Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2431]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-avgustdagi 489-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-dekabr,
508-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi 508-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom oliy va oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda taʼlim tashkilotlari deb yuritiladi) oʻqitishning toʻlov-kontrakt (bundan buyon matnda kontrakt deb yuritiladi) shaklini belgilash va undan kelib tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan taʼlim tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Mazkur Nizom oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimiga hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga, shuningdek harbiy taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, taʼlim tashkilotlariga kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hamda qabul kvotalaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xorijiy fuqarolarni taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 5-2017-sonli buyrugʻiga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan (roʻyxat raqami 2431-1, 13.10.2017-y.) — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oliy taʼlim tashkilotlarida ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni olish Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan kontrakt asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II bob. Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqitish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqitish uchun kontrakt ikki yoki uch tomonlama rasmiylashtirilishi mumkin boʻlib, uning taraflari quyidagilar hisoblanadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ikki tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy taʼlim tashkilotining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uch tomonlama kontraktda: bir tomondan — oliy taʼlim tashkilotining vakolatli shaxsi, ikkinchi tomondan — yuridik yoki jismoniy shaxs (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi), uchinchi tomondan — abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar).
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Kontraktlar har bir taraf uchun bir nusxadan rasmiylashtiriladi.
6. Kontraktda shartnomaning bajarilish muddatlari, hisob-kitob qilish tartibi, taraflarning huquqlari va majburiyatlari, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflar uchun vujudga kelishi mumkin boʻlgan huquqiy oqibatlar, nizolarni hal etish tartibi hamda taraflarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy hamda boshqa muhim shartlar nazarda tutilishi lozim.
7. Kontraktlar Davlat komissiyasining abituriyentlarni kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish toʻgʻrisidagi qarori (bundan buyon matnda Davlat komissiyasining qarori deb yuritiladi) qabul qilinganidan soʻng rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat komissiyasining qaroriga asosan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda kontraktda nazarda tutilgan tegishli toʻlovlar amalga oshirilguniga qadar yoki abituriyentlarni talabalikka qabul qilish boʻyicha oliy taʼlim tashkilotining buyrugʻi qabul qilingunga qadar oliy taʼlim tashkilotining tegishli buyrugʻiga asosan darslarda qatnashib turishiga ruxsat etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tegishli komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda oʻqishini koʻchirishga yoki qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni ham mazkur Nizomda belgilangan tartibda kontraktda nazarda tutilgan tegishli toʻlovlar amalga oshirilguniga qadar oliy taʼlim tashkilotining tegishli buyrugʻiga asosan darslarda qatnashib turishiga ruxsat etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Taraflar oʻrtasida tuzilgan kontraktga muvofiq toʻlovni amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov topshiriqnomasi yoki kvitansiyasi nusxasi, shuningdek toʻlovlarning oliy taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga kelib tushganligi asosida abituriyentni yoki tegishli komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda oʻqishini koʻchirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq chiqariladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oʻquv yili davomida Davlat komissiyasining qarori qoʻshimcha ravishda chiqarilganda yoki Davlat komissiyasi tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilganda, abituriyentni yoki belgilangan tartibda oʻqishini koʻchirishga yoxud qayta tiklashga tavsiya etilgan talabalarni oliy taʼlim tashkilotiga talabalikka qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli buyruqni chiqarish muddati ham uzaytirilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III bob. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori va uni amalga oshirilishi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori bilim sohalari, soha va taʼlim yoʻnalishlari, taʼlim shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan holda) va taʼlim bosqichlari (bakalavriat, magistratura, ikkinchi va undan keyingi taʼlim) boʻyicha alohida, har oʻquv yili uchun belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 419-son “Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq belgilanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Xorijiy fuqarolarni oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va taʼlim tashkilotlariga ega boʻlgan boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdorini belgilash bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
16. Bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar miqdori quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda belgilanadi:
qabul kvotasi va bino-inshootlar quvvati oʻrtasidagi mutanosiblik;
taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim jarayoni xususiyatlari;
bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari;
oʻqitish muddatlari va boshqalar.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarning yetishmaydigan qismi oliy taʼlim tashkilotlarini saqlashga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari va tariflari oʻzgarishi munosabati bilan kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori (qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori bundan mustasno) oʻquv yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻquv yili davomida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori oʻzgarganda oliy taʼlim tashkiloti tomonidan oʻqitish uchun toʻlov qayta hisob-kitob qilinadi va kontraktga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, qayta hisob-kitob faqatgina oʻquv yilining qolgan muddati uchun amalga oshiriladi.
Qayta hisob-kitob natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshimcha mablagʻ, oʻqitish uchun toʻlovni oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda amalga oshirilishi lozim.
Oʻqitishning toʻlov miqdori kamaytirilganda ortiqcha toʻlangan mablagʻ keyingi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi yoki toʻlovni amalga oshirgan tarafning yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlov oʻquv yilida toʻliq yoki qisman (biroq, birinchi toʻlov tegishli oʻquv yili uchun belgilangan toʻlov miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan holda) mazkur Nizomning 22-bandida yoki kontraktda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam sifatida talabalarini oʻqitish uchun toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov oʻquv yilining quyidagi muddatlarida:
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.
Bunda, Davlat komissiyasi tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyent Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt shartlarining birinchi oʻquv yili uchun kamida 50 foizini bajargandan soʻng oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan oʻqishga qabul qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish uchun belgilangan toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlovlar chet el valyutasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, oʻquv yili davomida Davlat komissiyasining qarori qoʻshimcha ravishda chiqarilganda oliy taʼlim tashkilotlariga kontrakt asosida qabul qilingan abituriyentlardan oʻqitish uchun toʻlov faqat oʻquv yilining qolgan muddati uchun olinadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, oʻquv yilining qolgan muddati sifatida oliy taʼlim tashkilotining abituriyentni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻida darslarga qatnashishi belgilangan oyning birinchi sanasidan oʻquv yilining oxirigacha boʻlgan davr tushuniladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasining qarori hamda oliy taʼlim tashkilotining abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, toʻliq toʻlanadi. Bunda, stipendiya abituriyentlarni darslarga qatnashishga ruxsat berilgan oyning birinchi sanasidan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
25. Oʻquv yilining qolgan muddati uchun toʻlov miqdori oʻquv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli oʻquv yiliga tasdiqlangan oʻqitishning toʻlov miqdorining oʻn ikkidan bir qismiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi kurs talabalarining oxirgi oʻquv yili (qismlarga boʻlib toʻlanganda oxirgi oʻquv semestri) uchun toʻlov, toʻlovning belgilangan miqdoridan iyul va avgust oylari uchun toʻlanadigan stipendiya miqdorini chegirib qolish orqali amalga oshiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Bunda, chegirib qolinadigan stipendiya miqdori kontrakt asosida oʻqitish uchun toʻlov miqdorining oxirgi belgilangan stipendiyaning miqdori 0,75 koeffitsiyenti qoʻllangan bazaviy miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Talaba oʻquv intizomini va oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzganligi, bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi yoki oʻqitish uchun belgilangan miqdordagi toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi sababli talabalar safidan chetlashtirilganda yoxud belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmaganligi (akademik qarzdor boʻlganligi) sababli kursdan qoldirilganda oliy taʼlim tashkiloti tomonidan uning tegishli oʻquv semestri uchun amalga oshirilgan toʻlovi qaytarib berilmaydi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursning birinchi semestri davomida talabalar safidan chetlashtirilganda ular tomonidan amalga oshirilgan toʻlovning 50 foizi qaytarib berilmaydi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Talaba quyidagi sabablarga koʻra talabalar safidan chetlashtirilganda oliy taʼlim tashkiloti tomonidan uning oʻqigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli oʻquv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oʻz xohishiga binoan;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻqishning boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi munosabati bilan;
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinganlar birinchi kursda talabalar safidan chetlashtirilganda qaytariladigan toʻlov miqdori oʻquv yilining oxiriga qadar qolgan oylar sonini tegishli oʻquv yiliga tasdiqlangan oʻqitishning qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining oʻn ikkidan bir qismiga koʻpaytirish orqali aniqlanadi va kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi.
(28-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Talaba oʻquv yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq akademik taʼtilga chiqqan hollarda ham oliy taʼlim tashkiloti tomonidan uning oʻqigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli oʻquv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafi yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, oʻquv yili yoki semestri boshidan oliy taʼlim tashkiloti tomonidan talabaning talabalar safidan chetlatilganligi yoki akademik taʼtilga chiqqanligi haqidagi buyruq chiqarilgan oyning oxirgi sanasigacha boʻlgan davr, talabaning oʻqigan muddati hisoblanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
30. Oʻquv yili davomida oʻqishga qabul qilingan yoki qayta tiklangan talabalar, faqat oʻquv yili oxirigacha qolgan muddat uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, toʻlovlar talabani oʻqishga qabul qilinganligi yoki qayta tiklaganligi munosabati bilan darslarga qatnashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi buyruqda darslarga qatnashishi belgilangan oyning birinchi sanasidan oʻquv yili oxirigacha boʻlgan davr uchun hisoblanadi va mazkur davrda oʻrnatilgan tartibda stipendiya toʻlanadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 27-fevraldagi 4-2018-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-2, 27.03.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2431-2/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan muddatlarda fanlarni oʻzlashtira olmagan (akademik qarzdor boʻlgan) talaba kursdan qoldirilganda toʻlov miqdori oʻqishi davom etadigan oʻquv semestri uchun amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 28-avgustdagi 5-2017-sonli buyrugʻiga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan (roʻyxat raqami 2431-1, 13.10.2017-y.) — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Har yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan kontrakt asosida oʻqitishning belgilangan toʻlov miqdori talabalar eʼtiboriga yetkazilishi lozim, toʻlov miqdori oʻzgarmagan hollar bundan mustasno.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oliy taʼlim tashkiloti bilan abituriyent yoki talabani kontrakt asosida oʻqitish uchun kontrakt tuzgan buyurtmachi belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmaganda, kontrakt boshqa buyurtmachi bilan belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi mumkin.
Bunda, kontraktni qayta rasmiylashtirishga abituriyent yoki talabaning arizasi yoxud avval kontraktni rasmiylashtirgan buyurtmachining abituriyent yoki talabani oʻqitish uchun toʻlov qobiliyati yoʻqligi toʻgʻrisida oliy taʼlim tashkilotiga qilingan yozma murojaati asos qilib olinadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
33. Budjet tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan yoki Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻqitish uchun toʻlovlarni amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV bob. Oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan taqsimlanishi
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oʻqitishning kontrakt shaklidan shu jumladan qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tushgan mablagʻlar oliy taʼlim tashkiloti daromadiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida quyidagilarga sarflash uchun taqsimlanishi mumkin:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarishdan ajralgan holda kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalariga (xorijiy talabalardan tashqari) stipendiyalar toʻlashga;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlarida bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
mavjud kreditor qarzlarni uzishga;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni joriy va kapital taʼmirlashga, oliy taʼlim tashkilotining hududini va atrofini obodonlashtirishga, shuningdek qurilish-tiklash ishlariga;
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oʻquv, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari, yumshoq va qattiq inventarlar, mebellar, oʻqitishning texnik vositalari, kompyuter texnikasi va ularning ehtiyot hamda butlovchi qismlarini, kerakli materiallarni va boshqalarni sotib olish hamda taʼmirlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkiloti Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini toʻldirishga;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
“Maʼnaviyat va maʼrifat” tadbirlari, “Universiada” va “Barkamol avlod” sport tadbirlari, “Nihol” ijodiy festivallarini oʻtkazishga;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka oʻtashlariga;
(34-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari asosida vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga (ustama, mukofot) va ularga moddiy yordam koʻrsatishga;
(34-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkilotlari talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir talabaga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining olti barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam koʻrsatishga;
(34-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy taʼlim tashkiloti faoliyatini amalga oshirishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlarni qoplashga.
(34-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
35. Xarajatlarni amalga oshirishda mablagʻlar birinchi navbatda stipendiya, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda energiya resurslari va kommunal xizmatlarning haqini toʻlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Oliy taʼlim tashkilotlarining kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalariga stipendiyalar, ularni oʻqitish uchun toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin toʻlanadi. Bunda, stipendiya faqat oʻqitish uchun toʻlov amalga oshirilgan oylar uchungina beriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Oliy taʼlim tashkilotlarining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tarkibiga kiritilmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlar oliy taʼlim tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy barqaror va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan banklarining depozit hisobvaragʻlariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin. Olingan foiz daromadlari oliy taʼlim tashkilotining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladi hamda mazkur Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar va ular sarflanishining buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Har yili oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Oliy taʼlim tashkilotlarining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar, kalendar yil davomida oʻqitish uchun toʻlov miqdori, ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari hamda tariflari oʻzgarganda, shuningdek oliy taʼlim tashkilotlari takliflari asosida belgilangan tartibda kiritiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Oliy taʼlim tashkilotlari oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarining bajarilishi haqidagi choraklik va yillik hisobotlarni boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
V bob. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi, toʻlov miqdori va uni amalga oshirilishi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq professional taʼlim dasturlarida oʻquvchilar toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishlari mumkin.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Xorijiy fuqarolarni oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatib oʻtilgan tartibda belgilanadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
48. Ish haqi miqdorining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari va tariflari oʻzgarishi munosabati bilan kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdori oʻquv yili davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VI bob. Oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlarni oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari tomonidan taqsimlanishi
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti daromadiga kiritiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasida quyidagilarga sarflash uchun taqsimlanishi mumkin:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari, shuningdek yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida bino va inshootlarni saqlash hamda kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni toʻlashga;
(50-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
mavjud kreditor qarzlarni uzishga;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv-laboratoriya binolari hamda boshqa bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni joriy va kapital taʼmirlashga, oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotining hududini va atrofini obodonlashtirishga, shuningdek qurilish-tiklash ishlariga;
(50-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
oʻquv, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari, yumshoq va qattiq inventarlar, mebellar, oʻqitishning texnik vositalari, kompyuter texnikasi va ularning ehtiyot hamda butlovchi qismlarini, kerakli materiallarni va boshqalarni sotib olish hamda taʼmirlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti Axborot-resurs markazi (kutubxona) fondini toʻldirishga;
(50-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
“Maʼnaviyat va maʼrifat” tadbirlari, “Universiada” va “Barkamol avlod” sport tadbirlari, “Nihol” ijodiy festivallarini oʻtkazishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari asosida vazirlik va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga (ustama, mukofot) va ularga moddiy yordam koʻrsatishga;
(50-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida bir yilda bir oʻquvchiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining olti barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla moddiy yordam koʻrsatishga;
(50-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-noyabrdagi 443-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-5, 21.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti faoliyatini amalga oshirishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlarni qoplashga.
(50-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
51. Xarajatlarni amalga oshirishda mablagʻlar birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda energiya resurslari va kommunal xizmatlarning haqini toʻlash maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tarkibiga kiritilmaydi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan va vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlar oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining moliyaviy barqaror va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan banklarining depozit hisobvaragʻlariga tanlov asosida joylashtirilishi mumkin. Olingan foiz daromadlari oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladi hamda mazkur Nizomning 50-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflash uchun taqsimlanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar va ular sarflanishining buxgalteriya hisobi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Har yili oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻqitishning kontrakt shaklidan tushadigan mablagʻlar boʻyicha kalendar yilga daromadlar va xarajatlar smetasi ishlab chiqilib tasdiqlanadi hamda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar, kalendar yil davomida oʻqitish uchun toʻlov miqdori, ish haqi miqdori, va kommunal, ekspluatatsiya xizmatlari va energiya resurslari narxlari hamda tariflarining miqdorlari oʻzgarganda, shuningdek oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari takliflari asosida belgilangan tartibda kiritiladi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr), shuningdek mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning hisobotlarini tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari oʻqitishning kontrakt shaklidan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarining bajarilishi haqidagi choraklik va yillik hisobotlarni boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda taqdim etishlari lozim.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
VI bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
60. Taʼlim tashkilotlarining rahbarlari, moliya va buxgalteriya xizmatlari xodimlari toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasining toʻgʻri tuzilishi, ularning bajarilishi boʻyicha hisobotlarning haqqoniyligi, shuningdek budjetdan tashqari mablagʻlarni tasdiqlangan smetalarga muvofiq maqsadli sarflanishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-apreldagi 125-sonli qarori (roʻyxat raqami 2431-3, 01.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Taʼlim olishning toʻlov-kontrakt asosida kelib tushadigan mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi va mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni tasarrufida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, uning hududiy organlari va joylardagi iqtisodiyot va moliya organlari qonunchilik tomonidan taqdim etilgan vakolatlarga muvofiq amalga oshiradi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 22-sentabrdagi 367-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2431-4, 29.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/2431-4/0884-son)
62. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2012-yil 28-dekabr
Xalq taʼlimi vaziri T. SHIRINOV
2012-yil 28-dekabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2012-yil 28-dekabr
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. QOʻZIYEV
2012-yil 28-dekabr
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2012-yil 24-dekabr
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2012-yil 24-dekabr
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi raisi X. MIRZAXIDOV
2012-yil 24-dekabr
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2012-yil 26-dekabr
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2012-yil 26-dekabr
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi raisi A. RAMATOV
2012-yil 26-dekabr
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
2012-yil 26-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 9-son, 120-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2018-y., 10/18/2431-2/0944-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 01.05.2025-y., 10/25/2431-3/0398-son; 30.09.2025-y., 10/25/2431-4/0884-son; 24.11.2025-y., 10/25/2431-5/1080-son)