15.07.2019 yildagi 589-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini samarali tashkil etish, yuridik shaxslarni uning rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish, soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilash, “startap-loyihalarni” har tomonlama, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan, chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida shartnoma asosida tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan jalb qilishga, istisno tariqasida, ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash, Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash huquqi berilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabning bino va inshootlarini davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan qiymat boʻyicha Direksiyaning ustav fondiga berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 478-f-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabga Toshkent shahri Yashnabod tumanida umumiy maydoni 6,5 ga boʻlgan yer uchastkasi (sobiq 22-harbiy shaharcha hududining bir qismi — Maxtumquli koʻchasi bilan kesishgungacha) ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan davlat mulkining bozor qiymatini aniqlash boʻyicha xizmatlar toʻlovi Direksiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Direksiyaning buyurtmanomalari boʻyicha Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda Texnopark deb ataladi) faoliyatini tashkil etishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Direksiya 2019-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark binosini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarining yakunlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish hamda istiqbolli “startap-loyihalar”ni koʻrib chiqish uchun qabul qilish va tanlash boshlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qarorining 6-bandidan birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni rezident sifatida roʻyxatdan oʻtkazish va maqomdan mahrum etish, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qoʻllanilishini, shuningdek, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-reja — kompaniya, tovar, uni ishlab chiqarish, koʻrsatiladigan xizmatlar, mahsulot sotiladigan potensial bozorlar, marketing strategiyasi, operatsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish va ularning samaradorligi koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan reja, kompaniyaning harakatlari, biznes-operatsiyalarni amalga oshirish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyiha — foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori boʻlgan sharoitlarda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari sohasida yangi mahsulot yaratishni yoki xizmatni joriy etishni koʻzda tutuvchi loyiha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — Texnopark) — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishning maksimal darajada qulay sharoitlarini yaratish uchun respublikaning butun hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan holda ishlaydigan tashkilot;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) — Texnopark faoliyatini operativ boshqaruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq Texnoparkda roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar roʻyxati mavjud boʻlgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnoparkning rezidenti — belgilangan tartibda Texnoparkda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qiluvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyiha tashabbuskori — startap-loyihani amalga oshirish boʻyicha taklif taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mentor — startap-loyihani rivojlantirish va ilgari siljitish maqsadida uni oʻz bilimlari va tajribasi bilan qoʻllab-quvvatlaydigan maslahatchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) — ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiq inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlashni, shuningdek, mentorlarni saralashni taʼminlash maqsadida Direksiya huzurida tashkil etiladigan organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlari tashkiliy va maslahat bilan qoʻllab-quvvatlagan holda test sinovidan oʻtkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yoʻli bilan startap-loyihalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan taʼlimiy-amaliy dastur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inkubatsiya dasturi — uning doirasida startap-loyiha gʻoyasi shakllantiriladigan va ishlab chiqiladigan taʼlimiy-amaliy dastur;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-portal — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilish, Direksiya va uning rezidentlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun moʻljallangan Direksiyaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytidagi boʻlimi. Veb-portalning ishlash tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi — Direksiya huzurida rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar, ilmiy muassasalar, oliy taʼlim muassasalari malakali mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan tashkil etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun talabgorlik qiluvchi yuridik shaxslarning biznes rejalarini koʻrib chiqish va tahlil qilish maqsadida Direksiyada vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Istiqbolli startap-loyihalarni koʻrib chiqish va baholash hamda mentorlarni tanlash boʻyicha ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) — akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli oʻtgan startap-loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun koʻrib chiqish va oʻrganishni tashkil etish, shuningdek, mentorlarni tanlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etiladigan organ.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi — “IT-visa”ga ega boʻlish uchun Direksiyaning tavsiyasini olish uchun taqdim etilgan arizalarni koʻrib chiqish maqsadida Direksiyada vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ. Ekspert guruhining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual ofis — Internet jahon axborot tarmogʻida joylashgan yuridik (pochta) manzili orqali (jismoniy joylashmagan holda) xodimlar oʻz ishlarini bajarishlari, kompaniya bilan kontragentlar (yetkazib beruvchilar, xaridorlar, davlat organlari va boshqalar) bilan muloqot qilish imkonini beruvchi joy.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Texnoparkning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qoʻllab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion faoliyat natijalarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferi hisobiga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda rezidentlarga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini taʼminlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, oʻquv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati oʻzaro integratsiyasiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini shakllantirish maqsadida aholi va yoshlar oʻqitilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnopark direksiyasi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Direksiyaga “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan Bosh direktor rahbarlik qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning vakolatlari Direksiya ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor Direksiyaga yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi va Raqamli texnologiyalar vazirligining soʻrovi boʻyicha Texnopark va Direksiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Direksiya faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlarining Direksiyaga har oylik oʻtkaziladigan ajratmalari;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar koʻrsatishdan, shuningdek, Direksiyaga biriktirilgan koʻchmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihalarni venchur moliyalashtirish natijasida olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tarkibiy boʻlinmalari mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Direksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarini Rezidentlarning yagona reyestriga kiritish va rezident maqomi berilganligi toʻgʻrisida tegishli guvohnomani berish orqali rezidentlarni roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq yuridik shaxslar va startap-loyihalar tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan biznes-rejalar, shu jumladan, ekspertlarni (ilmiy va boshqa tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni) jalb qilish orqali ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi va Ekspert guruhining nizomlari hamda tarkiblarini tasdiqlaydi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida Texnopark rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga uskunalar, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlari, ofislar, oʻquv xonalari, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni ijaraga va subijaraga beradi, shuningdek, virtual ofis va yangi yuridik shaxslarni tashkil etish (one stop shop) boʻyicha hujjatlarni tayyorlash xizmatlarini koʻrsatadi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning oʻrinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar taʼsischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy taʼlim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xorijlik professor-oʻqituvchilariga Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda “IT-visa”ni taqdim etish boʻyicha tavsiya beradi.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-noyabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari (dasturlash, sunʼiy intellekt, elektron tijorat va boshqalar) sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark va uning rezidentlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida axborot va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va nashr qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini boshlayotgan yuridik shaxslarga investorlar va kreditorlar bilan shartnomalar tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlariga ularning startap-loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlarining mahsulotlari va xizmatlari ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan axborot texnologiyalari mahsulotlarining xalqaro yarmarka va koʻrgazmalarini tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarining xalqaro seminarlar, konferensiyalarda va respublikada hamda xalqaro koʻlamda oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya ustaviga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda muassis boʻlishga yoki boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishga haqlidir.
(6-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yuridik shaxslarni Texnopark rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnopark Direksiyasining rezidentlarni roʻyxatga olish boʻyicha ishlarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu Nizomga 2-ilovaning 30-bandiga muvofiq, ariza taqdim etgan yuridik shaxslarga Texnopark rezidenti maqomini taqdim etish, rad qilish va ushbu maqomdan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentining (keyingi oʻrinlarda — Departament) xulosasi asosida amalga oshiriladi, shuningdek, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markazi mazkur rezidentlar faoliyatini doimiy tahlil qiladi va Departamentga axborot kiritib boradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq faoliyat turini (turlarini) (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) roʻyxatda belgilangan faoliyat turlari boʻyicha iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega boʻlish. Biznes-rejada roʻyxatda koʻrsatib oʻtilgan bir yoki bir nechta faoliyat turlarini amalga oshirish boʻyicha aniq tadbirlar, xizmatlarni sotish uchun moʻljallangan xizmat turlari va ularning hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari koʻrsatiladi. Biznes-rejaning shakli va unga boʻlgan talablar Direksiya tomonidan tasdiqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarga taalluqli buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa boshlangʻich hujjatlarini avtomatlashtirish yoʻnalishlarida ishlab chiqiladigan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalarini (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kibersport sohasida xizmat koʻrsatish uchun Texnopark rezidenti maqomini olish maqsadida ariza bergan yuridik shaxslar Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻlishi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qaroriga asosan “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalarga ushbu nizomning 9-bandida belgilangan talablarsiz Texnopark rezidenti maqomi toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali Texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda ariza beradi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxsdan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik ariza beruvchiga yuklatiladi. Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, Direksiya arizani qabul qilishni rad etishga haqli.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning barcha zarur shakllarni veb-portalda toʻldirganidan soʻng ariza berishi, Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi Direksiyaga buyurtmanoma berilgan paytdan boshlab 3 ish kuni mobaynida bu haqida yozma xabar bergan holda arizani qaytarib olish huquqiga egadir.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Biznes-rejalarning roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda Texnopark rezidenti sifatida yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar 3 ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan Ekspert kengashiga yuboriladi, mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi biznes-reja taqdimotini oʻtkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi biznes-reja ekspertizasini oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi ekspertiza natijalariga koʻra taqdim etilgan biznes-rejaning roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatning 30-bandiga muvofiq yuridik shaxslar tomonidan Texnopark rezidenti maqomini olish uchun taqdim etilgan biznes-rejalarning roʻyxatning 30-bandida belgilangan faoliyat turiga muvofiqligini oʻrganish yuzasidan topshirilgan ariza va hujjatlar uch ish kuni mobaynida Direksiya tomonidan Departamentga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament oʻn ish kuni ichida biznes-rejani koʻrib chiqadi va uning roʻyxatning 30-bandida belgilangan faoliyat turiga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan beshinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direksiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ariza beruvchini Texnoparkning rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarning berilgan muddat ichida bartaraf etilmasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi xulosasiga koʻra ariza beruvchi faoliyati maʼnaviy eskirgan, istiqboli yoʻq yoki ahamiyati katta boʻlmagan deb topilishi;
(14-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi taklif etilgan biznes-rejaning roʻyxatda koʻrsatilgan faoliyat yoʻnalishlariga mos kelmasligi yoki uni joriy qilish belgilangan faoliyat yoʻnalishlari tashqarisiga chiqib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs yoki u bilan bogʻliq shaxslarning Texnopark oldida Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha bajarilmagan majburiyatlarining mavjudligi;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning xulosasiga koʻra biznes-reja roʻyxatning 30-bandida belgilangan faoliyat turiga nomuvofiq deb topilishi;
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etishning asosi Direksiyaning ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatiladi va veb-portal orqali ariza beruvchi xabardor qilinadi.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarga taalluqli buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa boshlangʻich hujjatlarini avtomatlashtirish yoʻnalishlarida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmagan holda qoʻllanilganligi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqish ushbu Nizomning 10 — 13-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yuridik shaxsning Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga roziligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Direksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Texnopark rezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida xorijiy taʼsischilar (ishtirokchilar) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi toʻlovlarini chet el valyutasida xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomalarini olmasdan turib chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual ofisdan foydalangan holda faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktisiz Internet jahon axborot tarmogʻidagi onlayn doʻkonlar orqali xorijiy valyutaga ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Texnopark rezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat roʻyxatdagi faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada koʻrsatib oʻtilgan faoliyat turlarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga amal qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan muddatlarda va shaklga koʻra axborot, jumladan, statistik va soliq hisobotini veb-portal orqali taqdim etishi;
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻiga jami daromadidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ajratma oʻtkazishi. Bunda “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlish orqali rezident boʻlgan startap loyihalarga jami daromadidan oʻtkaziladigan ajratmalar miqdori qatʼiy bir foiz etib belgilanadi;
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyuligacha moliya-xoʻjalik faoliyati majburiy auditini oʻtkazishi va maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisobotining hamda auditorlik xulosasining nusxasini veb-portal orqali Direksiyaga yuborishi, bunda maxsus savolni tekshirish natijalari boʻyicha auditor hisobotida yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan faoliyati, roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi masalalari hamda moliyaviy yil davomida amalga oshirilgan faoliyat turlari va ularni amalga oshirish natijasida olingan umumiy tushumdagi ulushi, eksport hajmi va tarkibi hisobga olinishi, auditorlik xulosasida esa, olingan tushum va yuridik shaxsning haqiqatda amalga oshirgan faoliyati roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi koʻrsatilishi;
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti taqdim etilgan biznes-rejada koʻrsatib oʻtilmagan yangi faoliyat turlarini Direksiya tomonidan yangi (qoʻshimcha) biznes-reja tasdiqlangandan keyin amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv kurslari tashkil etilgan taqdirda har yili Direksiyaga axborot texnologiyalari boʻyicha oʻtkazilgan oʻquv kurslari haqida maʼlumot berishi hamda ushbu kurslar doirasida oʻquv dasturini kelishishi;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarga taalluqli buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa boshlangʻich hujjatlarini avtomatlashtirish yoʻnalishlarida ishlab chiqiladigan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalarini (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida xorijiy tillarni oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshmasligini taʼminlashi shart.
(18-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Texnopark rezidenti maqomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin Direksiya 3 ish kuni mobaynida:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari koʻrsatilgan holda Rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaxs roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida tegishli yozuvni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsga Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga, yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga yuridik shaxs Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yuridik shaxs oʻzgartirish shaklida qayta tashkil etilganda Texnopark rezidenti maqomi davlat roʻyxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar saqlangan holda oʻzgartirilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Bunda davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga oʻzgartirish kiritish uchun yozma ravishda Direksiyaga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi oʻzgarganda ham qoʻllaniladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomi oʻzgarishi toʻgʻrisidagi xabarnomasi asosida Direksiya Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Davlat bojxona qoʻmitasiga, yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaxsning Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagilar Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishning asosi hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti amaldagi faoliyatining roʻyxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiq emasligi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya bilan tuzilgan Texnopark rezidentining faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentining bankrot deb eʼtirof etilishi;
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti rezident maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati, soliq va statistika hisobotlari, biznes-reja, shuningdek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi yoki ularda ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 18-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan ajratmalarning toʻlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tashkil etilganligi;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarga taalluqli buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa boshlangʻich hujjatlarini avtomatlashtirish yoʻnalishlarida ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinmagan holda qoʻllanilganda;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim xizmati doirasida xorijiy tillarni oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshganda;
(21-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi maqomi bekor qilinganda;
(21-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq boshqa asoslar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror Direksiya tomonidan qabul qilinadi. Qaror qabul qilingandan keyin yuridik shaxsga bu haqda xabar yuboriladi hamda Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish yuridik shaxsning Nizomda belgilangan majburiyatlari tugashiga olib kelmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Direksiya yuridik shaxsning Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilingani toʻgʻrisidagi yozuvni Rezidentlarning yagona reyestriga kiritgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga xabar beradi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Texnopark rezidentlari uchun soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmoni va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq quyidagi imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Texnopark rezidentlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni, shuningdek ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy taʼminot vositalari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushumlar doirasida xorijiy taʼsischilar (ishtirokchilar) va chet ellik mutaxassislariga dividendlar va ish haqi toʻlovlarini chet el valyutasida xalqaro toʻlov kartalariga oʻtkazish orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual ofis mavjud boʻlganda ularning xodimlari yuridik (pochta) manzilida jismoniy joylashmagan holda oʻz faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi tasdiqnomalarini olmasdan turib chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontraktisiz onlayn doʻkonlar orqali eksportni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qilingan tovar (xizmat)larning hajmi oʻn ikki oy davomida 10 million AQSH dollaridan oshganda 25 foizga, 20 million AQSH dollaridan oshganda 50 foizgacha Direksiyaga har oy oʻtkaziladigan ajratmalar miqdorini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Texnopark rezidentlari bilan mehnat shartnomalari boʻyicha xodimlar tomonidan olingan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7,5 foiz miqdordagi qatʼiy belgilangan stavka boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil 1-yanvarga qadar Texnopark rezidentlarining taʼsischilari (ishtirokchilari) — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari singari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining besh foiz stavkasi tatbiq etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha — yuridik shaxs Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan oydan keyingi oyning 1-kunidan;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari boʻyicha — bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar roʻyxatining kompleks ekspertizasi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasi olingan kundan boshlab qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Texnopark rezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 297-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan faoliyatlardan soliqlar va yigʻimlarni umumiy tartibda toʻlash sharti bilan daromad olish huquqiga ega, shu bilan birga roʻyxatga muvofiq faoliyat turini amalga oshirganda, ushbu moddaning uchinchi qismidagi 1, 9, 16 va 18-bandlari boʻyicha barcha soliqlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Texnopark rezidentlari ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda Texnopark rezidenti maqomidan mahrum etiladi va Direksiyaning xabarnomasiga binoan davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarning ularga qoʻllanilishini bekor qilish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlash boʻyicha majburiyatlarni tiklash choralarini koʻradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Yuridik shaxs Texnoparkning rezidenti maqomidan mahrum etilganda, quyidagi imtiyozlardan:
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va majburiy ajratmalar boʻyicha — Texnopark rezidenti maqomi bekor qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari boʻyicha — rezident maqomi bekor qilingan kundan boshlab foydalanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning Texnopark rezidenti maqomidan oʻz xohishi bilan voz kechishi sanasi yuridik shaxsning arizasi Direksiyaga kelib tushgan sana hisoblanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Texnopark rezidenti tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan tovarlardan erkin muomalaga chiqarilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanganligi holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari ushbu rezident — soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvini oʻtkazish chogʻida aniqlangan holatlar toʻgʻrisida tegishli hujjatlar tuzadi va ularni 3 ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ehtiyojlaridan tashqari foydalanilgan olib kirilgan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undirilishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301. Direksiya tomonidan Texnopark rezidentlariga virtual ofis quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning veb-portalidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilgan arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidentining ijro etuvchi organi rahbari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual ofis Texnopark rezidentining ariza berish vaqtida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark rezidenti virtual ofis shartnomasi tuzilganidan (bekor qilinganidan) keyin taʼsis hujjatlaridagi yuridik (pochta) manzilini belgilangan tartibda oʻzgartirish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual ofisning shartnoma shakli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual ofisni taqdim etish xizmatlarining narxi Direksiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Direksiya bilan virtual ofis shartnomasini tuzgan Texnopark rezidentlariga, quyidagi talablar qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik manzilida yuridik shaxslarning yoʻqligi uchun hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritayotgan xodimlarning turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulki, koʻchmas mulk ijarasi va (yoki) undan tekin foydalanish shartnomalari mavjud emasligi hamda roʻyxatdan oʻtgan yuridik (pochta) manzilida joylashmaganlik uchun yuqori darajadagi tavakkalchilik toifali soliq toʻlovchi mezoniga kiritish, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasining amal qilinishini toʻxtatib turish hamda shu holatlar boʻyicha soliq nazorati choralarini qoʻllash.
(301 va 302-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni koʻrib chiqish va tanlab olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Direksiya startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish jarayonini ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Axborot texnologiyalari, shuningdek, ilgʻor axborot texnologiyalarini moliya texnologiyalari, elektron tijorat, elektron taʼlim, qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, logistika sohalariga joriy etish, raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish va boshqalar Texnopark rezidentlari tomonidan startap-loyihalarni amalga oshirish doirasida ustuvor yoʻnalishlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Saralashda ishtirok etish uchun ariza beruvchi — startap-loyiha tashabbuskori Direksiyaga (shaxsan oʻzi kelib, pochta aloqasi orqali, elektron pochta orqali yoki Direksiyaning rasmiy veb-sayti orqali) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi taqdim qilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning zarur hujjatlar roʻyxatiga muvofiqligini, shuningdek, ularning ushbu Nizomning 45-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqish va oʻrganish maqsadida Texnoparkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun istiqbolli startap-loyihalarni koʻrib chiqish va baholash boʻyicha Maslahat kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Startap-loyihalar boʻyicha qabul qilingan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish 20 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish boʻyicha qaror Kengash tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Direksiya startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini oʻz startap-loyihasi taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kengash ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning 4-ilovada koʻrsatilgan zarur hujjatlarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning 45-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiqligi boʻyicha tanlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kengash oʻrganib chiqish natijalariga koʻra startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Kengashning raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Startap-loyihani qabul qilish rad etilganda Direksiya Kengash qaroriga asosan rad etilish asoslari keltirilgan yozma xabarni ariza beruvchiga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Startap-loyihani qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Direksiya bilan startap-loyiha tashabbuskori oʻrtasida Direksiya tomonidan belgilangan muddatlarda startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitim tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Akseleratsiya dasturidan oʻtgan startap-loyihalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va oʻrganish, keyinchalik moliyalashtirish hamda yuqori malakali mentorlarni tanlab olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida startap-loyihalarni koʻrib chiqish, baholash va mentorlarni tanlash boʻyicha Ekspert komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Direksiya akseleratsiya dasturlari yakuniga koʻra keyinchalik moliyalashtirish uchun mahsulotlar (xizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga koʻra moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va Ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ekspert komissiyasi namoyish oʻtkazilgandan keyin 7 ish kuni mobaynida loyihalarni ushbu Nizomning 45-bandida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq saralash uchun koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kelgusida ishtirok etish va moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan startap-loyihalar Ekspert komissiyasi qarori qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri yoki uning Ekspert komissiyasi faoliyati uchun masʼul oʻrinbosari imzosi bilan Jamgʻarmaga moliyaviy mablagʻlarni ajratish uchun xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Jamgʻarma, Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori oʻrtasida 5 ish kuni mobaynida startap-loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Startap-loyihalarni tanlab olish va baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kengash va Ekspert komissiyasi hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganadi va startap-loyihalarni quyidagi mezonlar asosida tanlab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 33-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarning mavjudligi va ularning sifatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihaning ushbu Nizomning 32-bandidagi yoʻnalishlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif qilinayotgan startap-loyihaning dolzarbligi — loyihada yoritilgan gʻoyaning zamonaviy muammo va masalalarni hal etishdagi ahamiyati baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihaning innovatsion yoʻnaltirilganligi va gʻoyasining yangiligi — loyiha yangi, takomillashtirilgan, ilgari respublikada qoʻllanilmagan texnologiyalar va (yoki) prinsiplarni qoʻllash, shuningdek, yangi, respublikada ilgari ishlab chiqarilmagan mahsulotni ishlab chiqarish hamda yangi xizmat joriy etilishini moʻljallagan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihaning natijalarga erishish imkoniyatlarini baholash — loyihada bayon qilingan natijalarga erishishga qaratilgan masalalarni hal etish uchun taklif etilayotgan usullar va yoʻllarning mavjudligi, asoslanganligi hamda yetarli ekanligi baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorda mahsulot yoki xizmatga boʻlgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot yoki xizmatning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va bozorga chiqish istiqboliga ega boʻlishi, muayyan isteʼmolchiga nisbatan qoʻllanilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning salohiyatli raqobat afzalliklarini baholash — isteʼmolchi uchun mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim xususiyatlari baholanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning investitsion jozibadorligi — qoʻshimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar jamlanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Startap-loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish tartiblari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Startap-loyihaning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi tartibi va maqsadga muvofiqligi Direksiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Direksiya bilan startap-loyiha tashabbuskori oʻrtasida tuzilgan startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitimga muvofiq qabul qilingan majburiyatlar va ushbu Nizomda belgilangan talablar bajarilmaganda Direksiya Ekspert komissiyasining qarori asosida startap-loyiha tashabbuskorini chiqarib tashlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Alohida startap-loyiha uchun mentorlar startap-loyiha taqdim etilgan soha boʻyicha ish tajribasiga va maslahat bera olish tajribasiga ega malakali mutaxassislardan tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mentorlar startap-loyiha tashabbuskori va mentorlar oʻrtasidagi shartnoma shartlariga asosan startap-loyihani amalga oshirishdan moliyaviy manfaatdor boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamgʻarma mablagʻlari, Direksiyaning oʻz mablagʻlari hisobiga, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Startap-loyihalarni moliyalashtirish Jamgʻarma tomonidan pul mablagʻlarini begʻaraz ajratish yoʻli bilan, shuningdek, ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq Direksiya tomonidan hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Startap-loyihani amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori tomonidan imzolangan shartnomaga asosan ishlash uchun xonalar va uskunalar ajratish, yuqori tezlikdagi Internet bilan taʼminlash va boshqalar, konsalting xizmatlari koʻrsatish yoki yuridik shaxs — startap-loyiha tashabbuskori hisob raqamiga maqsadli pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Startap-loyihani moliyalashtirish venchur moliyalashtirishni oʻz ichiga oladi, bunda Direksiya startap-loyiha muassislari tarkibiga kiradi. Direksiya hissasi, ulushlarni taqsimlash tartibi Jamgʻarma (Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirish amalga oshirilgan hollarda), Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap-loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori oʻzaro hamkorlikning keyingi bosqichlarini, oʻzaro hisob-kitob shartlarini hamda Direksiyaning startap-loyiha tashabbuskori tomonidan taʼsis etilgan yuridik shaxsning muassislari tarkibidan chiqishi tartibini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilaydilar.
(53-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ekspert komissiyasining ijobiy xulosasi startap-loyihani moliyalashtirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Mentorlarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Startap-loyihada ishtirok etish uchun mentorlarni tanlash Kengash taqdimnomalari boʻyicha Ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kengash Direksiyaning startap-loyihalarida ishtirok etishi uchun ekspertlarni, shu jumladan, chet ellik ekspertlarni dastlabki oʻrganishni amalga oshiradi va Ekspert komissiyasining koʻrib chiqishi uchun tavsiya etilgan mutaxassislar roʻyxatini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Komissiya tavsiya etilgan roʻyxatni koʻrib chiqib, mentorlarni quyidagi meʼzonlarga muvofiq tanlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyiha taqdim etilgan sohada amaliy ish tajribasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes yuritish tajribasi (ehtimol boshqa yoʻnalishlarda) mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihaning kelajakdagi mahsulotlarini sotish uchun potensial bozorlar konyunkturasini bilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mentorlarga startap-loyiha hususiyatidan kelib chiqib boshqa mezonlar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ekspert komissiyasining qarori Ekspert komissiyasi raisi tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Texnopark faoliyatini qayta tashkil etish va toʻxtatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining rezidentlarni roʻyxatga olish ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi (yuridik shaxs)

Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olish uchun tasdiqlangan shakl boʻyicha zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.

Zaruratga koʻra


2-bosqich

Direksiya

Ariza va hujjatlarni qabul qiladi hamda Ekspert kengashiga taqdim etadi.

3 ish kuni mobaynida


3-bosqich

Ekspert kengashi

1. Biznes-rejani ekspertizadan oʻtkazadi, ekspertiza natijalariga koʻra Direksiyaga tegishli xulosa beradi.

2. Zarur boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini biznes-loyiha taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.

10 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda


4-bosqich

Direksiya

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi va rezident sifatida roʻyxatga olish (yoki roʻyxatga olishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Roʻyxatga olish rad etilganda Direksiyaning qarorida rad etishning asosini koʻrsatadi va ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etadi.

Ariza tushgan kundan keyin 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda


5-bosqich

Ariza beruvchi

Roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda, Texnopark rezidenti sifatida roʻyxatga olishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablarni bartaraf etadi hamda arizaga boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda koʻrib chiqish uchun hujjatlarni qaytadan kiritadi.

Zaruratga koʻra


6-bosqich

Direksiya

1. Roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi va yuridik shaxsning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.

2. Davlat soliq qoʻmitasiga, Davlat bojxona qoʻmitasiga va yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga rasmiy bildirishnoma yuboradi.

Qaror qabul qilingan kundan keyin 3 ish kuni mobaynida

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday platformalar uchun dasturiy taʼminotni, shu jumladan kompyuter oʻyinlarini ishlab chiqish, loyihalash hamda ularni sotish (shu jumladan, dasturiy taʼminotdan foydalanishga ruxsat berish, dasturiy taʼminotning mutlaq huquqini berish (taqdim etish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturiy taʼminotni joriy etish yoki joriy etishda alohida bosqichlarni amalga oshirish, qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish, shu jumladan, ushbu dasturiy taʼminot bilan ishlash (malaka oshirish)ni oʻrgatish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dasturiy mahsulotni takomillashtirish hamda modifikatsiya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish jarayonida maʼlumotlar bazalarini yaratish, ushbu maʼlumotlar bazalari uchun yozuvlarni belgilangan formatda tayyorlash hamda ularga kirishni taʼminlash, qoʻllab-quvvatlash va xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturiy taʼminotdan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻz dasturiy taʼminotida reklama uchun joy taqdim etish yoki dasturiy taʼminotning xususiyatlaridan foydalangan holda boshqa qoʻshimcha daromad olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik shaxslarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilish (tizimli tahlil, biznes-tahlil) hamda biznes-jarayonlarni innovatsiya (reinjiniring) qilish maqsadida axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni joriy qilish uchun texnik talablarni ishlab chiqish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha maslahat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot tizimlari va dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni foydalanishga topshirish jarayonida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va texnik talablariga muvofiqligini audit qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotda uchinchi shaxs soʻroviga binoan maʼlumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash va saralash hamda ularga axborot taqdim etish boʻyicha avtomatlashtirilgan xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dasturiy taʼminotdan (dasturiy-apparat vositalaridan) foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga yordamchi ishlab chiqarish, maʼmuriy va biznes jarayonlarni boshqarish (amalga oshirish) boʻyicha xizmat koʻrsatish (biznes-jarayonlarni autsorsing qilish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan materiallar, texnologiyalar, mikro-, opto- va nanoelektronika, mikroelektrotexnika tizimlari hamda ular bilan mos keluvchi dasturiy taʼminotni sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maʼlumotlarni uzatish tizimlari, texnologiyalar, qurilmalar va radiolokatsiya tizimlari, radionavigatsiya, radioaloqa, radioboshqaruv, radiochastota identifikatsiya uskunalarini ishlab chiqish (tadqiqot oʻtkazish, loyihalash (qurish), test qilish hamda texnik sinovdan oʻtkazish) va bunday ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarish yoki ushbu xizmatlarni koʻrsatmasdan turib oʻzlashtirilgan holda sotish xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuqori texnologiyali qurilmalar va tizimlar, dasturiy-apparat vositalari va ular bilan mos keluvchi dasturiy taʼminotni (sanoat xarakteriga bogʻliq boʻlmagan holda) ishlab chiqish yoki ishlab chiqarishning alohida bosqichlari (tadqiqot oʻtkazish, loyihalash, prototiplash, sinovdan oʻtkazish) hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va (yoki) ishlab chiqarish natijalarini oʻzlashtirish boʻyicha xizmat koʻrsatish yoki xizmat koʻrsatmasdan sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborotni texnik va (yoki) kriptografik, shu jumladan, elektron raqamli imzodan foydalanish orqali himoya qilish faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bir-biri va tashqi muhit bilan oʻzaro muloqot qilish uchun oʻrnatilgan texnologiyalar bilan jihozlangan jismoniy obyektlarning hisoblash-kommunikatsiya tarmogʻi konsepsiyasini ishlab chiqish, joriy qilish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taʼlim berish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshmagan holda axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim doirasida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha xizmat koʻrsatish faoliyati.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali axborot xizmatlarini eksport qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Multimedia va dizayn sohasida (veb-dizayn, grafika dizayni, kompyuter oʻyinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D-grafika, vizuallashtiruvchi dizayn, interfeys dizayni, texnik dizayn, moushn-dizayn) xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dasturiy taʼminotdan foydalangan holda multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kibersport sohasida xizmat koʻrsatish.
(19 — 22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun koʻrsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan yuqori boʻlgan, kamida ikki yoki undan ortiq xorijiy davlatlarda faoliyat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar koʻrsatish.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali axborot xizmatlarini (biznes-jarayonlari autsorsingi) eksport qilish faoliyati doirasida, ushbu xizmatdan yillik umumiy daromadining 40 foizidan oshmagan holda, biznes-jarayonlar autsorsingi yoʻnalishi boʻyicha taʼlim faoliyatini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Internet jahon axborot tarmogʻi orqali bilim jarayonlari autsorsingi (Knowledge Proccess Outsourcing) xizmatlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Maʼlumotlarni saqlash va ishlov berish qurilmalari uchun infratuzilmani ijaraga berish (co-location) xizmatini koʻrsatish va maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati (R&D).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Aerokosmik texnologiyalar faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Raqamli startaplar” dasturi ishtirokchisi boʻlgan startap loyihalar.
(24 — 29-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Internet jahon axborot tarmogʻida, shu jumladan, ommabop xorijiy ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va videoxostinglarda veb-sayt koʻrinishidagi, tahririy-noshirlik ishlovidan oʻtgan yangiliklar, tahliliy va maʼrifiy xarakterdagi materiallarni joylashtiradigan ommaviy axborot vositasining faoliyati quyidagi mezonlarga rioya etilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 1 million nafar obunachi yoki noyob foydalanuvchilarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kunlik tashrif kamida 50 ming foydalanuvchini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat birligi kamida 25 nafar xodim boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oylik daromadi kamida 500 mln soʻmni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning mavjudligi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Faoliyat turlari boʻyicha tasniflash hamda ularga tushuntirishlar berish Direksiyaning ekspert kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasining startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar


Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Startap-loyiha tashabbuskori (jismoniy yoki yuridik shaxs)

Startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Direksiyaga ariza beradi.

Zaruratga
koʻra


2-bosqich

Direksiya huzuridagi startap-loyihalarni baholash boʻyicha maslahat kengashi

1. Startap-loyiha tashabbuskori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning zarur hujjatlar roʻyxatiga va belgilangan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqadi va oʻrganadi.

2. Zarurat boʻlganda yakuniy qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini oʻz startap-loyihasining taqdimotini oʻtkazish uchun taklif qiladi.

3. Startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish (yoki rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

20 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda


3-bosqich

Direks�ya

Startap-loyihani qabul qilish rad etilganda, rad etishning asosini koʻrsatgan holda yozma maʼlumot yuboradi.

Oldingi bosqich muddatlari doirasida


4-bosqich

Direksiya,
startap-loyiha tashabbuskori

Qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda startap-loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi boʻyicha bitim tuzadilar.

Direksiya tomonidan belgilangan muddatlarda


5-bosqich

Direksiya,
startap-loyiha tashabbuskori

Kelgusida moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun startap-loyiha mahsulotlari (xizmatlari) namoyishini oʻtkazadilar.

Akselaratsiya dasturidan oʻtish yakunlari boʻyicha


6-bosqich

Direksiya

Buyurtmanomani moliyalashtirish uchun buyurtmanomani startap-loyihalarni baholash va tanlash mezonlariga muvofiq Ekspert komissiyasiga yuboradi.

Startap-loyiha namoyishi yakunlariga koʻra


7-bosqich

Axborot texnologiyalari vazirligining Istiqbolli startap-loyihalarni baholash boʻyicha Ekspert komissiyasi

1. Loyihalarni koʻrib chiqadi va baholaydi.

2. Kelgusida ishtirok etish va moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan startap-loyihalarni AKTni rivojlantirish jamgʻarmasiga yuboradi.

7 ish kuni mobaynida

3 ish kuni mobaynida


8-bosqich

AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi, Direksiya, startap-loyiha tashabbuskori

AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi, Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori oʻrtasida startap-loyihani moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash shartlari toʻgʻrisida shartnoma tuzadilar.

5 ish kuni mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi” MCHJ Direktoriga


‎Istiqbolli startap-loyihalarni tanlashda hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishga
ARIZA

________________________________________________________________________________ (loyihaning nomi)
‎________________________________________________________________________________
‎(jismoniy shaxsning F.I.O. yoki yuridik shaxsning nomi)
‎________________________________________________________________________________
‎(jismoniy shaxsning yashash manzili yoki ariza beruvchining yuridik manzili)

istiqbolli startap-loyihalarni tanlashda va Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishini koʻrib chiqishingizni soʻrayman.
Ishtirokchi toʻgʻrisida maʼlumot:
‎‎________________________________________________________________________________

(telefon raqami, elektron pochta manzili)

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
‎1. Jismoniy shaxs boʻlgan taqdirda uning pasporti nusxasi.
‎2. Startap-loyiha boʻyicha batafsil maʼlumot.

_______________________________________
(ariza beruvchining imzosi)

Sana: 20___ y. “____” ______________
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2019-y., 09/19/589/3431-son; 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son; 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 21.11.2025-y., 09/25/734/1071-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son; 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)