ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
|
I. Keksalarni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlomlashtirish tadbirlari | |||
|
1. |
Fuqarolar yigʻinlarida keksa avlod vakillariga koʻmak beruvchi “Nuroniylar eʼzozimizda” koʻngilli patronaj yoshlar guruhlarini tashkil etish. |
1. Yoshlar guruhini shakllantirish. 2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash. 3. Yoshlar guruhi tomo�idan ularning xolidan xabar olish, ularga zarur yordamlar koʻrsatish. |
2020-yil |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida va istirohat bogʻlarida “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” konsert dasturlarini tashkil etish. |
1. Reja ishlab chiqish. |
2020-yil iyundan boshlab, |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Reja asosida yil davomida madaniy tadbirlarni tashkil qilish. |
reja asosida | |||
|
3. |
Har yili oktyabr oyida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2. Reja asosida amalga oshirish. |
2020-yil oktyabrdan boshlab har yili |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Keksalarda surunkali, shu jumladan yashirin kechuvchi kasalliklarni erta aniqlash yoʻli bilan kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida: 7 — 9 nafar tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, oftalmolog va boshqalar), qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat guruhlar ishtirokida keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklardan oʻtkazish; chekka hududlarda joylashgan qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktirilgan 150 ming nafar keksalarni respublikaning ixtisoslashtirilgan joylardagi tibbiyot markazlari va oliy taʼlim tibbiyot muassasalarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; surunkali kasallikka chalingan keksalarni davriy dispanser koʻrigidan (kasallik kechishiga koʻra har yili 2 — 6-marta) oʻtkazish. |
1. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Joylarda keksalar va faxriylarni aniqlash. 3. Chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar bilan toʻliq qamrab olish. 4. Ularni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda sogʻlomlashtirish. |
2020-yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Ekologik jihatdan noqulay hududlar, (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari) shuningdek, olis va chekka qishloqlarda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni, shu jumladan keksalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, sogʻlomlashtirish maqsadida “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish. |
1. Chora-tadbirlar ishlab chiqish. 2. Keksalar va yolgʻiz qariyalar roʻyxatini hududlar kesimida aniqlash. 3. Reja asosida hududlarga “Salomatlik” poyezdlarini tashkil etish. |
2020-yil |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” fondi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
6. |
Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun: “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida maxsus toʻgaraklar, shuningdek, ular uchun ommabop filmlar namoyishini hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlgan qiziqishlar boʻyicha muloqot klublarini tashkil etish; har bir mahalla fukarolar yigʻinlari huzurida keksalar uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-jismoniy tarbiya kabinetlari negizida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlarini tashkil etish. |
1. Bajaruvchilarning tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2. Dastur asosida keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish. 3. Chekka va borish qiyin boʻlgan qishloq tumanlaridagi keksalarni toʻliq qamrab olish va ularga har tomonlama koʻmak berish. |
2020-yil |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
II. Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tadbirlar | ||||
|
7. |
Keksa harbiylar bilan maktab oʻkuvchilari oʻrtasida “Mening hayot yoʻlim” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish. |
1. Bajaruvchilarning qoʻshma rejasini ishlab chiqish. 2. Reja asosida tadbirlarni tashkil qilish. |
2020-yil |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
8. |
“Temurbeklar” maktabi tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar va keksa avlod vakillari oʻrtasida “Uch avlod” uchrashuvini tashkil etish. |
1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Reja asosida uchrashuvlarni tashkil qilish. 3. Unda keksa avlod vakillarining ishtirokini taʼminlash. |
2020-yil |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi |
|
9. |
“Jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda keksa avlod vakillarining oʻrni” mavzusida hududlarda seminarlar tashkil etish. |
1. Tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Seminarni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. 3. Reja asosida hududlarda seminarlar oʻtkazish. |
2020-yil |
Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun: mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida ular uchun ommabop filmlar namoyish qilish hamda mumtoz musiqa asarlarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlgan qiziqishlar boʻyicha muloqot klublari tashkil etish; har bir mahalla fuqarolar yigʻinlarida keksalar, nogironlar va aholining boshqa toifalari uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallari, oilaviy poliklinikalarning davolash-sogʻlomlashtirish xonalari negizida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlari tashkil etish. |
1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Joylarda keksalarning dam olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. 3. Keksalarning muntazam ravishda sport bilan shugʻullanishini tashkil qilish. |
2020-yil davomida |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Mahallalarda keksalar va faxriylar oʻrtasida tonggi jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini muntazam tashkil etish, shuningdek, “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbirlarini uyushtirish. |
1. Mahallalar kesimida reja ishlab chiqish. 2. Mahallalarda mashgʻulot oʻtkazadigan sport murabbiylarini aniqlash. 3. Tadbirlarni muntazam ravishda tashkil qilish. |
2020-yil davomida |
Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
III. Keksa avlod vakillari uchun mamlakat boʻylab ziyoratlarni (sayohat) tashkil qilish yuzasidan tadbirlar | ||||
|
12. |
Mamlakat boʻylab keksa avlod vakillarining sayohat qilishini ragʻbatlantirish maqsadida “Keksalar uchun turizm oyligi”ni tashkil qilish. |
1. Bajaruvchilarning tashkiliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2. Reja asosida respublikaning diqqatga sazovor qadamjolariga tashrifini tashkil qilish. |
2020-yildan har yili noyabr oyida |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Mahalla va oilaii koʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Respublika hududlariga tashrif buyurgan keksa avlod vakillarining sayohati davomida jamoalarga yoʻnalish boʻylab har bir turistik va madaniy meros obyektlari hamda muqaddas qadamjolar va ularning tarixi haqida soʻzlab berish uchun ularga hamrohlik qilish boʻyicha turizm sohasidan yaxshi xabardor boʻlgan iqtidorli talabalar orasidan 50 nafardan kam boʻlmagan koʻngilli hamrohlar (volontyorlar) roʻyxatini shakllantirish va ularni keksa avlod vakillariga biriktirish. |
1. Muqaddas maskanlar va ziyoratgohlar nomlarini aniqlash. 2. Koʻngillilar roʻyxatini shakllantirish. 3. Koʻngillilar asosida ularni tanlab olish va keksa avlod vakillariga biriktirish. |
2020 yildan |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
Keksa avlod vakillari uchun moddiy madaniy meros obyektlari, muzey va teatrlarga kirish va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha 50 foizgacha chegirmalar berish choralarini koʻrish. |
1. Reja ishlab chiqish. 2. Keksalar uchun belgilangan chegirmalarni joriy qilish. |
2020 yildan |
Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |