1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) inson huquqlari masalalari boʻyicha davlat organlari xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlari va tartibotlarini shakllantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini, shuningdek, muqobil maʼruzalarni tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar soʻrovlariga javoblar yuborish yuzasidan oʻquv kurslarini oʻtkazish yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarida Malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi 2-ilovaga muvofiqtasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarining (keyingi oʻrinlarda Oʻquv kurslari deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari toʻgʻrisida aniq tushunchani shakllantirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish asosida inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslari tinglovchilarida oʻz faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha tahliliy koʻnikmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat filish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash koʻnikmalarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari boʻyicha samarali axborot-maʼrifiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi boʻyicha tadbirlarni muntazam asosda oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslariga oʻquv-metodik rahbarlik qilish va bu kurslar faoliyatini tashkil qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslari tinglovchilarining kontingenti va oʻqitish jadvali davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmanomalari boʻyicha boshqaruv xodimlari orasidan Markaz tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida Markaz, yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslariga oʻqishga yuborilgan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaharlik tinglovchilarga turar joyni ijaraga olish va taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflagan yoʻl xarajatlari, sutkalik toʻlovlar ularni yuborayotgan tashkilot tomonidan xizmat safari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan normalar va tartibda qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish, shu jumladan, oʻquv, tarqatma materiallar va idora ashyolarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Oʻquv kurslari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslarida mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi va yetakchi amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishini, shuningdek, oʻquv jarayoni oʻqitishning zamonaviy shakl va usullari, ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2019-yil 15-avgustdan boshlab Markaz xodimlari (shu jumladan, yordamchi xodimlar) lavozim maoshiga 50 foiz miqdordagi har oylik ustamalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boshqaruv xodimlari va yordamchi xodimlarning har oylik ustamalarini belgilash boʻyicha qaror belgilangan tartibda Markaz direktori tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv xodimlaridan iborat mutaxassislarini har yili Markazga yoʻnaltirish yoʻli bilan inson huquqlari xalqaro standartlari boʻyicha professional oʻqitish uchun ularning kasbiy darajasini muntazam oshirishni amaliyotga joriy etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish, shu jumladan, mini-bosmaxona sotib olish va Oʻquv kurslari tashkil etish xarajatlari bilan bogʻliq budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida 2020-yildan boshlab Markaz xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
663-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-avgustdagi 663-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarin toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda Oʻquv kurslari deb ataladi)ning maqsad va vazifalarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻquv kurslari davlat organlarining boshqaruv xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish masalalari boʻyicha kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi fuqarolik jamiyati institutlari xodimlarini Oʻquv kurslarida oʻqitish tavsiyaviy tusga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻquv kurslari uchun tinglovchilar tarkibini shakllantirish davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtma nomalari asosida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimlarni Oʻquv kurslarida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi tashkilotlar deb ataladi) tashabbusi boʻyicha tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻquv kurslarining maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻquv kurslarining maqsadi inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish boʻyicha kadrlarning kasbiy bilimlari, mahorat va koʻnikmalarini muntazam yangilash, BMTning ustav va shartnomaviy organlariga Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari boʻyicha milliy maʼruzalarini tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini bajarishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Oʻquv kurslarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qoʻllash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari toʻgʻrisida aniq tushunchalarni shakllantirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish asosida inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslari tinglovchilarida oʻz faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari boʻyicha tahliliy koʻnikmalarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash koʻnikmalarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalari boʻyicha samarali axborot-maʼrifiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish koʻnikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari boʻyicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi boʻyicha tadbirlarni muntazam asosda oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquv kurslari faoliyatini tashkil qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tinglovchilarning Oʻquv kurslarida taʼlim olishi ishdan ajralgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan oʻquv dasturlariga muvofiq Markaz tomonidan tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻquv kurslarida oʻqitish hajmi 36 soatni tashkil etadi. Oʻquv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida eʼtibor qaratiladi. Oʻquv yuklamasining umumiy hajmi inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlar talablari, BMTning shartnomaviy organlari va BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Universal davriy hisoboti boʻyicha bergan tavsiyalaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari boʻyicha taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi tashkilotlar har yili 20-noyabrgacha boʻlgan muddatda sanasiga qadar Markazga nomzodlar roʻyxatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda har yili 1-dekabrgacha Oʻquv kurslari tinglovchilarining kontingentini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tinglovchilar Oʻquv kurslariga tasdiqlangan reja-jadval asosida Markaz direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquv kurslariga oʻqishga yuborilgan tinglovchilarning oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslarining faoliyatiga oʻquv-metodik rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Oʻquv kurslarida malaka oshirish oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning muntazam yangilanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimi mexanizmlari va usullarini takomillashtirish choralarini qoʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish tizimiga taʼlimning zamonaviy shakllari va usullarini, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachi tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar malakasini oshirish qamrovining toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilganligi uchun masʼul hisoblanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha asosiy konvensiyalarning qoidalarini bajarish boʻyicha milliy maʼruzalar uchun axborot tayyorlovchi xodimlar orasidan oʻqitish uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar va ular kontingentini shakllantiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazariy oʻqitishning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini, amaliy mashgʻulotlar va stajirovkalar oʻtkazilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga statistik, axborot-tahliliy materiallarni, huquqni qoʻllash amaliyoti umumlashmalari va materiallarini taqdim etadilar, axborot-resurs bazasini rivojlantirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻquv jarayonini tashkil qilish va tinglovchilar bilimini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquv kurslari inson huquqlari sohasidagi dolzarb muammolar inobatga olingan holda tasdiqlangan oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv dasturlari har yili inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari asosida takomillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻquv kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
interaktiv seminar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy mashgʻulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor mashgʻulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil taʼlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mashgʻulotlar asosan interaktiv shaklda, shu jumladan, “aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa boʻlib ishlash”, “davra suhbatlari” hamda bilimlar va koʻnikmalar berishning boshqa zamonaviy shakllarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv kurslari tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza asosida masofadan oʻqitish usullari qoʻllanilgan holda tashkil qilinishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus ― kamida 10 daqiqadan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni tinglovchilarining soni, qoidga koʻra, guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda kamida 15 ― 20 kishidan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi. Mashgʻulotlar tinglovchilarning qaysi tilni afzal koʻrishlariga bogʻliq holda davlat tilida va rus tilida ham olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Uzrli sabablar bilan (hujjatlar asosida tasdiqlangan kasallik yoki boshqa sabablar) oʻqishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar oʻz arizasiga koʻra tinglovchilar safidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kurslar tinglovchilari uzrsiz sabablar bilan 12 soatdan koʻp hajmdagi mashgʻulotlarda qatnashmaganligi uchun tinglovchilar safidan chiqariladi. Kursdan chiqarilgan tinglovchilar kursni oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kursga kelmaganligining xolisona sabablari boʻlganda tinglovchi keyingi guruhlarda kursni oʻtish jadvaliga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻquv kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazishga shartnoma asosida yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining hodimlari, xorijiy mutaxassislar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kurslar tinglovchilarining bilimi suhbat (test sinovi) asosida baholanadi. Oʻquv kurslari tinglovchilarining bilimini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun inson huquqlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar orasidan kamida 3 ― 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bilimlarni baholash jarayoniga uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻqitish taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Suhbatdan (test sinovidan) oʻtmagan tinglovchilarga malaka oshirish oʻquv dasturini oʻzlashtirmagan shaxslar uchun maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va idora anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari xodimlarini Oʻquv kurslarida oʻqitish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar vakillarini Oʻquv kurslarida oʻqitish xarajatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ish joyidan ajralgan holda boshqa hududlardan oʻqishga yuborilgan shaxslarning taʼlim olish joyiga bir marta borib-kelish xarajatlari, xizmat safari xarajatlari buyurtmachi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻquv kurslarida taʼlim olish toʻlovi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-avgustdagi 663-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT (tavsifi)
Davlat namunasidagi malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun ― qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun ― och kulrang rangda bosib chiqariladi. Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan. Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi harflarida “INSON HUQUQLARI BOʼYICHA OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI” soʻzlari bosiladi, pastroqda ― “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT”, pastroqda ― lotin yozuvi harflarida MO qisqartmasi va olti raqamli sondan iborat sertifikat raqami bosiladi. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi. Sertifikat: bosib chiqarishning ikki usuli ― ofset va yuqori usuli; yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar; naqshli rastr; har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish; maxsus qogʻozlar; oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.
INSON HUQUQLARI BOʼYICHA OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI
Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT MO № 000000
Sana ________________ Qayd raqami ________________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 09/19/663/3551-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)