1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.08.00 Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda bu boradagi ilg‘or yutuqlarni ularning faoliyatiga tatbiq etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini; jazoni ijro etish muassasalari va ularning hududlarini jihozlashga qo‘yiladigan umumiy talablarni, muassasalarda rejim turlarini, ularni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlashni; mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashni; mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishni, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishni; jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishni va mahkumlarning bandligini ta’minlashni nazarda tutuvchi Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital ta’mirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14 ta jazoni ijro etish koloniyalarining 60 ta yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘zgartirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilish va 3 ta yangi bino qurishni nazarda tutuvchi 2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender (tanlov) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud va tashkil etiladigan maydonlardan samarali va oqilona foydalanishni hisobga olib, keyinchalik ular asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar tayyorlanishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashda sanitariya qoidalari va normalari hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertiza va tender o‘tkazish, shuningdek, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha harajatlar har yilgi O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv vositalari va videoregistratorlar bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan budjet mablag‘lari, Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamg‘armasi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi 2020 — 2024-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida koloniyalardagi yashash yotoqxonalarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun belgilangan tartibda markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga tegishli limitlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin va ushbu qaror doirasida obyektlarda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari kelgusida ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma’muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘ymasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga
1-ILOVA
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.03.00 Jazoni ijro etish muassasa va organlari hamda ular faoliyatini nazorat qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ozodlikdan mahrum etish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining (keyingi o‘rinlarda jazoni ijro etish muassasalari deb ataladi) maqomi, vazifalari, huquq va majburiyatlarini, jihozlanishini va faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jazoni ijro etish muassasalari ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish sohasidagi davlat muassasasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jazoni ijro etish muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jazoni ijro etish muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi o‘rinlarda — JIED) tizimi tarkibiga kiradi va quyi turuvchi boshliqlarning yuqori turuvchi boshliqlarga va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga bo‘ysinishi asosida faoliyat yuritadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jazoni ijro etish muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyatini amalga oshirish uchun o‘z mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga va bank hisobvarag‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrlarga, shuningdek, o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun muassasaning nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega bo‘ladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari xo‘jalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish huquqiga ega.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazoni ijro etish muassasalarining binolari va hududlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rejimli obyektlar toifasiga kiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 71-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jazoni ijro etish muassasalariga rasmiy nom O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarbiya koloniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergov hibsxonalari ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan (keyingi o‘rinlarda mahkumlar deb ataladi) va xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasalari funksiyalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish koloniyalari manzil-koloniyalarga, umumiy, qattiq, maxsus rejimli koloniyalarga bo‘linadi va voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiya koloniyalari voyaga yetmagan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turmalar voyaga yetgan mahkumlarni saqlash uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahkuma ayollar, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sobiq xodimlariga mansub mahkumlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan mahkum shaxslar ushbu toifa mahkumlar uchun mo‘ljallangan, jazoni ijro etish muassasalarining sud tomonidan tayinlangan rejimi turiga muvofiq ajratilgan uchastkalarida jazoni o‘taydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jazoni ijro etish muassasalarining rejimi turi va to‘ldirilish limiti O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jazoni ijro etish muassasalarining sig‘imi mahkumlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan yashash maydonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar soni 3000 nafardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalarini jihozlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jazoni ijro etish muassasalarining hududi yashash va ishlab chiqarish hududidan, shuningdek, tutash va yordamchi hududlardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahkumlar yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, ajratilgan hudud yashash hududi deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yashash hududida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar uchun yashash joylari — umumiy yashash yotoqxonalari, xonalar, kameralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy-maishiy binolar — oshxonalar, klub, kutubxona, maktab, hammom va kir yuvish majmuasi, mahkumlar tovar xarid qilishi uchun savdo shaxobchasi (do‘kon), mahkumlar saflanishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun maydonchalar, omborlar va boshqa kommunal-maishiy bino va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus binolar — tibbiyot qismi, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar uchun xonalar, intizomiy bo‘linma, mahkumlarni qabul qilish bo‘linmasi, muassasa ma’muriyati uchun bino joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayol mahkumalarni saqlashga mo‘ljallangan koloniyalar huzurida bolalarning normal yashashi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilgan bolalar uyi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahkumlar ishlaydigan ajratilgan hudud ishlab chiqarish hududi deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish hududi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish sanoat va ishlab chiqarish qurilish obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omborxona binolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari uchun bino va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yordamchi bino va inshootlar joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tarbiya koloniyalari va manzil-koloniyalarning yashash va ishlab chiqarish hududlari ajratilgan uchastkalarga bo‘linmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tutash va yordamchi hududlar ularda jazoni ijro etish muassasasining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida jihozlangan bino va inshootlarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutash va yordamchi hududlarda nazorat o‘tkazish joyi, jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati xodimlari, omborlar, xizmat avtotransport vositalari uchun garaj, yong‘in xavfsizligi brigadasi, kommunal-maishiy inshootlar joylashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jazoni ijro etish muassasalari hududi muxandislik-texnik qo‘riqlash vositalari, qurilmalari va kommunikatsiya tarmoqlari bilan jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jazoni ijro etish muassasalari hududida muassasalar faoliyatini tashkil etish va mahkumlar qonunchilikda belgilangan sharoitlarda saqlanishini ta’minlash uchun boshqa bino va inshootlar ham joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jazoni ijro etish muassasalarining bino va inshootlari qonunchilik tomonidan tasdiqlangan mahkumlar uchun yashash maydoni normalariga va sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jazoni ijro etish muassasalarining perimetri asosiy to‘siq bilan jixozlanadi (manzil-koloniyalar bundan mustasno). Asosiy to‘siq transport va odamlarning nazorat o‘tish joylaridan tashqari, boshqa joylardan kirishining oldini olish, shuningdek, qo‘riqlash chizig‘ini belgilash va obyektni tashqi tomondan kuzatishni qiyinlashtirish uchun mo‘ljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma’muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratish, ularni ijaraga berish, shuningdek, balandligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jazoni ijro etish muassasalariga kirib-chiqish va ichki rejimlar, qo‘riqlash bilan bog‘liq tadbirlar, shuningdek, jixozlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar Jazoni ijro etish muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida qo‘riqlash va xavfsizlikni ta’minlash, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, ularga ozod etilganidan so‘ng ijtimoiy moslashuvi uchun ko‘maklashish faoliyatini tashkil etish;
(24-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining moliya-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish orqali mahkumlarning bandligini ta’minlash;
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib va kadrlar bilan ishlash, xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, huquqiy va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘ziga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda jazoni ijro etish muassasalari quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahkumlarga nisbatan jinoiy jazolarni ijro etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlari aniq va so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar qonunchilik talablariga muvofiq joylashtirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni afv etish to‘g‘risidagi materiallarni o‘z vaqtida rasmiylashtiradi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etish uchun JIEDga yuboradi;
(9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya va afv etish to‘g‘risidagi hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning ajratib qo‘yilishi, qo‘riqlanishi va nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlarining jinoyat ish yurituvi sohasidagi xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq, shu jumladan, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya qilish) bilan bog‘liq qarorlarini ijro etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jazoni ijro etish muassasalarida qo‘riqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida huquq-tartibot va qonuniylikka rioya etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari hududlarida bo‘lgan mahkumlar, shuningdek, xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar orasida ko‘ngilli yong‘in o‘chirish otryadlarini tashkil etish va ularga tushuntirishlar berishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi;
(24-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida, mahkumlarni mehnatga jalb etadigan tashkilotlarning ishlab chiqarish obyektlarida nazorat qilishning zamonaviy muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalaridan foydalangan holda zarur darajada kuzatuv va nazorat tashkil etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif, ariza va shikoyatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar tomonidan jazoni ijro etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida tegishli belgilangan normalarga mos keladigan saqlash shart-sharoitlarini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minotini va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil etadi, shuningdek, mahkumlarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash va ularning majburiy davolanishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahkumlarni tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, shuningdek, ularga ozod etilganidan so‘ng ijtimoiy moslashuvi uchun ko‘maklashish faoliyatini tashkil etish sohasida:
(24-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar o‘rtasida qonunlarga itoatkorlik, shaxsga, jamiyatga, mehnatga, insoniy qadriyatlar va an’analarga nisbatan hurmatni shakllantirish, bilim va madaniy darajasini oshirishga qaratilgan tarbiyaviy-profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy nazorat o‘rnatilishi lozim bo‘lgan mahkumlar toifasini aniqlab, tegishli taqdimnomalarni sudga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalariga taqiqlangan predmetlarning (narkotik vositalar, psixotrop, portlovchi va zaharli moddalar, diniy-ekstremistik tusdagi adabiyotlar va boshqalar) kirib kelishi yo‘llarini aniqlanishi va bartaraf etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni ozod etilganidan so‘ng keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida ularni mehnat bozorida talab bo‘lgan kasbni egallashlari uchun kasbga tayyorlashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan qochgan mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan va ushbu muassasalar hududini o‘zboshimchalik bilan tark etgan mahkumlarni qidirish va ushlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jazoni ijro etish muassasalarining moliya-xo‘jalik va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish orqali mahkumlarning bandligini ta’minlash sohasida:
(24-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va buxgalteriya hamda statistika hisobotlarini zarur darajada yuritish, olib borilayotgan moliyaviy va xo‘jalik faoliyatining maqsadga muvofiqligi hamda qonunchilikka mosligi ustidan nazorat qilishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini tashkil etadi va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
(24-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash, mol-mulkdan maqsadga muvofiq foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va qo‘riqlash, shuningdek, ularning saqlanishi va oqilona ishlatilishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish (qishloq xo‘jaligi) uchastkalarida, alohida hollarda esa boshqa korxonalarda mahkumlarning axloqiy va moddiy manfaatdorligi uchun shart-sharoitlar yaratish yo‘li bilan ularning ish bilan bandligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, jazoni ijro etish muassasasi faoliyatini rejalashtiradi va prognoz qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish, ularni qayta tayyorlash va jangovor, jismoniy hamda ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi, professional darajasini oshirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari shaxsiy tarkibining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini oshiradi, favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning harakatlanishga shayligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar (ishchilar va xizmatchilar) va ularning oila a’zolarini huquqiy, ijtimoiy himoyasini va shaxsiy xavfsizligini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar orasida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi, odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(25-band “d” kichik bandining sakkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jazoni ijro etish muassasalarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jazoni ijro etish muassasalari yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish tuzilmalari va boshqa muassasalarning ma’lumotlar bazalaridan (shu jumladan, elektron bazalaridan) axborot, statistik va boshqa materiallarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, jazoni ijro etish muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha takliflarni JIEDga kiritish;
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish, davlat organlari, jamoat tashkilotlari vakillarini tarbiyaviy profilaktik tadbirlarga, mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga va moslashtirishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning axloqiy saviyasini rivojlantirish, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatishga fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatchilik vakillari va fuqarolarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni boshqa joyga ko‘chirishda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ichki ishlar organlarining tegishli bo‘linmalari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarni o‘qitish (umumiy, kasb-hunar va oliy ta’lim) jarayoni masalalari bo‘yicha ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish;
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozod etilayotgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish, ularni ishga joylashtirish va ularning maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimliklarining ijtimoiy moslashuv markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarga pensiya tayinlash va ularga pensiya to‘lash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
(26-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED bilan birgalikda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari bilan hamkorlik qilish;
(26-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda mahkumlarga malakali davolash-diagnostika va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni turli ekspertizadan o‘tkazish, tekshirish, shu jumladan, manzil-koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarni dori-darmonlar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bilan mahkumlarning nogironligini tasdiqlash va belgilash, ularning kasbiy mehnatga qobiliyatini yo‘qotganligi darajasini aniqlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish;
(26-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 587-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning moddiy-texnik va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha takliflarni JIEDga kiritish;
(26-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JIED bilan kelishgan holda ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi jazoni ijro etish muassasalarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalar (shu jumladan, xorijiy investitsiyalar) jalb qilish choralarini ko‘rish.
(26-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(26-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jazoni ijro etish muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida zarur choralar ko‘rishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa faoliyati bo‘yicha zarur ma’lumotlarni tayyorlash va JIED rahbariyatiga taqdim etishga;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan asosiy vazifalarning bajarilishini ta’minlashga majburdir.
(27-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jazoni ijro etish muassasalari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Jazoni ijro etish muassasalari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jazoni ijro etish muassasalariga jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshlig‘i bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri va mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari boshliqlari taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jazoni ijro etish muassasalari boshliqlari JIED boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ish yuritish va maxfiylik tartibotini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jazoni ijro etish muassasalarini moddiy-texnik vositalar va boshqa mol-mulk bilan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari” (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jazoni ijro etish muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 128-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2024-yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 09/20/128/0261-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son; 17.09.2025-y., 09/25/587/0836-son)