13.09.2017 yildagi PQ-3272-son
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq monetar siyosatning yangi instrumentlarini joriy etish, milliy valyutaning mustahkamligini va respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda uning rolini kuchaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni bilan valyuta bozorini liberallashtirish jarayonlarida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan qat’iy monetar siyosat olib borish belgilangan bo‘lib, bunda uning instrumentlaridan faol va moslashtirgan holda foydalanishni nazarda tutish, davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bilan banklarning likvidligini oshirish bo‘yicha operatsiyalarning joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING VOSITALARIDAN FOYDALANIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI

1.

O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori, shu jumladan keyinchalik ularni uzoq muddatli loyihalarga yo‘naltirish bilan iqtisodiyotda bo‘shpul mablag‘larini safarbar qilish, shuningdek, pul-kredit siyosatini samarali olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori

loyihasi

2017-yil

1-oktabr

Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Inflatsiyaviy targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun zarur asoslar va shart-sharoitlar shakllanishiga alohida e’tibor qaratgan holda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli Konsepsiya va 2018 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

2018-yil

1-martgacha

Markaziy bank

3.

Valyuta bozori liberallashtirilganidan keyin valyuta kursi rejimi va pul-kredit siyosatini belgilash va ishlab chiqish uchun Xalqaro valyuta fondi texnik ko‘magini jalb qilish.

Xalqaro valyuta fondi bilan muzokaralar olib borish

2017-yil

IV chorak

Markaziy bank

4.

Umumiqtisodiy, soliq-budjet va pul-kredit siyosati amaliyotini muvofiqlashtirishni takomillashtirish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining balansliligini va inflatsiyaning past darajasini uyg‘unligi va mutanosibligini ta’minlash.

Respublika bank kengashi va Pul-kredit komissiyasi faoliyati, funksiyalari va tarkibini qayta ko‘rib chiqish asosida yagona idoralararo kollegial organni tuzish

2017-yil

IV chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

5.

Bank tizimida likvidlikni tartibga solishda ularning samaradorligini oshirish maqsadida majburiy zaxiralar normalarini qo‘llash metodlarini takomillashtirish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

2018-yil

I chorak

Markaziy bank,

tijorat banklari

6.

Pul bozori holatiga o‘z vaqtida ta’sir ko‘rsatish, tartibga solish samaradorligini oshirish uchun qisqa muddatli pul resurslarini taqdim etish va jalb etish banklararo bozori yagona platformasini ishga tushirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

2018-yil

I chorak

Markaziy bank,

O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

7.

Qarz vositalari bozorini rivojlantirgan va davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqara borgan sari davlat qimmatli qog‘ozlari bilan ochiq bozorda xususan REPO operatsiyalari, likvidlikni taqdim etish operatsiyalari, shu jumladan lombard kreditlari operatsiyalarini amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

Davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqarilgandan keyin uch oy davomida

Markaziy bank,

Moliya vazirligi, tijorat banklari

8.

Makroiqtisodiy model, shuningdek, keyinchalik tegishli asoslangan qarorlarni qabul qilish uchun tahlil va prognozlar sifatini oshirish maqsadida o‘rta muddatli va uzoq muddatli makroiqtisodiy prognozni baholash va shakllantirish metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Metodik ko‘rsatma

(idoralararo)

2018-yil

IV chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, vazirliklar va idoralar

9.

Foizli vositalarni optimallashtirish va pul-kredit instrumentlarining uzatish mexanizmining ishlash samaradorligini ta’minlash maqsadida Markaziy bank pul-kredit siyosati asosiy indikatori sifatida eng muhim stavka va foiz yo‘lagini joriy qilish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

2019-yil

IV chorak

Markaziy bank

10.

Pul-kredit siyosati vositalaridan faol va samarali foydalanish, shuningdek, ularni doimiy takomillashtirish.

Markaziy bank

Boshqaruvi qarori

Doimiy

asosda

Markaziy bank,

tijorat banklari

11.

Bank tizimidagi likvidlikning o‘zgarishini qisqa muddatli oraliq prognozlashtirilish amaliyotiga joriy qilish.

Tahliliy material

Doimiy

asosda

Markaziy bank

12.

Monetar faktorlar tomonidan inflatsion bosim kuchayishining mumkin bo‘lgan xavflarini boshlang‘ich davrida aniqlash va inflatsiya jarayonlarini jilovlash bo‘yicha pul-kredit sohasida olib borilayotgan choralarning samaradorligini baholash maqsadida asosiy pul-kredit agregatlari o‘zgarishini kundalik monitoring qilish tizimini joriy etish.

Tahliliy material

Doimiy

asosda

Markaziy bank

13.

Xorijiy ekspertlar va xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilish orqali, shu jumladan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tuzish sifatini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy

asosda

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi

II. IChKI BOZORDA NARXLAR O‘ZGARIShI USTIDAN SAMARALI NAZORATNI TA’MINLASh ChORALARI

14.

Mahsulot bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning Davlat reyestriga kiritilgan mahsulotlar va xizmatlar narxlarini (tariflar) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) amaliyotini 2017 — 2021-yillarda bosqichma-bosqich bekor qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Hukumat qarori

loyihasi

2017-yil

IV chorak

Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

15.

Haqiqatda yuzaga kelgan shart-sharoitlar va omillarni tanqidiy tahlil qilish asosida va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini kamaytirish, zarur infratuzilma va muhandislik-kommunikatsiya tizimini yaratish, shuningdek, ichki iste’mol bozorida narxlarning oshishiga olib keluvchi boshqa asossiz xarajatlar va tizimli muammolarni bartaraf qilish orqali respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash.

Hukumat qarori

loyihasi

2018-yil

I chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi,

vazirliklar va idoralar

16.

Inflatsiya holatlari va kutilmalarni har tomonlama va faktlar asosida tahlil qilish imkonini beruvchi xalqaro tan olingan amaliyotga muvofiq takomillashgan hisob-kitob metodikasini joriy qilish va iste’mol narxlari indeksini tuzish.

Metodologik hujjat

2017-yil

IV chorak

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Markaziy bank

17.

Xorij tajribasini o‘rganish asosida inflatsion kutilmalarni baholashning takomillashtirilgan metodologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Metodologik hujjat

2017-yil

IV chorak

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

18.

Xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magini jalb qilish orqali inflatsiyaning darajasini prognozlashtirish va uni faktlar asosida tahlil qilishning takomillashtirilgan modeli va metodologiyasini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy

hujjat

2017 — 2019

yillar

Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi

19.

Amaldagi mavsumiy, iqlim omillari va jahon narxlarining oshishi, shuningdek, monetar bo‘lmagan omillar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sabablar hisobiga narxlarning keskin o‘zgarishiga tezkor munosabat mexanizmini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-3082-son qarorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish doirasidagi choralarni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turi narxlarini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Respublika va doimiy amal qiluvchi hududiy komissiyalar rahbarlari

III. IJTIMOIY-IQTISODIY KO‘RSATKIChLAR ShAFFOFLIGINI YaNADA OShIRISh VA JAMOATChILIK BILAN ALOQALARNI RIVOJLANTIRISh ChORALARI

20.

Iqtisodiy siyosatning transparentligini oshirish va Xalqaro valyuta fondining “Ma’lumotlarni tarqatish umumiy tizimi” (MTUT) loyihasida ishtirok etish jarayonini qayta tiklash bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Hukumat qarori

loyihasi

2017-yil

IV chorak

Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar

21.

Davlat moliyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligini yanada oshirish maqsadida ularni davlat sektorida hisobga olish Xalqaro standartlariga muvofiq, rasmiy saytlar va rasmiy bosma nashrlarda har chorakda e’lon qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy

hujjat

2017-yil

IV chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank

22.

Pul-kredit siyosati va bank tizimi sohasida olib borilayotgan islohotlarni keng yoritish maqsadida jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirish va rivojlantirish.

OAV vakillari bilan uchrashuvlar va intervyular tashkil etish, press-relizlar tayyorlash

Muntazam

asosda

Markaziy bank, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

23.

Pul-kredit siyosatining har chorakda umumlashtirilgan ma’lumotini byulleten ko‘rinishida chop etish bilan birga Markaziy bank axborot-tahliliy nashrlari ro‘yxatini kengaytirish.

Markaziy bank axborot-tahliliy nashrlari

2018-yildan boshlab har chorakda

Markaziy bank, O‘zbekiston Bankla� assotsiatsiyasi, tijorat banklari

IV. XALQARO MOLIYA TAShKILOTLARI VA ChET EL MARKAZIY BANKLARI BILAN HAMKORLIK QILISh

24.

Mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish va inflatsiyaviytargetlash rejimiga o‘tish choralari doirasida seminar-treninglarda ishtirok etish orqali maslahatlashuv uchun xalqaro ekspertlarni jalb etish, yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar texnik ko‘magini jalb qilish.

Seminar-treninglarda ishtirok etishva XVF, Butunjahon banki, OTB va boshqalar texnik ko‘magini jalb qilish

2017 — 2021

yillar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi

25.

Pul-kredit siyosatini olib borish sohasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida xorij markaziy banklari bilan hamkorlik o‘rnatish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan xorij markaziy banklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum

2017 — 2019

yillar davomida

Markaziy bank

 LexUZ sharhi