18.02.2020 yildagi PQ-4602-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99 shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
336 shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 624 shtat birligidan iborat tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziriga (keyingi oʻrinlarda — vazir):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik faoliyatini samarali tashkil etish, unga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalar hamda xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosari — vazirga hamda Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlari birinchi oʻrinbosarlari — Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya homiylik mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarning Vazirlikka yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan, zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy va boʻysunuvidagi boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar, shuningdek, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari oʻzlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikka tegishli vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudlarga ariza (shikoyat) va daʼvolarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir tashabbuslar bilan chiqish hamda takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahallada tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — investorlar) faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi kompleksini (keyingi oʻrinlarda — kompleks) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, aholini ish bilan taʼminlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida fuqarolar yigʻinlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi, “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” asosida imtiyozli kreditlar ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar komplekslarni qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga maʼqullangan namunaviy loyihalarga muvofiq komplekslarni barpo etish, shuningdek, tegishli infratuzilma qurish uchun zarur yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplekslar binolarini qurish uchun zarur yer uchastkalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) maʼqullagandan soʻng tanlab olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun (kelishuv boʻyicha yoki komplekslar bilan bir binoda yoxud boshqa joyda) joyning tashqi meʼmoriy qiyofasiga mos keladigan, qurilish uchun ajratilgan komplekslardan kichik boʻlmagan maydonga ega boʻlgan komplekslarga tutash qoʻshimcha shunga oʻxshash obyektlar ham ajratiladi. Bunda mazkur obyektlarning faoliyat koʻrsatishi fuqarolar yigʻinlarining ishi uchun noqulayliklar yaratmasligi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning huquq va majburiyatlari, komplekslar binolariga investorning oʻziga tegishli tutash obyektlarda (xonalarda) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari va yoʻnalishlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari Uyushma tomonidan ishlab chiqiladigan namunaviy shakllar boʻyicha investor, davlat sherigi hamda tegishli mahalla fuqarolar yigʻini oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuvda aks ettiriladi. Komplekslarni qurish uchun berilgan yer maydonlarida koʻp qavatli uy-joylar qurish taqiqlanadi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplekslar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda qatʼiy belgilangan muddatlarda va tartibda maʼqullangan loyihalar asosida, tutash hudud obod qilinishini nazarda tutgan holda quriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan komplekslardan keyinchalik foydalanish tartibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuv bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investor tomonidan ushbu bandning toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq qurilgan qoʻshimcha obyektlar foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil muddatga tegishli ravishda ushbu qaror doirasida taqdim etiladigan yer uchastkasiga va unda qurilgan koʻchmas mulkka nisbatan yer soligʻi va mol-mulk soligʻining, shuningdek, mazkur obyektlarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda yoki tushumlarga nisbatan foyda soligʻi hamda aylanmadan olinadigan soliqning belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Uyushmaning tuman (shahar) boʻlimlariga komplekslardagi foydalanilmayotgan xonalarni “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga berishdan tushayotgan mablagʻlarni Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga oʻtkazgan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirishga yoʻnaltirish uchun sarflash huquqi berilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorlarni tanlab olishning asosiy mezonlari komplekslarni qurish muddati, taklif etiladigan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investorning tashabbusi boʻyicha kelishuv bekor qilinganda, uning komplekslar qurilishiga sarflagan xarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan obyekt davlat mulkiga oʻtkaziladi va ushbu qarorga muvofiq investorlarni qidirib topish qaytadan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan komplekslarning zarur tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini olib kelish komplekslar qurilishi uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa qismi boʻyicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobidan, avtomobil yoʻllari qurish qismi boʻyicha, suv taʼminoti va kanalizatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komplekslarni mebel, texnika, boshqa uskuna va inventar bilan jihozlash Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari, grantlar, kreditlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, shuningdek, investorlar rozi boʻlgan taqdirda, ularning oʻz qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda potensial investorlarni tanlab olishni hamda ular bilan komplekslarni ushbu qarorda va namunaviy kelishuvda belgilangan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish toʻgʻrisidagi kelishuvlar tuzilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investorlar boʻlmagan taqdirda, har bir mahallada komplekslar qurilishini Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlik, Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida “Mahalla markazi” majmualari binolarini namunaviy loyihalar va ularga qoʻyilgan talablar asosida qurish (rekonstruksiya qilish, taʼmirlash), shuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla markazi” majmualarida Vazirlikning hamda Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlinmalarini joylashtirish ishlarini yakunlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda komplekslarning davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishi toʻgʻrisidagi namunaviy kelishuv loyihasi ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan har bir mahallada komplekslarni tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyunga qadar Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun zarur axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilish konsepsiyasi, texnik-iqtisodiy hisob-kitobi va texnik topshirigʻi tayyorlanishini hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan konsepsiya, texnik-iqtisodiy hisob-kitob va texnik topshiriq asosida 2021-yil 1-yanvarga qadar — Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, 2022-yil 1-yanvarga qadar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun axborot tizimlari va elektron maʼlumotlar bazalari ishlab chiqilishi hamda joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyulga qadar — Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalarini, shuningdek, 2021-yil 1-iyulga qadar — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini hamda zarur aloqa, jumladan Vazirlikni hukumat aloqasi bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar “Mahalla” elektron maʼlumotlar bazasini yanada takomillashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash va oʻzaro maʼlumot almashinuvini joriy etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik boshqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda — 2 baravarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarida — 1,5 baravarga, tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida — 1,3 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllanilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlik Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqlol koʻchasi, 51-uy manzili boʻyicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Vazirlikning xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar Vazirlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri — ushbu qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin, chora-tadbirlar ijrosi boʻyicha yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin hamda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorning amalga oshirilishi jarayoni haqida batafsil maʼlumot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — har bir mahallada davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida komplekslar qurilishini, investorlar tanlab olinishini, investorlar boʻlmagan taqdirda, komplekslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qurilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish yuzasidan barcha zarur choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi A.D. Xadjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori — ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini muntazam yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4602-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash boshqarmalari

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi

Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari

“Mahalla” gazetasi, “Mahalla koʻzgusi” jurnali, “Oila va jamiyat” gazetasi. “Saodat” jurnali, “Nuroniy” gazetasi, “Keksalik gashti” jurnali, “Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila” xalqaro ilmiy jurnali

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlar

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MARKAZIY APPARATINING TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni – 99 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Markaziy apparatning umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 21 — 27 shtat birligi, jami — 336 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vazirlikning (boshqarmaning) umumiy shtat birligiga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 7 — 9 shtat birligi, jami — 1 624 shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Boʻlimning umumiy shtat birligiga kirmaydi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 07/20/4602/0186-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 20.01.2022-y., 07/22/92/0046-son, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son; 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)