18.04.2018 yildagi PQ-3673-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashtirish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarining oʻzaro samarali hamkorligi va integratsiyasini, axborotlarni tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash, keyinchalik hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari va dasturlarini ishlab chiqishda ulardan foydalanish, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va ishni tashkil qilish texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, qoʻshni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) tashkil etilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tizimli tahlil qilish va prognozlash imkonini beruvchi, davlat va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini 2019-yil 1-yanvarga qadar ishga tushirish belgilangani maʼlumot oʻrnida qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Yagona integratorning maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va ularga quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazalaridagi barcha axborotlarni saqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining barcha axborot tizimlari (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimlari) oʻrtasida mustahkam oʻzaro aloqani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni xavfsiz saqlash va barcha axborot tizimlarining barqaror ishlashini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqoq axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni keyinchalik tahliliy qayta ishlash boʻyicha platforma yaratishni taʼminlash vazifalarini yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimi funksiyalarini Yagona integratorga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Yagona integrator va maʼlumotlarga ishlov berish markazlarining faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari, resurslar va dasturiy mahsulotlarning samarali faoliyat yuritishi, ularning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyasi, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtirish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya loyihalarini ishlab chiqishning shaffofligi, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati shaffofligini, davlat xizmatlari qulayligi va sifatini oshirish borasidagi faoliyati ustidan nazorat qilish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona integratorning xavfsiz faoliyat yuritishi, tashqi va ichki tahdidlar, xakerlik hujumlaridan, shu jumladan infratuzilma obyektlarini himoya qilish sohasida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarining zaxira elektr taʼminoti, sovutish va xavfsizlik tizimiga ulangan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlangan joylarga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari oʻz faoliyatini samarali tashkil etishi uchun maqsadida server uskunalari, texnikalar, dasturiy taʼminot, ehtiyot qismlari va boshqa vositalarni olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari)dan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, ularning loyihaviy va texnik hujjatlari majburiy ravishda Yagona integrator bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni hisobga olishni kengaytirish va soliq tushumlari ustidan nazoratni kuchaytirish hisobiga budjet daromadlarini koʻpaytirish imkonini beradigan “onlayn” nazorat-kassa mashinalari tizimlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya xizmatlari uchun budjet mablagʻlarini tejashni, telefon soʻzlashuvlarining xavfsizligi va nazoratini taʼminlash imkonini beradigan hukumat mobil aloqa tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchilik guvohnomasidan tashqari, pasportlar, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning mavjud tizimi oʻrniga (respublika ichida) har bir fuqaroning yagona identifikatsiya raqami, uning shaxsiy maʼlumotlarini oʻzida jamlagan va davlat xizmatlaridan foydalanishda shaxsni aniqlash uchun ishlatiluvchi identifikatsiya kartalari (ID-kartalar) tizimini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirish, tegishli maʼlumotlarni avtomobil egalarining identifikatsiya kartalari (ID-kartalari)ga kiritgan holda transport vositalari uchun qogʻoz hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi transport vositalarini hisobga olish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi masʼul vazirliklar va idoralar, yetakchi konsalting kompaniyalari va xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-iyulga qadar ushbu qarorning 13-bandida nazarda tutilgan loyihalarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari kreditlari, donor tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari va investorlarning xayriya mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish boʻyicha aniq takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-avgustga qadar ushbu qarorning 13-bandida nazarda tutilgan loyihalarning texnik topshiriqlari va texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 1-noyabrga qadar loyihalarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga Toshkent shahrida joriy etish va pilot tartibida ishga tushirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati masʼul vazirlik va idoralarni jalb etgan holda ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3673-son