30.07.2018 yildagi 599-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 19-sentabrdagi 745-son qaroriga muvofiq hamda bank, moliya, soliq va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida magistratura tinglovchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
599-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) magistraturasiga (keyingi oʻrinlarda magistratura deb ataladi) hamda boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya magistraturasida bank, moliya va soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislari oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq ikki yillik oʻquv rejalari asosida tayyorlanadi hamda bitiruvchilarga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi diplom va magistr darajasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bank, moliya va soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq 16 (oʻn olti) haftaga moʻljallangan taʼlim dasturlari asosida qayta tayyorlanadi va bitiruvchilarga qayta tayyorlash kurslari yakuni boʻyicha belgilangan namunadagi diplom beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Manfaatdor vazirliklar hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislarining malakasi boshqaruv kadrlari hamda mutaxassislari malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq 4 (toʻrt) haftagacha boʻlgan muddatga moʻljallangan oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirilib, bitiruvchilarga malaka oshirish kurslari yakuni boʻyicha belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Magistraturaga kirish test sinovlari va suhbat shaklida, nomzodlarning tanloviga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Magistraturaga oʻqishga barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov prinsiplari asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Magistratura, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyi va oʻrtacha ish haqi miqdori (kunduzgi taʼlim shaklida taʼlim olayotganda oʻrtacha ish haqi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 15 baravaridan oshmagan qismi) oʻqish muddati mobaynida saqlanadi. Bunda ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada taʼlim olayotgan tinglovchining oʻqishni tamomlash davri yakuniga qadar muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni tegishli ish joyiga qabul qilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi PF-178-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Magistraturaga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Magistraturaga tinglovchilar mutaxassisliklar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalariga muvofiq davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Magistraturaga nomzodlar oliy maʼlumotga ega boʻlgan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarda kamida bosh mutaxassis yoki unga tenglashtirilgan lavozimda ishlab turgan, yoshi 40 (qirq) dan oshmagan shaxslar orasidan tanlov asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Magistraturaga hujjat topshirayotgan vaqtda nomzodlar tavsiya etayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarda kamida 2 (ikki) yillik mehnat stajiga ega boʻlishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Akademiya magistraturasiga kirishda nomzodlardan quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat staji talab etiladigan mutaxassisliklar uchun nomzodni tavsiya etayotgan yuqori turuvchi vazirlik, idora yoki tashkilot rahbari tomonidan berilgan tavsiyanoma hamda turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishi diplomiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat staji talab etilmaydigan mutaxassisliklar uchun turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishi diplomiga ega boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Biznesni boshqarish (MBA General) va Loyiha boshqaruvi (Project Management) magistratura mutaxassisliklariga kadrlar buyurtmachilarining taklifi hamda Akademiya kengashining qaroriga asosan turdosh boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan abituriyentlarni ham oʻqishga qabul qilinishiga ruxsat beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiya manfaatdor vazirliklar hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili birinchi chorak mobaynida bank, moliya, soliq tizimi va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boʻyicha boshqaruv kadrlariga boʻlgan haqiqiy hamda istiqboldagi talabni oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni va iqtisodiyot tarmoqlarini joriy hamda istiqboldagi rivojlantirish dasturlari inobatga olingan holda bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlashga boʻlgan ehtiyojlari asosidagi buyurtmalar, shuningdek, Akademiyaning moddiy-texnika bazasi va ilmiy-pedagogik imkoniyatlarini inobatga olgan holda mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga tinglovchilarni qabul qilish kvotasining loyihasi shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Akademiya magistraturasiga tinglovchilarni qabul qilish kvotasini tasdiqlash boʻyicha qarori har yili 1-iyulga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Magistraturaga tinglovchilarni qabul qilish uch bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — bevosita kadrlar buyurtmachilarining oʻzida, vazirliklar va boshqa tashkilotlarda, boshqaruv lavozimi zaxirasida turgan shaxslar orasidan magistraturada oʻqishga nomzodlarni oʻrganish va suhbat orqali tanlab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda Bilimni baholash agentligi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladigan “Zamonaviy menejment, boshqaruv psixologiyasi va liderlik”, “Mutaxassislik fani” va “Amaliy ingliz tili” fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqich — Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etilgan kirish test sinovlari natijalari hamda magistraturada oʻqitishning taʼlim shakllari boʻyicha ajratilgan qabul kvotalariga muvofiq tinglovchilarni Akademiyaga qabul qilish natijalarini eʼlon qilish.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlariga kiritilgan fanlarning oʻquv dasturlari Akademiya kafedralari tomonidan ishlab chiqiladi va Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv dasturlarining matnlari kirish test sinovlari boshlanishidan kamida bir oy oldin Akademiya tomonidan rasmiy eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish test sinovlarining savollari mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan fanlarning oʻquv dasturlari asosida Bilimni baholash agentligi tomonidan tuziladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Magistraturaga nomzodlarni dastlabki oʻrganib chiqish va suhbat asosida tanlab olishni tashkil qilish maqsadida bevosita vazirliklar va boshqa tashkilotlarda idoraviy komissiya tuziladi. Idoraviy komissiyaning tarkibi vazirlik yoki tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar ularni yuborayotgan vazirliklar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari zaxirasi tarkibidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya talablariga mos keladigan nomzodlarni sifatli va xolisona tanlab olish, tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etish uchun vazirliklar va boshqa tashkilotlarning birinchi rahbarlari shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hujjatlarni qabul qilish, ularni dastlabki oʻrganib chiqish hamda nomzodlarni suhbat asosida tanlab olish idoraviy komissiya tomonidan har yili may-iyun oylarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy komissiya hujjatlarni dastlab koʻrib chiqadi va ularning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning magistraturaga kirish tanlovida qatnashishi uchun berilgan tavsiyalar boʻyicha idoraviy komissiyaning qarori komissiya raisi (tashkilot rahbari) tomonidan imzolanadi, uning asl nusxasi pochta orqali Akademiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Magistraturaga qabul tegishli oʻquv yili uchun tashkil etilgan Akademiya qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Qabul komissiyasi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Magistraturaga kirish uchun Qabul komissiyasiga nomzodlar quyidagi hujjatlarni har yili 1-iyuldan 30-iyulga qadar taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy komissiya qaroridan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassisligi koʻrsatilgan holda Akademiya tomonidan belgilangan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasiga pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) va harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi hujjatlarning asl nusxalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, fotosurati va mehnat daftarchasidan nusxasi hamda pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan kirish test sinovlarida qatnashishga Qabul komissiyasi tomonidan ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror har yili 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Magistraturaga kirish test sinovlari Bilimni baholash agentligi tomonidan har yili 20-avgustda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Magistraturaga kirish uchun test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi Akademiya bilan kelishilgan holda Bilimni baholash agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. B2 va undan yuqori darajada chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi amaldagi davlat namunasidagi malaka sertifikatlariga yoki CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha V2dan kam boʻlmagan darajada chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan, IELTS (International English Language Testing System ingliz tili boʻyicha testdan oʻtishning xalqaro tizimi) tizimi boʻyicha ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi va natijalari kamida 6.0 balldan kam boʻlmagan joriy sertifikatga ega yoki ushbu ballning TOEFL (Test of English as a Foreign Language xorijiy til sifatida ingliz tilini bilish boʻyicha test) tizimi boʻyicha ekvivalenti mavjud boʻlgan nomzodlar “Amaliy ingliz tili” fani boʻyicha test sinovlaridan ozod etiladilar va ularga mazkur fan boʻyicha maksimal ball belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Belgilangan tartibda GMAT (The Graduate Management Admission Test — biznes maktablarida muvaffaqiyatli oʻqish imkoniyatlarini aniqlash uchun standartlashtirilgan test) tizimida kamida umumiy 500 ballik amaldagi sertifikatga ega boʻlgan nomzodlar “Zamonaviy menejment, boshqaruv psixologiyasi va liderlik” hamda “Amaliy ingliz tili” fanlaridan kirish test sinovlarini topshirishdan ozod etiladilar va ularga mazkur fanlar boʻyicha maksimal ball belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarining natijalari har bir fan boʻyicha 100 ballik tizim asosida baholanadi. Test sinovlari natijalari Bilimni baholash agentligi rahbari tomonidan imzolanadigan qaydnomaga kiritiladi va joriy yilning 22-avgustiga qadar Qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish test sinovlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Bilimni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan hisob-kitobga muvofiq Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kirish test sinovlari natijalariga koʻra,nomzodlar toʻplagan umumiy ballar miqdorini eʼtiborga olgan holda Qabul komissiyasiga, ayrim mutaxassisliklar boʻyicha yuqori ball toʻplagan nomzodlarni qabul qilish maqsadida tinglovchilikka qabulning umumiy kvotasi doirasida mutaxassisliklar boʻyicha qabul koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bilimni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan kirish test sinovlari natijalari hamda mutaxassisliklar boʻyicha qabul kvotalarini eʼtiborga olgan holda, Qabul komissiyasi tomonidan minimal oʻtish ballari belgilanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda minimal oʻtish bali nomzod yigʻishi mumkin boʻlgan maksimal ballning 30 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qabul komissiyasi kirish test sinovlari natijalariga koʻra,eng yuqori ballarga ega boʻlgan nomzodlarni qabul kvotasiga muvofiq tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha davlat granti asosida magistraturaga birinchi navbatda, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilishga tavsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qabul komissiyasi kirish test sinovlari natijalariga koʻra, keyingi yuqori ballarga ega boʻlgan nomzodlarni qabul kvotasiga muvofiq tanlangan mutaxassisliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga keyingi navbatda, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya etgan holda qabul qilishga tavsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qabul komissiyasining magistraturaga tinglovchilikka qabul qilishga tavsiya etish toʻgʻrisida yakuniy qarori har yili 23-avgustdan kechiktirmay rasmiy eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Akademiya rektorining tinglovchilarni davlat granti asosida magistraturaga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 30-avgustga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Magistraturaga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilishga tavsiya etilgan shaxslarga Qabul komissiyasining qarori asosida Akademiya rektori buyrugʻiga binoan oʻquv yili boshidan oʻquv mashgʻulotlarida qatnashishlariga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarni Akademiya magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Akademiya bilan jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasida belgilangan tartibda imzolangan kontrakt (shartnoma)da koʻrsatilgan toʻlov summasi toʻlangandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Magistraturaga kirish test sinovlari natijalari yuzasidan nomzodlarning arizalarini koʻrib chiqish uchun Akademiya rektorining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasiga shikoyatlar kirish test sinovlari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab, besh ish kuni mobaynida Apellyatsiya komissiyasi raisi nomiga nomzodlar tomonidan ariza bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan arizalarni ular kelib tushgan kundan boshlab uch kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya magistraturasiga kirish test sinovlarini qayta topshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Magistraturaga xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh koʻzi ojiz nogironlar (hujjat topshirgan mutaxassisligi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalari doirasida belgilangan oʻtish ballini toʻplagan boʻlsa) qabuliga alohida davlat granti ajratilib Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Akademiyaning boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslariga (keyingi oʻrinlarda qayta tayyorlash kurslari deb ataladi) tinglovchilar oliy maʼlumotli hamda tanlagan mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan vazirlik va boshqa tashkilotlar xodimlari tarkibidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tinglovchilarni qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish masalalari oʻquv dasturlarining davomiyligidan kelib chiqib, Akademiya kengashi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tinglovchilarni qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishni tashkil etish tegishli oʻquv yili uchun tashkil etilgan Akademiya tanlov komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Tanlov komissiyasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov komissiyasining tarkibi va ish tartibi Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash Akademiya taʼminoti uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga hamda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan (buyutmachilar) toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qayta tayyorlash kurslari dasturlari boʻyicha oʻqitiladigan nomzodlarga qoʻyiladigan talablar Bank-moliya akademiyasi rektori tomonidan belgilanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qayta tayyorlash dasturlari doirasida oʻqish uchun nomzodlar Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassisligi koʻrsatilgan holda belgilangan shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod faoliyat yuritayotgan ish joyidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
086-U-shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasiga pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) va harbiy majburiyat toʻgʻrisidagi hujjatlarning asl nusxalari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodning oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari, fotosurati va mehnat daftarchasidan nusxasi hamda pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Nomzodlar qayta tayyorlash kurslariga Tanlov komissiyasi tomonidan suhbat orqali tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat oʻtkazishdan maqsad nomzodlarning tanlagan mutaxassisligi sohasida nazariy va amaliy bilimga, boshqaruv koʻnikmalariga, mantiqiy, tahliliy va kreativ fikrlashga ega ekanliklarini, shuningdek ularning yetakchilik sifatlarini aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslariga qabul qilishda “Zamonaviy menejment, boshqaruv psixologiyasi va liderlik”, “Mutaxassislik” va “Amaliy ingliz tili” fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan suhbat tartibi hamda ularning natijalarini baholash mezonlari Akademiya kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Suhbat natijalari 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi. Belgilangan maksimal ballning 55 foizidan kam boʻlmagan suhbat natijalariga ega nomzodlar tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, yuqori ballarga ega boʻlgan nomzodlar mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari tarkibiga kiritilishi uchun Tanlov komissiyasi tomonidan tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarning malakasi Akademiya taʼminoti uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar (buyutmachilar) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Akademiya malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni roʻyxatga olish tashkil etiladigan kurslar xususiyatidan kelib chiqib, Akademiya tomonidan buyurtmachilar bilan tuziladigan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nomzodlarni boshqaruv kadrlari va mutaxassislarning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish vazirlik va boshqa tashkilotlarning tegishli yozma murojaatlari asosida Akademiya rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Akademiya hududlarda zamonaviy sharoitlarda bank, moliya va soliq sohasi boshqaruv kadrlarining kasbiy kompetensiyalariga qoʻyilayotgan talablarni hisobga olib, Akademiya professor-oʻqituvchilarini joylarga chiqishini tashkil etgan holda tegishli sohalarning mahalliy kadrlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish, malakasini oshirish, mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yoʻnaltirilgan bilimlarini, shuningdek strategik rejalashtirish, davlat va hududiy rivojlanish dasturlarini samarali amalga oshirish, gorizontal va vertikal munosabatlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish koʻnikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor oʻquv-amaliy seminarlar doirasida tinglovchilarda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari (“yoʻl haritalari”)ni sifatli ijro etish koʻnikmalarini shakllantirish, muntazam ravishda interfaol mashgʻulotlar va “davra suhbatlari”ni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlarni oʻtkazish jarayonida aniqlangan muammo boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida magistratura tinglovchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida magistratura tinglovchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) magistraturasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlashning davlat taʼlim standartlari xususiyatlari eʼtiborga olingan holda, mazkur Akademiyaga boshqa oliy taʼlim muassasalaridan yoki boshqa oliy taʼlim muassasalariga Akademiyadan tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademiyada oʻquv rejalari va dasturlarining davriy yangilanishi eʼtiborga olingan holda oʻqishdan chetlatilganidan keyin 5 (besh) yildan ortiq vaqt oʻtgan shaxslarning oʻqishga qayta tiklash boʻyicha arizalari koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra oʻqishdan chetlatilgan Akademiya tinglovchilari navbatdagi 3 (uch) oʻquv yili davomida yakuniy davlat attestatsiyasidan qayta oʻtishlariga faqat bir marotaba ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademiyada tinglovchilar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash, jumladan, fanlar orasidagi farqlarni qayta oʻzlashtirish va topshirish jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademiya tinglovchilarining oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademiyada tinglovchilarni boshqa mutaxassislikka oʻqishini koʻchirish oʻquv yili (semestri) boshlanguniga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar oʻqishini kuzgi semestrga qayta tiklash uchun har yili 5-avgustdan 30-avgustga qadar va bahorgi semestrga qayta tiklash uchun har yili 5-dekabrdan 30-dekabrga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Birinchi kursda tinglovchilar oʻqishini koʻchirish yoki birinchi kursga oʻqishga qayta tiklash (tinglovchiga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan mustasno) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tinglovchilar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash masalasida Akademiya rektori nomiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyada belgilangan tartibda rektorning nomiga yozilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi mehnat faoliyatini olib borayotgan vazirlik yoki boshqa tashkilot rahbari tomonidan Akademiya rahbariyatiga oʻqishni koʻchirish yoki oʻqishga qayta tiklashning zarurati asoslantirilgan xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchining reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchining pasporti nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akademiyada tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash boʻyicha ariza elektron shaklda berilishi mumkin. Elektron shakldagi murojaatga Akademiya rahbariyatining ijobiy qarori yuborilganidan soʻng navbatdagi jarayonlarda ishtirok etish uchun tinglovchining Akademiyaga kelishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya etilgan holda rasmiylashtirilgan tinglovchining murojaati Akademiya rektori tomonidan 5 (besh) ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tinglovchining oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashni rasmiylashtirish Akademiya rektorining buyrugʻi bilan oʻquv rejalari va dasturlaridagi mavjud akademik qarzlarni yoki farqlarni topshirish tartibi va muddatlarini hamda oʻqishga qabul qilishning qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlarini (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish va boshqalar) inobatga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiyada tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash tinglovchi tahsil olayotgan (yoki olgan) taʼlim shakli (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt shakli)ga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosida oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash faqat mazkur taʼlim shakli boʻyicha ajratilgan kvotaga nisbatan boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan holatdagina amalga oshirilishi mumkin (akademik taʼtildan qaytgan tinglovchilarni oʻqishga qayta tiklash bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tinglovchi oʻqishdan Akademiya maʼmuriyati yoki tinglovchining oʻz tashabbusi bilan chetlatilgan boʻlsa, uni oʻqishga qayta tiklash faqat toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tinglovchining arizasi rektor tomonidan maʼqullangan taqdirda 3 (uch) ish kunidan oshmagan muddatda magistratura dekanatida roʻyxatga olinadi. Tinglovchining oʻqishni koʻchirish yoki oʻqishga qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha fanlardan akademik qarzlari yoki farqlari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Akademik qarzlar yoki fanlar orasidagi farqlarni topshirishi uchun tinglovchiga kamida 4 (toʻrt) hafta muddat beriladi. Mazkur muddat mobaynida tinglovchiga rektorning buyrugʻi asosida darslarga qatnashishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Akademiya rektorining tinglovchining oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi fanlardan akademik qarzlar yoki farqlar topshirilganidan keyin 5 (besh) ish kunida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi rektorning buyrugʻi oʻqish uchun belgilangan toʻlovni amalga oshirilgandan soʻng rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akademik qarzlar yoki fanlar orasidagi farqlarni 4 (toʻrt) hafta muddat ichida bartaraf etmagan, shuningdek, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi belgilangan tinglovchilar oʻqish uchun toʻlovni amalga oshirmagan holatda ularning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toʻlov-kontrakt asosida tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklashda toʻlov-kontrakt shartnomasini tuzish tartibi va shartlari, jumladan, toʻlov mablagʻlari va muddatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tinglovchining oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash boʻyicha arizasi rad etilgan taqdirda 10 (oʻn) ish kundan oshmagan muddatda asoslantirilgan holda vajlar Akademiya maʼmuriyati tomonidan ariza beruvchiga javob xati orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akademiyada tinglovchilarni oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Akademiya tinglovchisi quyidagi hollarda oʻqishdan chetlatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatda akademik qarzdorlikni bartaraf etmaganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 (yetmish toʻrt) soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish uchun belgilangan shartnomada koʻrsatilgan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida tinglovchiga akademik taʼtil berilishi mumkin. Akademik taʼtil kamida 1 (bir) oʻquv yiliga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tinglovchi Akademiyadan chetlatilganda unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yigʻma jildga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tinglovchining oʻqishdan chetlatilgani toʻgʻrisidagi Akademiya rektorining buyrugʻidan koʻchirma buyurtmachi vazirlik yoki tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tinglovchining oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash jarayonida taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilgani yoxud hujjatlar oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanmagani aniqlangan hollarda, Akademiya rektori mazkur hujjatlarni qoʻshimcha tekshirish yoki tegishli buyruq chiqarmaslik huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Akademiyada oʻqishini koʻchirgan yoki qayta tiklagan tinglovchilarning shaxsiy yigʻma jildiga tegishli buyruqdan koʻchirma, ariza va akademik maʼlumotnoma tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Akademiya maʼmuriyati har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur miqdordagi akademik maʼlumotnoma blankalariga buyurtmalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik maʼlumotnoma blanklarining qatʼiy hisobi yuritiladi. Akademik maʼlumotnoma blankalari Akademiyada belgilangan tartibda saqlanadi, roʻyxatga olinadi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi Akademiya maʼmuriyatiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Akademiyada tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish va tiklashiga asos boʻlgan barcha hujjatlar Akademiya arxivida 5 (besh) yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tinglovchilarning oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlatish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda yuqori turuvchi vakolatli tashkilot yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablarini buzgan aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 17-maydagi 180-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “guvohnoma” soʻzi “diplom” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 47-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ustavining 27-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Akademiya magistraturasiga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 06/25/178/0900-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)