1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik sanoati deb yuritiladi) | ||||
|
1. |
Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) taʼsis yigʻilishini oʻtkazish, oʻrnatilgan tartibda Ustav |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018 yil qadar |
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
2. |
“Oʻzbekyengilsanoat” AJni tugatish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni oʻtkazish. |
Tashkiliy-huquqiy tadbirlar |
2018 yil qadar |
“Oʻzbekyengilsanoat”AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
3. |
Toʻqimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan: tarmoqda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar (muhandis-texnik mutaxassislar, texnologlar, kashta, gazlama va toʻqish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlovchilar, mexanik-sozlovchi va toʻqimachilik uskunalari elektronchilari va boshqalar) boʻyicha kadrlar tayyorlashning muhim va istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash; toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquv dasturlarini takomillashtirish; oʻquv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashgʻulotlarni, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida koʻpaytirish; oliy va oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; toʻqimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlarni, shu jumladan tayanch ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish orqali faollashtirish; yetakchi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni tuzish, ularning mutaxassislarini, shuningdek, yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi-amaliyotchilarini taʼlim berish uchun taklif qilish orqali takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy |
2018-yil qadar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
4. |
Respublika mutaxassislarini (xususan davlat taʼlim muassasalari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari) toʻqimachilik sanoati rivojlangan xorijiy mamlakatlarda oʻqishini tashkil etish, oʻquv jarayoniga xorijiy taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini, jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar koʻmagida jalb etish. |
Stajirovkalar rejasi |
2018-yil 15-yanvarga qadar tasdiqlash Reja asosida amalga oshirish |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
II. Toʻqimachilik sanoatida ishlab chiqarishni, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish | ||||
|
5. |
Ishlab chiqarish, narxlarni shakllantirish va paxta xom ashyosini sotish jarayonlariga, shu jumladan ishlab chiqarish rentabelligini oshirishni hisobga olgan holda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tanqidiy va har tomonlama oʻrganish, shuningdek, takliflar tayyorlash. |
Oʻrganish oʻtkazish, |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa |
|
6. |
Paxta eksporti hajmini tobora qisqartirish va ichki bozorda uni chuqur qayta ishlashning oʻsishini taʼminlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma, |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik |
|
7. |
Gazlamalar ishlab chiqarish, boʻyash, rasm solish, sanoat kashtachiligi va yuqori qiymatli tayyor toʻqimachilik mahsulotlari bilan bogʻliq boshqa faoliyat boʻyicha ishlarni (xizmatlarni) amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatini yanada ragʻbatlantirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy |
2018-yil qadar |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini quyidagilarni hisobiga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqish: respublika bozorida yuqori import ulushi boʻlgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini (keyingi oʻrinlarda toʻqimachilik mahsulotlari deb yuritiladi) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni ushbu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash tashkil etilayotgan toʻqimachilik korxonalarining, shu jumladan yangi tashkil etilayotgan va mavjud yuklanmagan ishlab chiqarish quvvatini real taʼminlash imkoniyatini hisobga olgan holda yangi quvvatlarni kiritish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalarni optimallashtirish orqali muvozanatini taʼminlash; toʻqimachilik sanoati korxonalariga xom ashyo resurslarini yetkazib berishning amaldagi tizimini oʻrganish hamda talab qilingan miqdor va sifatdagi xom ashyo resurslariga kafolatlangan holda taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish; ishlab chiqariladigan toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish boʻyicha barcha shart-sharoit va qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi omillarni yaratish; tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilishini cheklovchi import boʻyicha olib kirilayotgan butlovchi buyumlar turlarini batafsil oʻrganish, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni yaratishni ragʻbatlantirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish; Dasturga kiritilgan loyihalar bajarilishining har yillik inventarizatsiyasini oʻtkazish, amaldagi toʻqimachilik sanoati korxonalarini texnologik auditdan oʻtkazish va Dasturlar parametrlari va keyingi yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga tuzatishlar kiritish; xalqaro tajriba hamda qurilish va ishlab chiqarishni jihozlashning zamonaviy texnologiyalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga moʻljallangan obyektlarni loyihalashtirish sifati va samaradorligini oshirish, loyiha institutlari, shu jumladan “Oʻzengsanloyiha” bazaviy instituti ishlarini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Quyidagi maqsadlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan, shu jumladan bevosita toʻqimachilik komplekslari tashkilotlarini moliyalashtirish orqali foydalanishni kengaytirish: investitsiya jozibadorligi boʻlmagan toʻqimachilik sanoati obyektlariga investorlarni jalb qilish, shuningdek, ishlab chiqarish quvvati sust boʻlganlarning ish darajasini oshirish; respublika hududlarida yagona kompleksda mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarish, qayta ishlash va tayyor mahsulot tayyorlash imkonini beruvchi zamonaviy paxta-toʻqimachilik klasterlarini yaratish; yagona ishlab chiqaruvchi klasterlar doirasida mahalliy xom ashyoni ishlab chiqarishdan boshlab tayyor toʻqimachilik mahsulotini tayyorlashning barcha bosqichlarini birlashtirishni nazarda tutuvchi maxsus hududlarni (texnoparklar, sanoat hududlari) yaratish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Toʻqimachilik sanoati korxonalari tashkil etilgan hududlar va joylardagi energiya taʼminotining tashqi muhandislik infratuzilmasini ularni modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini qabul qilish bilan inventarizatsiyadan oʻtkazish. |
Inventarizatsiya tashkil etish, modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish |
2018-yil qadar |
“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar tarmoq korxonalari |
|
11. |
Fermer xoʻjaliklari yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari (keyingi oʻrinlarda fermer xoʻjaliklari deb yuritiladi) va toʻqimachilik sanoati korxonalari oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri fermer xoʻjaliklarida paxta-chigitni mahalliy toʻqimachilik sanoati korxonalarining buyurtmasi va dastlabki avanslari boʻyicha ishlab chiqarishni tajribadan oʻtkazish uchun hududlar va yer uchastka maydonlari roʻyxatini tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, DSQ, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻqimachilik sanoati korxonalari tomonidan olib kiriladigan, bojxona toʻlovlari va boshqa yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadigan texnologik uskunalarga ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar roʻyxatining tasdiqlanishini taʼminlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son qarori asosida). |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil |
DBQ, DSQ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ |
|
13. |
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan, bojxona bojlari va boshqa yigʻimlardan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinadigan paxta, sunʼiy va sintetik tolalar, jun, xom ashyo va boshqa materiallar roʻyxatining tasdiqlanishini taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
DBQ, DSQ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ |
|
14. |
Mahsulotlarni yagona “Uztextile” belgisi bilan eksport qilish tartibini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2018-yil qadar |
Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, DBQ |
|
15. |
Toʻqimachilik sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan aksessuarlar, furnituralar, boʻyoqlar va kimyoviy vositalarning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarkasini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil qadar |
Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, MTRK, |
|
16. |
Paxta-chigit, tabiiy va sunʼiy tolalarni qayta ishlash, toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, shu jumladan eksport qilish sohasida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish. |
Idoraviy hujjatlar |
2018-yil qadar |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazipligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” AJ, DSQ, DBQ, Axborot texnologiyalari |
|
17. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida keng turdagi, shuningdek, aholi uchun arzon boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkasini doimiy asosda, biroq yiliga kamida toʻrt marotaba tashkil etish. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishda, shu jumladan yarmarkalar oʻtkazish uchun joylarni begʻaraz ajratish orqali |
Yarmarkalar oʻtkazish rejasi Tashkiliy chora-tadbirlar |
Reja asosida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
|
III. Tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, toʻqimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy qilish | ||||
|
18. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi paxta, toʻqimachilik mahsulotlarining eksportini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish: paxta va mahsulotlar eksportining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, eksport qiluvchilarni diversifikatsiyalash, shuningdek, ichki bozor ehtiyojlarining hisobini yuritish; bojxona toʻlovlarini optimallashtirish va tayyor mahsulotlar yirik isteʼmolchilari hisoblangan xorijiy mamlakatlar bozoriga chiqish imkoniyatlarini soddalashtirish masalasida ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil qadar |
Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi |
|
19. |
Mahalliy paxta-tolasini sotish uchun, shu jumladan boshqa ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning paxta hajmlarini jalb qilishni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan elektron birja savdolari maydonlarini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
20. |
Quyidagilarga yoʻnaltirilgan ishlab chiqaruvchilarning transport xarajatlarini kamaytirish maqsadida samarali logistika tizimini rivojlantirish: yirik koʻp funksiyali transport-logistika xablarini qurish; toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazishning optimal yoʻnalish va yoʻlaklarini tanlash; tashish tariflarini optimallashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2018-yil qadar |
Tashqi savdo vazirligi, Avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi |
|
21. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik sanoati sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish: xalqaro akkreditatsiyaga ega boʻlgan mavjud laboratoriyalar sonini koʻpaytirish; toʻqimachilik sanoati milliy standartlarini xalqaro standartlarga tezkorlik bilan va toʻliq muvofiqlashtirishni taʼminlash; toʻqimachilik sanoati korxonalarida zamonaviy sifat menejmenti tizimini joriy qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2018-yil qadar |
“Oʻzstandart”agentligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
22. |
Quyidagilar hisobiga mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda reklama qilish va ilgari surish boʻyicha samarali ishlarni yoʻlga qoʻyish: toʻqimachilik mahsulotlari yirik bozorlarida Oʻzbekiston savdo uylari faoliyatini davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda ishlab chiqaruvchilar mablagʻlarini jalb qilish va tarmoq korxonalarining amaldagi xorijiy savdo uylaridan foydalanish orqali tashkil etish; toʻqimachilik mahsulotlarini, birinchi navbatda, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarda ilgari surish boʻyicha reklama va marketing faoliyatini faollashtirish; milliy toʻqimachilik mahsuloti yagona brendini rivojlantirish; oʻz brendlariga ega boʻlgan yetakchi kompaniyalarni Oʻzbekistonning toʻqimachilik tarmoqlariga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni faollashtirish; sohani ommaviy axborot vositalari va Internetda, yirik toʻqimachilik korxonalarining xorijiy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uyushmalari bilan uzviy hamkorlik qilish. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2018-yil qadar |
Tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat investitsiya qoʻmitasi, MTRK, “Oʻzekspomarkaz” AJ |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
1. |
Mirzayev Z.T. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Komissiya raisi |
|
2. |
Sadikov Sh.M. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori |
|
3. |
Abduraxmonov I.Yu. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri |
|
4. |
Xodjayev B.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
5. |
Xaitov A.A. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
|
6. |
Davletov R.K. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
7. |
Xaydarov A.Ya. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
Samadov S.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari |
|
9. |
Ravshanov A.E. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri |
|
10. |
Vaxobov A.D. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
11. |
Sharipov N.Sh. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi |
|
12. |
Maksudov A.I. |
— |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi |
|
13. |
Salixov M.M. |
— |
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ boshqaruvi raisi |
|
14. |
Axmadjanov Sh.X. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori |
|
15. |
Ikramov A.I. |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
16. |
Yusupov B.T. |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
|
17. |
Namozov Sh.E. |
— |
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori |