Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994-YIL 23-NOYABRDAGI 566-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Isteʼmol bozorini konsignatsiya shartlarida keltiriladigan zarur oziq-ovqat mahsulotlari va xalq isteʼmol tovarlari bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 20-oktabrdagi 413-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Hamidov) respublika valyuta bozorida ulgurji operatsiyalar boʻyicha erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqi beriladigan korxonalar roʻyxatini belgilasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 23-mart,
94-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan oziq-ovqat tovarlari roʻyxati (2-roʻyxat)ga
qoʻshimcha
Goʻsht konservalari
Sut konservalari
Baliq mahsulotlari, shu jumladan konservalar
Qandolatchilik mahsulotlari
Dorivorlar (lavr bargi, qalampir va qora murch, xantal, sirka va boshqalar)
Kofe
Tamaki mahsulotlari
Kraxmal
Soda va xamirturush
Oʻsimlik yogʻi
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi 566-son qarori bilan tasdiqlangan respublika bozorida erkin muomaladagi valyuta almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari roʻyxati (3-roʻyxat)ga
qoʻshimcha
Par va pat mahsulotlari
Kalishlar
Vazelin, terini parvarishlash uchun kremlar va losonlar
Kleyonka
Tish choʻtkasi
Rezina tasmalar
Soqol olish apparatlari, odekolonlar va soqol olishga, olgandan soʻng ishlatiladigan pardoz suvlari
Oʻquvchilar daftarlari
Qulflar-mayda metall buyumlar
Elektr lampalar, shu jumladan lampochkalar
Roʻzgʻor audio videotexnikasi uchun ehtiyot qismlar, kuchaytirgichlar va moslamalar
Lok-boʻyoq mahsulotlari
Roʻzgʻor kimyo tovarlari
Kafel
Motor moyi
Erkaklar va ayollarning paxmoq xalatlari, oʻrin-koʻrpa buyumlari
Bosh kiyimlar
Jun gazlamalar
Zigʻirpoya gazlamalar
Gugurt
Aholiga sotiladigan dori-darmon vositalari, tibbiy va gigiyena buyumlar, tibbiyot texnikasi