Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 19.09.2018 yildagi 745-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalardan bexatar foydalanishga doir shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilgʻi turlari, shu jumladan siqilgan tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarining soni 670 taga yetdi va avtotransport vositalarining 50 foizdan ortigʻi muqobil yoqilgʻi sifatida siqilgan tabiiy gazdan foydalanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada xavfsizlik masalalarini tartibga solish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli oʻtkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni taʼminlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-oktabrdagi 815-son qarori va “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini toʻldirishda, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligi va ishonchliligini davriy sinovdan oʻtkazishda, shuningdek, jismonan va maʼnan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklar insonlar hayoti va salomatligiga zarar yetkazadigan, shu jumladan koʻpincha oʻlim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalarga sabab boʻlmoqda. Xususan, 2018-yil 18-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatining Kogon tumanida “Gʻuzor-Buxoro-Nukus” A-380 avtomobil yoʻlining 201-kilometrida “Isuzu” yoʻlovchi avtobusida oʻrnatilgan gaz balloni portlagan. Buning oqibatida 5 kishi halok boʻlgan, 21 kishi jarohatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozonxona uskunalaridan foydalanish ishonchliligini oʻrganish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularni tabiiy gaz bilan taʼminlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, energiya taʼminoti va energiya samaradorligi masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siqilgan tabiiy gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan yanada xavfsiz foydalanishni taʼminlash, ulardan foydalanishda baxtsiz hodisalarga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan qozonxonalardan foydalanish ishonchliligi va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari va gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarini, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularning ishonchliligi va xavfsizligini oshirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq Respublika komissiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.J. Ramatov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar va texnik reglamentlar talablariga javob beradigan hamda sertifikatlangan siqilgan tabiiy gaz ballonlaridan foydalanilishi yuzasidan ularni yalpi xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar har bir yuridik shaxs va jismoniy shaxslar avtomobil transportining texnik holatini bosqichma-bosqich koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir avtomobil transportining texnik koʻrik talablari, ularda foydalanilayotgan gaz ballonlarining ishonchliligi va xavfsizligi talablariga mos kelishi yuzasidan dalolatnoma tuzilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilayotgan texnologik uskunalar (kompressorlar) va boshqa vositalarning loyiha hujjatlari talablariga, ayniqsa, yongʻin va portlash xavfsizligini taʼminlash talablariga, shuningdek, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan ularni yalpi xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari ulardan foydalanishda sanoat xavfsizligi kurslarida oʻqigan malakali mutaxassislar va ishchi-xodimlar bilan taʼminlanganini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillarni gaz bilan toʻldiradigan har bir kompressor stansiyasining sanoat xavfsizligi, loyiha parametrlari, litsenziya talablari va shartlariga rioya etish talablariga mos kelishi yuzasidan dalolatnoma tuzilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) markazlashtirilgan qozonxonalar boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy qozonxonalar va ularni tabiiy gaz bilan taʼminlash tizimlari, shu jumladan gaz taqsimlash punktlarining yongʻin xavfsizligi texnik talablariga mos kelishi yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilish borasida foydalanilayotgan uskunalarning ishonchliligi va samaradorligini, talab etilgan malakaga ega xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning mavjudligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marakazlashtirilgan har bir qozonxonaning sanoat va yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelishi, shuningdek, ayniqsa kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashga tayyorligi boʻyicha dalolatnoma tuzilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari, shuningdek, markazlashtirilgan qozonxonlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha 2, 2a va 2b-ilovalarga* muvofiq hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 2b-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi ishchi organining funksiyalari, oʻtkazilgan xatlov natijalari boʻyicha dalolatnomalarni rasmiylashtirgan holda hududiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, gaz ballonlari bilan jihozlangan va yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtobuslar, mikroavtobuslar va yengil avtotransport vositalari (taksilar) 2018-yil 1-dekabrgacha, jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari hamda tashkilotlarning gaz ballonlari bilan jihozlangan hamda ishlab chiqarish jarayonida va yuklarni tashishda foydalaniladigan maxsus texnikasi — texnik koʻrikni oʻtkazishning belgilangan muddatlarida xatlovdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari va ularda oʻrnatilgan gaz ballonlari texnik koʻrikdan Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va yoʻl harakati xavfsizligi viloyat boshqarmalari tomonidan belgilangan joylarda, shu jumladan “Oʻzstandart” agentligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan respublika hududlaridagi kapot ichidagi uskunalarni oʻrnatish hamda ularga xizmat koʻrsatish servis markazlarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini xatlovdan va texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra, hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilib, Ichki ishlar vazirligining yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tegishli boshqarmasiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari xatlovdan oʻtkaziladi va hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi xatlov natijalari asosida litsenziat litsenziya talablari va shartlariga, shu jumladan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmaganda avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarining litsenziyalarini belgilangan tartibda toʻxtatish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2018-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari va respublika aholisi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqaradigan markazlashtirilgan qozonxonalar xatlovdan oʻtkaziladi hamda hududiy komissiyalar tomonidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir shoshilinch choralar koʻrish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika komissiyasi (A.J. Ramatov) oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra 2018-yil 15-dekabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalaridan va gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalaridan bexatar foydalanilishini, shuningdek, xatlov davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan qozonxonalardan samarali va bexatar foydalanilishini, shu jumladan ulardan foydalanishda sodir boʻlgan avariya holatlarining zudlik bilan bartaraf etilishini, shuningdek, xatlov davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzneftgazinspeksiya” masʼuliyatni bevosita litsenziatga yuklagan holda, avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan gaz ballonlari siqilgan tabiiy gaz bilan toʻldirilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash chora-tadbirlari koʻrilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyundagi 520-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi 2018-yil 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda siqilgan gaz ballonlarini ishlab chiqaruvchilarning texnologik jarayonlarini, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqsin va natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Respublika komissiyasiga hamda hududiy komissiyalarga avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini xatlovdan oʻtkazish davomida ularga yuklangan vazifalarning sifatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” davlat inspeksiyasi boshligʻi N.T. Agzamov, “Sanoatgeotexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B.V. Gulyamov, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
745-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/745/1918-son; 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)