O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Valyuta tizimini boshqarishni Hukumatning birjadan tashqari valyuta bozorini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilgan qarorlariga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘zlarining ixtisoslashtirilgan almashtirish shoxobchalari orqali chet el naqd valyutasini respublika hududida erkin xarid qilish va sotish operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan banklar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin, ularning ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Milliy valyutaning ichki erkin muomalada bo‘lishi uchun resurslarni ko‘paytirish to‘g‘risida” 1994-yil 8-noyabrdagi 540-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1995-yil 23-martdagi 94-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 5-dekabr,
467-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 34-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 5-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 11-son, 173-modda; 2001-y., 1-2-son, 5-modda; 2002-y., 19-son, 150-modda; 2003-y., 19-son, 178-modda)