29.09.2017 yildagi PQ-3297-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida davlat aktivlarini sotish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini ragʻbatlantirish, samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarini xususiylashtirish, xususiy tibbiy xizmatlar sektorini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining samarasiz faoliyat yuritayotgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini xususiylashtirish tartibida, xususiy tibbiy xizmatlar ulushini yanada koʻpaytirish uchun tadbirkorlik subyektlariga sotish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, savdo shartlariga koʻra qatnashchilarning takliflari bir xil boʻlgan hollarda xususiylashtirish jarayonida davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotilayotgan davlat tibbiyot tashkiloti mehnat jamoasining aʼzosi boʻlgan savdo qatnashchisiga afzallik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini baholash, savdoga qoʻyish va tadbirkorlik subyektlariga sotish reja-jadvali tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik ularning negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini barpo etib, ulardagi ish joylarini saqlab qolgan holda davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlarini sotish shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimidagi tibbiyot tashkilotlarining tuzilmasini yanada optimallashtirish va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 10-sentabrdagi 292-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 37-son, 429-modda) 4-ilovasining 11 — 13, 23 — 33, 43, 45 — 55, 61, 73 — 78, 81, 82, 88, 94, 100, 104, 106, 119, 120, 122, 124, 125, 131, 138, 139-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3297-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3297-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida, ularning faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat tibbiyot tashkilotlarining nomi

Joylashgan joyi(pochta manzili)

Yuqori turuvchi tashkilot

Andijon viloyati

1.

Viloyat tibbiy diagnostika markazi

Andijon shahri, Hamza-Hakimzoda koʻchasi, 114-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

2.

Viloyat stomatologik poliklinikasi

Andijon shahri, Boburshoh koʻchasi, 87-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

3.

Asaka reabilitatsiya shifoxonasi

Andijon shahri, J. Manguberdi koʻchasi, 89-uy

Asaka tumani tibbiyot birlashmasi

Buxoro viloyati

4.

Peshku tumani stomatologiya poliklinikasi

Tinchlik koʻchasi, 1-uy

Peshku tumani tibbiyot birlashmasi

5.

Romitan tumani stomatologiya poliklinikasi

Romitan shahri, Bobo Samosiy koʻchasi, 137-uy

Romitan tumani tibbiyot birlashmasi

6.

Qorakoʻl tumani stomatologiya poliklinikasi

Ulugʻbek koʻchasi

Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasi

7.

Kogon shahar stomatologiya poliklinikasi

Vatanparvar koʻchasi, 2-uy

Kogon shahar tibbiyot birlashmasi

8.

Olot tumani stomatologiya poliklinikasi

Usmon Shayx mahallasi, 78-uy

Olot tumani tibbiyot birlashmasi

9.

Buxoro tumani stomatologiya poliklinikasi

Gala-Osiyo shahri, A. Fitrat koʻchasi, 17-uy

Buxoro tumani tibbiyot birlashmasi

10.

Vobkent tumani stomatologiya poliklinikasi

Shifokor MFY, Tadbirkor koʻchasi, 50A-uy

Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi

11.

Gʻijduvon tumani stomatologiya poliklinikasi

Sharq koʻchasi, 50-uy

Gʻijduvon tumani tibbiyot birlashmasi

12.

Jondor tumani stomatologiya poliklinikasi

M. Tarobiy koʻchasi, 53-uy

Jondor tumani tibbiyot birlashmasi

13.

Kogon tumani stomatologiya poliklinikasi

Yangi-Hayot shaharchasi, Niyoz-Hoji QFY

Kogon tumani tibbiyot birlashmasi

14.

Shofirkon tumani stomatologiya poliklinikasi*

Navrz koʻchasi, 117-uy

Shofirkon tumani tibbiyot birlashmasi

Qashqadaryo viloyati

15.

Viloyat tibbiy diagnostika markazi

Qarshi shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 85-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

16.

Viloyat fizioterapevtika shifoxonasi

Qamashi tumani, Qiziltepa shaharchasi

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

17.

Viloyat 2-son oftalmologiya shifoxonasi

Shahrisabz tumani, Katta Novqat qishlogʻi

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

18.

Shahrisabz tumani 1-son stomatologiya poliklinikasi

Ipak yli koʻchasi, 100-uy

Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi

19.

Shahrisabz tumani 2-son stomatologiya poliklinikasi

Chorshanba shaharchasi

Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi

20.

Kasbi tumani stomatologiya poliklinikasi*

Mustaqillik koʻchasi, Mulon” QFY

Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi

21.

Kitob tumani stomatologiya poliklinikasi

Kitob shahri, General Jrabek koʻchasi, 1-uy

Kitob tumani tibbiyot birlashmasi

22.

Qamashi tumani stomatologiya poliklinikasi

Navoiy MFY, Charoon koʻchasi, 47-uy

Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi

23.

Chiroqchi tumani tumani stomatologiya poliklinikasi

Mustaqillik koʻchasi, 66-uy

Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi

24.

Qarshi tumani stomatologiya poliklinikasi

Beshkent shahri, Mustaqillik koʻchasi, 8-uy

Qarshi tumani tibbiyot birlashmasi

25.

Koson tumani stomatologiya poliklinikasi*

Obron” qishlogʻi

Koson tumani tibbiyot birlashmasi

26.

Yakkabogʻ tumani stomatologiya poliklinikasi

Yakkabogʻ shahri, Chmich mahallasi, 8-uy

Yakkabogʻ tumani tibbiyot birlashmasi

Namangan viloyati

27.

Viloyat tibbiy diagnostika markazi

Namangan shahri, Gzal mavzesi, 2D-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Samarqand viloyati

28.

Samarqand shahar dezinfeksiya stansiyasi

Szangaron koʻchasi, 2-berk koʻcha, 8-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

29.

Kattaqoʻrgʻon shahar stomatologiya poliklinikasi

Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 1-uy

Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi

30.

Urgut tumani stomatologiya poliklinikasi

Gʻalaba koʻchasi, 1-uy

Urgut tumani tibbiyot birlashmasi

31.

Jomboy tumani stomatologiya poliklinikasi

Sh. Burxonov koʻchasi, 21-uy

Jomboy tumani tibbiyot birlashmasi

32.

Ishtixon tumani stomatologiya poliklinikasi

A. Navoiy koʻchasi, 69-uy

Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi

33.

Payariq tumani stomatologiya poliklinikasi*

O. Quvvatov koʻchasi, 3-uy

Payariq tumani tibbiyot birlashmasi

34.

Pastdargʻom tumani stomatologiya poliklinikasi

Juma shahri, A. Navoiy koʻchasi

Pastdargʻom tumani tibbiyot birlashmasi

35.

Paxtachi tumani stomatologiya poliklinikasi

Ziyoviddin shaharchasi, A. Temur koʻchasi, 1-uy

Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasi

Surxondaryo viloyati

36.

“Vandob” fizioterapevtika shifoxonasi

Sherobod tumani, “Qoʻhitang” MFY, Vandob” qishlogʻi

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Sirdaryo viloyati

37.

Viloyat tibbiy diagnostika markazi

Guliston shahri,I.Karimov koʻchasi, 12A-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Toshkent viloyati

38.

Angren shahri “Nurobod” shifoxonasi

Angren shahri, Nurobod shaharchasi

Angren shahar tibbiyot birlashmasi

39.

Ohangaron tumani stomatologiya poliklinikasi

Kichiknohiya, 20-uy

Ohangaron tumani tibbiyot birlashmasi

40.

Bekobod shahar tibbiy diagnostika markazi

80-kvartal, 15-uy

Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi

Fargʻona viloyati

41.

Quva tumani “Begat” shifoxonasi

Namuna QFY, K. Rziyev koʻchasi

Quva tumani tibbiyot birlashmasi

42.

Fargʻona shahar dezinfeksiya stansiyasi

Tegirmon koʻchasi, 189A-uy

Fargʻona shahar DSENM

43.

Quvasoy shahar stomatologiya poliklinikasi

A.Asqarov koʻchasi, 7-uy

Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasi

44.

Qoʻqon shahar tibbiy diagnostika markazi

Turkiston koʻchasi, 4-uy

Qoʻqon shahar tibbiyot bi?lashmasi

45.

Qoʻqon shahar stomatologiya poliklinikasi

Turkiston koʻchasi, 62-uy

Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi

Xorazm viloyati

46.

Viloyat ryeabilitatsiya markazi

Urganch shahri, Al-Beruniy koʻchasi, 13B-uy

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Toshkent shahri

47.

Olmazor tumani 2-son stomatologiya poliklinikasi

Qora-Qamish 2/4, Kalanov koʻchasi, 1-uy

Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi

48.

Yashnobod tumani 4-son stomatologiya poliklinikasi

Karimov koʻchasi, 57-uy

Toshkent shahar Sogʻliqni saqlashbosh boshqarmasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ijara shartnomasi asosida binolarda joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tibbiyot tashkilotlarining davlat aktivlari ular negizida zamonaviy tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish sharti bilan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli yangi mulkdor tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balans saqlovchilar obyektlarni belgilangan tartibda yangi mulkdorga topshirgunga qadar ularning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2017-y., 07/17/3297/0064, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)