ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul ijrochilar |
Kutilayotgan natija | ||
|
I. 2019-yilda prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash chora tadbirlari | |||||||
|
1. |
Ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash. |
1. 2019-yil ishlab chiqarish prognoz koʻrsatkichlarini bajarish maqsadida xom ashyo sotib olish boʻyicha joriy yilning aprel-dekabr oylarida shartnomalar tuzish va ularni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish: tabiiy kauchuk — 4 310 tonna; sintetik kauchuk — 3 462 tonna; texnik uglerod — 4 913 tonna; vulkanizatsion agent — 275 tonna; plastifikator — 767 tonna; kimyoviy vositalar — 1 162 tonna; yordamchi vositalar — 5650 tonna; poʻlat sim — 910 tonna; toʻqima tasma — 970 tonna. 2. Energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash: elektr energiyasi — yiliga 53 827 ming kVt.soat; tabiiy gaz — yiliga 6 734.5 ming kub metr. |
2019-yil aprel
|
“Oʻzkimyosanoat” AJ Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi “Oʻztransgaz” AJ (Eshmurodov), “Oʻzbekenergo” AJ (Mustafayev) |
2019-yil ishlab chiqarish prognozining bajarilishi, shundan: 1607,5 ming dona avtomobil shinasi (loyiha quvvatining 54%); 112,0 ming dona qishloq xoʻjaligi shinasi (56%); 63,0 pogon metr konveyer lentasi (63%). 2019-yilda 489,6 mlrd. soʻmlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish. | ||
|
2. |
Ishlab chiqarishni malakali kadrlar bilan taʼminlash va mehnat samaradorligini oshirish. |
1. Xorijiy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda texnologik uskunalarni boshqarish va ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun oʻquv kurslarini oʻtkazish. |
2019-yil aprel — dekabr |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), |
Zavod shtatini zavod texnika va texnologiyalarini talab darajasida ishga tushira oladigan yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish. | ||
|
2. ASUTP uskunalarini ishlab chiqaruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda, “BRZ” MCHJning ishlab chiqarish maydonida ASUTP muhandislari uchun oʻquv kurslarini oʻtkazish. |
2019-yil iyulgacha | ||||||
|
3. |
ASTM (American Standart Test Method) sinov laboratoriya usullari uchun 45 ta xalqaro standartlarni joriy etish. |
1. ASTM sinov laboratoriya usullarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun yetkazib beruvchini tanlov asosida tanlash. 2. Ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish shartnomasini tuzish. 3. Tuzilgan shartnomani moliyalashtirish.
|
2019-yil aprel
may 2019-yil may 2019-yil |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
Ishlab chiqarish uchun olib kelinayotgan xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar sifatining pasportdagi maʼlumotlarga, konstruktorlik, normativ-texnik hujjatlarga mos kelishi yuzasidan qatʼiy kirish nazoratini taʼminlash. Mahsulot sifatini oshirish. | ||
|
4. |
“Jeneral motors” (Oʻzbekiston) AJ avtomobillarini birlamchi butlash uchun “BRZ” MCHJ avtomobil shinalari namunalarining “Jeneral motors” (AQSH) kompaniyasi tomonidan tasdiqlash. |
1. IATF 16946:2016 sertifikatini olish: - DQS System xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan audit oʻtkazish; - IATF 16946:2016 sertifikati boʻyicha tasdiq xatini olish; - IATF 16946 : 2016 sertifikatini olish.
- BIQS 3 darajasida belgilangan sifat tizimini tatbiq etish; 3. Mahsulotni tasdiqlash: -GMK (Djeneral motors Koreya) bilan validatsiya shartnomasini kelishish; - mahsulotni validatsiya sinovlaridan oʻtkazish; - GM 3660 tasdiqlash.
5. Ishlab chiqarish quvvatini tahlil etish;
|
aprel 2020-yil fevral 2020-yil avgust 2019-yil 30-aprelgacha
30-aprelgacha 2019-yil 2019-yil 15-noyabrgacha 2019-yil 30-noyabrgacha 2019-yil 6-dekabrgacha 2019-yil |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), |
Importni kamaytirib, mahalliylashtirishni koʻpay-tirish, 2020-yilda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 493,3 ming dona avtomobil shinalari bilan taʼminlash. | ||
|
P. Konveyer lentalari, qishloq xoʻjaligi va avtomobil shinalarining oʻz vaqtida sotilishini taʼminlash chora-tadbirlari | |||||||
|
5 |
Keng miqyosda reklama kompaniyasi tashkil etish yoʻli bilan korxona brendini ommalashtirish. |
1. Ommaviy axborot vositalarini, ijtimoiy va internet tarmoqlari hamda tashqi reklamalar usullarini jalb etgan holda, keng koʻlamli reklama aksiyalarini oʻtkazish. 2. Koll-markaz tashkil qilish. Shinalarning qizgʻin sotuv mavsumlarida reklama kompaniyalari faolligini oshirish. 3. Shina ishlab chiqarish jarayonini, zavod quvvatini toʻliq yoritishda “Bu qanday tayyorlangan” tarzidagi informatsion videoroliklar tayyorlash va roliklarni oyiga kamida ikki marta yoritib borish (imtiyozli tariflarda). 4. “BRZ” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan shinalarni import orqali olib kelinayotgan shinalardan ustunligini, sifatli shinalar qoʻyish muhimligini batafsil tushuntirish maqsadida jamoatchilik vakillari uchun (avtomobil ishqibozlari ijtimoiy guruhlari) ishlab chiqarish korxonasida ekskursiya, taqdimotlar tashkil etish. |
2019-yil aprel — iyun
aprel
may-iyun |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ “Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ “Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ Milliy teleradio kompaniya (Xodjayev) “Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ (Tillayev) |
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sifati, ishonchliligi haqidagi maʼlumotlarni oxirgi isteʼmolchigacha yetkazib berish. Sifatli avtoshinalar sotib olishning ahamiyati yuzasidan aholining xabardorligini taʼminlash. “BRZ”MCHJning mahsulotlarini sotib olishda manfaatdorlikni oshirish. | ||
|
6 |
Savdo tarmoqlarini kengaytirish. |
1. 7 ta rasmiy hududiy dilerlar orqali respublikaning barcha hududidagi 78 ta avtosalonlar bilan konsignatsiya shartnomalari tuzishni taʼminlash. 2. Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi mavjud 5 ta firma doʻkonlari sonini 11 taga yetkazish, har bir hududda 2 tadan firma doʻkonlarini ochish. 3. Mahsulotlarni sotib olish, savdo nuqtalarini tashkil etish, xom ashyo yetkazib berish, hududlar va mulkchilik shakli boʻyicha boshqa turdagi hamkorlik masalalari yuzasidan murojaatlar sonini aniqlagan holda koll-markazga kelib tushayotgan qoʻngʻiroqlar monitoringini yuritish. |
2019-yil aprel-may
|
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
Respublikaning barcha hududlarida mahsulot sotib olish qulayligi, xizmat koʻrsatish darajasini oshirish va rejalashtirilgan 1,5 mln. dona avtomobil shinasi va | ||
|
7 |
“BRZ” MCHJ mahsulotlarining davlat buyurtmachilari tomonidan oʻz vaqtida sotib olinishini taʼminlash. |
1. Mahsulotga boʻlgan talabni, ishlab chiqarish muddatlarini va sotish shartnomalarining asosiy shartlarini kelishib olish. 2. Davlat buyurtmachilarining arizasiga asosan ularga mahsulotni tezkor yetkazib berish uchun hududlarda mahalliy saqlash shartlarida mobil ombor zaxiralarini tashkil etish. 3. Davlat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, respublika hududlaridagi omborlardan isteʼmolchilar buyurtmalariga asosan belgilangan muddatlarda mahsulot yetkazib berishni tashkil etish. |
2019-yil aprel-may
|
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
100 ming dona avtomobil shinalari, 14 ming dona qishloq xoʻjaligi shinalari va 63 ming p.m. konveyer lentalarining kafolatli sotilishini taʼminlash. | ||
|
8 |
Samarali marketing usullarini qoʻllash. |
1. Axborot shaklini ishlab chiqish va kelishish, har chorakda respublikaga import orqali olib kelingan avtomobil va qishloq xoʻjaligi shinalari, konveyer lentalari berilgan shaklga asosan, importerlar, ularning hajmi, turi, qiymati va ishlab chiqaruvchi davlat kesimidagi maʼlumotlarni taqdim etib borishni taʼminlash. 2. Konveyer lentalari va shinalarning respublikaga importini tizimli monitoringini olib borish. 3. Hududlar boʻyicha ikkilamchi bozorda shinalarni turlariga, protektorlarning bezaklariga nisbatan isteʼmolchilar qiziqish talablarini oʻrganish. |
2019-yil 1-maygacha
|
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ Davlat bojxona qoʻmitasi |
Bozor hajmi va talabi toʻgʻrisidagi informatsion maʼlumotlar axborot bazasini yaratish va ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish uchun maqsadli auditoriyaning talablarini oʻrganish. | ||
|
9 |
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobat-bardoshligini oshirish va ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirish. |
1. Yetkazib beruvchilarini doimiy diversifikatsiyalash, muqobil xom ashyo yetkazib beruvchilar, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni izlab topish yoʻli bilan xom ashyo va materiallar narxini 10 foiz atrofida tushirish. 2. Amortizatsiya ajratmalarini eng kam stavkalarda hisoblash orqali xarajatlarni 50 foiz iqtisod qilishga erishish. 3. Ish kuchini oqilona joylashtirish yoʻli bilan xodimlar sonini kamaytirish va xarajatlarni 4. Energiya resurslaridan oqilona foydalanish. |
2019-yil davomida |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
Mahsulot tannarxini 13% kamaytirish yoʻli bilan uning raqobatbardoshligini taʼminlash, sifatsiz import mahsulotlarni hajmini kamaytirish, bojxona toʻlovlari tushumini koʻpaytirish. 2019-yilda umumiy xarajatlar prognozini 8,4 mln. dollarga kamaytirish (64,2 mln. dollardan 55,8 mln. dollargacha). | ||
|
III. Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik va investitsiyalarni jalb etish | |||||||
|
10 |
“Tatneft” IAJ (RF) bilan hamkorlikni faollashtirish. |
1. 20 ta xodimni “Tatneft” IAJ kompaniyasi ishlab chiqarish maydonlarida oʻqitish.
3. Bozor talabi va oʻrganishlar asosida avtomobil shinalarining yangi turlarini ishlab chiqish va oʻzlashtirish. 4. Birgalikdagi faoliyat masalasini oʻrganib chiqish, jumladan, ishonchli boshqaruvga berish, ishlab chiqarish quvvatlarini va yangi turdagi mahsulotlar nomenkulaturasini kengaytirish maqsadida oʻz ulushi bilan korxona tarkibiga kirish. |
2019-yil iyun oyidan boshlab 2019-yil
Sh chorak
IV chorak |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
“BRZ” MCHJ xodimlarini malakasini oshirish, yangi turdagi shinalarni oʻzlashtirish. Qish mavsumiga moʻljallangan shinalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishni inobatga olgan holda, Qozogʻiston, Rossiya, Qirgʻizston, Tojikiston bozorlariga chiqish. | ||
|
11 |
Texnologiya sohasida xorijiy kompaniyalarni hamkorlikka jalb qilish (Ukraina, Koreya, Yevropa). |
1. Texnik amaliy yordam koʻrsatish shartlarini aniqlab olgan holda muzokaralar oʻtkazish. 2. Texnik amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish. |
2019-yil 1-dekabrgacha 2019-yil IV chorak |
“Oʻzkimyosanoat” AJ (Temirov), “BRZ” MCHJ |
Mahsulot sifatini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va xorijiy bozorlarga chiqish. | ||