Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021 22.12.2017 yildagi 1010-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish samaradorligini oshirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarorida 2018-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini (keyingi oʻrinlarda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari deb ataladi), yuk, yoʻlovchi va maxsus transport vositalari bundan mustasno, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha funksiyalarini yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlariga ular koʻrsatadigan xizmatlar uchun qatʼiy narxlar hamda ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlikka oid talablarni belgilagan holda bosqichma-bosqich oʻtkazish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holati tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan ham tekshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalari tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda transport vositasining toifasini hisobga olib hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun alohida tabaqalashtirilgan toʻlov stavkalari miqdorlarini joriy etishni nazarda tutgan holda, transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlov stavkalari miqdorlarini qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish amaliyoti va samaradorligining doimiy monitoringini va har tomonlama tahlil qilib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va tahlil natijalari boʻyicha, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha funksiyalari tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga oʻtkazilishini hisobga olgan holda, 2018-yil 1-oktabrga qadar muddatda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning maqsadi va mazmuni, shu jumladan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarning jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirish boʻyicha xizmatlari uchun toʻlovlarning cheklangan miqdorlarini bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1010-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimadagi “Qonunining 13-moddasini” soʻzlari “Qonunini” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Qonunining 13-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va” soʻzlari “Qonuniga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalarining texnik holati va uskunalarining muvofiqligini baholash uchun DYHXX organlari tomonidan tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar va idoralarning, boshqa tashkilotlarning, shuningdek, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda TXS deb ataladi) shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, normalariga muvofiqligi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda Subyektlar deb ataladi) tomonidan ham baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jismoniy shaxslar — M1 toifadagi transport vositalari egalari oʻz transport vositasining texnik holati va uskunalari muvofiqligini baholash uchun oʻz tanloviga koʻra, DYHXX organlari, TXS yoki Subyektlarga murojaat qilishlari mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ular ishlab chiqarilgan yildan qatʼi nazar, DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan) kundan boshlab bir yil oʻtgach (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Transport vositalari DYHXX organlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan transport vositalari takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrik oʻtkazilganligi uchun yigʻim summasi tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) II boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“II. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXS;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar (yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrnidan tashqari oʻtirish uchun sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga ega M1 toifadagi transport vositalari) tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda TXS va Subyektlar koʻrsatiladigan xizmatlar uchun qatʼiy belgilangan narxlarni belgilashlari va DYHXX organlari bilan hamkorlik qilishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun DYHXXning diagnostika stansiyalari, TXS va Subyektlar Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, transport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik bazasiga ega boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun Subyektlarning ishlab chiqarish-texnik bazasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarga muvofiq boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan oʻtkazish va ularning ballonlarini tekshirish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan siqilgan i tabiiy gazda (keyingi oʻrinlarda STG deb ataladi), suyultirilgan neft gazida (keyingi oʻrinlarda SNG deb ataladi) yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zarur texnik diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqiga tushadigan maksimal ogʻirlik 3500 kg gacha boʻlgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiroqlar yorugʻligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazanalizatori — uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutun oʻlchash pribori — siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin oʻlchash priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oynalarning yorugʻlik oʻtkazishini tekshirish priboriga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompressorga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qinchali manometrga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur kompyuter texnikasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti asosida universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda boʻlishi, qonun hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXXning diagnostika stansiyalari va TXSning ishlab chiqarish-texnik bazasi tekshirilayotgan transport vositasining toifasiga koʻra (M1, M2, M3, №1, №2, №3) mazkur band talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning maydoni, texnik diagnostika vositalarining soni va xususiyatlari, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Transport vositalarini tekshirishga tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qoʻllagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarni oʻrgangan shaxslar qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subyektlar jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirishni oʻtkazish boʻyicha faoliyatlarini boshlashdan oldin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarini (keyingi oʻrinlarda YHXB deb ataladi) yaratilgan sharoitlar mazkur Nizom talablariga muvofiqligi va koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishga tayyor ekanligi haqida yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektning xatiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt ustavining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik baza Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan berilgan akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi haqidagi xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining avtotransport vositalariga oʻrnatiladigan ballonlarni texnik tekshirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Hududiy YHXB Subyektning mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq taqdim etilgan xati qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida uni oʻrganadi, Subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligini tekshiradi va ular mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, Subyektni jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar hisobini yuritish reyestriga kiritadi hamda bu haqida ikki ish kuni ichida Subyektni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Subyekt xabardor qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan reyestrga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr aholini jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur sharoitlarga ega Subyektlar haqida xabardor qilish uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Subyekt tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda hududiy YHXB 2 ish kuni ichida Subyektga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni koʻrsatgan holda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyekt mazkur Nizomning 13-bandiga muvofiq hududiy YHXBga takroran xabarnoma yuborish yoki DYHXX mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Subyekt oʻzi yoki uning filiali roʻyxatga olingan hududiy YHXB xizmat koʻrsatadigan hududda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy YHXB xizmat koʻrsatadigan hududda ikki yoki undan ortiq Subyektlar mavjud boʻlgan hollarda, Subyekt transport vositalari egalarining xohishiga koʻra tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi roʻyxatdan oʻtgan transport vositalarining soni Subyektlar tomonidan tekshiriladigan transport vositalarining sonidan koʻp boʻlsa va buning natijasida transport vositasining texnik holati oʻz vaqtida tekshirilishini taʼminlash imkoni boʻlmaydigan hududlarda boshqa transport vositalarining texnik holatini tekshirish joylari DYHXX organi tomonidan mazkur Nizomning 28, 29 va 33-bandlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun texnik koʻrikdan oldin uning egasi — jismoniy shaxs yoki u tomonidan vakil qilingan shaxs (keyingi oʻrinlarda arizachi ataladi) reyestrga kiritilgan Subyekt xodimiga (operatoriga) murojaat qiladi, transport vositasini va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan transport vositaning turi uchun nazarda tutilgan, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz yoqilgʻisida ishlashga qayta jihozlangan transport vositasiga oʻrnatilgan gaz ballonining sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlgan taqdirda va u identifikatsiya qilingandan keyin mazkur transport vositasining texnik holatini tekshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Subyektning transport vositasi texnik holatini tekshirish xizmatlari uchun mazkur xizmatni koʻrsatadigan Subyekt tomonidan tasdiqlangan, biroq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari bilan kelishgan holda belgilanadigan cheklangan miqdorlardan oshmaydigan tariflar boʻyicha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Transport vositasining texnik holati Subyekt xodimi (operatori) tomonidan mazkur Nizomning VI boʻlimida nazarda tutilgan tartibda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositalariga oʻrnatilgan STG va SNG tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari (opressovka) ulangan joylarning ishonchliligi Subyekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq sinovdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Tekshiruvdan oʻtgan va texnik soz deb topilgan har bir transport vositasiga Subyekt va TXS tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda uning texnik holati haqida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etgan avtotransport egasi tomonidan qonun hujjatlari buzilgan (koʻrsatilgan hujjatlarni, agregatlarning identifikatsiya raqamlarini soxtalashtirish va boshq.) holatlar aniqlangan taqdirda, Subyekt vakili bu haqida darhol DYHXX organlariga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1310. Transport vositasining texnik holatini tekshirishda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻygan Subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1311. Subyekt qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan hollarda Subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng yetti ish kuni ichida hududiy YHXBni koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subyekt yoki TXS tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositasining texnik holati haqida berilgan maʼlumotnoma berilgan kundan boshlab oʻn kun ichida haqiqiy hisoblanadi va DYHXX organlarida transport vositalari texnik holatini tekshirmasdan, ularning texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish” soʻzlari “yoʻl harakati xavfsizligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik koʻrikni bir tekis oʻtkazish maqsadida DYHXX organlari jadvallar tuzishi va 1-yanvardan 31-avgustgacha boʻlgan davrda transport vositalari egalari tomonidan transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishning aniq sanalari (oylari)ni belgilashi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Transport vositalari egalari transport vositalarini navbatdagi texnik koʻrikka DYHXX organlari tomonidan belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“28. Texnik koʻrik transport vositalari roʻyxatdan oʻtkazadigan (vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadigan) joydagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TXSda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX diagnostika stansiyalarida (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holati mazkur Nizomning 134-bandi talablariga rioya etilgan holda baholanishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX organlari tomonidan belgilangan texnik nazorat postlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududida, avtomobillar toʻxtash joylarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subyektlar tomonidan (jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari) oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 30-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “texnik koʻrikdan oʻtkazish shoxobchasining” soʻzlari “TXS va Subyektning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 31-banddagi “roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga)” soʻzlari “texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazishga DYHXX organlari tomonidan koʻrsatilgan joyga qoʻyilishi lozim (Subyektlar tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalarining texnik holatini baholash hollari bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasiga (texnik pasportga, talonga)” soʻzlari “texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 46-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda DYHXX organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) 2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Jismoniy shaxsga tegishli transport vositasining texnik holati toʻgʻrisida ‎ MAʼLUMOTNOMA

‎‎TXS/Subyekt tomonidan ________________________________________________________
‎(TXS/Subyekt nomi)‎‎

____________________________________________________________________ga tegishli

‎‎(egasining F.I.O.)‎

‎‎‎__________________________________________________________________rusumidagi, ‎
‎‎‎(transport vositasining rusumi)‎
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami __________________________________________boʻlgan
‎‎_____________________________________________________________________ manzili
‎‎transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan manzil‎‎

‎boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositasining texnik holati tekshirildi va transport vositasining texnik jihatdan sozligi hamda texnik reglamentlar, standartlar talablariga, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga javob berishi aniqlandi.

‎Rahbar _______________________________________________________________________

‎(masʼul shaxsning imzosi, F.I.O.)‎


‎‎‎20 ____ y “_____” _________________‎
‎‎M.Oʻ‎.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu maʼlumotnoma berilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida haqiqiydir va transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini DYHXX organlarida ularning texnik holatini tekshirmasdan rasmiylashtirish uchun asos boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) 5-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik koʻrikdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi talon namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2017-y., 09/17/1010/0461-son; 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)