23.02.2018 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qarorini ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 56-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori A.A. Sadikov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyati, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi, shuningdek, Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agentlik davlat organi hisoblanadi va sportda dopingni oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash va amalga oshirishda ishtirok etadi. Biroq oʻz faoliyatida Butunjahon antidoping kodeksiga (va unga vaqt-vaqti bilan kiritiladigan oʻzgartirishlarga) muvofiq ravishda mustaqil harakat qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) boʻysunadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi, Butunjahon antidoping kodeksi, Butunjahon antidoping agentligining Xalqaro standartlari va boshqa hujjatlari Agentlik faoliyatida bajarilishi majburiy va tartibga soluvchi hujjatlar hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik Butunjahon antidoping kodeksini imzolovchi tashkilot hisoblanib, sportda dopingga qarshi kurashish sohasida Butunjahon antidoping agentligi hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasini ifoda etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari,mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida gʻaznachilik hisob raqamlari, bank hisob raqamlari, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlarga ega boʻladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikning rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi, qisqartirilgan — Oʻzbekiston Milliy antidoping agentligi (OʻzMADA);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — The National Anti-Doping Agency of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan — Uzbekistan National Anti-Doping Agency (UzNADA);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rus tilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq — Natsionalnoye antidopingovoye agentstvo Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan — Natsionalnoye antidopingovoye agentstvo Uzbekistana (UzNADA).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sportda dopingni oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, ularga rioya etilishini taʼminlash;
(10-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) doping nazoratining samarali tizimini, sportda taqiqlangan modda va usullari qoʻllanilishini hamda dopingni boshqa shakllarini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish;
(10-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tadqiqotlar (doping-testlar) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon antidoping agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
(10-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) doping nazorati sohasidagi ilgʻor uslublar va texnologiyalar bilan almashish hamda ularni mamlakatimizda joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
(10-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga sportda dopingni oldini olish va doping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sogʻlom va halol sportni targʻib qilish;
(10-bandning 5-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning doping nazorati sohasidagi oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
(10-bandning 6-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish hamda dopingga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini va qonunchilikni takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro va mintaqaviy antidoping standartlari va talablariga asoslangan milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping agentligining talablari va yangi qoidalarini doimiy monitoringini olib boradi hamda tezkor joriy etadi;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi, Butunjahon antidoping kodeksidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon antidoping agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllaydi, shuningdek, keyinchalik ushbu tizimning doimiy boshqaruvini taʼminlaydi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan modda va usullar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining doimiy yangilanib borilishini taʼminlaydi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislarining huquq va manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish va dopingga qarshi kurashish borasida xalqaro kooperatsiyani va hamkorlikni amalga oshiradi;
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida taqiqlangan moddalar va usullar qoʻllanishining oldini olish boʻyicha axborot va taʼlim dasturlarini amalga oshirish choralarini koʻradi;
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning byulleten va boshqa rasmiy nashrlari, shuningdek, oʻz faoliyatiga taalluqli boshqa maʼlumot va materiallarning chop etilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish masalalariga bagʻishlangan milliy va xalqaro ilmiy forumlar, simpoziumlar, anjumanlar, seminarlar hamda boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va ularda ishtirok etadi;
(11-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi, sportda dopingni oldini olish va dopingga qarshi kurashish masalalari boʻyicha belgilangan tartibda idoralararo shartnomalar tuzadi;
(11-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) hamda doping nazorati boʻyicha boshqa xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badallarini toʻlaydi;
(11-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, shu jumladan namunalar va biomateriallarni topshirish tartib-taomili toʻgʻrisida sportchilar va shifokorlarga axborot-maslahat berishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish va dopingga qarshi kurashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
(11-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazorati natijalarini boshqarish tartib-taomillarini amalga oshiradi, shu jumladan antidoping qoidabuzarligi sodir etganlik uchun tegishli intizomiy choralar koʻradi;
(11-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportda dopingni aniqlash va oldini olish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va davlat boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi;
(11-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), klublari, jamoalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar uchun antidoping boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatlikni muhofaza qilish va sportda farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalardan qonuniy foydalanish borasida sportchilar, murabbiylar, tibbiyot va boshqa mutaxassislarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish tadbirlarini oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish ahamiyati va maqsadlarini keng tushuntirib borish tadbirlarini oʻtkazadi;
(11-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlarning doping nazorati sohasida qoʻshma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlaydi.
(11-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jumladan, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), klublari va boshqa tashkilotlardan, shuningdek, sportchilar va mansabdor shaxslardan uslublarni, farmakologik taʼsirga ega dori preparatlari va boshqa moddalarni qoʻllashga oid zarur maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro meʼyoriy hujjatlar talablarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy antidoping, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga sportchilar (sportchilar guruhi, jamoa) tomonidan sportda taqiqlangan modda va usullarni qoʻllanishiga taalluqli maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni, shuningdek, tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlari natijalarini taqdim etish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislarining manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini ushbu Nizomda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalar doirasida rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grant mablagʻlari va boshqa moliyaviy yordamni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy grantlarni, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan olish boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida intellektual mulk obyektlari uchun mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati sohasida ilmiy-uslubiy va axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlarni belgilangan tartibda chop etish va tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning samarali faoliyatini tashkil etish, antidoping nazorati tizimi, shuningdek, sportda taqiqlangan dori hamda boshqa modda va usullar qoʻllanishini nazorat qilishga qaratilgan turli dasturlar va usullarni ishlab chiqish va joriy etish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish maqsadida shartnomalar asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga jalb qilish;
(12-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka, Agentlik maqsadlari va vazifalariga zid boʻlmagan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, milliy sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, shuningdek, boshqa tashkilotlar, sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, mansabdor shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik quyidagilar uchun javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlar va qoidalarga muvofiq, sportchilarning (sportchilar guruhi, jamoaning) mashgʻulot, musobaqa, tibbiy-biologik va tiklanish jarayoniga oid maʼlumotlarning, shuningdek, tadqiqotlar (doping-test) va doping nazoratining boshqa elementlari natijalarining maxfiyligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy antidoping qoidalari va sportda dopingga qarshi kurashish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va halol sportni targʻib qilishga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazoratini rejalashtirish va samarali oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon antidoping agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarda oʻtkazilgan doping-test natijalari monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antidoping qoidalarini buzgan sportchi, murabbiy va boshqa mutaxassislarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilardan olingan biologik namunalarni saqlash va antidoping laboratoriyasiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni yetakchi xorijiy muassasalarda tizimli ravishda maxsus qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdan maqsadli foydalanish va uning saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 8-maydagi PQ-149-son qarorida yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini chuqur va tanqidiy tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralar ishlab chiqish va qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mansabdor shaxslarining vakolatlari, Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping agentligi bilan Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda kelishish;
(14-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon antidoping agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimi qoʻllanishini nazorat qilish;
(14-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalar olish, ularni saqlash va Butunjahon antidoping agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga yetkazish jarayonini muvofiqlashtirish;
(14-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va halol sportni targʻib qilish masalalariga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping kodeksiga, Milliy antidoping qoidalari va dopingga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etish tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va mansabdor shaxslarning har choraklik ish rejalarini va ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish hamda monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari va Agentlik huzuridagi komissiyalar aʼzolarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli tashkil etish;
(14-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 09/21/238/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularga samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratish, Agentlik kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil qilish, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ularni mukammal ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(14-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Agentlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish (viza qoʻyish);
(14-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Agentlik rahbarlari, xodimlari va Agentlik huzuridagi komissiyalar aʼzolarining xizmat safarlarida boʻlishini tashkil etish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
(14-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 09/21/238/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimda qolishi yoki qolmasligi maqsadga muvofiqligi haqidagi masalani koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga ishlarni tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil qilish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Agentlik xodimlari va rahbariyatining qabulxonalar faoliyatida faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatining ochiqligini taʼminlash masalasida qonun hujjatlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning shtat jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlikning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻgʻrisidagi masalani hal etish, Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini faxriy unvonlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiya va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari bajarilishini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomini mustahkamlashga doir kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik qarorlari, direktorning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ish rejalarida koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy antidoping qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon antidoping agentligining antidoping maʼmuriyatchiligi va menejmenti (ADAMS) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom va halol sportni targʻib qilish masalalariga doir axborot-taʼlim dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butunjahon antidoping kodeksiga, Milliy antidoping qoidalari va dopingga qarshi kurashish boʻyicha boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilish tadbirlarini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingni oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasiga oid hujjatlarning sifatli huquqiy ekspertizasini taʼminlash;
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda bosh direktorga takliflar kiritish, ularning professional darajasi, chuqur bilimga, amaliy tajribaga egaligi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarining yuqoriligi kafolatlanganini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalarning normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini sifatli tayyorlashini taʼminlash, Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik muhokama etish uchun koʻrib chiqish hamda viza qoʻyish, Agentlik rahbari tomonidan imzolash (viza qoʻyish), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga muvofiq ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
(15-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq hamda har tomonlama koʻrib chiqish, ularni huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan puxta oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarori talablariga toʻliq muvofiq ravishda xizmat safarlarida boʻlish, xizmat safarlarining asosliligi, samaradorligi va natijadorligini hamda xizmat safarlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, hayʼat majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish va yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashadigan sabablar va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bosh direktoriga davlat xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish samaradorligi hamda sifatini oshirishga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlar va tartibda jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslar vakillarini muntazam shaxsan qabul qilish, shu jumladan sayyor qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga kelib tushadigan murojaatlar oʻz vaqtida hamda toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlariga kiritilgan axborot va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik direktori quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 14-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 15-bandida qayd etilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§ Agentlikka rahbarlik qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlikka Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy xizmat koʻrsatish shartlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Direktor:
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarining lavozim vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasida Agentlik xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik direktori boʻlmagan vaqtlarda uning vakolatlarini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan biri bajaradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§ Agentlikning davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agentlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agentlik Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar roʻyxatiga kiradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§ Agentlik Komissiyalari va doping nazorati inspektorlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agentlikda quyidagi Komissiyalar tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning terapevtik maqsadlarda taqiqlangan modda(lar) yoki usul(lar)dan foydalanish uchun bergan arizalari va ularni tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrib chiqadigan hamda ushbu foydalanish xalqaro terapevtik istisnolar standartiga muvofiq ravishda ruxsat etilishi mumkin yoki yoʻqligini aniqlaydigan Terapevtik istisnolar boʻyicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
antidoping qoidalarining buzilishi holatlarini oʻrganadigan va ular boʻyicha qaror qabul qiladigan, faoliyatida mustaqil boʻlishi shart boʻlgan Axloq komissiyasi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiyalar aʼzolari zarurat boʻlganda ishga jalb etiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 238-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 09/21/238/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiyalar va doping nazorati inspektorlarining faoliyati tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlangan tegishli reglamentlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlik faoliyatining samaradorligi doimiy ravishda baholab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi Vazirlar Mahkamasining mutasaddi kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki tegishli intizomiy javobgarlik choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agentlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslar mablagʻlari, xalqaro moliyaviy institutlar grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi va moddiy-texnik taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agentlik xodimlariga budjet muassasalari va tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ish haqi toʻlash, mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatish, moddiy ragʻbatlantirish va mehnatni ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agentlik komissiyalarida ishlash uchun jalb etiladigan mutaxassislar va doping nazorati inspektorlarining ish haqi har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 3,52 barobarigacha miqdorda belgilanadi va Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hamda amalda ishlangan kunlarga mutanosib ravishda, ammo bir oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35,2 foizidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agentlik oʻz faoliyati natijalarining hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritadi va Vazirlar Mahkamasi, davlat soliq xizmati organlari, statistika va boshqa vakolatli organlarga hisobotlar taqdim etadi, hujjatlarning saqlanishi hamda davlat arxiv tashkilotlarida saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331. Doping-test oʻtkazish uchun maxsus toʻplamlarning yaroqlilik muddati qisqaligi va ularning yagona ishlab chiqaruvchisi tomonidan eng kam xarid qilishning cheklangan hajmi belgilanishi sababli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilingan maxsus toʻplamlarning rejali doping-test oʻtkazishdan tashqari yaroqli qoldiq qismi shartnoma asosida doping-test oʻtkazish pullik xizmatini koʻrsatish uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda doping-test oʻtkazish pullik xizmati koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi komissiya aʼzolarining ish haqini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping-test oʻtkazish uchun maxsus toʻplamlarni xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud kreditorlik qarzlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 238-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 09/21/238/0377-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi hisobdorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Agentlik direktori Agentlik faoliyatining natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Agentlik bosh direktorining zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyatining samaradorligini xolis baholaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan intizomiy jazoga tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 141-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 15-avgustdagi 226-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “shuningdek milliy antidoping xizmati funksiyasini bajaruvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “va antidoping nazorati” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar kompleksining VI boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 09/18/141/0817-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 27.04.2021-y., 09/21/238/0377-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)