1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I.Oʻzbekiston muzeylarining renovatsiyasi | ||||
|
Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning maʼmuriy tuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat sanʼat muzeyi, Oybek uy-muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼati muzeyining (keyingi oʻrinlarda muzeylar deb ataladi) rahbarlik lavozimlariga xalqaro mutaxassislarni jalb etgan holda ochiq tanlovlar oʻtkazish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-2021-yillar |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
2. |
Muzeylarda quyidagilarni nazarda tutuvchi Dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash: muzeylarga ishga qabul qilishda nomzodlarni tanlovdan oʻtkazish tartibi; asosiy sifat koʻrsatkichlari asosida har chorakda muzeylar xodimlari faoliyatni baholash; tashrif buyuruvchilarga yoʻnaltirilgan biznes-jarayonlar; aktivlar va xodimlarni boshqarishning samarali modeli. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
Muzeylarning joriy holatini tahlil qilish | ||||
|
3. |
Yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylar kolleksiyalari va muzeylar infratuzilmasini tahlil qilish, shu jumladan, xatlovdan oʻtkazish va moliyaviy auditni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
4. |
Muzeylar infratuzilmasi sifati darajasini oshirish, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarning muzeylarga kirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan hisobot tuzish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
5. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylarni rivojlantirish boʻyicha yillik marketing rejasini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
Tashrif buyuruvchilarning ehtiyojlarini muntazamlik asosida tahlil qilish jarayonlarini joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimo |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
Kolleksiyalarni boshqarish, eksponatlarni saqlash va konservatsiya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
|
7. |
Muzeylar kolleksiyalarining elektron katalogini yuritish tizimini joriy qilish (tegishli shartnomalar tuzish). |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
8. |
Muzeylar kolleksiyalarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Muzeylar kolleksiyalarini saqlash va konservatsiya qilish siyosatini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Muzeylar restavratsiyasi ishlarining reja-jadvalini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
Infratuzilmani takomillashtirish orqali koʻrsatiladigan xizmatlar interaktivligini oshirish | ||||
|
11. |
“Google Arts & Culture” axborot portaliga muzeylar kolleksiyalarining raqamlashtirilgan tasvirlarini kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
12. |
Koʻp tilli audio-gidlar oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi |
|
13. |
Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etgan holda smart-texnologiyalarni joriy etish asosida ekspozitsiyalarni ishlab chiqish (tegishli shartnomalar tuzish). |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy asosda |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
Rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va moddiy-texnik jihozlash | ||||
|
14. |
Rekonstruksiya va taʼmirlash ishlari, zarur uskunalarni xarid qilish boʻyicha reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
Aholining muzey eksponatlari bilan tanishishi uchun infratuzilmani yaratish | ||||
|
15. |
Imkoniyati cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktab yoshidagi bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarning muzeylarga kirishi va ularga xizmat koʻrsatishning inklyuziv usullari dasturini ishlab chiq�sh va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Muzeylarda inklyuzivlik dasturini amalga oshirish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2021-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
Oʻzini oʻzi taʼminlash tamoyiliga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy qilish | ||||
|
17. |
Doimiylik asosida muzey ishiga tadbirkorlik faoliyatini joriy etish, shu jumladan, muzeylarda mavzuga oid va umumiy esdalik buyumlari, ish yuritish va bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotuvini tashkil etish, maʼruzalar, mahorat darslari koʻrinishida taʼlim-axborot tadbirlarini oʻtkazish, ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish qilish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
Muzeylar huzurida akademik tadqiqotlarni rivojlantirish | ||||
|
18. |
Akademik tadqiqotlarning yoʻnalishi va mavzularini tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
19. |
Muzeylarda akademik tadqiqotlar boʻyicha, shu jumladan mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda grant dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
20. |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi huzuridagi Restavratsiya ilmiy-tadqiqot markazida restavratsiya faoliyati boʻyicha kurslarni joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasiningqarori |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
II. Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi faoliyatini takomillashtirish | ||||
|
21. |
Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi binosining rekonstruksiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur xarajatlarni 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil dekabr |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Moliya vazirligi |
|
22. |
Smitson institutining (AQSh) tavsiyalari asosida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi kolleksiyalarini, maʼmuriy-xoʻjalik boshqaruvini, texnik sharoitlarni va infratuzilmani tahlil qilish. Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosani va tavsiyalarni taqdim qilgan holda tadqiqot ishlarini oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
23. |
Jahonga mashhur arxitektor Tadao Andoning “Tadao Ando Architect & Associates” arxitektorlik byurosini (Yaponiya) jalb qilgan holda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi binosining arxitektura dizaynini ishlab chiqish. Shartnomalar tuzish, homiylik xayriyalarini va grantlarni jalb qilish, dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
24. |
Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyini rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishning boshqa manbalarini aniqlash. Binoni rekonstruksiya qilishning umumiy qiymatini koʻrib chiqish uchun Moliya vazirligiga kiritish, homiylik xayriyalarini jalb qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi |
|
25. |
Oʻzbek�ston Davlat sanʼat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnomalar tuzish, binoni rekonstruksiya qilish maqsadida ilmiy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha shartnomalarni tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
26. |
Rekonstruksiya qilish davrida Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi madaniy aktivlarini koʻchirish va saqlanishini taʼminlash. Aktivlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni saqlash joylarini aniqlash va aktivlarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha texnik talablarga muvofiqlashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi |
|
27. |
Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi madaniy aktivlarini restavratsiya qilish. Madaniy aktivlarni restavratsiya qilish uchun yetakchi xorijiy restavratorlar bilan shartnomalar tuzish masalasini oʻrganish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
28. |
Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi binosini rekonstruksiya qilish. Maslahat va boshqa xizmatlarni xarid qilish, binoni rekonstruksiya qilish uchun pudratchilar bilan shartnomalar tuzish, rekonstruksiya davrida muzey kolleksiyalarini maxsus tanlangan bino/xonaga joylashtirish, bino rekonstruksiyasini amalga oshirish, muzey uchun zarur uskuna va texnik vositalarni sotib olish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
29. |
Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi faoliyatini takomillashtirish. |
Ishchi guruh bayoni |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
30. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi kolleksiyalarini reekspozitsiya qilish boʻyicha tegishli ishlarni bajarish. Muzeyning doimiy ekspozitsiyasini yaratish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Madaniyat vazirligi |
|
III. Sobiq knyaz Romanov qarorgohini rekonstruksiya qilish va faoliyatini taʼminlash | ||||
|
31. |
Obyekt binosini taʼmirlashning reja-konsepsiyasini ishlab chiqish. Obyekt binosi dizayni va uni restavratsiya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni bajarishga qurilish sohasidagi yetakchi xorijiy kontraktlar tuzuvchilar bilan shartnomani imzolash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
32. |
Obyekt binosini restavratsiya qilishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzish, loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi |
|
33. |
Xorijiy ekspertlarni, shu jumladan, YUNESKO mutaxassislarini jalb qilgan holda Toshkent shahar, Sayilgoh koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan knyaz Romanov qarorgohi (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) binosini (texnik shartlari va infratuzilmasini) oʻrganish va obyektni maʼmuriy-xoʻjalik boshqarish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Obyekt kolleksiyasini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi fondlarini oʻrganish. Xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish, yakuniy xulosa va tavsiyalar taqdim etgan holda tadqiqot ishlari olib borish, Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi fondlaridan obyekt binosida ekspozitsiya zallarini tashkil etish uchun tadqiqotlar oʻtkazish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
34. |
Obyekt negizida Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi filialini tashkil etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
35. |
Moddiy madaniy meros obyektl�rini saqlashni taʼminlash boʻyicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq obyekt binosini restavratsiya qilish ishlarini bajarish. Binoni restavratsiya qilish ishlarini bajarishga kontrakt tuzuvchilar bilan shartnomalar tuzish, kolleksiyalarni obyektda joylashtirish, binoni rekonstruksiya qilish ishlarini amalda bajarish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
36. |
Obyektni moddiy-texnik jihozlash. Obyektni, shuningdek, ekspozitsiya zallarini jihozlash uchun texnik aktivlarni xarid qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
37. |
Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi fondlaridan kolleksiyalarni obyekt binosida ekspozitsiyaga qoʻyish ishlarni bajarish. Obyektning doimiy ekspozitsiyasini tashkil qilish uchun yetakchi xorijiy muzey mutaxassislarini jalb etish. |
Ishchi guruh bayonnomasi |
2020-2021-yillar mobaynida |
Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
2-ILOVA
|
1. |
B. Sayfullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, ishchi guruh rahbari |
|
2. |
A. Vial |
— |
Luvr muzeyining diplomatik maslahatchisi, xalqaro munosabatlar boʻyicha Luvr muzeyi prezidentining yordamchisi (Parij shahri) (kelishuv boʻyicha) |
|
3. |
Z. Tregulova |
— |
Davlat Tretyakov galereyasining direktori (Moskva shahri) (kelishuv boʻyicha) |
|
4. |
lavozim boʻyicha |
— |
Smitson instituti (AQSh) xodimi (kelishuv boʻyicha) |
|
5. |
M. Yuldasheva |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sanʼatshunoslik instituti arxitektura boʻlimi mudiri |
|
6. |
G. Umerova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direktorining oʻrinbosari |