Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 07.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash, jumladan qishloq xo‘jaligida erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish.

Bunda, 2021-yil hosilidan boshlab, paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni fermer xo‘jaliklarining talabidan kelib chiqib, ajratish tizimini joriy etish nazarda tutilsin.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Paxta xomashyosi yetishtirish uchun klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklariga ajratiladigan kredit mablag‘larini yagona maxsus bank kartalari orqali oyma-oy erkin tasarruf qilish mexanizmini sinov tariqasida Buxoro viloyatida tatbiq etish va tajriba natijalariga ko‘ra boshqa hududlarda ham joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel

Markaziy bank,

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

2021-yil hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini tasdiqlash amaliyotini bekor qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

“O‘zpaxtasanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

4.

“O‘zagroservis” AJ tizimidagi tuman mashina traktor parklarining viloyat mashina traktor parklari birlashmalariga tegishli ulushlarini paxta-to‘qimachilik klastyerlariga belgilangan tartibda sotish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel

“O‘zagroservis” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“O‘zagrolizing” AJ,

tijorat banklari

5.

Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatidan paxta mahsulotini chiqarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 10-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Moliya vazirligi,

“O‘zpaxtasanoat” AJ

6.

“Paxtasanoat hududiy aksiyadorlik” birlashmalarining paxta tozalash zavodlaridagi aksiya (ulush) paketlari sotilishiga qadar, ushbu zavodlar tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) ko‘rsatilishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Paxta xomashyosi hisob-kitobini to‘g‘ri yuritish maqsadida “O‘zpaxtasanoat” AJning “O‘zpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-iyul

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

8.

“O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish bo‘y??a Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) “O‘zpaxtasanoat” AJnitugatish, aktivlarini va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish, uning tizimidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

b) “O‘zpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi tomonidan bajariladigan tadbirlarni belgilash.

Bunda:

paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari aksiya (ulush) paketlarini belgilangan tartibda sotish;

Hukumat qarorlariga asosan paxta-to‘qimachilik klastyerlariga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan hamda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlari paxta-to‘qimachilik klastyerlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tegishli aksiya (ulush) paketlarni belgilangan tartibda sotish;

paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ulushlarini sotish jarayonlari yakunlangandan so‘ng “O‘zpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish;

v) Loyiha ofisi “O‘zpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish jarayonini nazorat qilishi va tugatilganidan so‘ng aktivlarini qabul qilishi nazarda tutiladi.

Loyiha ofisini tuzish








Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart







2020-yil 1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar





Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Loyiha ofisi,

“O‘zpaxtasanoat” AJ,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Davlat soliq qo‘mitasi,

tijorat banklari,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qaroriga muvofiq 2020-2021-yillarda respublika hududlarida tashkil etilishi belgilangan tikuv-trikotaj majmualarini paxta-to‘qimachilik klastyerlari tomonidan ishga tushirilishini ta’minlash.

Bunda, paxta-to‘qimachilik klastyerlariga tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish uchun alohida imtiyozli kreditlarni ajratish nazarda tutiladi.

2020-2021-yillarda majmualarni tashkil etish bo‘yicha manzilli (dislokatsiya) dasturga o‘zgartirish kiritish va zaruriy moliyaviy manbalar bilan ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qarorida belgilangan muddatlarda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,

“O‘zpaxtasanoat” AJ, tegishli tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tumanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan paxta va g‘alla ekilgan maydonlarda, ekinlarning rivojlanish holati va kutilayotgan hosil prognozi bilan shug‘ullanuvchi axborot-maslahat markazlarini tashkil etish va ularni texnik vositalar bilan ta’minlash.

Axborot-maslahat markazlari tomonidan:

kutilayotgan hosil, ekinlarning rivojlanish holati, omborlardagi mahsulot hajmi bo‘yicha hududlar kesimida ma’lumotlarning davriy ravishda e’lon qilib borilishi;

xo‘jaliklarga tuproq unumdorligini aniqlash va uni oshirish, agrotexnik tadbirlarni maqbul muddat va darajada o‘tkazish, zararkunandalarning tarqalishi va ularga qarshi kurashish tadbirlarini o‘tkazish, mahsulotlarni sotish va boshqa masalalarida konsultativ xizmatlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilish.

Byulleten chop etish, OAVda e’lon qilish

Har yili 1-dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

12.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari to‘g‘risida maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har hafta

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi