28.05.2019 yildagi PQ-4341-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda respublikada toʻqimachilik va tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etish, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar hajmi va turlarini kengaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari oʻrtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy klaster shakllarini joriy qilish, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va aholi bandligini oshirish boʻyicha izchil choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, qishloq joylarda, mahallalarda va respublikamizning olis hududlarida ishga muhtoj aholi, ayniqsa ayollar bandligini taʼminlash, ularning turmush sharoitlari va daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali qoʻshimcha yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzpaxtasanoat” AJ deb yuritiladi) faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlarida “Oʻzpaxtasanoat” AJ va uning tizimiga kiruvchi korxonalar ishtirokida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualarni (keyingi oʻrinlarda — majmua) yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majmualar foydalanishga qabul qilingandan soʻng ularni “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish Loyiha ofisi tomonidan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo boʻlgan korxonalarga yoki tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga, 2 foizdan ortiq boʻlmagan stavka lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish haqidagi takliflari maʼqullansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 06/21/14/1053-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, majmualar qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali loyihalarning asosiy koʻrsatkichlarini taʼminlash sharti bilan hamda mazkur qarorda belgilangan shartlarda taqdim etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi PF-14-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 06/21/14/1053-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualarda amalga oshiriladigan loyihalarning (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) asosiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2019-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haq toʻlash maqsadida Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5 590,5 million soʻm subsidiya ajratilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzpaxtasanoat” AJ “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda bir oy muddatda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asosan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallaridan foydalangan holda majmualarni tashkil etish boʻyicha yakka tartibdagi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining bajarilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga loyihalarni amalga oshirish doirasida istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalash va qurilish-montaj ishlarini hamda import qilinadigan texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarini qisqa muddatlarda ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida, loyiha va pudratchi tashkilotlarni tender (konkurs) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash va moliyalashtirishni loyihalash bilan parallel ravishda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar loyihalarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining tijorat banklariga ochgan kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan 366 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 5 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr bilan 6 foiz miqdordagi foiz stavkasi, shu jumladan tijorat bankining 2 foiz miqdordagi marjasi bilan tijorat banklarida kredit liniyasini ochish orqali ajratiladigan 50 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalarning taqsimlanmagan sof foydasi hamda oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi tijorat banklari bilan hamkorlikda majmualarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash uchun qisqa muddatli kreditlarni taqdim qilish amaliyotini kengaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2019 — 2021-yillarda loyihalarni amalga oshirishda va faoliyati davomida tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foizlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki tomonidan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun berilgan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, lekin 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-yanvargacha “Oʻzpaxtasanoat” AJ va uning tizimidagi korxonalar ishtirokida loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tayyor tikuv-trikotaj majmualarini lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga boshqa tadbirkorlik subyektlariga berilgan kunga qadar foyda va mol-mulk soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qurilish materiallarini belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarilgan xom ashyo (paxta tolasidan tashqari) va yarim tayyor mahsulotni tizim ichida sotish soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmualarni lizing asosida sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi ularning balans qiymati va sotish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror asosida tashkil etiladigan majmualarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni 9-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi tikuv-trikotaj korxonalariga, istisno tariqasida, birja savdolari orqali paxta tolasini, keyinchalik uni toʻqimachilik korxonalarida yarim tayyor mahsulotlar shaklida qaytarish asosida qayta ishlash sharti bilan, sotib olish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzpaxtasanoat” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda hududlarda loyihalarni joylashtirishning aniq manzilli roʻyxatini shakllantirsin va Ishchi guruhga tasdiqlash uchun kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etiladigan tikuv-trikotaj majmualarini xom ashyo bilan uzluksiz taʼminlash hamda toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini oshirish maqsadida olti oy muddatda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida joylashgan sobiq paxta tozalash korxonasi hamda Namangan shahrida joylashgan mintaqaviy paxta terminali negizida paxta tolasini qayta ishlash va keyinchalik undan yuqori sifatli matolar ishlab chiqarishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi majmualarni tashkil etish uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud, birinchi navbatda, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlarida yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun, foydalanilmayotgan va boʻsh turgan davlat mulki obyektlari belgilangan tartibda realizatsiya qilinishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, jumladan yengil sanoatga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlarida toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oʻquv kurslarini tashkil etishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzpaxtasanoat” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 28-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4341-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualarda amalga oshiriladigan loyihalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Soni

2019-yil

2020-yil

2021-yil

Yaratiladigan ish oʻrinlari

tikuvchilik korxonalari

jami

shundan

tikuvchilik korxonalari

tikuvchilik korxonalari

sochiq ishlab chiqarish
korxonalari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

30

5

9

8

1

16

9 100

tumanlar:

1.

Amudaryo

2

2

600

2.

Beruniy

2

1

1

1

600

3.

Qoraoʻzak

2

1

1

1

600

4.

Kegeyli

2

1

1

1

600

5.

Qoʻngʻirot

2

1

1

1

600

6.

Qonlikoʻl

2

1

1

600

7.

Moʻynoq

2

2

600

8.

Nukus

2

1

1

1

700

9.

Taxiatosh

2

1

1

1

600

10.

Taxtakoʻpir

2

1

1

1

600

11.

Toʻrtkoʻl

2

2

600

12.

Xoʻjayli

2

2

600

13.

Chimboy

2

1

1

1

600

14.

Shumanay

2

1

1

1

600

15.

Ellikqalʼa

2

2

600

2.

Andijon viloyati

14

6

8

8

4 200

tumanlar:

1.

Oltinkoʻl

1

1

1

300

2.

Andijon

1

1

300

3.

Baliqchi

1

1

1

300

4.

Boʻz

1

1

300

5.

Buloqboshi

1

1

1

300

6.

Jalaquduq

1

1

1

300

7.

Izboskan

1

1

300

8.

Ulugʻnor

1

1

300

9.

Qoʻrgʻontepa

1

1

300

10.

Asaka

1

1

1

300

11.

Marhamat

1

1

1

300

12.

Shahrixon

1

1

1

300

13.

Paxtaobod

1

1

300

14.

Xoʻjaobod

1

1

1

300

3.

Jizzax viloyati

24

12

12

11

1

7 300

tumanlar:

1.

Arnasoy

2

1

1

1

600

2.

Baxmal

2

1

1

1

600

3.

Gʻallaorol

2

1

1

1

700

4.

Sh. Rashidov

2

1

1

1

600

5.

Doʻstlik

2

1

1

1

600

6.

Zomin

2

1

1

1

600

7.

Zarbdor

2

1

1

1

600

8.

Mirzachoʻl

2

1

1

1

600

9.

Zafarobod

2

1

1

1

600

10.

Paxtakor

2

1

1

1

600

11.

Forish

2

1

1

1

600

12.

Yangiobod

2

1

1

1

600

4.

Qashqadaryo viloyati

26

2

12

11

1

12

7 900

tumanlar:

1.

Gʻuzor

2

1

1

1

600

2.

Dehqonobod

2

1

1

1

600

3.

Qamashi

2

1

1

1

600

4.

Qarshi

2

2

600

5.

Koson

2

1

1

1

600

6.

Kitob

2

1

1

1

600

7.

Mirishkor

2

1

1

1

600

8.

Muborak

2

1

1

1

600

9.

Nishon

2

1

1

1

600

10.

Kasbi

2

1

1

1

600

11.

Chiroqchi

2

1

1

1

600

12.

Shahrisabz

2

1

1

1

700

13.

Yakkabogʻ

2

1

1

1

600

5.

Navoiy viloyati

14

4

6

6

4

4 200

tumanlar:

1.

Konimex

2

1

1

1

600

2.

Qiziltepa

1

1

300

3.

Navbahor

2

1

1

1

600

4.

Karmana

1

1

300

5.

Nurota

2

1

1

1

600

6.

Tomdi

2

1

1

1

600

7.

Uchquduq

2

1

1

1

600

8.

Xatirchi

2

1

1

1

600

6.

Namangan viloyati

12

7

5

4

1

3 700

tumanlar:

1.

Namangan

1

1

300

2.

Mingbuloq

1

1

1

300

3.

Kosonsoy

1

1

300

4.

Norin

1

1

1

300

5.

Pop

1

1

1

300

6.

Toʻraqoʻrgʻon

1

1

300

7.

Uychi

1

1

300

8.

Uchqoʻrgʻon

1

1

300

9.

Choptoq

1

1

300

10.

Chust

1

1

1

300

11.

Yangiqoʻrgʻon

2

1

1

1

700

7.

Samarqand viloyati

28

2

13

13

13

8 400

tumanlar:

1.

Oqdaryo

2

1

1

1

600

2.

Bulungʻur

2

1

1

1

600

3.

Jomboy

2

1

1

1

600

4.

Ishtixon

2

1

1

1

600

5.

Kattaqoʻrgʻon

2

1

1

1

600

6.

Qoʻshrabot

2

1

1

1

600

7.

Narpay

2

1

1

600

8.

Payariq

2

1

1

1

600

9.

Pastdargʻom

2

1

1

1

600

10.

Paxtachi

2

1

1

1

600

11.

Samarqand

2

1

1

1

600

12.

Nurobod

2

1

1

1

600

13.

Urgut

2

1

1

1

600

14.

Tayloq

2

1

1

1

600

8.

Surxondaryo viloyati

26

14

3

2

1

9

7 900

tumanlar:

1.

Oltinsoy

2

1

1

600

2.

Angor

2

1

1

600

3.

Boysun

2

1

1

600

4.

Muzrabod

2

1

1

600

5.

Denov

2

1

1

1

600

6.

Jarqoʻrgʻon

2

1

1

600

7.

Qumqoʻrgʻon

2

1

1

1

700

8.

Qiziriq

2

1

1

600

9.

Sariosiyo

2

2

600

10.

Termiz

2

1

1

600

11.

Uzun

2

1

1

1

600

12.

Sherobod

2

1

1

600

13.

Shoʻrchi

2

1

1

600

9.

Sirdaryo viloyati

32

8

8

8

16

8 480

tumanlar:

1.

Oqoltin

4

1

1

1

2

1 060

2.

Boyovut

4

1

1

1

2

1 060

3.

Sayxunobod

4

1

1

1

2

1 060

4.

Guliston

4

1

1

1

2

1 060

5.

Sardoba

4

1

1

1

2

1 060

6.

Mirzaobod

4

1

1

1

2

1 060

7.

Sirdaryo

4

1

1

1

2

1 060

8.

Xovos

4

1

1

1

2

1 060

10.

Toshkent viloyati

30

6

15

15

9

9 000

tumanlar:

1.

Oqqoʻrgʻon

2

1

1

1

600

2.

Ohangapon

2

1

1

1

600

3.

Bekobod

2

1

1

1

600

4.

Boʻstonliq

2

1

1

1

600

5.

Boʻka

4

4

1 200

6.

Quyichirchiq

2

1

1

1

600

7.

Zangiota

1

1

1

300

8.

Yuqorichirchiq

2

1

1

1

600

9.

Qibray

1

1

1

300

10.

Parkent

2

2

2

600

11.

Piskent

2

2

2

600

12.

Oʻrtachirchiq

2

1

1

1

600

13.

Chinoz

2

2

600

14.

Yangiyoʻl

2

1

1

1

600

15.

Toshkent

2

1

1

1

600

11.

Fargʻona viloyati

15

7

8

7

1

4 600

tumanlar:

1.

Oltiariq

1

1

300

2.

Qoʻshtepa

1

1

1

300

3.

Bogʻdod

1

1

1

300

4.

Buvayda

1

1

300

5.

Beshariq

1

1

1

300

6.

Quva

1

1

1

300

7.

Uchkoʻprik

1

1

1

400

8.

Rishton

1

1

300

9.

Soʻx

1

1

1

300

10.

Toshloq

1

1

300

11.

Oʻzbekiston

1

1

300

12.

Fargʻona

1

1

300

13.

Dangʻara

1

1

1

300

14.

Furqat

1

1

300

15.

Yozyovon

1

1

1

300

12.

Xorazm viloyati

20

2

8

7

1

10

6 100

tumanlar:

1.

Bogʻot

2

1

1

1

600

2.

Gurlan

2

1

1

1

600

3.

Qoʻshkoʻpir

2

1

1

1

700

4.

Urganch

2

1

1

1

600

5.

Hazorasp

2

1

1

1

600

6.

Xonqa

2

1

1

1

600

7.

Xiva

2

1

1

600

8.

Shovot

2

1

1

600

9.

Yangiariq

2

1

1

1

600

10.

Yangibozor

2

1

1

1

600

Jami

271

75

107

100

7

89

80 880

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bozor konyunkturasi hamda aholi talabidan kelib chiqqan xolda, korxonalar faoliyat turi va joylashuvi oʻzgarishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 07/19/4341/3207-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2021-y., 06/21/14/1053-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)