Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Tayyorgarlik ishlari

1.

Toshkent, Nukus va Xiva shaharlarida Prezident maktablarini (keyingi o‘rinlarda — Prezident maktablari) qurish va zamonaviy uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ularni o‘quv adabiyoti, metodik qo‘llanma va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha pudratchi tashkilotlarni aniqlash.

Prezident maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha komissiya qarori

2019-yil
1-aprelgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
manfaatdor vazirliklar
va idoralar

2.

Prezident maktablarini qurish va zamonaviy uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ularni o‘quv adabiyoti, metodik qo‘llanma va boshqa vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

loyihalarni amalga oshirish davomida

Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Umurzoqov)

3.

Prezident maktablari ustavlarini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda ularni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni ta’minlash.

Ustav

2019-yil
1-sentabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

II. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish

4.

Xalqaro standartlar talablarini hisobga olgan holda Prezident maktablarining o‘quv reja va dasturlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

15-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenboyev)

5.

Prezident maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga “STEAM–ta’limi” dasturini (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiya, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) joriy qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
mart — avgust

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

6.

Prezident maktablari bitiruvchilarga tomonidan xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) taqdim etish mexanizmlarini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil davomida

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenboyev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

7.

Prezident maktablarini jihozlash uchun kerakli o‘quv-metodik adabiyotlar va ilmiy nashrlar ro‘yxatini aniqlash va ularni xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyulgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar

agentligi (K. Allamjonov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

8.

Prezident maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish uchun xorijiy yuqori malakali mutaxassislarni tanlab olish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
15-iyungacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

III. O‘quvchilarni tanlab olish va qabul qilish

9.

Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralash boshlanishi va tartibi, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va boshqa afzalliklar haqida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil aprel-may

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

MTRK (A. Xodjayev), O‘zA (A. Ko‘chimov)

10.

Nomzodlar hujjatlarini, shu jumladan elektron shaklda qabul qilishni tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
iyun-iyul

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Adliya vazirligi
(R. Davletov),
LBMA (D. Li)

11.

Kirish imtihonlarini o‘tkazish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
10-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Prezident maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish.

Buyruq

2019-yil
20-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

IV. Moddiy-texnik bazani shakllantiri�

13.

Prezident maktablarini zamonaviy uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, ularni o‘quv adabiyoti, metodik qo‘llanma va boshqa vositalar bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
15-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

14.

Prezident maktablarini ishga tushirish va o‘quv jarayonini boshlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil

20-avgustgacha

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxodjayev)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi