06.03.2020 yildagi PQ-4633-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash, jumladan qishloq xoʻjaligida erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va gʻalla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil hosilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urugʻlik bilan taʼminlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimi (shu jumladan, urugʻlik paxta uchun amaldagi ustama toʻlash tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik klasterlari hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublikaning barcha hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
(2-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolari bilan shartnomalar tuzish orqali paxta xom ashyosi yetishtirish yuzasidan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolari tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirish uchun zarur boʻlgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya va ularning aʼzolari oʻrtasida imzolanadigan shartnoma asosida kooperatsiya aʼzolarini qishloq xoʻjaligi texnikasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit, urugʻlik, shuningdek, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va tegirmon usulida qayta ishlashni shartnomalarga asosan amalga oshirish va vositachilik shartnomalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun birjada boshlangʻich narx shakllanishida amalda qoʻllanilayotgan 10 foiz miqdoridagi chegirma bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz vaqtida mahalliy sharoitga mos sifatli urugʻlik bilan taʼminlash, tegishli tartibda ishlov berilmagan urugʻlik orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish, paxta xom ashyosi hosildorligini izchil oshirib borish maqsadida 2020-yil hosili uchun urugʻlik chigit “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi urugʻchilik sexlari va paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining imtiyozli kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik xoʻjaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va donni xarid qilish uchun jalb etiladigan tijorat kreditlari foizining bir qismini qoplab berish uchun respublika budjetidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga, ehtiyojga qarab, 700 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi va gʻallani sotib olishni kredit resurslari bilan taʼminlashda tijorat banklarida mablagʻlarga ehtiyoj tugʻilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren va korporativ xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tijorat banklarini zarur mablagʻlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtachilik sohasida klaster tizimini samarali tashkil etish maqsadida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilmagan respublika hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy ravishda birlashishi asosida paxta tozalash korxonalari negizida paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar tashkil etishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgidromet” markazi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy servis xizmatlarini tashkil etish maqsadida daryolar va respublika hududlarida kutilayotgan va mavjud suv resursi, meteorologik, gidrologik va agrometeorologik maʼlumotlarni “on-line” rejimida olish imkonini beruvchi maxsus elektron sahifa tashkil etsin hamda doimiy faoliyatini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga paxta tolasini import qilish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi “2020-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi 985-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi, shuningdek, qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 6-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4633-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solish boʻyicha amalga oshiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish.

Bunda, 2021-yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni fermer xoʻjaliklarining talabidan kelib chiqib, ajratish tizimini joriy etish nazarda tutilsin.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-aprel

Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Paxta xom ashyosi yetishtirish uchun klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklariga ajratiladigan kredit mablagʻlarini yagona maxsus bank kartalari orqali oyma-oy erkin tasarruf qilish mexanizmini sinov tariqasida Buxoro viloyatida tatbiq etish va tajriba natijalariga koʻra boshqa hududlarda ham joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel

Markaziy bank,

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

2021-yil hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini tasdiqlash amaliyotini bekor qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

4.

“Oʻzagroservis” AJ tizimidagi tuman mashina traktor parklarining viloyat mashina traktor parklari birlashmalariga tegishli ulushlarini paxta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan tartibda sotish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-aprel

“Oʻzagroservis” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Moliya vazirligi,

“Oʻzagrolizing” AJ,

tijorat banklari

5.

Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatidan paxta mahsulotini chiqarish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 10-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ

6.

“Paxtasanoat hududiy aksiyadorlik” birlashmalarining paxta tozalash zavodlaridagi aksiya (ulush) paketlari sotilishiga qadar, ushbu zavodlar tomonidan paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatilishini taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Paxta xom ashyosi hisob-kitobini toʻgʻri yuritish maqsadida “Oʻzpaxtasanoat” AJning “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-iyul

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

8.

“Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish boʻy??a Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tashkil etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

a) “Oʻzpaxtasanoat” AJnitugatish, aktivlarini va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazish, uning tizimidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

b) “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi tomonidan bajariladigan tadbirlarni belgilash.

Bunda:

paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari aksiya (ulush) paketlarini belgilangan tartibda sotish;

Hukumat qarorlariga asosan paxta-toʻqimachilik klasterlariga boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan hamda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlari paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tegishli aksiya (ulush) paketlarni belgilangan tartibda sotish;

paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ulushlarini sotish jarayonlari yakunlangandan soʻng “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish;

v) Loyiha ofisi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish jarayonini nazorat qilishi va tugatilganidan soʻng aktivlarini qabul qilishi nazarda tutiladi.

Loyiha ofisini tuzish








Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 20-mart







2020-yil 1-may

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar





Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Loyiha ofisi,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qaroriga muvofiq 2020-2021-yillarda respublika hududlarida tashkil etilishi belgilangan tikuv-trikotaj majmualarini paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan ishga tushirilishini taʼminlash.

Bunda, paxta-toʻqimachilik klasterlariga tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish uchun alohida imtiyozli kreditlarni ajratish nazarda tutiladi.

2020-2021-yillarda majmualarni tashkil etish boʻyicha manzilli (dislokatsiya) dasturga oʻzgartirish kiritish va zaruriy moliyaviy manbalar bilan taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qarorida belgilangan muddatlarda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

“Oʻzpaxtasanoat” AJ, tegishli tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tumanlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan paxta va gʻalla ekilgan maydonlarda, ekinlarning rivojlanish holati va kutilayotgan hosil prognozi bilan shugʻullanuvchi axborot-maslahat markazlarini tashkil etish va ularni texnik vositalar bilan taʼminlash.

Axborot-maslahat markazlari tomonidan:

kutilayotgan hosil, ekinlarning rivojlanish holati, omborlardagi mahsulot hajmi boʻyicha hududlar kesimida maʼlumotlarning davriy ravishda eʼlon qilib borilishi;

xoʻjaliklarga tuproq unumdorligini aniqlash va uni oshirish, agrotexnik tadbirlarni maqbul muddat va darajada oʻtkazish, zararkunandalarning tarqalishi va ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻtkazish, mahsulotlarni sotish va boshqa masalalarida konsultativ xizmatlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil 1-sentabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilish.

Byulleten chop etish, OAVda eʼlon qilish

Har yili 1-dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

12.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Har hafta

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4633/0269-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2021-y., 07/21/2/1038-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son)