Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2166-5]
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-yanvar,
4-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin.
“Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazishda va notarius qasamyodini qabul qilishda Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami ______, 2019-yil ___ yanvar) va unda tartibga solinmagan qismi boʻyicha mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.”.
2. 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻn” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oliy malaka komissiyasining qarori rais tomonidan imzolanadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda taqdim etishga haqli.”.
4. 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 19-bandda:
birinchi xatboshidagi “bir hafta” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellatsiyalar Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)