22.06.2020 yildagi PF-6012-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʻunlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻsi yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarishga toʻsqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish boʻyicha dolzarb masalalarni har tomonlama oʻrganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2026-y., 06/26/27/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi boʻyicha parlament komissiyasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini 2020-yilda Samarqand shahrida oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni oʻtkazish reglamentini ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalar (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflarni kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida tushuntirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6012-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda inson huquqlarini ragʻbatlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash sohasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda oʻz aksini topmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini oʻzgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulugʻvor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha qabulxonalari alohida oʻrin egallamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy maʼlumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini koʻrsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Jasliq qoʻrgʻonida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik boʻldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) Inson huquqlari taʼlimi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va BMTning Inson huquqlari sohasida taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, taʼlim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini taʼminlash jarayoniga keng jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, soʻz va vijdon erkinligini taʼminlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub oʻzgarishlar katta ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi masʼuliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. “Elektron parlament” va “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom maʼnoda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati toʻgʻrisidagi maʼruzalar, inson huquqlarini taʼminlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha milliy harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni tasdiqlash amaliyotining yoʻlga qoʻyilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil lavozimlari joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlashning noyob tizimi yaratildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni roʻyobga chiqarish, inson taraqqiyoti boʻyicha yuqori indeksga ega boʻlgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim va tarbiya sohasida keng koʻlamli tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab taʼlimi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy oʻquv yurtlarining soni ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi oʻrtacha umr koʻrish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar oʻlimi bir yarim baravar hamda bolalar oʻlimi esa, toʻrt baravarga kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishlari boʻyicha Parij bitimiga qoʻshildi, mamlakatda Ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kam taʼminlangan oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash boʻyicha ishlar tubdan qayta koʻrib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash boʻyicha konsepsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari oʻrin oldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gender tenglikni taʼminlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar uchun 197 ta Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi oʻn sakkiz yosh etib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019-yil 22-dekabrda “Yangi Oʻzbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida boʻlib oʻtgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida oʻtkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining toʻlaqonli missiyasi ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, Oʻzbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega boʻlmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal etilib, ularni Oʻzbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari koʻrildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi roʻyxatdan oʻtkazish tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri boʻlib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda vijdon erkinligi huquqini taʼminlash sohasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari oʻz faoliyatini olib bormoqda. “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasini amalga oshirishga, diniy taʼlim va maʼrifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida oʻz rivojlanishining yangi bosqichiga koʻtarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Oʻzbekistonning tashabbusi bilan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari, inson huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari, Inson huquqlari boʻyicha kengashining Din va eʼtiqod erkinligi hamda Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta yigʻim-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari boʻyicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017 — 2020-yillarda Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Oʻzbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqand ruhi”ni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari oʻtkazildi va uning natijalari boʻyicha Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Inson huquqlari sohasidagi kamchiliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni oʻrganish natijalari, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, Oʻzbekistonga tashrif buyurgan BMTning maxsus maʼruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni koʻrsatmoqdaki, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini taʼminlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar normalarini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qoʻmitalarning xabarlarini koʻrib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining toʻliq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari boʻyicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning maqsadi — Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yoʻnalishlarini belgilab olish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar hamda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, soʻz va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) boʻyicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni oʻtkazish amaliyotini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) jinoyatchilikning, ayniqsa odam savdosi, korrupsiya, qiynoqqa solish, uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va bu illatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni saqlash joylari tizimida odil sudlovga va inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) aholining imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni taʼminlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) din, soʻz va fikr erkinligi, maʼlumot olish, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, gender tenglikni taʼminlash, barchaning sifatli taʼlim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi, keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qoʻllab-quvvatlash darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) insonning iqtisodiy huquqlarini taʼminlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) taʼlimning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻqitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) inson huquqlari sohasida axborot-maʼrifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini uygʻunlashtirish, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzoligiga Oʻzbekiston Respublikasi saylanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Milliy strategiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy va siyosiy huquqlariga oid xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquq prinsiplari, normalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qoʻllanilishi, xalqaro huquq ustuvorligi prinsipini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning mustaqilligini va xolisligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yoʻli bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda sud hokimiyatining rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish, malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvohlarning, shu jumladan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlari faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiq shakllarini joriy etish, prokuratura faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini taʼminlash, prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni tengsizlikning har qanday koʻrinishlaridan hamda aholining zaif qatlam vakillarini kamsitishlardan himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy hayot daxlsizligi hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash huquqini taʼminlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili va madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda taʼminlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samaraliroq joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, bolalar va ayollar fohishabozligi va pornografiyasining sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga kompleks yondashuvni shakllantirish, shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarni xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish va reabilitatsiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni taʼminlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli va oʻrnini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini kuchaytirish, mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalarini hal etishda, shuningdek, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda parlamentning vakolatlarini yanada kengaytirish, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, jumladan, havolaki qonun normalaridan voz kechib, toʻgʻridan-toʻgʻri tartibga soluvchi qonun normalarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini taʼminlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida tadbirkorlik tuzilmalari ishtirokini yanada kengaytirishga doir qonunchilikni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash tizimining samaradorligi, hammabopligi va inklyuzivligi boʻyicha rivojlangan davlatlar darajasiga erishish, sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, shuningdek, bemorlar huquqlarining xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishini, xavfsiz, samarali, yuqori sifatli va arzon dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv huquqlarni himoya qilish va OITS tarqalishining oldini olish, oilani rejalashtirish boʻyicha xizmatlardan foydalanishda ayollar va erkaklarning imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv sogʻliq va jinsiy tarbiya masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi-xodimlar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shu jumladan davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlarini, pedagoglarni mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan ishlardan, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha BMT shartnomaviy organlari va Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarida, nodavlat va xususiy tashkilotlarda, ayniqsa, qarorlar qabul qilish bilan bogʻliq yuqori lavozimlarda ayollarning teng vakilligini taʼminlash siyosatini takomillashtirish, jamoatchilik ongida erkaklar va ayollarning oʻrni haqidagi tushunchalarni oʻzgartirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, keksalar, yolgʻiz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaxlit tizimni yaratish, ijtimoiy sugʻurtaga oid qonun hujjatlarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan, ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish, shuningdek, moddiy va ijtimoiy imtiyozlar berish orqali farzandlikka oluvchi ota-onalarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tizimni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” konsepsiyasini ishlab chiqish, unda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, shuningdek, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning pensiya olish huquqini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, ushbu tizimning elektron shaklga oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish (2025-yilgacha 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha taʼlim bilan, shuningdek, 6 yoshli bolalarning 100 foizini qamrab olishni taʼminlash), bolalarni intellektual rivojlantirish, parvarish qilish va sogʻlomlashtirishni taʼminlovchi maktabgacha taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun umr davomida oʻqishga boʻlgan imkoniyatlarni ragʻbatlantirish, boshlangʻich va umumiy oʻrta taʼlimni yangi sifat darajasiga koʻtarish, oʻrta maxsus, oliy, kasb-hunar va qoʻshimcha taʼlim olish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, shuningdek, yoshlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishini kengaytirish, oliy oʻquv yurtlarida davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini barcha uchun taʼminlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha targʻibotni kuchaytirish, suv xoʻjaligi va sanitariya holatini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublika shaharlarini tarixiy qadriyatlari va takrorlanmasligini saqlab qolgan holda, dunyoning zamonaviy megapolislari modeli boʻyicha rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining qulay tabiiy muhitda yashash huquqini taʼminlash maqsadida yer, suv, oʻrmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish hamda choʻllanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiya jarayonlarini va biologik xilma-xillikning yoʻqotilishini toʻxtatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat organlari vakillarining xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish, ushbu tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining huquqiy asoslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatining huquqiy asoslarini, qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni yanada takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlari buzilishlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari boʻyicha vakilning huquqiy maqomi va faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik tizimini isloh qilish yoʻli bilan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqini taʼminlash, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, bola huquqlariga oid xalqaro standartlar qoidalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni tizimli ravishda monitoring qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va gender masalalari boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini rivojlantirish, jamiyatda qonunga hurmatni shakllantirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, jurnalistik tekshiruvlarning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markazlarida, shuningdek, maktabgacha taʼlim va umumtaʼlim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” oʻquv kurslarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlarga integratsiyalashuvini taʼminlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida axborot tarqatish boʻyicha ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada kuchaytirish, jurnalistlar va blogerlarning axborot olish va tarqatishga boʻlgan huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi, jumladan bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar, migrantlarning huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish boʻyicha Oʻzbekistonning tashabbuslarini, 2021 — 2023-yillarga boʻlgan muddatda Inson huquqlari boʻyicha kengashga aʼzo etib saylanishi uchun Oʻzbekiston nomzodini, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha BMT organlariga aʼzo boʻlishi uchun milliy ekspertlarning nomzodlarini ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari boʻyicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, inson huquqlari boʻyicha muloqotlarni muntazam ravishda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlari masalasi yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Milliy strategiyani amalga oshirish, bajarilishini monitoring qilish hamda moliyalashtirish mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy strategiyani amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tizimi yoʻlga qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda aniq koʻrsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni oʻz veb-saytida joylashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumotni kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻzlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Milliy strategiyaning ijro holati yuzasidan har olti oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning hududlar kesimida ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning toʻliq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyaning barcha chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiyani amalga oshirish boʻyicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablagʻlari, grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar ham jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Milliy strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilishning samaradorligi oshadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks chora-tadbirlar tizimi yaratiladi, xalqaro majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi ustidan parlament, hududiy vakillik organlari va jamoatchilikning samarali nazorati taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berishning faoliyati yanada takomillashtiriladi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati yanada yuksaladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish orqali mamlakatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar boʻyicha koʻrsatkichlari yaxshilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Masʼul ijrochilar

Kutilayotgan natija (indikator)

I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

1.

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Bunda:

inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan oʻzaro hamkorligini belgilash;

BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni oʻz vaqtida bajarishi boʻyicha javobgarligini belgilash;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi yillik axborotni taqdim etish va koʻrib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-dekabr

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

2.

Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;

favqulodda holatda qoʻllaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil

1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin boʻlgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;

ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi;

ommaviy tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni taʼminlash;

ommaviy tadbirlar oʻtkazishga boʻlgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-mart

IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh

prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili

Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

4.

Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari boʻyicha malaka oshirish oʻquv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi

5.

“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori

2020-yil 20-noyabr

Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Sudlar tomonidan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarini qoʻllash amaliyoti yanada kengaytiriladi

6.

Inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bagʻishlangan amaliy qoʻllanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.

Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan taʼminlash.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabrdan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi

Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshiriladi

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qoʻllashni taʼminlash;

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, homilador ayollar va qarmogʻida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini taʼminlash;

terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil

1-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni taʼminlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;

sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini taʼminlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish, ul?rning haqqoniy mustaqilligini taʼminlash, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha himoyachining ishtiroki shart boʻlgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;

voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha choralarni kuchaytirish;

mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil

20-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi

9.

Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.

Bunda:

sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi oʻrnini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod koʻrsatish tartibini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil

1-oktabr

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud

Sud mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi

10.

“Advokatura va advokatlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini taʼminlash;

advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;

sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini toʻliq taʼminlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil

1-iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura

Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi

11.

Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.

Bunda:

xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;

prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini taʼminlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;

prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

12.

“Teng muomala qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlash.

Bunda:

“kamsitish”, “toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va koʻp marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikk? kiritish;

irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qatʼi nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan toʻliq himoya qilinishini taʼminlash;

fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi,

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi

13.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Adliya vazirligi

Mamlakatda vijdon erkinligini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

14.

BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 20-may

Oliy sud, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Sudlanuvchilarni sud zalida boʻlishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

15.

“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi

Chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi

16.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini oʻtkazish.

Shaxsiy maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Shaxsga doir maʼlumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi

17.

2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini taʼminlash.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni taʼminlash mexanizmini takomillashtirish;

?larning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;

kam sonli millat vakillarining taʼlim olish huquqini taʼminlash, ularning tillarida oʻquv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabrdan boshlab

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini taʼminlash mexanizmlari takomillashtiriladi

18.

“Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish.

Bunda:

bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;

kam taʼminlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan fuqarolar uchun jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik ishlari boʻyicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

19.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini taʼminlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va Chora-tadbirlar majmui

2021-yil

1-noyabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi

20.

Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr koʻrgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targʻib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bola huquqlari boʻyicha vakil

Odam savdosidan jabr koʻrganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

21.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,

Adliya vazirligi,

Jamoatchilik palatasi

Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi

22.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.

Bunda:

qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini koʻrib chiqish boʻyicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarni kiritish;

Konstitutsiyaviy sudda oʻrganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega boʻlgan subyektlarqatoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-iyul

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Konstitutsiyaviy sud,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi

23.

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi boʻyicha parlament nazorati kuchaytiriladi

24.

BMTning shartnomaviy qoʻmitalarida inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qoʻmitalarning tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-avgustdan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini tayyorlash va koʻrib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki taʼminlanadi

25.

“Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Bunda:

jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;

inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;

inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur oʻylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

26.

Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;

nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, roʻyxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda roʻyxatdan oʻtkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,

ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi

27.

Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bagʻishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabrdan boshlab

Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi

28.

Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qoʻllab-quvvatlash.

Bunda:

Oʻzbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari boʻyicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;

inson huquqlari boʻyicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi toʻgʻrisida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Jamoatchilik palatasi,

“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari

Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi

II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar

29.

Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini taʼminlashning samarali omili sifatida Kambagʻallikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.

Bunda:

kambagʻallik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy koʻnikmasini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;

tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga koʻmaklashuvchi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

band boʻlmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga oʻqitish boʻyicha keng koʻlamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kambagʻallikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi

30.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilgʻor xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;

xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini taʼminlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;

fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinitaʼminlash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2026-yil may

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Sudyalar oliy maktabi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi

31.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish.

Milliy harakatlar rejalari loyihalari

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi

32.

Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini toʻliq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga oʻtishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta koʻrib chiqish;

tadbirkorlik erkinligini taʼminlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;

iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki toʻxtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;

tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2022-yil 20-yanvar

Biznes ombudsman, Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari toʻliq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi

33.

“Xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda taʼminlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;

xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;

davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 15-yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi

Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi

34.

“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;

ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni ragʻbatlantirish boʻyicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi

35.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Bunda xalqaro tan olingan isteʼmolchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

36.

Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini toʻlaqonli taʼminlanishiga yoʻnaltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish.

Bunda:

Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimi samaradorligi boʻyicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;

tibbiy sugʻurta sohasinitakomillashtirish;

aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini taʼminlash;

2030-yilga qadar onalar oʻlimini uchdan bir qismga, bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta oʻlim darajasini 30 foizga qisqartirish;

reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sogʻliqni saqlash xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Mamlakatning sogʻliqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sogʻliqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi taʼminlanadi

37.

Oʻzbekiston Respublikasining Sogʻliqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

sogʻliqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;

sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;

sogʻliqni saqlash sohasida taʼlim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mamlakatdagi sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi

38.

“Majburiy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Bunda:

majburiy tibbiy sugʻurtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;

majburiy tibbiy sugʻurtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish boʻyicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;

majburiy tibbiy sugʻurtalash dasturlarini moliyalashtirish mablagʻlarini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-mart

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Majburiy tibbiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

39.

Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi

Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

40.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ishga qabul qilish boʻyicha qonun hujjatlarida koʻzda tutilmagan talablarni ilgari surish orqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;

ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qoʻllashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan tarmoqlar yoki kasblar roʻyxatini aniqlash;

ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga toʻlgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;

xususiy sektorda mehnatga haq toʻlash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi toʻlanishini taʼminlash;

kasanachilik bilan shugʻullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;

jamoaviy mehnat nizolaritoʻgʻrisidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish boʻyicha qonunchilik takomillashtiriladi

41.

“Mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Xususan:

jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini taʼminlash;

mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV

Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

42.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil

1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi

43.

“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.

Tavsiyalar,

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, Adliya vazirligi

Mehnatkash-migrantlar va ular oila aʼzolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama oʻrganiladi

44.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni taʼminlash va zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda:

2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;

BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik toʻgʻrisida) bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;

xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarishda qoʻllab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;

oilada ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga toʻla muvofiqligini taʼminlash;

aholining gender tengligi boʻyicha ongini oshirish;

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni taʼminlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasi,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV

Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish boʻyicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi

45.

Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy nafaqa toʻlashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam taʼminlangan oilalarga koʻmak koʻrsatish qamrovini kengaytirish;

kam taʼminlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;

nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta koʻrib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar toʻlash tizimini takomillashtirish;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

ajratilayotgan ijtimoiy toʻlovlar miqdorini qayta koʻrib chiqish;

ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga oʻtkazish;

“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,

Ban?lik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

46.

“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish.

Bunda:

ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar;

haq toʻlanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;

ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

Aholini ish bilan taʼminlash sohasi va bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi

47.

“Oʻzbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Yoshlar ittifoqi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi

48.

“Ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy sugʻurta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

sugʻurtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqalar, ish paytida mayib boʻlganlik uchun tovon puli kabi toʻlovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2023 yil 1 yanvar

Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Ijtimoiy sugʻurta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

49.

2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha taʼlim vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni toʻliq amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatiladi

50.

Har tomonlama adolatli va sifatli taʼlimni taʼminlash maqsadida “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.

Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli oʻrta maxsus, oliy, kasbiy va qoʻshimcha taʼlim olish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini taʼminlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy zaif qatlamning taʼlim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi

51.

Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini taʼminlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;

2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? taʼm?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;

oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;

2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar taʼminotini 31 foizga yetkazish;

mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.

Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash sharoitlari yaxshilanadi

52.

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini taʼminlash boʻyicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.

Bunda:

arzon uy-joylar va kommunal xizmat koʻrsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni taʼminlash;

aholining urbanizatsiya koʻrsatkichlarining izchil oʻsishini taʼminlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;

madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirish;

tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini taʼminlash;

shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi boʻlgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolalar uchun yashil hududlar, dam olish bogʻlari, oʻyin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,

amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabrdan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik taʼminlanadi

53.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi masʼuliyatini oshirish;

uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

54.

Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;

oʻsimlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qoʻyiladigan talablar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi

III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar

55.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni toʻgʻrisida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirish boʻyicha axborot-taʼlim tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, IIV, Bosh prokuratura

Aholining inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar boʻyicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi

56.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishning protsessual tartibini takomillashtirish;

maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron maʼmuriy ish va boshqalar);

jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

maʼmuriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni ragʻbatlantirishning differensial tartibini joriy etish;

maʼmuriy javobgarlikka tortishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi

57.

Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat oʻrtasida oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Jamoatchilik palatasining:

faoliyatining huquqiy asoslari;

maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;

tarkibini shakllantirish tartibi;

aʼzosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, ular vakolatini toʻxtatish va tugatish tartibi;

davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi;

faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan taʼminlashtartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-avgust

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz,

fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi

58.

Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 20-dekabr

Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili

Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qatʼiy nazorat oʻrnatiladi

59.

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam oʻqitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bagʻishlangan oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil

1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

60.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;

mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qoʻllanilishiga yoʻl qoʻymaslik;

jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sugʻurtasiga ajratmalar oʻtkazishga boʻlgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya taʼminoti kafolatini kuchaytirish;

mahkumlarni oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali ularning taʼlim olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash;

mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi

61.

Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash boʻyicha taʼsirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Bola huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi

62.

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.

Bunda:

bolalarga qarshi zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻquv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish holatlarini aniqlash boʻyicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui,

Axloq kodeksi loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Bola huquqlari boʻyicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiisteʼmol qilinishi va ularga gʻamxoʻrlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,

maslahat-metodik yordam koʻrsatishning yangi tizimi yaratiladi

63.

“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, taʼlim berish faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar

64.

Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tizimli oʻrganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

inson huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha metodik yordam koʻrsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari boʻyicha maʼrifat uylari”ni tashkil etish;

inson huquqlari boʻyicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalarining tegishli oʻquv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirish kurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, ?aktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi

65.

Bola huquqlarini taʼminlash va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Bunda:

taʼlimning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi oʻquv faoliyati samaradorligini oshirish;

bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Bola huquqlari boʻyicha vakil, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV

Taʼlim muassasalarida bola huquqlarini oʻqitish tartibi joriy etiladi

66.

Xalqaro hamkorlar koʻmagida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha qoʻshma magistratura yoʻnalishini (konsorsium) joriy qilish.

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari

2021/

2022 oʻquv yilidan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi boʻyicha magistratura yoʻnalishi joriy etiladi

67.

Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Moliya vazirligi

Inson huquqlarini taʼminlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni ragʻbatlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi

68.

Davlat oliy taʼlim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid oʻquv kurslari (darsliklari)ni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabr

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Inson huquqlariga bagʻishlangan adabiyotlar chop etiladi

69.

Ilmiy faoliyat boʻyicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bagʻishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmogʻi va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? boʻyicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;

inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” boʻyicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK

Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

70.

Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida maʼlumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Kodeks loyihasi

2022-yil 20-yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning maʼlumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi

V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari boʻyicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar

71.

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari boʻyicha BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Iqtisodiy taraqqiyotva kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi

72.

Inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaOʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, Biznes ombudsman

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi

73.

Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqish:

Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qoʻyish, musodara qilish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini taʼminlash asoslari toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar toʻgʻrisida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq toʻlanadigan taʼtillar (1970-yilda qayta koʻrib chiqilgan) toʻgʻrisida”gi konvensiyasi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari koʻrib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi

74.

“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Konvensiya loyihasi,

amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar

“Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi taʼminlanadi

75.

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir Oʻzbekiston milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.

Bunda:

BMTning inson huquqlari boʻyicha Kengashi maxsus maʼruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;

inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-iyuldan boshlab

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi

76.

Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari boʻyicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yildan boshlab doimiy asosda

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi

77.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini koʻrib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqiladi

78.

Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yigʻish statistik tizimini takomillashtirish.

Bunda:

maʼlumo?larni yigʻish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;

inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda koʻnikmalarga ega boʻlgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shugʻullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2021-yillar

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari boʻyicha vakili

Xalqaro standartlarga muvofiq statistik maʼlumotlarni toʻplash tizimi takomillashtiriladi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida masʼul vazirlik va idoralarning takliflari asosida “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari) Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — BMT) inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan xabarnomalar, mulohazalar, shoshilinch va vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) BMTning ustav organlari — inson huquqlari masalalari bilan shugʻullanuvchi, BMT Ustavi asosida tashkil etilgan organlar, shuningdek, Inson huquqlari boʻyicha kengashning maxsus maʼruzachilari, ishchi guruhlari va boshqa maxsus mandat egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) BMTning shartnomaviy qoʻmitalari — Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalar bajarilishini nazorat qiladigan BMT qoʻmitalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaat — shaxsning huquqlari buzilishi xavfining oldini olish maqsadida BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan davlatga yuboriladigan murojaat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mulohaza — BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan xabarnoma yuzasidan qabul qilingan yakuniy xulosa va tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xabarnoma — shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan va ushbu organlar tomonidan Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan yozma murojaat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) shoshilinch murojaat — BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari tomonidan inson huquqlari buzilishi xavfi yuzasidan davlatga yuborilgan murojaat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. BMTning inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish hamda ularning ijrosini taʼminlashda davlat organlari ushbu Nizomga 1 — 3-ilovalarga muvofiq sxema asosida oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xabarnomani qabul qilish va koʻrib chiqishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xabarnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan paytdan boshlab, Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda vazirlikning tegishli xulosasi bilan besh kun muddatda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda Adliya vazirligiga yuboriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) BMTning ustav organlaridan kelib tushgan xabarnoma yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining (keyingi oʻrinlarda — Hukumat) rasmiy nuqtai nazarini bildirish muddati — xabarnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab oltmish kundan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) BMTning shartnomaviy qoʻmitalaridan kelib tushgan xabarnoma yuzasidan Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini bildirish muddati — xabarnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab olti oydan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) shoshilinch murojaatlar va vaqtinchalik choralar yuzasidan Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini bildirish muddati — xabarnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab BTMning ustav organlari yoki shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatlarda, biroq koʻpi bilan oʻn kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz tomonidan Hukumatning BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladigan rasmiy nuqtai nazarini tayyorlash, kelishish va huquqiy asoslanganini taʼminlash boʻyicha masʼul davlat organlari vakillaridan iborat tarkibda vaqtinchalik ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi guruh Hukumatning BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladigan rasmiy nuqtai nazarini tayyorlash, kelishish va huquqiy asoslanganini taʼminlash boʻyicha vaqtinchalik idoralararo muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, uch kun muddatda masʼul davlat organlariga ishchi guruh aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etish haqida soʻrovnoma yuboradi. Davlat organlari ikki kun muddatda Markazga ishchi guruh aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaz ishchi guruhni uch kun muddatda shakllantiradi hamda uning faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xabarnomalar, vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaatlar, shoshilinch murojaatlar va mulohazalarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni yigʻish va umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Hukumatning rasmiy nuqtai nazari loyihasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat organlari va Markaz oʻrtasida axborot almashinuvini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi guruhning tarkibi quyidagilardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz va Adliya vazirligi vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tashqi ishlar vazirligi vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) murojaatning mazmuniga qarab — tegishli sohaviy vazirlik va idoralar vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (murojaat bola huquq va manfaatlariga taalluqli boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) zarurat boʻlganda — ekspertlar va ilmiy muassasalar vakillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishchi guruhga, qoida tariqasida, Markaz direktori yoki uning oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh faoliyati shaffof tarzda amalga oshiriladi. Xabarnomaga taalluqli maʼlumot davlat sirini, qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni yoki shaxsiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olmagan taqdirda, ishchi guruh ish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va mustaqil ekspertlarni jalb etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi guruh aʼzolari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishi lozim. Ular oʻzlari taqdim etgan axborotning haqqoniyligi va aniqligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi, shuningdek, davlat sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi guruh xabarnoma boʻyicha BMTning ustav organi yoki shartnomaviy qoʻmitasi mulohazasi qabul qilinguniga qadar faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xabarnomani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. BMTning shartnomaviy qoʻmitalari xabarnomalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan xabarnomalar Markazga kelib tushgan vaqtdan boshlab uch kunlik muddatda ularning maqbullik mezonlariga muvofiqligini baholash, shuningdek, mazmunan koʻrib chiqish va asoslantirilgan javob tayyorlash uchun masʼul davlat organlariga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xabarnomalar BMT shartnomaviy qoʻmitalarining quyidagi maqbullik mezonlari asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalardan, shu jumladan, sud himoyasidan foydalangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) huquq buzilgani daʼvo qilinayotgan holat Oʻzbekiston Respublikasi uchun tegishli xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin yuz bergan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xabarnoma anonim boʻlmasligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi shaxslar tomonidan yuborilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) xalqaro shartnoma buzilishi oqibatida jabrlanganlik holati yetarli darajada asoslangan (tasdiqlovchi dalillar keltirilgani, tegishli hujjatlar ilova qilingani) boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ayni bir ish boʻyicha murojaat takroran amalga oshirilmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) xabarnoma boshqa xalqaro organlar tomonidan koʻrib chiqilmayotganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xabarnoma ushbu Nizomning 16-bandida keltirilgan maqbullik mezonlariga (yoki ularning bittasiga) javob bermasa, maqbul emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat organlari xabarnoma yuzasidan uning maqbullik mezonlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar hamda tegishli xabarnomani mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan maʼlumotlarni davlat organining birinchi rahbari (istisno hollarda uning birinchi oʻrinbosari) imzosi bilan bir oy muddatda Markazga taqdim etadi. Bunda Markaz zarurat tugʻilganda (javoblar toʻliq boʻlmasa, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmasa), davlat organlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ularga qoʻshimcha soʻrovnoma yuborishi va (yoki) muhokamalar tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat organlarining xabarnoma yuzasidan taqdim etgan maʼlumotlari uch oy muddatda ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi hamda BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan xabarnomalarning maqbullik mezonlariga muvofiqligi va mazmunan koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi Hukumatning rasmiy nuqtai nazari tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiqligi va mazmunan koʻrib chiqilishi toʻgʻrisidagi Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Markaz tomonidan oʻn besh kun muddatda manfaatdor davlat organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Manfaatdor davlat organlari bilan kelishilgan Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Markaz tomonidan oʻn kun muddatda, biroq BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida besh kun oldin Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan uch kun muddatda BMTning shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. BMTning shartnomaviy qoʻmitalaridan xabarnomalarning maqbullik mezonlariga muvofiqligi va (yoki) mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar va axborot taqdim qilish toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh soʻrovnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan sanadan boshlab bir oy muddatda javob taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi guruh xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiqligini uning mazmunidan alohida tartibda koʻrib chiqish lozim deb topsa, Markaz xabarnoma kelib tushgan paytdan boshlab ikki oy muddatda xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiqligini uning mazmunidan alohida tartibda koʻrib chiqilishi boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning tegishli shartnomaviy qoʻmitalariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. BMTning ustav organlari xabarnomalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaz BMTning ustav organlari tomonidan yuborilgan xabarnomalar Markazga kelib tushgan vaqtdan boshlab uch kunlik muddatda mazmunan koʻrib chiqish va asoslantirilgan javob tayyorlash uchun masʼul davlat organlariga soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari xabarnoma yuzasidan asoslantirilgan javoblarini oʻn besh kun muddatda Markazga taqdim etadi. Bunda Markaz davlat organlaridan xabarnomaning mazmuni yuzasidan qoʻshimcha zaruriy axborotni va hujjatlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. BMTning ustav organlari tomonidan yuborilgan xabarnomalarning mazmunan koʻrib chiqish yuzasidan Hukumatning rasmiy nuqtai nazari ishchi guruh tomonidan oʻn kun muddatda tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Markaz tomonidan oʻn besh kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazari manfaatdor davlat organlari bilan kelishilib, BMTning tegishli organiga taqdim etish uchun bir kun muddatda Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan uch kun muddatda BMTning ustav organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi va shoshilinch murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar toʻgʻrisidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan soʻng bir kun muddatda Markaz va Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Markaz bir kun muddatda masʼul davlat organlariga tegishli soʻrovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish va zarurat tugʻilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni soʻraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat organlari uch kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yigʻilgan maʼlumotlar asosida uch kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ikki kun muddatda BMTning shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Shoshilinch murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. BMT ustav organlari tomonidan yuborilgan shoshilinch murojaatlar Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgandan soʻng bir kun muddatda Markaz va Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Markaz bir kun muddatda masʼul davlat organlariga murojaat yuzasidan tezkor chora-tadbirlar koʻrish va tegishli maʼlumotlarni taqdim etishga oid soʻrovnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat organlari uch kun muddatda amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi maʼlumotni Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yigʻilgan maʼlumotlar asosida uch kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini shakllantiradi va uning Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning ustav organlariga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat organlari shoshilinch murojaatlar yuzasidan belgilangan choralarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi uchun javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnomalar yuzasidan qabul qilingan mulohazalar kelib tushgan vaqtdan boshlab Oʻzbekistonning xalqaro majburiyatlari va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan Tashqi ishlar vazirligining tegishli xulosasi bilan besh kun muddatda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markazga va Adliya vazirligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markaz besh kun muddatda BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazalarini quyidagi davlat organlariga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sud tartibida koʻrib chiqish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) vakolati doirasida koʻrib chiqishi uchun — tegishli davlat organlariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tegishli davlat organlari bir oy muddatda Markazga BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari mulohazalari boʻyicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida asoslantirilgan maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat organlaridan olingan maʼlumotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazalari boʻyicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot (keyingi oʻrinlarda — axborot) loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz axborot loyihasini tayyorlash jarayoniga masʼul davlat organlarining mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Markaz oʻn besh kun muddatda axborot manfaatdor davlat organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlaydi va oʻn kun muddatda, biroq BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida besh kun oldin Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Axborot Tashqi ishlar vazirligi tomonidan besh kun muddatda BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Axborot BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilgandan soʻng BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari mulohazasi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan boʻlsa, tegishli davlat organlari bu haqida oʻn kun muddatda Markazga maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mulohazalarda belgilangan zararni qoplash uchun toʻlov (kompensatsiya) sud tartibida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Markaz BMTning ustav organlari yoki shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnomalar yuzasidan qabul qilingan mulohazalarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va ularning hisobini elektron reyestrda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Xabarnoma va mulohazalarni koʻrib chiqish, ularga oʻz vaqtida javob berish jarayonlari va davlat organlarining bu boradagi faoliyati Markaz tomonidan monitoring qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat organlari tomonidan xabarnomalar yuzasidan asoslantirilgan javoblarning Markazga oʻz vaqtida taqdim etilishi, ularning sifati va toʻliqligi uchun tegishli organlarning birinchi rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti boʻlimi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining Doimiy vakolatxonasi BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga Hukumatning rasmiy nuqtai nazari (axborot va boshqalar) oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav organlari xabarnomalarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Kelib tushgan xabarnomani vazirlik xulosasi bilan birgalikda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Adliya vazirligiga yuboradi.

kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda

2-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiqligini oʻrganish hamda ishchi guruh aʼzoligiga nomzod taqdim etish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi.

3 kun muddatda

3-bosqich

Tegishli davlat organlari

Ishchi guruh aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etadi.

2 kun muddatda

4-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiqligini oʻrganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi.

3 kun muddatda

5-bosqich

Tegishli davlat organlari

BMTning shartnomaviy qoʻmitalarining tartib-taomillarida oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi, mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha asoslantirilgan javoblarini yuboradi.

1 oy muddatda

6-bosqich

Ishchi guruh

Davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazari loyihasini tayyorlaydi.

3 oy muddatda

7-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnomaning maqbulligi yoki maqbul emasligi toʻgʻrisidagi mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini manfaatdor davlat organlari bilan kelishadi.

15 kun muddatda

8-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

10 kun muddatda

(biroq BMTning shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin)

9-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy nuqtai nazarini BMTning tegishli shartnomaviy qoʻmitasiga yuboradi.

3 kun muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav organlari xabarnomalarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Kelib tushgan xabarnomani vazirlikning xulosasi bilan birga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Adliya vazirligiga yuboradi.

kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda

2-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga xabarnomani mazmunan koʻrib chiqish hamda ishchi guruh aʼzoligiga nomzod taqdim etish yuzasidan soʻrovnoma yuboradi.

3 kun muddatda

3-bosqich

Tegishli davlat organlari

Ishchi guruh aʼzoligiga nomzodlarni taqdim etadi.

2 kun muddatda

4-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnomani mazmunan koʻrib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantiradi.

3 kun muddatda

5-bosqich

Tegishli davlat organlari

BMTning ustav organlari tartib-taomillarida oʻrnatilgan mezonlarga koʻra tegishli xabarnomada keltirilgan masalalarga asoslantirilgan javoblarini yuboradi.

15 kun muddatda

6-bosqich

Ishchi guruh

Davlat organlaridan kelib tushgan maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazari loyihasini tayyorlaydi.

10 kun muddatda

7-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini manfaatdor davlat organlari bilan kelishadi.

15 kun muddatda

8-bosqich

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

1 kun muddatda

9-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Xabarnoma yuzasidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy nuqtai nazarini BMTning ustav organlariga yuboradi.

3 kun muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari mulohazalarini koʻrib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʻzaro hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

 

 

1-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan mulohazani vazirlik xulosasi bilan birga Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Adliya vazirligiga yuboradi.

kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 kun muddatda

2-bosqich

Markaz

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazasini tegishli davlat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

5 kun muddatda

3-bosqich

Tegishli davlat organlari

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari mulohazalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni Markazga taqdim etadi.

1 oy muddatda

4-bosqich

Markaz va Adliya vazirligi

Davlat organlaridan olingan maʼlumotni umumlashtiradi va tahlil qiladi, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalarining mulohazalari boʻyicha amalga oshirilgan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborot loyihasini tayyorlaydi.

2 oy muddatda

5-bosqich

Markaz

Axborot manfaatdor davlat organlari bilan belgilangan tartibda kelishilishini taʼminlaydi.

15 kun muddatda

6-bosqich

Markaz

Kelishilgan axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etish uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.

10 kun muddatda

(biroq BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalari tomonidan belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin)

7-bosqich

Tashqi ishlar vazirligi

Axborotni BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga yuboradi.

5 kun muddatda

8-bosqich

Tegishli davlat organlari

Axborot BMTning ustav organlari va shartnomaviy qoʻmitalariga taqdim etilgandan soʻng mulohaza boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan boʻlsa, bu haqida Markazga maʼlumot taqdim etadi.

10 kun muddatda

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2026-y., 06/26/27/0152-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar belgilangan taqdirda, ushbu toʻlovlarni toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markazda amalda boʻlgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 231 — 233-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi koʻp yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi boʻyicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama toʻlash yuqoriroq miqdor boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Mazkur Nizomning 231, 232 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham toʻliq qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 24-banddagi “1,7 baravar” soʻzlari “2 baravar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi 2020-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 30.12.2021-y., 06/21/45/1228-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 19.02.2026-y., 06/26/27/0152-son)