Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2024 13.08.2018 yildagi 653-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb ataladi) o‘z faoliyatini boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqi, unga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi va “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining xodimlari mehnatga haq to‘lash sharoitlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari xodimlariga, ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zatom” agentligi buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalarning berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan ta’minlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalarning berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S.Sultanov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori J.T.Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
653-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda “O‘zatom” agentligi deb ataladi) maqomi, funksiyalari, vazifalari, huquqlari, tashkiliy asoslari va majburiyatlarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zatom” agentligi atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlari amalga oshirilishi uchun mas’ul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zatom” agentligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zatom” agentligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zatom” agentligi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida g‘azna hisob raqamlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zatom” agentligining rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — “O‘zatom” agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — Agency for the Development of Nuclear Energy under the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — Agency “Uzatom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq — Agentstvo po razvitiyu atomnoy energetiki pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqartirilgani — Agentstvo “Uzatom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zatom” agentligining joylashgan joyi (pochta manzili):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, Oybek ko‘chasi, 26/1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “O‘zatom” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar “O‘zatom” agentligining atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar ishlanmalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni atom energetikasi sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha bitimlar va shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqiy va energetik atom reaktorlarini, yadro-fizika qurilmalarini, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish punktlari rivojlantirilishini va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalarining va radiatsion avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublikaning radiatsiya va yadro xavfsizligi obyektlari tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadro materiallari va texnologiyalarining, radioaktiv materiallarning tarqatilmasligini, jismoniy himoya hamda yadro va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro atom energetikasi agentligi, Atom energetikasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasidagi xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zatom” agentligi atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida qo‘yilgan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasidan foydalanish, shu jumladan, ilmiy-texnika va investitsiya siyosati sohasida davlat siyosatini shakllantirish, atom energetikasi, yadro ilm-fani va texnologiyalari obyektlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasidan va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya, yadro, sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohadagi o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlar doirasida tinchlik maqsadlarida atom energetikasi obyektlarini qurish bo‘yicha har yillik ishlar rejalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tarmoqni rivojlantirishning har yilgi, o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlari doirasida atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida mavzuli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, yadro va radiatsiya xavfsizligi, yadro materiallari va radioaktiv moddalar bilan ish olib borish sohasida o‘z vakolatlari doirasida norma va qoidalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni, yetakchi xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona kadrlar siyosati amalga oshirilishini ishlab chiqadi va ta’minlaydi hamda “O‘zatom” agentligi, idoraviy mansub muassasalari xodimlari mehnatiga ish haqi to‘lash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida zararli (radioaktiv va boshqa) sharoitlarda ishlarni olib borganlik uchun qo‘shimcha haq miqdorlarini belgilash bo‘yicha takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi, tarmoqda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “O‘zatom” agentligining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zatom” agentligi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistik axborotlarni davlat statistika organlaridan tekin olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha kengashlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va o‘quv markazlarini, xo‘jalik hisobidagi konsultatsiya va axborot markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish va matbuot organlarini ta’sis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi mol-mulkini o‘z tashkiliy tuzilmasi diorasida bepul foydalanish huquqi bilan bir bo‘linmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolarga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, inventarlardan va xo‘jalik buyumlaridan, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy ta’minot vositalarini xarid qilish bo‘yicha ishlarni bajarish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, “O‘zatom” agentligi xodimlari mehnatini rag‘batlantirishning yagona tizimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini, ular tomonidan tegishli sohadagi ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha parametrlarining bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va maydonchalarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyati sohasiga kiritilgan masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va atom energetikasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari va mutaxassislarini stajirovkalardan o‘tish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni “O‘zatom” agentligida va uning idoraviy mansub tashkilotlarida ishlash uchun shartnoma asosida, belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat bo‘lganda, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun tegishli tarmoqlarda olimlar va mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish, ushbu ishlarga boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zatom” agentligi quyidagilar uchun javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha oldindan chora-tadbirlar ko‘rilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi bo‘yicha texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratning yuritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi va kelgusida tizimli monitoring olib borilishini ta’minlagan holda uzoq muddatli, o‘rta muddatli va har yilgi rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi uchun yuqori malakali, oliy va o‘rta ma’lumotli, professional bilimga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ushbu tarmoq xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ular mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlariga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek, “O‘zatom” agentligi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihalarining sifati va yakuniy natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “O‘zatom” agentligi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar “O‘zatom” agentligi bosh direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi yuzasidan chuqur va tanqidiy tahlilni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining xizmatlari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan “O‘zatom” agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyati ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan “O‘zatom” agentligi mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, “O‘zatom” agentligi va mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etish ta’sirchan tizimini yaratish va monitoringini yuritish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq “O‘zatom” agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamenti (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Reglamenti deb ataladi) talablariga qat’iy muvofiq ravishda faoliyat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta o‘tkazilishini, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, “O‘zatom” agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda “O‘zatom” agentligi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlari tomonidan “O‘zatom” agentligi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zatom” agentligi tizimida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qilish va ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lgan taqdirda “O‘zatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining shtatlar ro‘yxatini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash to‘g‘risidagi masalalarni hal etish, “O‘zatom” agentligining alohida namuna ko‘rsatgan xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning bundan buyon egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha tizimli masalalarni ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “O‘zatom” agentligining qonun loyihalari bo‘yicha faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar “O‘zatom” agentligi bosh direktori o‘rinbosarlarining va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi qarorlarining, bosh direktor buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifa va tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalar faoliyati masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun “O‘zatom” agentligi rahbariyatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda bosh direktorga takliflar taqdim etish, tarkibiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, o‘z ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va ma’naviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy bo‘linmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik ularni ko‘rib chiqish uchun “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga viza qo‘yishni tashkil etish, ularni “O‘zatom” agentligi rahbariyati tomonidan imzolash (viza qo‘yish), ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Reglamenti talablariga qat’iy ravishda o‘z vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vakolati doirasida to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan puxta o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga to‘liq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yig‘ilishlarda eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlari tomonidan xodimlarning axloq-odob qoidalari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “O‘zatom” agentligi tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. “O‘zatom” agentligi rahbarlarining majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “O‘zatom” agentligining bosh direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “O‘zatom” agentligi bosh direktorining o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. “O‘zatom” agentligi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Agentlik rahbariyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “O‘zatom” agentligini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi bosh direktori o‘z maqomiga ko‘ra vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktorning o‘rinbosari esa — vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligining bosh direktori va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “O‘zatom” agentligi bosh direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi yakka tartibdagi ijro organi hisoblanadi va uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolati doirasida “O‘zatom” agentligi xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqismotiga muvofiq direktor o‘rinbosarlari bajarishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. “O‘zatom” agentligining boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “O‘zatom” agentligi o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri tasdiqlaydigan “O‘zatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha choralar ko‘riladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zatom” agentligi rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va “O‘zatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. “O‘zatom” agentligi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “O‘zatom” agentligi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilgan budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek, Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasidan (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Moliya vazirligi bilan kelishiladigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “O‘zatom” agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “O‘zatom” agentligi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “O‘zatom” agentligi xodimlariga quyidagilar uchun lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatning alohida sharoitlari uchun — 1,7 miqdorida, u qonun hujjatlarida belgilangan rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat davomidagi uzluksiz ish staji uchun quyidagi miqdorlarda, rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda: 3 yildan 5 yilgacha — 0,05; 5 yildan 10 yilgacha — 0,1; 10 yildan 15 yilgacha — 0,15; 15 yildan 20 yilgacha — 0,2; 20 yildan ortiq — 0,25 miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan va “O‘zatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamg‘armasidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. “O‘zatom” agentligining hisobotdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “O‘zatom” agentligi bosh direktori “O‘zatom” agentligi faoliyatining natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri “O‘zatom” agentligiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi bo‘yicha doimiy faoliyat monitoringini amalga oshiradi, “O‘zatom” agentligi faoliyati samaradorligiga obyektiv baho beradi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Faoliyat monitoringi va bahosi yakunlariga ko‘ra “O‘zatom” agentligi mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va o‘z vaqtida bajarganlik uchun rag‘batlantirish yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan bo‘shatishgacha bo‘lgan javobgarlik choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “O‘zatom” agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagi mazmundagi 64-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“64. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Toshkent” aeroportining VIP zalida bepul xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari ro‘yxatiga (1-ro‘yxat) quyidagi mazmundagi 6.4-kichik band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning o‘rinbosarlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarining rasmiy delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish zalida bepul xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari ro‘yxatiga (1-ro‘yxat) quyidagi mazmundagi 6.6-kichik band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6.6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning o‘rinbosarlari”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/653/1703-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)