1-ILOVA
|
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. “XAVFSIZ SHAHAR” YAGONA APPARAT-DASTURIY KOMPLEKSINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH BOʻYICHA TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR | ||||
|
1. |
Avtomatlashtirish obyektlari, binolar va inshootlarning mavjud axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihaoldi oʻrganish, shoshilinch-operativ xizmatlar, chaqiruvlarni qayta ishlash yagona navbatchi-dispetcherlik markazlari, foydalanilayotgan axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalari faoliyatini tahlil qilish. |
Tahliliy maʼlumot |
2017-yil 20-oktabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov) |
|
2. |
“Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini yaratish uchun huquqbuzarlik va favqulodda vaziyatlarning oldini olish monitoringi tizimlarida foydalaniladigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish va tahlil qilish. |
Tahliliy maʼlumot |
2017-yil 20-oktabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov) TIF (A. Komilov) |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi faoliyatini tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2017-yil 20-sentabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Moliya vazirligi (B. Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
“Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksini yaratish va yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash, bunda quyidagilar orqali loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi: birinchi bosqich (2017 — 2019-yillar) sinov asosida — Toshkent shahri boʻyicha jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida xabarlarni qabul qilib olish va roʻyxatdan oʻtkazish avtomatlashtirilgan axborot tizimining video tahlil qilish va video kuzatish tizimlari bilan “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish; ikkinchi bosqich (2019 — 2021-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini viloyat markazlari va respublikaning yirik shaharlarida joriy etish; uchinchi bosqich (2021 — 2023-yillar) — “Xavfsiz shahar” kompleksini Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida joriy etish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-oktabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov) |
|
5. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish va rivojlantirish boʻyicha texnik topshiriqlarni qoʻshimcha ravishda ishlab chiqish. |
Texnik topshiriq |
2017-yil 15-noyabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining ichki ishlar organlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha reglamentlarni ishlab chiqish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Jamoat transportida yoʻlovchilar oqimini kuzatish va profilaktika ishlarini olib borish uchun intellektual-tahliliy videokuzatuv tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashni avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish doirasida “Xavfsiz shahar” kompleksidan foydalangan holda Toshkent shahridagi jamoat transportida xavfsizlikni boshqarish va aholiga xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha loyihani tayyorlash va amalga oshirish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
8. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratishga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Joʻrayev), SSV (A. Shodmonov), XTV (U. Inoyatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), vazirliklar va idoralar |
|
9. |
Xorijiy mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda “Xavfsiz shahar” kompleksining texnik vositalari va boshqa elementlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini oʻrganish, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan zarur texnik vositalar va apparat-dasturiy kompleksi boshqa elementlarning muayyan roʻyxatini taqdim etish. |
Tahliliy maʼlumot |
2017-yil 1-oktabrga qadar |
“Oʻzeltexsanoat” AK (F. Bakiyev), IIV (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), vazirliklar va idoralar |
|
10. |
“Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun yetkazib beruvchilarni belgilash va kontraktlar tuzish. |
Tender savdolari oʻtkazish |
2018-yil 1-martga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Videokuzatuv kameralari, shoshilinch chaqirish moslamalari oʻrnatish, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari va vaziyatni oʻrganish markazlarini tashkil etish uchun obyektlar joylashtiriladigan joylarni tayyorlash. |
Qurilish-montaj ishlari |
jadvalga muvofiq |
Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), IIV (A. Azizov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
13. |
Zarur obyektlarni aniqlashning ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda avtotransport uchun jamoat intellektual avtomobil turargohlarida apparat-dasturiy yechimlarini joriy etish hamda “Xavfsiz shahar” kompleksini yanada rivojlantirish doirasida onlayn toʻlovlarni tashkil etish. |
Jadval |
2017-yil 1-noyabrga qadar tasdiqlash 2018-2019-yillarda amalga oshirish |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
II. KADRLARNI TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH | ||||
|
15. |
Jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olishni taʼminlash sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganishni tashkil etish. |
Tahliliy maʼlumot |
2017-yil 15-sentabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), TIV (A. Kamilov), IIV (A. Azizov), FVV (R. Joʻrayev), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov), vazirliklar va idoralar |
|
16. |
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati va ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish uchun oʻquv kurslari va maxsus taʼlim dasturlarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar kompleksi |
tasdiqlanishi — 2017-yil 1-noyabrga qadar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), IIV (A. Azizov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari |
|
17. |
Kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida samaradorlikni oshirish va taʼlim olishni takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
III. AHOLI OʻRTASIDA “XAVFSIZ SHAHAR” KOMPLEKSI KONSEPSIYASINI ILGARI SURISH VA TARGʻIB QILISH BOʻYICHA TADBIRLAR | ||||
|
18. |
Aholi orasida “Xavfsiz shahar” kompleksi konsepsiyasini quyidagilar orqali targʻib qilishni tashkil etish: teleradio koʻrsatuvlar, ijtimoiy videoroliklar; bosma nashrlarda, Internet tarmogʻi va boshqa ommaviy axborot vositalarida tahliliy maqolalar tayyorlash; tegishli materiallarni koʻcha bannerlarida, ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish. |
Komissiya qarori |
2017-yil 1-dekabrga qadar |
Komissiya (A. Aripov), vazirliklar va idoralar |
|
19. |
Jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonning turistik va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida respublikaning “Worldʼs Safest Countries”da reytingini qoʻllab-quvvatlash va oshirish uchun tadbirlar tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2017-2018-yillar |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Abduhakimov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), TIV (A. Kamilov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Azizov), MTRK (B. Alixanov), OʻzA (A. Koʻchimov), vazirliklar va idoralar |