28.06.2019 yildagi 541-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 2-oktabrdagi 785-son qarorida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki)ning 200 mln AQSh dollari miqdoridagi qarzini sanoat korxonalari tomonidan energiya samaradorligini oshirishni va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalar joriy etilishini jadallashtirish bo‘yicha subloyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
texnik ko‘maklashishning 2 mln yevrogacha miqdorda ajratiladigan mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 25-iyuldagi 211-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Jahon banki loyihasini muvofiqlashtirish guruhi faoliyatini moliyalashtirish yo‘li bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi texnik ko‘maklashish loyihasini (“A” komponenti — “Energiya samaradorligi sohasidagi salohiyatni oshirish va loyihani boshqarish)” loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga, loyihani amalga oshirishni umumiy muvofiqlashtirish va monitoring olib borish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarga yo‘naltiriladi;
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.