ILOVA
|
Tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Madaniyat muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasining inklyuzivligiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2020-yil II chorak |
Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
|
2. |
Maʼmuriy binolarga qoʻyiladigan talablar yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro standartlashtirish tashkilotlarining binolarga inklyuziv kirishni nazarda tutadigan standartlariga, shu jumladan, ISO 23542:2011 “Binolar qurilishi — Qulay qurilish” standartlariga muvofiqlik yuzasidan muvofiqlashtirish. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2020-yil II chorak |
Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
3. |
Toshkent shahridagi muzey binolariga tutash hududlarni inklyuzivlikni hisobga olgan holda oʻrganish va sharoitlar takomillashtiriladigan muzeylar, jamoat transport bekatlari roʻyxatini shakllantirish. Oʻrganish natijalari asosida muzeylar binolariga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirishni taʼminlash, shu jumladan: taktil yoʻlaklar; bekatlar va jamoat transportida audiovizual xabar berish tizimlarini; ovozli xabar berish svetoforlarini; metro bekatlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun koʻtarilish vositalarini oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorakdan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
4. |
Muzeylarda ona va bola xonalarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorakdan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
5. |
Inklyuziv infratuzilmani yaratish va rivojlantirish boʻyicha inklyuziv dasturlarni ishlab chiqadigan muzeylarni grant asosida moliyalashtirish dasturlarini joriy qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi |
|
6. |
Toshkent shahrida koʻrsatkichlar va axborot belgilarini yaxshi koʻrinadigan koʻrsatkichlarga, shu jumladan, yuqori kontrastli va katta harfli koʻrsatkichlarga almashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorakdan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
7. |
Muzeylar va ularga tutash hududlardagi tegishli uchastkalarda maxsus sirgʻalmaydigan qoplamali, jarohat yetkazmaydigan ushlagich va panduslar (nishab yoʻlkalar) oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorakdan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
8. |
Muzeylarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun koʻtarilish vositalarini oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
II. Inklyuziv xizmat koʻrsatish amaliyotini joriy qilish | ||||
|
9. |
Imkoniyati cheklangan shaxslar harakatlanishi uchun texnik vositalarni taqdim etish amaliyotini joriy qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
10. |
Madaniy tadbirlarni (spektakl, koʻrgazma, seminar va boshqalarni) koʻzi ojizlar va yaxshi koʻrmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun tiflosharhlash amaliyotini joriy qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil IV chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
11. |
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun quyidagi maxsus, kichik guruhli madaniy tadbirlarni tashkil etish: spektakllar; havaskorlik koʻrgazmalari; tanishish tadbirlari. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
12. |
Hid, tovush, musiqa orqali ongli va verbal tavsiflash mumkin boʻlgan eksponatlar koʻrgazmalarini tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil III chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
III. Inklyuzivlikni hisobga olgan holda muzey kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
13. |
Imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan oʻziga xos muomala qilish va zarur hollarda ularga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmasiga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash uchun maxsus kurslarni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020 — 2022-yillar |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
14. |
Imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan ishlash maqsadida muzey xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020 — 2023-yillar |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
15. |
Imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ish olib borishning metodikalari va texnologiyalariga bagʻishlangan seminarlar tashkil qilish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Muntazam |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
IV. Inklyuzivlik hisobga olingan holda muzeylarning texnik aktivlarini yangilash | ||||
|
16. |
Muzeylarni maxsus transmissiya qurilmalari (induksion sirtmoqlar) bilan jihozlash. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil I chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
17. |
Sanitariya-maishiy binolarda maxsus kabinalar, taktil belgilar, xavf-xatardan ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil II chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
18. |
Madaniy tadbirlarga ovoz berishda sinxron tarjima uchun asbob-uskunalar oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil III chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
19. |
Koʻzi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun radiomayoqlar (radio-nishon) oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil IV chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
20. |
Muzeylarda tadbirlar oʻtkazish chogʻida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil IV chorak |
Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |