ILOVA
| Tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Masʼul ijrochilar | |
| I. Madaniyat va sanʼatni qoʻllab-quvvatlash hamda rivojlantirishninghuquqiy asoslarini takomillashtirish | ||||
| 1. | Ilgʻor xorijiy tajribani va xalqaro standartlarni eʼtiborga olgan holda, madaniyat va sanʼat sohasida metsenatlik va homiylik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish, bunda, boshqalar bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutish: madaniyat va sanʼat muassasalariga yordam koʻrsatayotgan metsenatlar va homiylarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish uchun huquqiy asoslarni shakllantirish; soliq imtiyozlari (chegirmalari)ni olish huquqini saqlab qolgan holda madaniyat va sanʼat muassasalariga yordam koʻrsatish (muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, mulkiy huquqlarni topshirish) shakl va usullarini kengaytirish; madaniyat va sanʼat muassasalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash zamonaviy usullarini joriy etish; metsenatlar va homiylardan madad oluvchilarning hisobot berishi, shuningdek, undan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi | 2018-yil IV chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 2. | Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda madaniyat va sanʼat muassasalarida shaffoflik tamoyilini hisobga olib Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va tatbiq etish. | Hukumat qarori loyihasi | 2019-yil II chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 3. | Oʻz faoliyatlarini moliyalashtirishning muqobil manbalarini jalb qilish maqsadida muvaffaqiyatli biznes vakillari va boshqa salohiyatli metsenetlar hamda homiylardan tuziladigan madaniyat va sanʼat muassasalari huzuridagi Vasiylik kengashlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish. | Hukumat qarori loyihasi | 2019-yil II chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 4. | Madaniyat va sanʼat muassasalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning maqsadli kapitali va maqsadli kapital jamgʻarmalari (endaumentlar) holidagi innovatsion shakllarini joriy etish uchun huquqiy asoslarni yaratish. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari | 2019-yil III chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| II. Respublika madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati darajasini oshirish | ||||
| 5. | Oʻzbekiston Amaliy sanʼat muzeyida (Toshkent shahri), I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyida (Nukus shahri) va Oybek uy-muzeyida (Toshkent shahri) Muzeylar renovatsiya dasturini eksperiment tarzida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Hukumat qarori loyihasi | 2019-yil III chorak | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
| 6. | Blokcheyn texnologiyasini qoʻllagan holda eng yaxshi jahon amaliyoti tajribasiga mos keladigan va Internet tarmogʻidagi katalogdan ochiq foydalaniladigan, sanksiyasiz oʻzgartirishlar kiritishdan himoya qilishni taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy muzey fondi elektron katalogini yaratishning zamonaviy tizimini joriy etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil III chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 7. | Madaniyat va sanʼat sohasidagi xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy muassasalarning mutaxassislarini jalb etgan holda innovatsion menejment, zamonaviy marketing texnologiyalarini ishlab chiqish hamda madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatiga, jumladan autsorsing shartlari asosida joriy etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil IV chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov), |
| 8. | Respublikaning yirik muzeylari huzurida mavjud arxiv materiallari negizida jamoatchilik uchun ochiq kutubxonalar tarmogʻini shakllantirish, ularning fondini muntazam toʻldirib borish. Muzeylar huzurida davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida, shu jumladan bolalar uchun mavzular boʻyicha koʻngilochar markazlar va dam olish joylarini tashkil etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2020-yil I chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiyasi (A. Nuritdinov), |
| 9. | Madaniyat va sanʼat muassasalari hamda ulardagi madaniy boyliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga tashrif buyurish hamda “on-layn” yoʻlovchi transporti xizmatlaridan foydalanishga elektron chiptalar sotish joylashtirish marshrutizator opsiyalari bilan interaktiv xarita koʻrinishida nazarda tutilgan Internet tarmogʻida axborot resursini yaratish. | Tashkiliy tadbirlar | 2020-yil II chorak | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), |
| 10. | Axborot resursida madaniyat va sanʼat muassasalari, shuningdek, ulardagi madaniy boyliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish, madaniyat va sanʼat muassasalariga tashrif buyurish hamda “on-layn” yoʻlovchi transporti xizmatlaridan foydalanish uchun elektron chiptalarni sotish imkoniyatini taʼminlash. | Tashkiliy tadbirlar | doimiy asosda | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 11. | Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida ommalashtirish va targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi madaniyati va sanʼatining asosiy obyektlari boʻyicha Google Cultural Institute bilan hamkorlikda 3D-turlarni ishlab chiqish. | Tegishli shartnomalar tuzish | 2020-yil II chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 12. | Respublika muzeylarida imkoniyati cheklangan shaxslar, maktabgacha yoshdagi bolalar, keksalar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar foydalana olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida inklyuzivlik dasturini ishlab chiqish va tatbiq etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil III chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 13. | Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy mamlakatlarning koʻrgazma loyihalarini tashkil etishda ularning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlashga davlat kafolatlarini berishning huquqiy mexanizmlarini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil IV chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 14. | Toshkent shahrida zamonaviy sanʼat markazini tashkil etish orqali hozirgi zamon sanʼatini rivojlantirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-2020-yillar | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| III. Madaniyat va sanʼat muassasalari xodimlarining malakasini oshirish | ||||
| 15. | Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan kurslar va xorijiy tajriba almashish dasturini shakllantirish orqali madaniyat va sanʼat sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | Tashkiliy tadbirlar | doimiy, | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 16. | Madaniyat va sanʼat sohasida mamlakat nufuzini oshirishda, shuningdek, madaniyat va sanʼatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun metsenatlar va homiylarning mablagʻlarini jalb etishda Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari rolini kuchaytirish. | Tashkiliy tadbirlar | 2018 ― 2020-yillar | TIV(B. Asadov), |
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Badiiy ekspertiza boshqarmasi faoliyatini zamonaviy maxsus uskunalar bilan taʼminlash hamda mutaxassislarining malakasini oshirish yoʻli orqali takomillashtirish. | Tadbirlar rejasi | 2020-yil IV chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), |
| 18. | Zamonaviy talablarni eʼtiborga olgan holda maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim tizimida musiqiy sanʼatlarni oʻqitish metodologiyasini takomillashtirish. | Tadbirlar rejasi | 2019-yil II chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 19. | Madaniyat va sanʼat muassasalari xodimlarini, shuningdek, taʼlim muassasalari oʻquvchilarini chet ellarda oʻqitishi va stajirovkadan oʻtishlarini tashkillashtirish uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan maqsadli grantlar ajratish dasturlarini joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2018-yil IV chorak | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |
| 20. | Yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Davlat sanʼat va madaniyat institutida madaniyat va sanʼat sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash fakultetini, shuningdek, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida “Kreativ industriyani boshqarish” boʻyicha magistratura yoʻnalishlarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-2020-yillar | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), |