O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
925-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan “Axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va “ZiyoNET” tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibi to‘g‘risida” nizomning 2-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazining” va “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish “O‘zinfokom” markazi” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” va “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi “O‘zinfokom” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son)
v) 3-ilovada:
7-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga” so‘zlari tegishli ravishda “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” va “Apparat boshqaruvchisiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga” so‘zlari tegishli ravishda “Apparat boshqaruvchisi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamentiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari tegishli ravishda “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” va “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13 va 14-bandlardagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” bloki “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi” bloki bilan almashtirilsin;
“Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti” bloki “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-taxlil departamenti” bloki bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 4-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“2018-yil 1-yanvardan boshlab abonent raqamidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan tushgan mablag‘larning 70 foizi”;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyatini xodimlarni qo‘shimcha ravishda moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan”;
yigirmanchi xatboshidagi “5” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qo‘shilsin:
“Xavfsiz shahar” yagona apparat-dasturiy kompleksini yaratish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash hamda uni yanada rivojlantirish;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda zarurat bo‘lganda Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi faoliyati”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida” Nizomni va vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalarining shtatdagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 25-yanvardagi 18-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 4-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, 3-bandining to‘rtinchi xatboshi, 4-bandning “a” kichik bandi hamda qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-taxlil departamenti” so‘zlari “Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi va 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
nomidagi “O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi” bloki “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining” blokiga almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “ICTWEEK Uzbekistan” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyuldagi 466-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 27-son, 622-modda) ilovasining:
a) yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“A.X. Muxitdinov — Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratorining direktori v.b.”
a) o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“M.M. Sangilov — Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi direktori”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 625-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 858-modda) bilan tasdiqlangan 2017-2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur “Mas’ul ijrochilar” ustunining 1 va 35-pozitsiyalaridagi “Uzinfocom” Markazi” so‘zlari “Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integratori” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2025-y., 09/25/54/0099-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)