17.10.2018 yildagi 832-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturini bajarish doirasida Fargʻona vodiysi viloyatlarining iqtisodiy, investitsion va tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Avtomobilsozlik, energetika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari sanoati, agrar sohada innovatsion texnologiyalar qoʻllaniladigan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, innovatsion gʻoyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish, ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Fargʻona vodiysi viloyatlarining sanoati va iqtisodiyotining boshqa tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligining Fargʻona shahrida davlat unitar korxonasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyatining oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining talabalari, yosh olimlari va oʻqituvchilariga innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda joriy qilish uchun zamonaviy ilmiy va laboratoriya asbob-uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari bilan jihozlangan texnologik va ishlab chiqarish maydonchalarini taqdim etish yoʻli bilan ularning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida innovatsion gʻoyalar va loyihalar, mahsulotlar va texnologiyalarning istiqbolli turlarini ishlab chiqishda oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va laboratoriya tadqiqotlari olib borish, tajriba namunalarini, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish, shuningdek, innovatsion faoliyat natijalarining transferi va tijoratlashtirilishi, startap loyihalarni amalga oshirish, sanoat darajasida ularni toʻlaqonli joriy etishda amaliy yordam koʻrsatish yoʻli bilan yoshlar, olimlar va oʻqituvchilarni iqtisodiyot sohalari va korxonalarning ilmiy-texnik muammolarini hal etishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tuzilmasida tashkil etiladigan kovorking-markazda yoshlar, olimlar va tadbirkorlarga maslahat, moliyaviy, buxgalteriya xizmatlari va boshqa xizmatlar, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari koʻrsatish, axborot-kommunikatsiya vositalari va Internet tarmogʻiga kirish bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mahalliy darajada eʼtirof etilgan kompaniyalar, tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar ishtirokida innovatsiyalar sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar, tanlovlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda xodimlarning umumiy belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ilmiy va rahbar xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobiga Davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy muassasalarning ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshiga, boshqa xodimlarning lavozim maoshlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlariga tenglashtiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion gʻoyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilish jamgʻarmasining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan shartnoma asosida bajarilgan ishlar (tovarlar, xizmatlar)dan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirishga ajratiladigan mablagʻlar;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi uch oy muddatda Markaz Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazda yuridik shaxsni tashkil etmasdan Ishlab chiqarishga innovatsion gʻoyalar va loyihalarni joriy etish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin, quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan ajratiladigan 5 mlrd. soʻm miqdoridagi va Fargʻona viloyati mahalliy budjetining 5 mlrd. soʻm miqdoridagi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Kuzatuv kengashi qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlarda Innovatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalarining innovatsiya jamgʻarmalariga yillik tushumlarning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat korxonalarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz koʻmagida yaratilgan innovatsion mahsulotlar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan tushgan daromad;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalar va startaplarning amalga oshirilishini moliyalashtirish, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish, asbob-uskuna, xom ashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarni sotib olish, tajriba namunalari, sanoat mahsulotlarining prototiplarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni zamonaviy ilmiy va laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, Markazda laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish uchun laboratoriya jihozlari, reaktivlar va boshqa sarflash materiallarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz kutubxonasini shakllantirish va uni xalqaro va mahalliy ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirish, shuningdek, innovatsiyalar sohasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalari asosida Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining imtiyozli zayomlari, grantlari hamda texnik koʻmaklashish vositalarini jalb qilish masalalarini ishlab chiqsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fargʻona shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Markazni Fargʻona viloyati, Fargʻona koʻchasi, 84-uy (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) manzili boʻyicha joylashgan Qirguli qurilish-sanoat kasb-hunar kolleji binosining bir qismida (477,4 kv m) ijara toʻlovining “nol” stavkasida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Obyektni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va Markazni laboratoriya asbob-uskunalari, mebel, inventar, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan jihozlash doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Fargʻona viloyati hokimiyati huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov (tender) savdolari natijalari boʻyicha belgilangan tartibda aniqlanadigan tashkilotlar — bosh loyihalashtiruvchi va pudratchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari — Markaz obyektini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion gʻoyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga joriy qilish jamgʻarmasi mablagʻlari — Markaz faoliyatini boshlash uchun uni laboratoriya asbob-uskunalari, mebel, inventar, kompyuter va tashkiliy texnika bilan jihozlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyekt boʻyicha qurilish-montaj ishlari bajarilishi sifati ustidan belgilangan tartibda arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi bosh loyiha tashkiloti bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda va muddatlarda ishlab chiqilishini, koʻrib chiqilishini va ularning vakolatli ekspertiza organlarida kelishilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning buyurtmalari boʻyicha uning belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini hamda uni zarur telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va Markaz faoliyati aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
832-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-oktabrdagi 832-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” davlat unitar korxonasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi

Markaz xodimlarining umumiy soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 16 kishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2018-y., 09/18/832/2070-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)