

xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash boʻyicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilish, bu borada taʼsirchan jamoatchilik nazorati joriy qilinishini taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati huzurida aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida mutasaddi vazirlik, idoralar malakali mutaxassislari hamda olimlardan iborat maxsus ilmiy kengash tashkil etish.

Maxsus ilmiy kengash nizomi va uning tarkibini tasdiqlash.

Buyruq

2020-yil

1-sentabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Aholining sanitariya-epidemiologiya sohasida ilmiy va innovatsion izlanishlar yuzasidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning L.M. Isayev nomidagi filiali uchun belgilangan tartibda 2020 — 2025-yilga moʻljallangan manzilli davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har yili

-

Davlat budjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

21.

“Tibbiy profilaktika va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlari samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2020-yil
10-avgust

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Oziq-ovqat xomashyosi va isteʼmol mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi obyektlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatishning samarali mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, ushbu obyektlarda aniqlangan sanitariya-gigiyena sohasidagi huquqbuzarliklar uchun undirilgan jarimalar hisobidan mazkur huquqbuzarlikni qayd etgan shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil 1-may

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Aholining sanitariya madaniyatini oshirish, kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklarni oldini olish, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya masalalarini aholi orasida keng targʻib qilish maqsadida media dastur ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini;

mazkur Farmon maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng tushuntirilishini;

mazkur qaror ijrosining borishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarni keng jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlash.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Bir hafta muddatda

Ijrochilar mablagʻlari

-

Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Xalqaro press-klub, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati

24.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy maʼlumotli tibbiyot hamshiralari tayyorlanadigan tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida “valeologiya”, “tibbiy psixologiya”, “nutritsiologiya”, “diyetologiya”, “farmakologiya”, “kineziologiya”, “reabilitologiya”, “profpatologiya” fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitishni joriy etish.

Bunda, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “oliy hamshiralik ishi” yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlgan kadrlarga 2023-yildan boshlab “valeologiya” tibbiy ixtisosligi boʻyicha tibbiy faoliyatini amalga oshirish huquqini berish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020/2021 oʻquv yilidan

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

25.

Oqava suvlar, chang, gaz, hid, chiqindilar va boshqalarni atrof-muhitga chiqarish orqali uni ifloslantiruvchi davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan yetkazilgan zararni yumshatish va salomatlikni tiklash uchun yillik daromadini, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan tegishli ajratmalarni Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2020-yil

1-noyabr

-

-

Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur summalarga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va boshqa jarayonlar natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Chora-tadbirlarni amalga oshirish xarajatlarining jami: 1,697 mlrd soʻm va 194,529 mln AQSh doll., shundan:

mlrd soʻmda

mln AQSh doll.

Davlat budjeti mablagʻlari

1,697

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

177,329

Vaksinatsiya va immunizatsiya boʻyicha Global alyans mablagʻlari

17,2

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2025-yillarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

SanQvaM yoʻnalishlari

Jami

Shundan

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Ovqatlanish gigiyenasi

27

4

4

5

5

5

4

2.

Kommunal gigiyena

53

8

8

9

9

9

10

3.

Mehnat gigiyenasi

58

10

10

10

10

9

9

4.

Radiatsiya xavfsizligi

13

2

2

2

3

2

2

5.

Davolash-profilaktika

muassasalari gigiyenasi

16

2

3

3

3

3

2

6.

Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi

38

5

8

8

6

6

5

7.

Toksikologiya

5

1

1

2

1

-

-

Jami:

210

32

36

39

37

34

32

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2020-y., 06/20/6035/1115-son; 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)