ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash (seleksiyalash) va regbi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot jarayonini sifatli tashkil qilish faoliyati samaradorligini oshirish | ||||
|
1. |
Taʼlim va sport-taʼlim muassasalarida, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublikaning boshqa tashkilotlarida regbi boʻyicha boʻlimlar, seksiyalar, toʻgaraklarni xatlovdan oʻtkazish. |
2019-yil dekabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
2. |
Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi-7 va regbi-15 boʻyicha tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish. |
2019-yil dekabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
3. |
Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi boʻyicha seleksionerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish. |
2019-yil dekabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
4. |
Sport maktablarining regbi boʻyicha boʻlimlarida oʻquv-mashgʻulot jarayonining samarali tashkillashtirilishini monitoring qilish tizimini joriy etish. |
2019-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltaboyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
5. |
Regbi boʻyicha seleksionerlarni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
2020-yil yanvar |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
6. |
Regbi boʻyicha iqtidorli oʻsmir sportchilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida sport taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida tizimli asosda musobaqalarni tashkillashtirish. |
Kalendar rejaga muvofiq |
Mahalliy budjet, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
7. |
Bolalar va oʻsmirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi boʻyicha trenerlar nomzodlarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish. |
2020-yil yanvar |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
8. |
Regbi boʻyicha taniqli mahalliy hamda xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilgan holda, yosh sportchilar uchun festivallar, shuningdek, mahorat darslarini oʻtkazish. |
Kalendar rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
9. |
Iqtidorli regbichilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida regbi musobaqalarini tashkillashtirish. |
Kalendar rejaga muvofiq |
Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Regbi boʻyicha saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida yoshlar, ayniqsa uning uyushmagan qismi oʻrtasida “Oltin oval” turnirini va boshqa musobaqalarni tizimli asosda oʻtkazish. |
Kalendar rejaga muvofiq |
Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (T. Poyonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
II. Regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublariga, seksiyalarga va toʻgaraklarga faol jalb qilish, ularda keng shugʻullanish imkoniyatlarini yaratish | ||||
|
11. |
Mamlakatda regbining rivojlanishi, aholi turli qatlamlari, eng avvalo yoshlar oʻrtasida ushbu sport turiga boʻlgan talab va takliflarning mutanosibligi monitoringini oʻtkazish. |
2019-yil noyabr |
- |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
12. |
Mamlakatda regbini ommalashtirish va targʻib qilish media rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. |
2019-yil noyabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
13. |
Regbini rivojlantirayotgan tashkilotlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, bosma nashrlar va internet-resurslarda maqolalar eʼlon qilish, shuningdek, telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish. |
Doimiy |
Ijrochilar mablagʻlari |
Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
14. |
Regbi boʻyicha musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish hujjatlarini, shuningdek, regbi musobaqalari oʻtkaziladigan stadionga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish. |
2019-yil oktabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
15. |
Sport maktablari, umumtaʼlim maktablari, respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari qoshida qoʻshimcha seksiya va toʻgaraklarni tashkil etish orqali bolalar va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, voyaga yetmaganlarni regbi bilan shugʻullanishga jalb qilish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil qilish. |
Doimiy |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
16. |
Mavjud sport salohiyati, sport zaxiralari, trenerlar tarkibi va moddiy-texnik bazadan kelib chiqqan holda respublikaning har bir hududida regbini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2019-yil oktabr |
- |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
17. |
Yoshlar, talabalar, oʻquvchilar va aholining boshqa qatlamlarini regbi bilan shugʻullanishga jalb qilish, taʼlim muassasalari, sport jamiyatlari, tashkilotlar, mahallalarda regbi toʻgaraklari va seksiyalarini tashkil qilish, tuman, hududiy va respublika musobaqalarini oʻtkazish. |
2019 — 2022-yillar davomida |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
18. |
“Yoshlik”, “Talaba”, “MHSK”, “Dinamo”, “Lokomotiv”, “Kasaba uyushmalari” va boshqa jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining regbi boʻyicha klublarini tashkil etish. |
2020-yil fevral |
Ijrochilar mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (B. Toshmatov), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (X. Xosilov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
III. Regbi boʻyicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bazasida regbini rivojlantirayotgan trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish. |
Doimiy |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
20. |
Regbi boʻyicha terma jamoalar va sport maktablari boʻlimlari uchun zaxira tarkibini samarali tayyorlashni taʼminlash maqsadida ilmiy-uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish. |
2020-yil yanvar |
Ijrochilar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (M. Boltabayev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
21. |
Regbi boʻyicha malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan shaxslar uchun lokal trenerlik kurslarini oʻtkazish. |
Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
22. |
Regbini rivojlantirayotgan trenerlar, sportchilar va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. |
2019-yil noyabr |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
23. |
Taniqli mahalliy va xorijiy trenerlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda, hududiy jamoalar trenerlari uchun respublika trenerlik kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish. |
Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
24. |
Regbi boʻyicha trener va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni (stajirovkasini) tashkil qilish. |
Grafik-rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
25. |
Taniqli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini oʻtkazish. |
Grafik-rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasida regbi boʻyicha hakamlarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish. |
2020-yil yanvar |
- |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
27. |
Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, regbichilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari boʻyicha har yilgi ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni oʻtkazish. |
Grafik-rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
28. |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi vakillarining yetakchi xorijiy markazlarda stajirovkalarini tashkil qilish. |
Grafik-rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev) |
|
IV. Regbi boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarligini taʼminlash | ||||
|
29. |
Istiqbolli oʻyinchilarni jalb qilgan holda regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash. |
2020-yil fevral |
- |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
30. |
2024 va 2028-yillarda oʻtkaziladigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik doirasida Oʻzbekiston regbi sportchilarini xalqaro malakaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorlash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil fevral |
- |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
31. |
Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari, Osiyo va Yevropa jamoalari bilan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining regbi boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish. |
2019 — 2022-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
32. |
Regbi boʻyicha terma jamoalar aʼzolarining (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar) har yili 3 — 6 ta oʻquv-mashq yigʻinlarida va 4 — 8 ta xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash. |
2019 — 2022-yillar davomida |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
33. |
Regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etish. |
2019 — 2022-yillar davomida |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
34. |
Regbi boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2022-yilda Xanchjou shahri (Xitoy)da oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlarida ishtirokini taʼminlash. |
2022-yil sentabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Milliy olimpiya qoʻmitasi (R. Shaabduraxmanov) |
|
V. Milliy va xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash, shuningdek, regbi boʻyicha trenerlar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish | ||||
|
35. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazishning toʻrt bosqichli tizimini joriy etish: I bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari oʻrtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok); II bosqichda — sport klublari, seksiyalari oʻrtasidagi sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok); III bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok); IV bosqichda — hududiy sport musobaqalarida gʻolib chiqqan jamoalar oʻrtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok). |
Kalendar rejaga muvofiq doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
36. |
Regbi boʻyicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun tanlab olingan milliy va xalqaro musobaqalarning gʻoliblari va sovrindorlarini — mamlakat hududlaridagi iqtidorli oʻsmir sportchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy qilish. |
2020-yil fevral |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
37. |
Regbi boʻyicha yuqori natijalarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoasi va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga energiya sarflanishining oʻrnini toʻldirish va jismoniy resurslarni tiklash mablagʻlari toʻlanishini taʼminlash. |
Doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
38. |
Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan regbini rivojlantiruvchi tashkilot rahbari va homiy nomiga ega boʻlish uchun respublika tanlovi oʻtkazilishini tashkil etish. |
Yil yakunlari boʻyicha |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
39. |
Regbi boʻyicha trener va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. |
2020-yil fevral |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
VI. Regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
40. |
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari hamda sport maktablarining regbi boʻlimlarini zamonaviy talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, sport kiyimlari va poyabzali bilan taʼminlash. |
Doimiy |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
41. |
2020-yilga moʻljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash manzilli dasturiga Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini kiritish. |
2019-yil noyabr |
Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
42. |
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi boʻyicha oʻquv-mashgʻulot bazasini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
2020-yil fevral |
- |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
43. |
Quyidagi sport bazalarini Oʻzbekiston regbi federatsiyasiga biriktirish: Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi stadioni; Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi stadioni; Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti stadioni; “Toʻqimachi” stadioni. |
2019 — 2022-yillar davomida |
- |
Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
|
44. |
Olimpiya zaxiralari kollejlarida regbi boʻlimlarini ochish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish. |
2020-yil sentabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |
|
45. |
Quyidagi sport boʻlimlarini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy regbi inventari va uskunalari bilan jihozlash va qoʻshimcha jihozlash: Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari kollejini; Fargʻonadagi sportning oʻyin turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabini; hududlardagi regbi boʻyicha bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini. |
2020-yil avgust |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablagʻlari |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oʻzbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev) |