25.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3002
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3002]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda — banklar deb yuritiladi) tomonidan majburiy rezervlarni hisoblash va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (bundan buyon matnda — Markaziy bank deb yuritiladi) depozitga o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (ro‘yxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlar — banklar tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda depozitga o‘tkazilgan pul mablag‘lari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar — banklarning mazkur Nizomning 1-ilovasida ro‘yxati keltirilgan milliy valyuta va chet el valyutalaridagi majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlar normativi — Markaziy bank tomonidan bankning rezerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan o‘rnatiladigan foiz miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlarning normativ miqdori — banklar tomonidan Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar hajmi. Majburiy rezervlarning normativ miqdori rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha miqdoriga majburiy rezervlar normativini ko‘paytirish orqali hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rtachalash koeffitsiyenti — majburiy rezervlar normativ miqdorining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘ida saqlanadigan o‘rtachalashtirilgan miqdorini aniqlashda foydalaniladigan qiymati 0 dan 1 gacha bo‘lgan koeffitsiyent;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdori — banklar tomonidan majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash orqali hisoblangan hamda banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash davri mobaynida saqlanishi lozim bo‘lgan o‘rtacha hisobdagi pul mablag‘larining eng kam miqdori;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv mablag‘lari — majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablag‘lar hamda majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdori chegirilgandagi qoldiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlarning hisob-kitob davri — majburiy rezervlarni saqlash davridan oldingi hisobot oyi;
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlarni saqlash davri — birinchi kuni payshanbadan boshlanib, oxirgi kuni chorshanbada tugaydigan yigirma sakkiz yoki o‘ttiz besh kalendar kunidan iborat bo‘lgan majburiy rezervlarni saqlash davri;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash davri kalendari — majburiy rezervlarning saqlash davrini belgilovchi yillik kalendar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Majburiy rezervlar normativi, majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablag‘lar me’yori, majburiy rezervlar shakllantiriladigan va saqlanadigan valyuta turi, o‘rtachalash koeffitsiyenti hamda saqlash davri kalendari Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan o‘rnatiladi va rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning turi, valyutasi va muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 26-mart — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiy rezervlar bo‘yicha banklarga foizlar to‘lash haqidagi qaror Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan Markaziy bankning Kredit qo‘mitasi taklifiga asosan respublika iqtisodiyotidagi vaziyat, bank tizimidagi likvidlik holati va monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Banklarning boshqa davlatlar hududida ro‘yxatga olingan bo‘linmalarining majburiy rezervlarini hisoblash va depozitga o‘tkazish ushbu davlatlar qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Majburiy rezervlar banklar tomonidan milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan majburiyatlar bo‘yicha Markaziy bankdagi rezident banklarning majburiy rezerv hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘ida o‘rtachalashtirilgan miqdorini ushlab turish orqali shakllantiriladi va saqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (ro‘yxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 18-avgustdagi 27/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3002-1 30.08.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Majburiy rezervlarni hisoblash va depozitga o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir hisob-kitob davrining tugashi bilan banklar tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda mazkur Nizomning 3-ilovasidagi uslubiy ko‘rsatmalar asosida Markaziy bankka depozitga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankda depozitga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdori majburiy rezervlar normativini rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha miqdoriga ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Rezerv shakllantiriladigan milliy valyuta yoki chet el valyutasidagi majburiyatlarning o‘rtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablag‘larning o‘rtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun chegiriladigan hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga bo‘lish orqali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayram va dam olish kunlari uchun ushbu kunlardan oldingi oxirgi ish kunining rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining balans qoldiqlari olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Majburiy rezervlar hisob-kitobini Markaziy bankka taqdim qilish va qo‘shimcha ravishda majburiy rezervlar hisobvarag‘iga depozitga o‘tkazish lozim bo‘lgan summalarni o‘tkazish banklar tomonidan saqlash davri boshlanish kunidan oldingi uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 18-maydagi 11/8-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-2 10.06.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Majburiy rezervlarga ortiqcha mablag‘lar o‘tkazilganda, majburiy rezervlar hisob-kitobi taqdim etilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida, ortiqcha mablag‘lar Markaziy bank tomonidan bankka qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Majburiy rezervlar hisob-kitobi banklar tomonidan Markaziy bankka elektron pochta orqali belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan imzolangan holda yo‘llanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy rezervlar hisob-kitobi va taqdim qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish ma’lumotlar to‘liqligini, arifmetik hisob-kitoblarning to‘g‘riligini hamda hujjatlarda qayd qilingan ma’lumotlarning banklarning hisob-kitob davridagi buxgalterlik balansiga mos kelishini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda yaxlitlash va almashuv kursi o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Keyingi saqlash davri boshlanguniga qadar banklarga Markaziy bankka taqdim etilgan hisob-kitoblar va hujjatlarga tuzatishlar kiritish imkoniyati beriladi. Tuzatish kiritilgan hisob-kitoblar bilan birga tegishli bank boshqaruv raisi tomonidan imzolangan tushuntirish xati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaziy bankka o‘tkazilgan majburiy rezerv mablag‘lari banklarda 10309 — “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvarag‘i”da va Markaziy bankda 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvarag‘i”da yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning 10309 — “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvarag‘i”dagi qoldiq Markaziy bankdagi 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvarag‘i”dagi mablag‘lar qoldig‘iga teng bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. O‘rtachalash koeffitsiyenti qo‘llanilganda majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va depozitga o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaziy bank tomonidan o‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash huquqi quyidagi talablarga javob beradigan banklarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va Markaziy bankdagi depozitga o‘tkazish tartibiga rioya qilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan davrda majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash bo‘yicha majburiyatini bajargan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur talablarga javob bermagan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash huquqi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markaziy bank tomonidan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash huquqini berish masalasi ularning murojaatlari asosida uch ish kunida ko‘rib chiqiladi va bankka xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash huquqi berilgan hollarda mazkur huquq keyingi saqlash davridan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Banklar tomonidan mazkur Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan berilgan huquq bekor qilinadi. Mazkur huquqning qayta berilishi masalasi ikki oydan so‘ng Markaziy bank tomonidan bankning tegishli murojaatnomasi asosida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv mablag‘lari miqdori majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablag‘lar hamda majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini ayirgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Majburiy rezervlarni saqlash davrida o‘rtachalash koeffitsiyentini qo‘llash huquqidan foydalanish uchun banklar majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini hisoblaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini hisoblash davri majburiy rezervlarni hisob-kitob davriga teng bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Majburiy rezervlarni saqlash davrida banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdoridan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Majburiy rezervlarni qayta rasmiylashtirish va majburiy rezerv talablarini bajarish majburiyatini to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Banklarning qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan holatlarda majburiy rezervlar qayta rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish va to‘lovga qobiliyatsizlik holatlarida, unga vaqtinchalik tashqi boshqaruv tayinlanganda, shuningdek alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish yoki vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilganda majburiy rezervlarni tartibga solish amaliyoti to‘xtatilmaydi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olinganda bankning majburiy rezervlar bo‘yicha talablarni bajarish majburiyati to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Banklar tomonidan rezerv talablarining bajarilishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari bajarilishi ustidan nazoratni Markaziy bank amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Majburiy rezervlar bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida taqdim etilmasligi yoki ularning noto‘g‘riligi, saqlash davrida kamomadni qoplash uchun talab etiladigan mablag‘larning o‘tkazilmasligi va o‘rtachalashtirilgan majburiy rezervlar bo‘yicha majburiyatning bajarilmasligi majburiy rezerv talablarini buzilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari va majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdorini to‘g‘ri shakllantirilganligi banklarning balans hisoboti asosida Markaziy bank tomonidan tekshirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bank tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan qat’iy tartibda majburiy rezervlar bo‘yicha yetishmayotgan mablag‘lar va mazkur mablag‘lar hajmiga nisbatan qayta moliyalash stavkasining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda jarima undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda Markaziy bank uch kunlik muddatda bankning tugatish komissiyasi so‘rovnomasiga asosan bank majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan majburiy rezerv mablag‘larini bankning tugatish komissiyasi hisobvarag‘iga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida rezerv shakllantiriladigan majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 12-dekabrdagi 34/3-son qarori (ro‘yxat raqami 3002-5, 23.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Balans hisobvarag‘i raqami

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar nomlari

1.

20200

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

2.

20400

Jamg‘arma depozitlar

3.

20600

Muddatli depozitlar

4.

21000

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

5.

21400

Bankning to‘lanmagan akseptlari

6.

21600

To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar

7.

22000

Olingan uzoq muddatli kreditlar

8.

22600

Mijozlarning boshqa depozitlari

9.

23100

Mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari

10.

23400

Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari

11.

23500

Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum

12.

23600

Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar

13.

23700

Subordinar qarz

14.

29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

15.

29840

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar

16.

29842

Harakatsiz depozit majburiyatlari

17.

29846

Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar

18.

29849

Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar

19.

29896

Boshqa majburiyatlar

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________ bankning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga depozitga o‘tkazishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlari miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOB-KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(ming so‘mda)

T/r

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar

Balans hisobvaraqlari

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning o‘rtacha miqdori

Majburiy rezerv normativlari,

foizlarda

Majburiy rezervlarning normativ miqdori

Rezident

Norezident

Milliy valyuta

Chet el valyutasi

Milliy valyuta

Milliy valyuta

Chet el valyutasi

Milliy valyuta

Chet el valyutasi

A

B

D

E

F

G

H

I

J

1.

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

20200

2.

Jamg‘arma depozitlar

20400

3.

Muddatli depozitlar

20600

4.

Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

21000

5.

Bankning to‘lanmagan akseptlari

21400

6.

To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar

21600

7.

Olingan uzoq muddatli kreditlar

22000

8.

Mijozlarning boshqa depozitlari

22600

9.

Mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari

23100

10.

Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari

23400

11.

Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum

23500

12.

Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar

23600

13.

Subordinar qarz

23700

14.

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

29801

15.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar

29840

16.

Harakatsiz depozit majburiyatlari

29842

17.

Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar

29846

18.

Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar

29849

19.

Boshqa majburiyatlar

29896

20.

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami

X

X

X

X

X

X

X

21.

Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari

10100

X

X

X

X

X

X

22.

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablag‘lar ayrilgandagi qoldiq

X

X

X

X

X

X

X

23.

O‘rtachalash koeffitsiyenti

X

X

X

X

X

X

X

24.

Majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdori

X

X

X

X

X

X

X

25.

Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv mablag‘lari

X

X

X

X

X

X

X

26.

Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablag‘lar

10309

X

X

X

X

X

X

27.

Majburiy rezerv hisobvarag‘iga qo‘shimcha ravishda depozitga o‘tkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar

X

X

X

X

X

X

X

Bank rahbari:

Bosh buxgalter:

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy rezervlar miqdori hisob-kitobi jadvalini to‘ldirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob elektron shaklda berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval kataklari bo‘sh qoldirilmasligi kerak. Agar axborot bo‘lmasa nol ko‘rsatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitobda umumiy summa butunligicha ming so‘mda ko‘rsatilishi lozim. 500 so‘m va undan kam bo‘lgan summa hisobga olinmaydi (chiqarib tashlanadi), 500 so‘mdan ortiq bo‘lgan summa minggacha yaxlitlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitob tuzishda ham musbat, ham manfiy summalar uchrashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitobni tuzishda har kunlik balans hisoboti asosida hisoblanadigan hisob-kitob davridagi balans ma’lumotlarining o‘rtacha qoldig‘i aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(D) Ustun — Rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i. Bu ustunda rezidentlarga tegishli milliy valyutadagi ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(E) Ustun — Rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i. Bu ustunda rezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(F) Ustun — Norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i. Bu ustunda norezidentlarga tegishli milliy valyutadagi ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(G) Ustun — Norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i. Bu ustunda norezidentlarga tegishli xorijiy valyutadagi ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi o‘rtacha qoldig‘i ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(H) Ustun — Milliy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda milliy valyutadagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I) Ustun — Chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(J) Ustun — Majburiy rezervlarning normativ miqdori. Quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(J) Ustun = (D) Ustun x (H) Ustun + (E) Ustun x (I) Ustun + (F) Ustun x (H) Ustun + (G) Ustun x (I) Ustun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-satr. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar. Bu satrda 20200 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-satr. Jamg‘arma depozitlar. Bu satrda 20400 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-satr. Muddatli depozitlar. Bu satrda 20600 balans hisobvarag‘i qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-satr. Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar. Bu satrda 21002 va 21006 hisobvarag‘idagi qoldig‘i olib tashlangan holda 21000 balans hisobvarag‘i qoldig‘i ko‘rsatiladi. Shuningdek, bu satrda normativ miqdorni hisoblashda faqat norezidentlarga tegishli hisobvaraqlar qoldig‘i inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-satr. Bankning to‘lanmagan akseptlari. Bu satrda 21400 balans hisobvarag‘i qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-satr. To‘lanishi lozim bo‘lgan qisqa muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldig‘i olib tashlangan holda 21600 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-satr. Olingan uzoq muddatli kreditlar. Bu satrda Markaziy bank hamda rezident banklarga tegishli hisobvaraqlar qoldig‘i olib tashlangan holda 22000 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-satr. Mijozlarning boshqa depozitlari. Bu satrda 22602, 22606, 22614 va 22628 hisobvaraqlari qoldiqlari olib tashlangan holda 22600 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-satr. Mijozlarning bank kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari. Bu satrda 23100 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-satr. Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari. Bu satrda 23416 hisobvarag‘idagi qoldig‘i olib tashlangan holda 23400 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-satr. Mijozlarning bank kartalaridan kelib tushgan tushum. Bu satrda 23500 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-satr. Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar. Bu satrda 23600 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-satr. Subordinar qarz. Bu satrda kapital tarkibiga qo‘shiladigan subordinar qarz qoldig‘i olib tashlangan holda 23700 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-satr. Mijozlar bilan hisob-kitoblar. Bu satrda 29801 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-satr. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘tkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar. Bu satrda 29840 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-satr. Harakatsiz depozit majburiyatlari. Bu satrda 29842 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-satr. Boshqa kreditlar — Talab qilib olinmagan qoldiqlar. Bu satrda 29846 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-satr. Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablag‘lar. Bu satrda 29849 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-satr. Boshqa majburiyatlar. Bu satrda 29896 balans hisobvarag‘ining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami. Bu satrning (J) ustunida 1 — 19 satrlarning (J) ustunidagi mablag‘larning jami yig‘indisi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-satr. Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari. Bu satrning (J) ustunida 10100 balans hisobvarag‘ining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan chegirilishi belgilangan miqdori ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablag‘lar ayrilgandagi qoldiq. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-Satr (J) ustuni = 20-Satr (J) ustuni minus 21-Satr (J) ustuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-Satr. O‘rtachalash koeffitsiyenti. Bu satrning (B) ustunida o‘rtachalash koeffitsiyenti ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-Satr. Majburiy rezervlarning o‘rtachalashtirilgan miqdori. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-Satr (J) ustuni = 22-Satr (J) ustuni x 23-Satr (B) ustuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-Satr. Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv mablag‘lari. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-Satr (J) ustuni = 22-Satr (J) ustuni minus 24-Satr (J) ustuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-Satr. Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablag‘lar. Bu satrda 10309 balans hisobvarag‘ining hisob-kitob davrining oxirgi sanasidagi qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-Satr. Majburiy rezerv hisobvarag‘iga qo‘shimcha ravishda depozitga o‘tkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-Satr (J) ustuni = 25-Satr (J) ustuni minus 26-Satr (J) ustuni.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 15-noyabrdagi 34/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3002-4, 23.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 26-mart)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son; 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son; 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son; 24.08.2020-y., 10/20/3002-3/1203-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 21.06.2024-y., 10/24/3518/0431-son; 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son; 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)