O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-oktabr,
811-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
1-bob. Umumiy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Soliq qo‘mitasi) Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Maxsus jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
2-bob. Maxsus jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
2. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
soliqlarni to‘lash muddatini buzganlik uchun penyalar, shu jumladan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qo‘shimcha undirilgan summalar bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining budjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan tashqari) penyalar hamda soliq qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llanilgan moliyaviy jazo choralari summalarining 20 foizi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida qo‘shimcha undirilgan summalar bo‘yicha hisoblangan penya va jarima summasining 40 foizi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tushadigan tushum summasining 3 foizi;
elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘larning ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin operator xizmat haqi chegirilgan holda 5 foizi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tegishli ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan jarimalar summasining 20 foizi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qo‘mitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Maxsus jamg‘armaning vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozitga qo‘yishdan olingan foiz tarzidagi daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Maxsus jamg‘armaga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan maxsus shaxsiy hisobvarag‘ida jamlanadi.
Bunda Maxsus jamg‘armaga mablag‘larni o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qo‘mitasining tarkibidagi davlat muassasalari uchun tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
3-bob. Maxsus jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maxsus jamg‘arma tushumlarining prognoz ko‘rsatkichlari yil boshida kutilayotgan Maxsus jamg‘armadagi qoldiq mablag‘lar hamda oxirgi ikki yildagi tushumlar dinamikasidan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maxsus jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu jamg‘armadan moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha ehtiyojdan kelib chiqib, budjet tasnifiga asosan Soliq qo‘mitasi tomonidan hisob-kitob qilinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maxsus jamg‘arma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanib, moliya organlariga moliya yilining 15-yanvariga qadar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Maxsus jamg‘arma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qo‘mitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va ta’lim muassasalarining Maxsus jamg‘arma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi ularning har biri bo‘yicha alohida tuziladi.
Bunda Maxsus jamg‘arma hisobidan Soliq qo‘mitasi tarkibidagi davlat unitar korxona va ta’lim muassasalari uchun mablag‘lar ularning ehtiyojidan kelib chiqqan holda Soliq qo‘mitasi tomonidan ajratiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Maxsus jamg‘arma bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qo‘shimcha mablag‘ talab etilganda, unga o‘zgartirishlar tushumlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqqan holda Soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
4-bob. Maxsus jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
10. Tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasidan ortiqcha haqiqiy tushumlarni xarajat qilish smetalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Soliq qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi boshliqlari, Soliq qo‘mitasining tarkibidagi davlat unitar korxona va ta’lim muassasalarining rahbarlari, ular bo‘lmagan taqdirda esa — ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli ravishda Maxsus jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etuvchilar hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
12. Maxsus jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
a) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
soliq tekshiruvlari natijasi bo‘yicha undirilgan soliqlar, yig‘imlar va (yoki) moliyaviy jarimalar summalarining 10 foiziga qadar miqdorida mukofotlash;
(12-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 148-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son)
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish bo‘yicha kasbiy qobiliyatlari har yili test sinovidan o‘tkazilishi asosida berilgan toifalarga qarab lavozim maoshlariga 10 foizdan 30 foizgacha miqdorda maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalarni to‘lash;
Davlat budjetiga to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari natijalari bo‘yicha har chorakda lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ish uchastkasining murakkabligi va muhimligini hisobga olib, shuningdek, mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida shaxsiy hissasini qo‘shgan, mehnatda yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan rahbar va xodimlarga lavozim maoshining besh baravari miqdorigacha shaxsiy ustamalar berish;
(12-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
alohida muhim topshiriqlarni bajarganliklari uchun yakka tartibda lavozim maoshining besh barobari miqdorigacha mukofotlash;
bayram sanalarida — Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Xotin-qizlar kuni, Navro‘z, Yangi yil, diniy bayramlarda (“Ro‘za hayit” (Iyd-al-Fitr) va “Qurbon hayit” (Iyd-al-Adha)) hamda kasb bayramlarida xodimlarni oylik lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlarida kamida 5 yil ishlab pensiyaga chiqishi munosabati bilan pensiyaga chiqayotganda xodimga lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha qimmatbaho sovg‘alar berish yoki shu miqdorda pul mukofoti to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat mukofotlari va respublika ahamiyatidagi faxriy yorliq bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining ikki barobari miqdorigacha hamda Soliq qo‘mitasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangani uchun lavozim maoshining bir barobari miqdorigacha rag‘batlantirish;
(12-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
davlat soliq xizmati organining idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlarni lavozim maoshining to‘rt barobari miqdorigacha rag‘batlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organining yuridik xizmat xodimlarini har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat soliq xizmati organi foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘ning 5 foizi, biroq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlash;
(12-band “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlanmagan davlat soliq xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga muvofiq uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun o‘rnatilgan tartibda har oylik kompensatsiya to‘lash;
(12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
transport xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravar miqdorida oylik to‘lovlarini to‘lash;
(12-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va ularning mehnati samaradorligini oshirish maqsadida har oyda ovqatlanish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlarini to‘lash;
(12-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
xodim vafot etganda xodimning oylik lavozim maoshining o‘n barobaridan oshmagan miqdorda bir yo‘la moddiy yordam berish. Bunda moddiy yordam turmush o‘rtog‘iga to‘lab beriladi, agar xodimning turmush o‘rtog‘i bo‘lmasa, moddiy yordam farzandlariga yoki qonuniy vakillariga (vasiylari va homiylariga) yoxud ularning voyaga yetmagan farzandlarini asrab olgan shaxslarga to‘lanadi, shuningdek, xodim turmush qurmagan bo‘lsa, moddiy yordam uning ota-onasi yoki boqimandalari o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi;
alohida zaruratga ko‘ra (yubiley sanalarida, xodimlar 50, 55 va 60 yoshga to‘lganda, baxtsiz hodisa, og‘ir kasalligi sababli davolanish, sog‘lig‘ini tiklash, oilaning kam ta’minlanganligi va moliyaviy holatining og‘irligi) lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun xodimlarga bir yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh barvari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
yaqin qarindoshi (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda — vafoti to‘g‘risida guvohnoma nusxasi taqdim etilganda lavozim maoshining uch barobari miqdorigacha moddiy yordam berish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlarida ishlab pensiyaga chiqqan xodimlarga bayramlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdorigacha va sog‘lig‘ini tiklash uchun bir yilda bir marotaba mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorigacha moddiy yordam berish;
(12-band “b” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatini muhofaza qilish, mehnat ta’tillariga, foydalanilmagan mehnat ta’tili va ogohlantirish davri uchun pullik kompensatsiya, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish hamda ishdan bo‘shatish bo‘yicha nafaqalarga haq to‘lash;
(12-band “b” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xodimlarning xorijiy mamlakatlarda va ta’lim muassasalarida tajriba o‘rganishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band “b” kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
v) davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun:
davlat soliq xizmati organlarining bino va inshootlarini mukammal va joriy ta’mirlash, qo‘shimcha obyektlarni (ma’muriy binolar va boshqa obyektlar) qurish, rekonstruksiya qilish, sotib olish hamda obyektlarni saqlash xarajatlari;
davlat soliq xizmati organlari ish faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq ma’muriy va xo‘jalik sarf-xarajatlarini, jumladan kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplash;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish, innovatsion va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, kompyuter va tashkiliy texnikani sotib olish, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot vositalari xarid qilish va xizmat ko‘rsatish;
O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari to‘plamlarini, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va poligrafiya mahsulotlarini sotib olish;
davlat soliq xizmati organlarining faoliyati uchun inventarlar va xo‘jalik jihozlari, avtotransport vositalari, ehtiyot qismlar va boshqalarni sotib olish, shuningdek, ularni joriy va mukammal ta’mirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari xodimlari uchun kiyim-bosh (jumladan sport kiyimlari va formalari) sotib olish;
(12-band “v” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
konferensiya, simpozium, seminar, trening, yig‘ilish, uchrashuv, bayram, madaniy va sport tadbirlarini tashkil qilish hamda o‘tkazish;
g) davlat soliq xizmati organlarining idoraviy xarajatlari uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va chet el xizmat safarlari xarajatlari, Soliq qo‘mitasi rahbarlarining xorijiy davlatlarga amalga oshiradigan xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlari hamda bazaviy hisoblash miqdorining ellik barobarigacha miqdorida esdalik sovg‘alari xarid qilish;
(12-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy sohalarga oid ma’ruza qiluvchi mutaxassislar, davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga jalb etilgan boshqa davlat organlari va tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash;
xorijiy delegatsiyalarni kutib olish bilan bog‘liq bo‘lgan (mehmonlarni kutib olish, transport, tarjimonlarni yollash va boshqa) xarajatlar;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan, davlat daromadiga o‘tkaziladigan tovar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash, baholash, ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, sud xarajatlari bilan bog‘liq xarajatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazish doirasida nazorat xaridlarini amalga oshirish xarajatlari.
(12-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) soliq to‘lashdan qochish holatlarini oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlariga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar uchun fuqarolarning manfaatdorligini ta’minlash, jumladan, tovarlarni yashirin ishlab chiqarish, kontrabanda va kontrafakt tovarlarni tashish va sotish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar (obyektlar), tushumlarni kamaytirib ko‘rsatish yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari to‘g‘risida fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasi bo‘yicha budjetga tushgan soliqlar va yig‘imlar yoki undirilgan moliyaviy jarimalarning 5 foiziga qadar, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3,52 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda Maxsus jamg‘arma hisobidan mukofot puli to‘lashga;
(12-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) Soliq qo‘mitasining Hay’ati qaroriga asosan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa xarajatlar uchun.
(12-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Nizomning 12-bandi “a” kichik bandining ikkinchi, beshinchi va oltinchi hamda “b” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi to‘lovlarning aniq miqdori va mezonlari Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan yoki jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Bunda, maxsus unvon va ko‘p yil xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha oshirilgan tarif koeffitsiyentlari bilan bir qatorda budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasidan ustamalar, shaxsiy ustamalarni belgilashda esa ularning yig‘indisi miqdorlari qo‘shib hisob-kitob qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 359-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyalari tomonidan Maxsus jamg‘armaga tushirilgan umumiy tushumning, shuningdek, Soliq qo‘mitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari faoliyatining sof foydasidan muassisning qaroriga asosan ajratiladigan qismlar va Maxsus jamg‘armaning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini tijorat banklariga depozitga qo‘yishdan olingan foiz tarzidagi daromadlarning 25 foizi miqdorigacha har chorakda Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Ushbu mablag‘lar Maxsus jamg‘armaning tasarruf etuvchilari tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus jamg‘arma mablag‘laridan davlat soliq xizmati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan sektorlarga yuklatilgan hududlarni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida sarflanishi mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Soliqlar va yig‘imlarni hamda penyani hisoblash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ilgari qabul qilingan davlat soliq xizmati organlarining qarori, shuningdek, moliyaviy jarimalar qo‘llash to‘g‘risidagi sud qarori bekor qilingan taqdirda Maxsus jamg‘armaga undirib olingan mablag‘lar. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining tegishli xulosalariga asosan to‘lovchiga qaytariladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
16. Maxsus jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi moliya yiliga o‘tkaziladi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlariga olib qo‘yilmaydi.
5-bob. Maxsus jamg‘armaning hisoboti va nazorati
17. Maxsus jamg‘arma mablag‘lari tushumi va xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlar belgilangan tartibda va muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Maxsus jamg‘arma mablag‘larining shakllantirilishi va maqsadli foydalanilishi bo‘yicha Soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, Soliq qo‘mitasi tarkibidagi davlat unitar korxonalari va ta’lim muassasasining rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Maxsus jamg‘arma mablag‘larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Soliq qo‘mitasining Ichki audit boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 626-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son)
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/811/2019-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.06.2020-y., 09/20/359/0726-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 08.10.2024-y., 09/24/626/0792-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)