18.02.2020 yildagi PF-5938-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan qisqa davrda aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etish, mahallani xalq bilan davlat o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” bo‘lishini amalda ta’minlash, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fuqarolar yig‘inlariga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi osoyishtaligini ta’minlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va mavqeyini yanada mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alohida ta’kidlab o‘tilsinki, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va mahallalar faollarining har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi yangi tizimni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning betakror ijtimoiy tuzilmasi hisoblanadigan mahalla institutini aholining chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, uning roli va ahamiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va oilada sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla institutining ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan uzluksiz, tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarining (keyingi o‘rinlarda — profilaktika inspektori) roli va mavqeyini yanada oshirish, mustaqilligi hamda vakolatlarining amaliy samaradorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda xodimlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko‘maklashishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeyini yuksaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin va Vazirlik tuzilmasiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — “Nuroniy” jamg‘armasi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ularning ongiga singdirish hamda yuksak ma’naviyatli va sadoqatli qilib voyaga yetishlarida keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Vazirlik “Nuroniy” jamg‘armasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amalga oshiradigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasidagi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasidagi — Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalaridagi — hokim o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalaridagi — hokim o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig‘ilishlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazir har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Vazirlik faoliyati yuzasidan hamda sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga mas’ul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi besh yil muddatga saylanishi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22-mart sanasini “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalar 1a va 1b-ilovalarga muvofiq ro‘yxatlar bo‘yicha qisqartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur band ijrosi yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan tashqari funksiyalarni faqatgina davlat organlari va tashkilotlar bilan haq to‘lashni nazarda tutuvchi shartnoma asosida amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik fuqarolar yig‘inlari xodimlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning faoliyatiga asossiz aralashish, taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanganligi haqidagi talabga amalda so‘zsiz ijro etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur talabni buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari mas’ul va mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha har choraklik asosda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi lavozimlar tugatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi jamoatchilik tuzilmalari tugatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarashtirish komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi komissiyalar tashkil qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajarish profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika inspektori zimmasiga yuklatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahallada uning kriminogen vaziyati va aholi sonidan kelib chiqqan holda kamida bir nafardan profilaktika inspektori xizmatni olib boradi. Bunda, yangi mahallalar tashkil etilganda kiritiladigan shtat birliklari soni Ichki ishlar vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi hamda respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi;
(16-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga, oilalar soni 2 000 va undan ortiq bo‘lgan fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi lavozimi o‘rniga, har bir fuqarolar yig‘inida bir nafardan, shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining yoshlar masalalari bo‘yicha hamda keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis fuqarolar yig‘ini raisi taqdimiga asosan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisi — keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, “Keksalar maslahati” guruhining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari — xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fuqarolar yig‘ini raisiga quyidagi qo‘shimcha huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududdagi profilaktika inspektori faoliyatiga baho berish hamda uni rag‘batlantirish yoki unga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq masalalarda uy-joy mulkdorlarining roziligi asosida ularning nomidan boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisi bilan o‘zaro munosabatlarga kirishish.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlari 5 yil muddatga lavozimga tayinlanadi hamda ularni mazkur muddat davomida boshqa lavozimga o‘tkazish taqiqlanadi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimga o‘tkazish yoxud qonun yoki ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning tarkibidagi bo‘limlari va ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari) boshliqlari ustuvorlik asosida profilaktika inspektori lavozimida kamida 5 yil ishlagan xodimlari orasidan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlari lavozimlariga, qoida tariqasida, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, staji va tajribasini inobatga olgan holda mahallaga biriktirish hamda mahalla orasida rotatsiya qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi (profilaktika inspektori lavozimidan katta profilaktika inspektori lavozimiga o‘tkazish bundan mustasno);
(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining o‘rinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda ijtimoiy profilaktika bo‘lim boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimiga o‘tkazish holatlari bundan mustasno);
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-noyabrdagi PF-197-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektorlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i tomonidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyat ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamg‘armalarining mablag‘lari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan tegishlicha ularning o‘rinbosarlari — jamoat xavfsizligi xizmati (huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, boshqarmasi) boshliqlari takliflari asosida qabul qilinadigan qarorlarga muvofiq belgilangan tartibda sarflanadi.
(20-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201. Mahallalarni kriminogen vaziyatdan kelib chiqib toifalarga ajratishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Milliy statistika qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda har bir mahalla kesimidagi xonadonlar hamda ularda istiqomat qiluvchi aholi soni haqidagi ma’lumotni “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga — profilaktika inspektorlari faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik uchun hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan bevosita intizomiy jazo choralarini qo‘llash vakolati berilsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda ichki ishlar organlarining amaldagi shtatlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tegishli huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarida kadrlar bilan ishlash bo‘limini (bo‘linmasini, guruhini) tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Oliy sud, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan ta’sirchan tizimni shakllantirish maqsadida profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish hamda bevosita ma’muriy jazo choralarini qo‘llash vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi o‘rinlarda — FHDY) organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalarni yuklagan holda FHDY organlari Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilsin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat xizmatlari agentligi tizimida FHDY organlari faoliyatini samarali tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n kun muddatda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda fuqarolar yig‘inlari va profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari va oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar lavozimlariga yetarli bilim va hayot tajribasiga, yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan shaxslar tavsiya etilishi va tasdiqlanishi bo‘yicha fuqarolar yig‘inlariga har tomonlama yordam bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi alohida o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yig‘ini raisini saylash muddatini uzaytirish, ushbu jarayonini takomillashtirish va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlik buyurtma asosida hamda o‘zining budjetdan tashqari mablag‘lari va homiylik xayriyalari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi hamda boshqa nodavlat tele- va radiokanallarda “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi”, “Otalar choyxonasi”, “Onalar mehri” va “Oila — jamiyat ko‘zgusi” kabi mavzularda ko‘rsatuv va eshittirishlarni milliy va tarixiy qadriyatlarni hisobga olgan holda muntazam tayyorlash hamda aholiga qulay bo‘lgan vaqtda namoyish etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan birgalikda fuqarolar yig‘inlari faoliyatini batafsil yoritishga qaratilgan, aholida mahalla institutiga nisbatan hurmat va iftixor ruhini shakllantirishga xizmat qiluvchi badiiy filmlar yaratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Farmon ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi o‘rnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri — ushbu Farmonda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda mas’ul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin, chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlasin hamda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ushbu Farmonning amalga oshirilishi jarayoni haqida batafsil ma’lumot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va uning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari A.I. Ikramov — har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim to‘liq joriy etilishi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va profilaktika inspektorlarining mustaqilligini ta’minlash, jumladan faoliyatiga asossiz aralashmaslik va taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklamaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Ko‘chimov, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — ushbu Farmonning mazmun-mohiyati, ahamiyati va mamlakatimizda oila, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizamiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5938-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos bo‘lmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini ta’minlashda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kvartira mulkdori yo‘qligida avariyani bartaraf etish uchun xonadonga kirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarovsiz uy hayvonlari yoki qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni egasini qidirish choralarini ko‘rish, qarovsiz hayvonlarni tutib olgan shaxsning iltimosiga ko‘ra hayvonlarni boqish uchun zarur sharoiti bo‘lgan shaxsni topish hamda hayvonlarni unga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imoratni qurish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududlarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va kreditlarning belgilangan muddatda qaytarilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish uchun tuziladigan tuman (shahar) komissiya tarkibida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholi punktlari sanitariya jihatidan tozalanishiga hamda maishiy-ro‘zg‘or chiqindilari to‘plab olib ketilganligi uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lanishiga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasidagi amaliy tizimni tashkil etish, qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslarning hisobi yuritilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalasi uzoq vaqtdan buyon hal etilmayotgan obyektlar va aholi punktlariga reydlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish uchun, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan, sharoitlar yaratish hamda ushbu sohada davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bolalar-o‘smirlar sport-moslashtiruvchi maktablarini, moslashtiruvchi bolalar-o‘smirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahallalarda futbol maydonlari va boshqa sport inshootlarini obodonlashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari, tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yosh oilalarga sifatli ta’lim, tibbiy, huquqiy, axborot, maslahat va boshqa, jumladan bolalar sog‘lig‘ini saqlash va tarbiyalashni ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bir dehqon xo‘jaligini va unga oid ma’lumotlarni xo‘jalik kitobiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo‘lmagan hududda fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida mazkur hududni birlamchi obodonlashtirishni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish hamda ishlab chiqarish obyektlari va uy-joylar barpo etishda yordam ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishiga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Foydalanilmayotgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni ularda mahsulot yetishtirishni va tovarlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklariga ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fermer xo‘jaliklari boshliqlari va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qishloq xo‘jalik ekinlarining navli urug‘lik hamda ko‘chatlari, organik va mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan, kasalliklar hamda begona o‘tlardan himoya qilish vositalari yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali xizmatlar, shuningdek, texnikaviy xizmat ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalar va inventarlarni lizing asosida sotib olishga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga zotdor chorva mollar va parrandalar, shuningdek, omixta yem sotib olishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun sharoitlar yaratib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Noqishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etayotgan fermerlarni rag‘batlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fermer va dehqon xo‘jaliklariga konsalting va axborot yo‘sinidagi boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tegishli hududda barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tomorqa yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar, shuningdek, boqiladigan chorva mollari va parrandalarning aniq hisobini yuritish maqsadida ekinlar, mahsulotlar hajmi, sotilgan, eksport qilingan va ichki iste’mol uchun qolgan miqdorlari to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ma’lumot taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, takroriy ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, shuningdek, boshqa tadbirlarda ishtirok etish, davlat organlariga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. O‘simliklar karantini sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Veterinariya sohasida davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Veterinariya bo‘limlariga itlarni quturishga qarshi o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish uchun itlarni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirlar o‘tkazilishiga ko‘maklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashlarini kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qishloq xo‘jaligi ekinzorlarida chorva va parrandalarni boqish, shunday ekinzorlar orqali avtotransport yoki qishloq xo‘jalik texnikasi, hayvonlarni olib o‘tish hamda ekinlarning payhon bo‘lishiga olib keladigan boshqa hollarga qarshi kurashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Toshkent shahar mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan ichki ishlar bo‘limlarida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma berishda kundalik ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini aholi tomonidan topshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ko‘mir mahsulotlarining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Zayomdan foydalanishning butun davrida zayomdan samarali va maqsadli foydalanishning doimiy monitoringini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika (katta) inspektorlariga yuklatilgan, boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini takrorlovchi, ortiqcha va xos bo‘lmagan qisqartirilayotgan vazifa hamda funksiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash, shu masalalar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etilgan tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhda ishtirok etish va belgilangan vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni mahalla fuqarolar yig‘ini miqyosida saralab olish uchun tuzilgan ishchi guruh tarkibida faoliyat yuritish hamda fuqaroning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatini belgilangan tartibda bekor qilishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalari inventarizatsiyasi jarayoni bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Huquqbuzarliklar oqibatida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan muassasalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining nazorat tekshiruvida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalari yuzasidan shaxsning turgan joyi haqida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki uning yaqin qarindoshlarini xabardor qilish choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqarolar tomonidan o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlatish qurilmalarini o‘z ixtiyori bilan topshirilishi va ularni qabul qilish bilan bog‘liq xatti-harakatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolar yig‘inlarining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasa hududidan chetga chiqqan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Otish zonasida joylashgan aholini, tashkilotlar va boshqa obyektlarning mas’ul vakillarini hayvonlarni otib tashlash tadbirlari o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilish, hayvonlarni otib tashlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirish, belgilangan xavfli zonalarga fuqarolar va transport vositalarini kiritmaslik choralarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Otib tashlash ishlari boshlanishidan oldin brigada boshlig‘i bilan birgalikda majburiy tartibda brigada a’zolari sog‘lig‘ining holatini, qurollarning ruxsat beruvchi hujjatlari mavjudligini, o‘qotar ov qurolining va unga o‘q-dorilarning texnik holatini tekshirish ishlarini olib borish, shuningdek, brigada a’zolarining aniq vazifalarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

1.

Fuqarolar yig‘inlarining tashkiliy-huquqiy tuzilmasini takomillashtirish, faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va javobgarlik doirasini aniq belgilash, mavqeyini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (E. Yuldashev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Fuqarolar yig‘ini raisini saylash muddatini uzaytirish, saylov jarayonini takomillashtirish
va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Fuqarolar yig‘inlari xodimlari va yangi tarkibiy tuzilmalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish
va ularda yoshlarni oila qurishga kompleks tayyorlash yuzasidan interaktiv treninglarni doimiy ravishda o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil

iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Keksa avlod vakillari uchun mamlakat bo‘ylab ziyorat turizmiga chiqishlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil
aprel

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov),

Transport vazirligi (E. G‘aniyev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari”
AJ (X. Xasilov)

7.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi alohida o‘quv kurslarini tashkil etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori loyihasi

2020-yil

may

Davlat boshqaruvi akademiyasi

(X. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari

8.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini ishlab chiqish:

keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sanatoriyda davolanish uchun yo‘llanmalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali olish;

yo‘llanmani olish uchun talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;

keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun respublika sanatoriylari hamda urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish, shu jumladan ularning moliyalashtirish tartibini “har bir davolangan holat” metodiga o‘tkazish;

faol keksa avlod vakillari uchun sanatoriyalarga yo‘llanmalarni fuqarolar yig‘inlari hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tavsiyalari asosida ajratish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),

Axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 240-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

bepul qabul qilinadigan fuqarolar toifalariga qo‘shimcha ravishda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz yashovchi I-guruh nogironligi bo‘lgan keksalarni qabul qilish;

bepul joylashish huquqi bo‘lmagan keksalarga ushbu muassasalarda shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2020-yil
avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va sanoat

vazirligi (B. Xo‘jayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarma va bo‘limlarini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

fevral — aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (N. Maksumov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

11.

“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish bo‘yicha tumanlar va shaharlarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi quyi tuzilmalari hamda fuqarolar yig‘inlari xodimlari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart — iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Mahallalarda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirish

12.

Milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida “Mahalla — qadriyatlar maskani” haftaligini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

13.

Mahallalarda aholi o‘rtasida “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

14.

Mahallalarda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarning ma’naviy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mobaynida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov),
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

15.

“Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusida ma’rifat oyligini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

16.

Fuqarolar yig‘inlari hisob raqamlariga jismoniy
va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablag‘larini va homiylik xayriyalarini masofadan turib tushirish imkonini beradigan elektron dasturni ishlab chiqishva amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

dekabr

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sadikov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. “Oila muqaddas” degan ezgu g‘oyani targ‘ib qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish

17.

Umumta’lim maktablarida notinch oilalar farzandlari bilan psixologik-korreksion va rivojlantiruvchi ishlarni olib borish maqsadida “Ahil oila” dasturi asosida treninglar tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
mart

Xalq ta’lim vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

18.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlarda Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel-may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

19.

15-may — Xalqaro oila kunini “Oila muqaddas” shiori ostida keng nishonlashni tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Ibratli oila” tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

21.

Oila institutini yanada mustahkamlash
va rivojlantirish, sudgacha oilaviy nizolarni oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish
va amaliyotga tatbiq etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

22.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarga har tomonlama ko‘maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga manzilli ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil davomida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Mahallalarda “Maishiy zo‘ravonlik qurboniga aylanma” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov)

25.

Doimiy ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlar,
uy bekalarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

26.

Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirishning ilg‘or usullarini amaliyotda qo‘llash, farovon oilaning zamonaviy modelini targ‘ib qilish maqsadida quyidagi kompleks tadbirlarni amalga oshirish:

farovon oilaning zamonaviy modelini faol targ‘ib etuvchi “Family Co-Learning Center” virtual markazini va uning negizida veb-portal;

ijtimoiy so‘rovlarni onlayn tarzda o‘tkazuvchi maxsus “Survey” tizimi;

“Zamonaviy farovon oila” platformasi va video xostingini joriy qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadiqov)

27.

“Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tajribasi” respublika ayollar forumini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

har yili

noyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (R.Kamilov),

O‘zNNTMA (N.Alimov)

IV. Mahallalarda huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash

28.

Mahallalarda aholi vakillarini taklif qilgan holda “Ma’naviyat soatlari” va “Huquqiy bilimlar”, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi”, “Yong‘inlar profilaktikasi”, “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti” kunlarini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev),

“Vatanparvar” tashkiloti (R.Niyazov)

29.

Mahallalarda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslarga ko‘maklashish ishlarini tizimli ravishda tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart

oyidan

boshlab

reja

asosida

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

30.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachig‘idek asrang!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

oyidan

boshlab

reja

asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev),
Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),
Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

“Vatanparvar” tashkiloti (R. Niyazov)

31.

Yoshlarning turli yot g‘oyalarga kirib ketishi, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ta’lim muassasalari, Internet klublar va tungi ko‘ngilochar maskanlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev)

32.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida“Obod va xavfsiz mahalla” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may-avgust

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari

33.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish
va o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Bosh prokuratura (E. Yo‘ldoshev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

34.

Mahallalarda “Hamjihatlik bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q!” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan

boshlab
jadval asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov)

35.

Jinoyatchilik oshgan mahallalardagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida fuqarolar yig‘inlari xodimlari va profilaktika inspektorlari uchun video-darsliklar tayyorlash hamda masofaviy o‘quv seminarlarini tashil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

V. “Mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla” hamkorlik tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash va hal etish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish

36.

Aholi muammolarini aniqlash va hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini yanada oshirishga qaratilgan mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may-iyun

Oliy Majlis Senati

(kelishuv asosida),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq qabulxonalari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari hamda hokimlik tizimiga kiruvchi davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitishni mahallalarda samarali tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

38.

Joylarda qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni tashkil etish va amalga oshirishga qaratilgan uslubiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi (X. Azizov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (R. Kamilov),manfaatdor vazirlik va idoralar

39.

Mahallalarda ishsiz bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish.

Bunda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bandlikni ta’minlash choralarini ko‘rish:

vaqtinchalik, mavsumiy haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish;

kvotalangan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

yangi va mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

tadbirkorlikni boshlash yoki tomorqasidan samarali foydalanish bo‘yicha kreditlar, subsidiyalar berish va boshqalar.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab reja asosida

Bandlik va mehnat

munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

tijorat banklari,

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

VI. Keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab quvatlash, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish

40.

“Mahallada yoshlar bilan muloqot” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

har oyda

bir marotaba

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

41.

Yoshlarda ona tabiatga mehr uyg‘otish, ularda bog‘ yaratish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida “Farzandlarimga mendan bog‘ qolsin!” aksiyasini tashkil etish.

manfaatdor vazirlik va idoralar

2020-yil

mart-aprel oylari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

42.

Ta’lim muassasalarida “Mening maqsadim”, “Vatan oilamdan boshlanadi”, “Munosib farzand”, “Yagonadir muqaddas Vatan”, “Konstitutsiya mening taqdirimda”, “Men orzu qilgan hayot”, “O‘zbekiston taraqqiyotida mening hissam” kabi mavzularda insholar tanlovi, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel oyidan boshlab

reja asosida

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev)

43.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar
va tumanlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
aprel-may

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

44.

Ta’lim muassasalari va mahallalarda faxriylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

Yoshlarni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida jismoniy madaniyatni rivojlantirish maqsadida mahallalarda:

futbol bo‘yicha “Futbolimiz kelajagi”;

mini-futbol bo‘yicha “Charm to‘p”;

kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari”;

stol tennisi bo‘yicha “Mahallamiz stol tennischilari”;

shaxmat va shashka bo‘yicha oilalar o‘rtasida
Biz aql-idrokli oilalarmiz”;

yengil atletikaning sprint yo‘nalishi bo‘yicha
Biz epchil va chaqqonmiz”;

voleybol bo‘yicha 14 — 16 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

aprel

oyidan

boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (A. Ikramov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R.Shoabduraxmonov)

46.

Mahallalarda va ta’lim muassasalarida yosh qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarni oldini olish maqsadida hayotiy tajribaga ega, obro‘-e’tiborli yoshi ulug‘ onaxonlarni hamda “Buvijonlar maktabi” a’zolarini jalb etgan holda “Onaxonlar o‘gitlari” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

iyun oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

47.

Ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohatlarni tashkil etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

(A. Aqqulov)

48.

Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta tashabbusni amalga oshirishda fuqarolar yig‘inlarining faolligini oshirishga qaratilgan “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (Q. Rafikov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

49.

Yoshlar o‘rtasida “Mahalla — mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

noyabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov), MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A.Kuchimov)

50.

Keksa avlod vakillari o‘rtasida to‘rt bosqichli “Yoshlar murabbiysi” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

sentabr-dekabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mudofaa vazirligi (X. Qarshiyev),

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

MTRK (A. Xadjayev),

O‘zA (A. Ko‘chimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

51.

Mahallalar va ta’lim muassasalarida keksa avlod vakillari ishtirokida “Ibrat maktabi”, “Xonadon fayzi”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Donishmandlik fasli” kabi mavzularda turkum targ‘ibot tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab
reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Ma’naviyat va ma’rifat markazi

(M. Xodjimatov),

Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

52.

Nuroniylar va pensiyadagi harbiy xizmatchilar ishtirokida umumta’lim maktablarida “Keksalar ma’rifati” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etish.

Targ‘ibot tadbirlari

2020-yil

aprel oyidan boshlab

har oyning uchinchi
juma kuni

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi (H.Qarshiyev),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

53.

Mahallalarda, ayniqsa eng chekka mahallalarda “Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash — odamiylikning eng oliy mezonidir” mavzusida keksa avlod vakillari uchun xayriya tadbirlarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

aprel

oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shadmanov),

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi (S.Inamova),

manfaatdor vazirlik va idoralar

54.

Mahallalarda “G‘ayratli keksalar” sport guruhlarini tuzish hamda keksalarni yoshi va holatiga qarab jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga hamda faol turmush tarzini yuritishga jalb etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil
aprel oyidan boshlab

reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Quyidagilarni tayyorlash:

O‘zbek xalqining keksalarni e’zozlash bo‘yicha ko‘p asrlik qadriyatlari va an’analarini aks ettiradigan badiiy filmlar;

o‘zbek xalq ertaklari motivlari bo‘yicha “Qari bilganni pari bilmas” multiplikatsion filmlar turkumi;

bosh qahramonlari keksalar bo‘lgan teatr spektakllari;

Said Ahmad va Saida Zunnunova, Oybek va Zarifa Saidnosirova, Abdulla Qahhor
va Kibriyo Qahhorova, Pirimqul Qodirov va Shamsiyaxonim, Erkin Vohidov va Gulchehra Vohidovalar, Hamid Olimjon va Zulfiya, Abdulla Oripov va Xanifa Oripova kabi shaxslarning milliy oilaviy qadriyatlarni asraganligi, hayot sinovlaridan munosib o‘tganligi haqidagi filmlar;

keksa yoshida fan, madaniyat va san’atda katta natijalarga erishgan, buyuk ilmiy, adabiy, musiqali asarlar va boshqa madaniy qadriyatlar yaratgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati haqidagi “Umrboqiy siymolar” hujjatli filmlar.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

mart oyidan boshlab reja asosida

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F.Abduxalikov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

56.

Keksalarning to‘laqonli hordig‘ini ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlarni amalga oshirish:

bog‘larda, aholining madaniyat va dam olish markazlarida, mahalla guzarlarida taniqli yozuvchilar, shoirlar, artistlar va boshqa atoqli fan, madaniyat va san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;

barcha “Saxovat” internat-uylarida, keksalarni sog‘lomlashtirish nazarda tutilgan sanatoriylarda ijodiy uchrashuvlarni, spektakllar va kinofilmlar namoyishini tashkil etish;

“Umrboqiy navolar” mavzusida qadimiy cholg‘u asboblarida ijro etuvchilarning respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish;

rasmlar, milliy liboslar, sovg‘alar, oshpazlik va qandolatchilik mahsulotlari ko‘rgazmalarini, fotoko‘rgazmalarni respublikada istiqomat qiladigan barcha millatlar keksalari ishtirokida tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil

may oyidan boshlab

reja asosida

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Badiiy akademiya

(A.Nuriddinov),

Yozuvchilar uyushmasi

(S. Sayidov),

Bastakorlar uyushmasi (R.Abdullayev)

57.

Yoshlar qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida mahallalarda faxriylar va keksalar ishtirokida xalq sayllarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020-yil
avgust-sentabr

Madaniyat vazirligi,

(O. Nazarbekov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

58.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida tadbirlarni amalga oshirish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

respublikaning har bir hududidan keksa yoshdagi 1000 kishini, shu jumladan kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarni tarixiy joylar bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etish;

urush va mehnat faxriylari ishtirokida bepul ekskursiya poyezdini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil

may-oktabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xasilov),

Turizmni rivojlantirish

davlat qo‘mitasi (A. Aqqulov),

Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

59.

Keksa nuroniylar uchun “Nuroniylar maskanlari” majmualarida, mahalla guzarlarida hamda aholining madaniyat va dam olish markazlarida, madaniyat uylarida, istirohat bog‘larida “Ehtirom, e’zoz, e’tibor” konsert dasturlarini tashkil etish.

Qo‘shma qaror

2020-yil

iyul-avgust

Madaniyat vazirligi,

(O. Nazarbekov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

VII. Aholining tomorqa madaniyatini rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish

60.

Mahallalarda uyma-uy yurgan holda aholiga tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

Targ‘ibot tadbirlari

2020-yil
mart
-aprel

Fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.Xodjayev),

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.Hamroyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

61.

Har bir mahallani “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida meva-sabzavot yetishtirish, issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish chora-tadbirlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil
mart

oyidan boshlab

reja

asosida

Fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi (A.Haitov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

62.

Tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini mahallalarda muntazam muhokama qilish choralarini ko‘rish.

Muhokama yig‘ilishlari

2020-yil
aprel oyidan

har oyda bir marotaba

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi

(A.Haitov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

63.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish, ajdodlar va marhumlarga hurmat bajo keltirish, ularning qabrlarini obod qilish — har bir fuqaroning insoniy burchi ekanligi haqida aholi bilan suhbatlar o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

mart oyidan boshlab muntazam ravishda

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

64.

“Mahallaning rivojlanishi va obodligiga hissa qo‘shgan eng yaxshi tadbirkor” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

65.

Mahallalarda turistik jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2020-yil

aprel

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi

(A. Aqqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash jamg‘armasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomlanishi

Rais

Rais
o‘rinbosari

Oila
va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis

Harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodim

Moliyalashtirish manbasi

1.

Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlariga ko‘ra lavozim maoshiga koeffitsiyent qo‘llanilishi**

1,4 baravar

1,25 baravar

1,2 baravar

1 baravar

Davlat budjeti

2.

Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlari

Posyolkalar, qishloqlar, ovullar va shaharlar mahallalarining fuqarolar yig‘inlarida

8

7

6

5

Shaharlar hududidan tashqarida joylashgan mahallalar fuqarolar yig‘inlarida

7

6

5

4

3.

Lavozim maoshiga har oylik ustama haq (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti)

20 foiz

4.

Lavozim maoshiga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama haq

26 foiz

12 foiz

5.

Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi

mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining
15 foizi miqdorida

6.

Moddiy yordam ko‘rsatish

bir oylik lavozim maoshi miqdorida

O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘lari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida”gi 147-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari uchun ushbu tarif koeffitsiyentlari 1,35 baravar oshirib hisoblanadi.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6324-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 06/20/5938/0187-son; 03.04.2020-y., 06/20/5978/0393-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6324/0970-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son; 20.11.2023-y., 06/23/197/0865-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196)