10.12.2018 yildagi PQ-4056-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilishning ta’sirchan mexanizmlari ishlab chiqildi, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro norma va standartlarni samarali amalga oshirish zaruratini tug‘dirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati samaradorligini oshirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari bo‘yicha ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida ilmiy-huquqiy bazani tizimlashtirish, o‘quv, ilmiy-uslubiy va ommabop nashrlar hamda xalqaro shartnomalarning davlat tilidagi to‘plamlari doimiy chop etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xronologiyasini yuritish, fuqarolar va ilmiy tadqiqotchilarga inson huquqlari bo‘yicha tizimlashgan ilmiy-huquqiy manbalardan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishda faol va bevosita ishtirok etish, idoralararo hamkorlik qilish inson huquqlarini himoya qilish sohasida davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarishga aloqador vazirliklar, idoralar, boshqa davlat organlari Markaz bilan doimiy hamkorlik qilish, uning so‘roviga ko‘ra inson huquqlari sohasida tegishli axborot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish uchun mas’ul tuzilmalar va mansabdor shaxslarni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha milliy ma’ruzalar loyihalarining muhokamalarini o‘zlarining qo‘mita va komissiyalarida o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha milliy ma’ruzalarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustav va shartnomaviy organlarida ko‘rib chiqish yakunlarini zaruratga qarab eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga rioya qilish va ularni cheklash masalalari bo‘yicha qonun loyihalari Markaz bilan majburiy ravishda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro forumlarda muntazam ishtirok etishni nazarda tutuvchi Markazning xalqaro hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 41 nafar kishidan iborat Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining yangilangan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori uning taqdimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikkita o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktorning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan maxsus unvon — martaba darajalari beriladi hamda martaba darajalari uchun ustama to‘lanadi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy belgilangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan mehnatga haq to‘lash fondidan tejab qolingan mablag‘larni, shuningdek, tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan birliklar to‘ldirilmaganligi sababli bo‘shab qolgan mablag‘larni Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun sarflash;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz zimmasiga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida maslahatchi sifatida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, belgilangan tartibda xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan Markaz xodimlari lavozim maoshi miqdorining oshishi, ularga ustama va qo‘shimcha haqlar to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur miqdorda mablag‘ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz xodimlarining ish haqi fondini oshirilgan miqdorda moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra moddiy-texnik bazasini shakllantirishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish hamda ma’muriy binoni ta’mirlash uchun mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga xizmat ko‘rsatish uchun uchta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi avtomobilni ta’minlab turish uchun zarur limitlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz Toshkent shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 15-uyga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Markazni aloqaning zarur vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan hamda butunjahon Internet axborot tarmog‘idan keng polosali foydalanishni ta’minlashga ko‘maklashsin, shuningdek, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda videokonferensiyalar, internet-forumlar va teleko‘priklar o‘tkazishda zarur texnik yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistik axborotlari majburiy jo‘natmalar reyestriga;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4056-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Yordamchi

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari

Inson huquqlari sohasidagi tahlil va tadqiqotlar bo‘limi

4

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limi

5

Inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni implementatsiya qilish bo‘limi

4

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi

4

Bosh yuriskonsult

1

Matbuot xizmati

3

Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ma’rifat bo‘limi

4

Tahririyat-nashriyot bo‘limi

2

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati

Umumiy bo‘lim

3

Hisob-kitob bo‘limi

2

 

Axborot-resurs multimedia bo‘limi

3

Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazi — “Inson huquqlari uyi”

2

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 41 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning soni me’yorlar bo‘yicha belgilanadi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini, milliy ma’ruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni ta’minlovchi davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari bo‘yicha ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlar va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, qisqartirilgani — Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — Natsionalniy sentr Respubliki Uzbekistan po pravam cheloveka, qisqartirilgani — Natsionalniy sentr po pravam cheloveka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — National Centre of the Republic of Uzbekistan for Human Rights, qisqartirilgani — National Centre for Human Rights.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, ushbu sohadagi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari faoliyatiga ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning inson huquqlari to‘g‘risidagi hisobotlarida taqdim etilgan ma’lumotlarga sharhlar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlarning takliflarini to‘plash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining yakdil nuqtai nazarini shakllantirishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish holatini o‘rganish, tahlil qilish va umumlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalari bajarilishini monitoring qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini davlat organlari tomonidan bajarilishi masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi qonunchilikka, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalariga davlat organlarining rioya qilish holatini tizimli tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalar tavsiyalarini, shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning, shu jumladan ma’lumotlar bazasidan foydalanish orqali milliy harakat rejalarini amalga oshirish bo‘yicha yaxlit uslubiyotni ishlab chiqadi va monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini bajarish bo‘yicha davlat organlari faoliyati samaradorligini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalardan kelib tushadigan individual murojaatlarni davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqishning tizimli monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, ularning hal qilinishi monitoringi va tahlilini o‘tkazishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha milliy ma’ruzalar tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari ta’minlanishi holati to‘g‘risidagi hisobotlarni har yili chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ma’ruzalar tayyorlash jarayonlarini standartlashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining axborot va ma’lumotlarini yig‘ishni muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarni bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini tayyorlash va taqdim etish jarayoniga inson huquqlari ko‘rsatkichlarini moslashtirish va tatbiq qilish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida BMTning ustav va shartnomaviy organlari uchun O‘zbekiston Respublikasining asosiy, milliy va davriy ma’ruzalarini o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish to‘g‘risida oraliq axborotlar taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalari loyihalari muhokamasi yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan muntazam muvofiqlashtiruvchi kengashlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalari loyihalarining muhokamasini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tuzilmalarga O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini yuboradi va ularni BMTning ustav va shartnomaviy organlariga taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tegishli milliy va davriy hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMT ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini davlat tiliga tarjima qilish va manfaatdor davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga o‘z vaqtida jo‘natishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning yakuniy taklif va tavsiyalarini ko‘rib chiqish va bajarish bo‘yicha davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini metodik boshqarishni hamda ularning samarali hamkorligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejalarini (“yo‘l xaritalari”ni) ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tegishli davriy hisobotlarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha tasdiqlangan milliy harakat rejalari (“yo‘l xaritalari”) mas’ul ijrochilarga yetkazilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav va shartnomaviy organlarining yakuniy taklif va tavsiyalarini bajarish bo‘yicha milliy harakat rejalari ijrosi masalalari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari uchun metodik tavsiyalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklariga rioya qilish va ularni himoya qilishni ta’minlash sohasidagi ilg‘or o‘zgarishlarni tavsiflovchi inson huquqlari bo‘yicha axborot-tahlil va statistik ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tavsiyalarining yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqadi va uning ishlashini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet xalqaro axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi holati haqidagi xolis axborotning chop etilishini tashkillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning doimiy tahlilini amalga oshiradi va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning xalqaro standart va tavsiyalarini, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilinishini ta’minlash choralarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish va tegishli davlat organlari tomonidan ularning amaliy ijrosi bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va muhokamasida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha qonun loyihalarini tayyorlash tashabbuslari bilan chiqadi va ularning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan keng muhokamasini o‘tkazadi, shuningdek, ularni qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) inson huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlarga maslahat berish funksiyasini amalga oshirish va ularga amaliy ko‘maklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari borasida davlat organlari xodimlarining salohiyatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida davlat organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) inson huquqlari sohasida aholi huquqiy savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, inson huquqlariga rioya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, noshirlik faoliyatini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari masalalari bo‘yicha ma’rifat va ta’lim tizimini takomillashtirishga yordam ko‘rsatib, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan milliy dasturlar va harakat rejalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari bo‘yicha adabiyotlar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar tayyorlaydi va taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat organlari xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlarini va tartibini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasi milliy ma’ruzalarini, muqobil ma’ruzalarni, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar so‘rovlariga javoblarni tayyorlash asoslari yuzasidan davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini ishlab chiqadi va olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitishni tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, xorijiy mutaxassislarni jalb etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy kampaniyalar, seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, jamoat maslahatlashuvlarini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi, inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarni amalga oshirishda xalqaro va xorijiy tajriba yuzasidan ilmiy-tahliliy materiallarni o‘rganadi va tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy-texnik grant va loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadi, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar faoliyatidagi ishtiroki samaradorligini ilmiy tahlil qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini olib boradi, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” ilmiy-davriy nashrini hamda inson huquqlari bo‘yicha boshqa bosma mahsulotlarni chop etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hamda tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasi, BMT tizimidagi dasturlar, fondlar va ixtisoslashtirilgan muassasalar, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan inson huquqlariga rioya qilish, ularni himoya qilish va rag‘batlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro sa’y-harakatlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan tashabbuslarini xalqaro tashkilotlarda ilgari surish bo‘yicha choralarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, boshqa nohukumat huquqni muhofaza qilish tashkilotlari ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi va hisobot hamda kelgusi harakatlar masalalari bo‘yicha tajriba almashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarini inson huquq va erkinliklarining samarali himoyasi borasidagi xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyot bilan tanishtirish maqsadida xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro va (yoki) mintaqaviy tadbirlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida qonunchilik, ta’lim va ma’rifiy masalalarni takomillashtirish, davlat organlarining huquqni qo‘llash faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etishni tashkillashtirish yuzasidan tajriba almashish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 §. Markazning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahlil muassasalari, boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot, statistik va boshqa material hamda ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat statistika organlaridan Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotni bepul asosda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan hamkorlik qilish;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis qo‘mita va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar hay’atlari, Oliy sud Plenumi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi, ilmiy va ta’lim muassasalarining ilmiy kengashlari yig‘ilishlarida ishtirok etish;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish muammolari bo‘yicha davlat organlari, tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazadigan yig‘ilishlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish uchun o‘z vakillarini yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalariga, qamoqda saqlash joylariga va maxsus qabulxonalarga moneliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish, shuningdek, Markaz vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va ularni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari, shu jumladan jazoni ijro etish muassasalari, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqa tuzilmalarda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyat amaliyotini joylarda bevosita o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarining buzilishi aniqlangan holatlarda vakolatli davlat organlari tomonidan inson huquqlari buzilganligi haqidagi ma’lumotlar tekshiruvini uyushtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va takomillashtirish monitoringini amalga oshirish, ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish shakllari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlarga inson huquqlariga rioya etilishini, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini ta’minlash bo‘yicha tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga fuqarolarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish jarayonida aniqlangan qonun buzilishini bartaraf etish, inson huquq va erkinliklarining buzilishiga olib keladigan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida tavsiyalarni ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifoda etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga taalluqli masalalarni tashkil etish va hal etish uchun davlat organlari va tashkilotlarining yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislari orasidan ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish doirasida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda kompleks chora-tadbirlar va dasturlar ishlab chiqish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalarini amalga oshirishga oid davlat buyurtmasiga muvofiq ushbu masalalar bo‘yicha loyihalarni tanlash uchun tanlovlar e’lon qilish va tanlov komissiyalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahliliy muassasalar xodimlari, ta’lim muassasalari olimlari va o‘qituvchilarini milliy ekspertlar sifatida ilmiy va innovatsion tadqiqotlarga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha “davra suhbatlari”, konferensiya va seminarlar tashkil qilish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga rioya etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda olib borish, davriy ilmiy-amaliy nashrlar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlar ochish va ular bo‘yicha tegishli operatsiyalarni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning moddiy-texnika bazasini va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda budjet mablag‘laridan, shu jumladan Markaz tomonidan grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar sifatida olinadigan valyuta mablag‘laridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 §. Markazning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaz quyidagilar uchun mas’uldir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish bo‘yicha dasturlar, tadbir rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarni amalga oshirishni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markaz tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Markazning asosiy tarkibiy bo‘linmalari muayyan muammolarni hal etish uchun tuzilgan bo‘limlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari Markaz direktori taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Direktor joyida bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini bajarish Direktorning birinchi o‘rinbosari tomonidan, u bo‘lmaganida esa direktorning buyrug‘iga muvofiq boshqa o‘rinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaz direktori maqomi, tibbiy va transport ta’minoti sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktorning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, direktor o‘rinbosari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markaz xodimlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaz direktori, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari, shuningdek, Markaz bo‘limlari boshliqlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Bosh tibbiy boshqarmasining muassasalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaz xodimlariga egallagan lavozimlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagi eng yuqori maxsus unvonlar — martaba darajalari beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktoriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktorining birinchi o‘rinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali davlat adliya maslahatchisi — Markaz direktori o‘rinbosariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-darajali adliya maslahatchisi — Markazning bo‘lim boshliqlariga, direktori yordamchisiga, bosh buxgalterga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-darajali adliya maslahatchisi — Markazning bosh mutaxassislariga, bosh yuriskonsultiga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga, matbuot kotibiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-darajali yurist — Markazning yetakchi mutaxassislariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 1 va 2-darajali davlat adliya maslahatchilari martaba darajalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-darajali adliya maslahatchilari, shuningdek, 1-darajali yurist martaba darajalari Markaz direktori taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri va Markaz direktorining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan, Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yillik mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus fond) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus fond mablag‘lari Markaz direktorining buyrug‘iga binoan Markazning boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga ularning mehnatga haq to‘lash fondining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus fond mablag‘laridan foydalanish tartibi, shuningdek, Markaz xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Markaz direktori tomonidan belgilanadi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama to‘lash O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan taqdirda, ushbu to‘lovlarni to‘lash yuqoriroq miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Markaz xodimlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda amalda bo‘lgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan lavozim maoshlariga 20 foizli qo‘shimcha haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan mehnat haqi yillik fondining 15 foizi miqdoridagi xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bilan belgilangan ikki oylik mehnat haqi fondi miqdorida yillik mukofotlash va oylik mehnat haqi miqdorida yillik moddiy yordam saqlab qolinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyenti va Maxsus fonddan har oylik ustamalar hisobga olingan holda, davlat organlaridagi ko‘p yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi. Bunda, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son Farmonida belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, mazkur ustama yuqoriroq miqdor bo‘yicha to‘lanadi.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233. Mazkur Nizomning 231, 232 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham to‘liq qo‘llaniladi”.
(231 — 233-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Markaz xodimlari lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar ko‘paytirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaz xodimlarining huquq va majburiyatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, lavozim yo‘riqnomalari, Markazda amalda bo‘lgan nizomlar, yo‘riqnomalar, ichki mehnat tartib qoidalariga, jamoaviy va mehnat shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z blankiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimning nomlanishi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

Direktor

19

Direktorning birinchi o‘rinbosari

18

Direktor o‘rinbosari

17

Matbuot kotibi

17

Direktor yordamchisi

15

Bo‘lim boshlig‘i

15

Bosh buxgalter

15

Bosh yuriskonsult

14

Bosh mutaxassis

12

Kadrlar bo‘yicha bosh inspektor

12

Yetakchi mutaxassis

11

1-toifali ish yurituvchi

8

2-toifali ish yurituvchi

7

G‘aznachi

7

Xo‘jalik ishlari mudiri

7

(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-martdagi PQ-180-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul

ijrochilar

I. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining faoliyatini huquqiy tartibga solish

1.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Buyruq

2019-yil

1-yanvargacha

IHMM (A. Saidov)

2.

Markaz xodimlariga martaba darajalarini berish tartibini tasdiqlash.

Qo‘shma buyruq

2019-yil

1-yanvargacha

IHMM (A. Saidov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

1-fevralgacha

IHMM (A. Saidov), Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

4.

Markazni rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-fevralgacha

IHMM (A. Saidov),

IIV (P. Bobojonov)

5.

Inson huquqlari sohasida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini o‘qitishni amalga oshirish, shuningdek, aholining ongini oshirish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2019-yil

1-maygacha

IHMM (A. Saidov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatining samaradorligini oshirish

6.

Markaz saytini modernizatsiya qilish va quyidagi imkoniyatlarni nazarda tutish:

O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi uchun platforma yaratish;

vebinarlar, onlayn uchrashuvlar va translyatsiyalar o‘tkazish;

elektron kutubxonalardan foydalanish;

Markazning jurnallarini elektron ko‘rinishda nashr etish;

ijtimoiy tarmoqlarda Markaz sahifalarini yaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-martgacha

IHMM (A. Saidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalar
ini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)

7.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan videokonferens aloqadan foydalangan holda Markazning axborot-ma’rifat tadbirlarini tashkil etish uchun Markazni “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-martgacha

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalar
ini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Matbuot
va axborot agentligi (K. Allamjonov)

8.

Markazni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishini professional darajada ta’minlay oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-martgacha

IHMM (A. Saidov)

9.

Markaz xodimlari faoliyatining samaradorligini baholash mexanizmini joriy etish.

Buyruq

2019-yil

1-aprelgacha

IHMM (A. Saidov)

10.

Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan Inson huquqlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uni Markazning rasmiy veb-sahifasida joylashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-aprelgacha

IHMM (A. Saidov),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalar
ini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

TIV (A. Kamilov)

11.

Markazning inson huquqlari bo‘yicha kutubxonasi ishlarini takomillashtirish, undan aholi keng doirasining, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali foydalanishini ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-aprelgacha

IHMM (A. Saidov), Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalar
ini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

12.

Markaz xodimlarining malakasini oshirish uchun BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, boshqa ta’lim muassasalari va xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarida ta’lim va stajirovkalarni tashkil etish.

Reja jadvali

Doimiy

IHMM (A. Saidov)

III. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

13.

Toshkent shahar, I. Karimov ko‘chasi 15-uy manzilidagi Markazga taqdim etilayotgan ma’muriy binoga tutash hududda ta’mirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-martgacha

Vazirlar Mahkamasi

(A. Ramatov),

Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev),

IHMM (A. Saidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

14.

Markazni kerakli mebel, inventarlar, kompyuter va boshqalar, shu jumladan Markaz faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa orgtexnika bilan ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-martgacha

Vazirlar Mahkamasi, (J. Kuchkarov),

IHMM (A. Saidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sh. Sadikov)

15.

Markaz buyurtmanomalariga ko‘ra xizmat avtotransportlari uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilg‘isini o‘rnatilgan tartibda ajratish va olish bilan Markazga bitta personal yengil va bitta navbatchi avtotransport vositalarini xarid qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil

1-martgacha

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi (Sh. Umurzakov),

“O‘zbekneftgaz” AJ (B. Ashrafxanov),

IHMM (A. Saidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

16.

Markazning kichik tipografiyasini yaratish va ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, risolalar, darsliklar, bukletlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-maygacha

IHMM (A. Saidov), Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

17.

Davlat organlari xodimlarini masofadan o‘qitish uchun elektron darsliklar materiallarini ishlab chiqish maqsadida multimedia studiyasini yaratish va jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-iyungacha

IHMM (A. Saidov),
MTRK
(A. Xadjayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

IV. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida
huquqiy ongni oshirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishida ishtirok etishi

18.

Inson huquqlariga rioya etish va himoya qilish masalalari bo‘yicha axborot-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-fevralgacha

IHMM (A. Saidov)

19.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar, milliy axborotlar matnlarini, BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalari va yakuniy takliflarini axborot-izlash huquqiy tizimlarida e’lon qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-martgacha

IHMM (A. Saidov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

20.

“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-iyungacha

IHMM (A. Saidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

21.

Inson huquqlari sohasidagi axborot materiallari va nashrlarni (risolalar, darsliklar, bukletlar va boshqa adabiyotlar) chop etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Doimiy

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

22.

BMT Nizom va shartnomaviy organlarining tavsiyalariga muvofiq xalqaro tajriba va xorijiy mamlakatlar amaliyotini o‘rganish asosida inson huquqlari sohasida maqsadli tadqiqotlar o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

IHMM (A. Saidov)

23.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun inson huquqlarini himoya qilish va davriy ma’ruzalarni tayyorlash xalqaro tizimi masalalari bo‘yicha qator axborot-ma’rifiy tadbirlarni (davra suhbatlari, treninglar, seminarlar, konferensiyalar) tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

IHMM (A. Saidov)

24.

Inson huquqlari sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, mamlakatda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan qator radio va teleko‘rsatuvlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

Doimiy

IHMM (A. Saidov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Kuchimov),

Matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

V. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining xalqaro hamkorligini rivojlantirish

25.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarini qabul qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-fevralgacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

26.

Universal davriy sharh doirasida O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi milliy ma’ruzasi ko‘rib chiqilishi yakunlari yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi bergan tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan Milliy harakatlar rejalarini tayyorlash.

Milliy harakatlar rejasi

2019-yil

1-fevralgacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni tuzish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-aprelgacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov)

28.

Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Uchinchi davriy ma’ruzasini tayyorlash.

Milliy ma’ruza

2019-yil

30-maygacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

29.

Xalqaro sheriklar bilan birgalikda davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari uchun inson huquqlari bo‘yicha yozgi maktablarni o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-sentabrgacha

IHMM (A. Saidov)

30.

Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarga barham berish to‘g‘risidagi BMT Konvensiyasi qoidalarining bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Oltinchi davriy ma’ruzasini tayyorlash.

Milliy ma’ruza

2019-yil

20-oktabrgacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

31.

Inson huquqlarini himoya qilishning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning sud himoyasi huquqlarining kafolatini kuchaytirish bo‘yicha xorijiy ekspertlar ishtirokida xalqaro tadbirlar (forumlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqalar) tashkil etish va o‘tkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2019-yil

1-noyabrgacha

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov),

Oliy sud (K. Komilov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

32.

BMT Kengashining inson huquqlari bo‘yicha sessiyalarida, BMTning shartnomaviy organlarida, shuningdek BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish.

Chora-tadbirlar

rejasi

2019-yil

1-dekabrgacha

taklifnoma-lar tushishiga qarab

IHMM (A. Saidov),

TIV (A. Kamilov)

33.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy bo‘linmasi, BMTning rivojlanish Dasturi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va inson huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2020-yil

1-martgacha

IHMM (A. Saidov)

34.

BMT Kengashining inson huquqlari bo‘yicha maxsus jarayonlar so‘rovlariga ma’lumotlarni tayyorlash va o‘z vaqtida taqdim etish.

Ma’lumot

so‘rovlar tushishiga

qarab

IHMM (A. Saidov),

manfaatdor vazirlik
va idoralar

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2018-y., 07/18/4056/2294-son; 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 07/22/180/0240-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)