26.09.2017 yildagi 767-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek ichki ishlar organlari uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga aylantiriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari roʻyxati tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga qabul faqat Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy akademik litseylar bitiruvchilari, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari tarkibidan amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining bitiruvchilari uchun ularning test sinovlari davomida toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 10 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzida imtiyozli shartlar tatbiq etilishi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kira olmagan idoraviy akademik litseylarning bitiruvchilari ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari tomonidan belgilanadigan tartibda ustunlik asosida tegishlicha ichki ishlar organlariga, Milliy gvardiyaning qoʻriqlash xizmatiga va Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga xizmatga qabul qilinadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan fazilatlar va dastlabki kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan huquqiy va boshqa umumkasbiy fanlardan seminar va amaliy-oʻquv mashgʻulotlari hududiy ichki ishlar organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning koʻp yillik boy amaliy tajribaga ega xodimlari jalb etilgan holda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida yuqori sifatli oʻquv-tarbiya jarayonini taʼminlashda, shuningdek pedagoglar malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan tizimli ravishda har tomonlama metodik va amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz tizimidagi akademik litseylarda taʼlim yoʻnalishlarini ichki ishlar organlarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib mustaqil belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻquvchilarni oʻz tizimidagi akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish imtihonlarini shaffof va xolisona oʻtkazilishini taʼminlasin hamda har qanday korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
767-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining (keyingi oʻrinlarda IIV akademik litseylari deb ataladi) maqomi, asosiy maqsadi va vazifalari, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, boshqarish, shuningdek ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlashni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. IIV akademik litseyi davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IIV akademik litseyida oʻquv-tarbiya jarayoni oʻquvchilarni ichki ishlar organlariga kasbiy yoʻnaltirishni hamda ularni Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini nazarda tutadigan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi IIV akademik litseylariga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi hamda ularning hududiy ichki ishlar organlari bilan hamkorligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtiradi va ularga axborot-resurs taʼminotida amaliy jihatdan yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. IIV akademik litseyi yuridik shaxs hisoblanadi hamda banklarda hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻzining nomi koʻrsatilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. IIV akademik litseylarining maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan holda oʻqitish, intellektual rivojlanishini taʼminlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash IIV akademik litseylari faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar IIV akademik litseylarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yoʻnaltirilgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq sifatli oʻqitishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni Vatanga, yuksak fuqarolik hamda demokratiya, mustaqillik gʻoyalariga, oʻz xalqining maʼnaviy va tarixiy qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarga qonunchilikni toʻgʻri tushunishni va ularga rioya qilishni taʼminlaydigan yuksak madaniyatni, kasbiy koʻnikmalarni, faol ijtimoiy-fuqarolik xulq-atvorni singdirish va ularda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat va himoya qilish, ular bilan xushmuomala boʻlish madaniyatini shakllantirish, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish vazifalarini vijdonan bajarishga qodir boʻlgan professional xodimlarni tayyorlashni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda jismoniy chidamlilik, kuch, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, sogʻlom fikrlash, alohida sharoitlarda vaziyatga toʻgʻri baho berish koʻnikmalarini va turli yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda jinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati boʻyicha tasavvurlarni hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarda ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur boʻlgan kasbiy-psixologik bilim va koʻnikmalarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. IIV akademik litseyida oʻquv jarayoni davlat taʼlim standartlariga asosan hamda oʻquvchilarni ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash va Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylarining taʼlim yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IIV akademik litseylarida oʻqish davlat va rus tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻquv rejasi, oʻquv jarayoni jadvali, oʻquv mashgʻulotining turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari oʻquv-tarbiyaviy ishlar, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlari talablaridan kelib chiqib, IIV akademik litseyining oʻziga xosligi hisobga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari IIV akademik litseylarining samarali faoliyat koʻrsatishi, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquvchilarni tarbiyalash va oʻqitish jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishning turli zamonaviy shakllari va interfaol usullaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻquv mashgʻulotlari davlat va nodavlat tashkilotlarining mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tomonidan belgilangan tartibda soatbay haq toʻlash asosida oʻtkazilishi hamda mashgʻulotlarga ichki ishlar organlarining boy amaliy tajribaga ega amaliyot xodimlari jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. IIV akademik litseylari oʻquv-tayyorlov markazlarini tashkil etgan holda, ish vaqtidan tashqari paytda akademik litsey oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchi va fuqarolar uchun ixtiyoriylik asosida qoʻshimcha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha oʻquv mashgʻulotlaridan tushgan mablagʻlarning 50 foizi mashgʻulot oʻtkazgan oʻqituvchining mehnatiga haq toʻlashga qoʻshimcha ustama uchun, qolgan qismi akademik litseyning moddiy-texnik va oʻquv bazasini rivojlantirish, xodimlarni ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlarga yoʻnaltiriladi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. IIV akademik litseylarida oʻquv mashgʻulotlariga ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, taʼlim berishda oʻquv jarayonini ichki ishlar organlarining amaliy faoliyati bilan bogʻlashga qaratilgan ilmiy-metodik ishlar olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻquv jarayoni davomida oʻquvchilarning jamlovchi ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlarida, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatida amaliyot oʻtashlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻquv amaliyotini oʻtash tartibi va muddatlari ichki ishlar vazirligining alohida ishlab chiqilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻqitish, jismoniy va jangovar tayyorgarlikni oshirish, mehnat, dam olish va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni birgalikda olib borishning tibbiy-pedagogik asoslanishini taʼminlaydigan kun tartibi oʻquvchilarning IIV akademik litseyidan boshqa akademik litseylarida belgilangan taʼlim olishining umumiy tartib-qoidalarini hisobga olgan holda tuziladi va IIV akademik litseylari pedagogik kengashlarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. IIV akademik litseyining mansabdor shaxslari va oʻquvchilarining vazifalari va funksional majburiyatlari IIV akademik litseyining ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. IIV akademik litseylarida oʻquvchilar bilimini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv yili yakunlangandan keyin IIV akademik litseyi oʻquvchilarini har bir bosqichda oʻzlashtirish va attestatsiya natijalari boʻyicha navbatdagi bosqichga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarning bir bosqichdan keyingi bosqichga oʻtishi IIV akademik litseyi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. IIV akademik litseyi oʻquvchilari va ularni oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan har yilgi kvotalar boʻyicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. IIV akademik litseylariga umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan, sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqli deb topilgan, tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylariga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. IIV akademik litseyiga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchilar deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va oʻzlashtirish daftarchasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. IIV akademik litseylari oʻquvchilarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan IIV akademik litseyi ustavida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. IIV akademik litseyida oʻqish muddati ikki yildan iborat boʻladi. Guruhlardagi oʻquvchilar soni esa — 26 kishidan ortiq boʻlmasligi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son qaroriga muvofiq akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom hamda ijtimoiy-gumanitar taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. IIV akademik litseylari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va ularni oʻqishdan chetlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Oʻquvchilarni boshqa taʼlim muassasalaridan IIV akademik litseylariga koʻchirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Oʻquvchilarning oʻqishi bir IIV akademik litseyidan boshqa IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi bilan kelishilgan holda yozgi taʼtil davrida, oʻquvchi respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtganda yoki ota-onasi xizmat oʻtash joyini oʻzgartirganda esa, oʻquv yili davrida ham koʻchiriladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273. Oʻquvchilar quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz xohishiga binoan, boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki davlatga chiqib ketganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquvchi tomonidan oʻquv dasturi va oʻquv rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni boʻyicha oʻtkazilgan yakuniy nazoratda ikkita va undan ortiq fanlar boʻyicha qoniqarsiz baho olganda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir semestr mobaynida mashgʻulotlarda uzrli sabablarsiz 72 soat va undan koʻp qatnashmaganda (vaqtincha mehnatga layoqatsizligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, yaqin qarindoshining toʻyi, maʼraka va marosimlarini oʻtkazishda ishtirok etishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno);
(273-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻquvchi tomonidan IIV akademik litseyining kun tartibiga muntazam rioya etmaslik yoki ichki tartib-qoidalari qoʻpol ravishda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) oʻquvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat uchun sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) vafot etganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) ota-onasi boshqa davlatga xizmat safariga yuborilganda ular bilan joʻnab ketganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
274. IIV akademik litseylaridan chetlashtirilgan oʻquvchilar oʻqishga qayta tiklanmaydi, mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Mazkur Nizom 273-bandining “b” va “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda oʻqishdan chetlatilganligiga 1 yildan 2 yilgacha muddat boʻlgan oʻquvchilarning oʻqishini qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(275-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. IIV akademik litseylaridan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar akademik litsey direktori tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir hafta muddatda tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etiladi.
(276-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277. IIV akademik litseydan chetlashtirilgan oʻquvchilarni Bolalar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan yashash manzili boʻyicha majburiy umumiy oʻrta taʼlimga jalb etish toʻgʻrisida qarori bilan birgalikda hujjatlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalariga yuboriladi.
(277-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligining hududiy boʻlinmalari 10 kun muddat ichida oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish masalasini hal etadi va bu toʻgʻrisida IIV akademik litseyiga hamda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan taʼlim muassasasiga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻquvchining oʻqishi koʻchirilayotgan taʼlim muassasasiga yuboriladigan maʼlumotga IIV akademik litseyidan taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
279. Oʻquvchining oʻqishini boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgan IIV akademik litseyi direktori oʻquvchini oʻquvchilar safidan chiqarish haqida buyruq chiqaradi va 3 kun muddatda oʻquvchini qabul qilayotgan taʼlim muassasasiga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2710. Oʻqishdan chetlashtirilgan yoki oʻqishi koʻchirilayotgan oʻquvchini qabul qilayotgan taʼlim muassasasi direktori 3 kun muddatda oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2711. Oʻquvchilarni chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar, pedagogik kengashning qarori, buyruq, ariza, oʻzlashtirish daftarchasi IIV akademik litseyida saqlanadi”.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, IIV akademik litseyini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tegishli maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan shaxslar IIV akademik litseyida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylariga oʻqituvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. IIV akademik litseyi oʻqituvchilar tarkibini attestatsiyadan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. IIV akademik litseyi rahbariyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻquvchilarning oʻqish, mehnat va dam olish sharoitlariga rioya etishi yuzasidan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. IIV akademik litseylari direktorlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi bilan kelishilgan holda IIV akademik litseyi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseyi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning sifatli oʻqitilishi va tarbiyalanishi, oʻquv rejalari va dasturlarining bajarilishi, IIV akademik litseyining oʻquv-metodik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va oʻqituvchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shtatlar jadvaliga asosan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida pedagog xodimlarning tarifikatsiya boʻyicha roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻquv bosqichlarda akademik guruhlarga guruh sardorlari IIV akademik litseyi direktorining buyrugʻi bilan vatanparvar, yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan tashkilotchi hamda faol oʻquvchilar orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. IIV akademik litseyida direktor huzurida oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va takomillashtirishga koʻmaklashadigan kollegial organ hisoblanadigan pedagogik kengash tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik kengashning vazifalari va funksiyalari IIV akademik litseyi ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. IIV akademik litseyining direktori va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqa mansabdor shaxslari malaka talablarida, mehnat shartnomasi (kontrakti)da va IIV akademik litseyi ustavida nazarda tutilgan oʻz funksional vazifalarini bajarishi yuzasidan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat organlarining IIV akademik litseylarini boshqarish boʻyicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid oliy taʼlim muassasalari bazasida va malaka oshirish muassasalarida oʻqituvchilar malakasini psixologik-pedagogik jihatdan oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini taʼlim dasturlariga hamda oʻquv jarayoniga joriy etish boʻyicha ilmiy-metodik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va koʻrgazmali qoʻllanmalar ishlab chiqish, nashr ettirish hamda IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik taʼminlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarni yuksak vatanparvarlik ruhida, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy kompleks ishlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda oʻquvchilarni aniq maqsadni koʻzlagan holda kasbga yoʻnaltirish va Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tayyorlash, ularda IIV akademik litseyidagi oʻqitish yoʻnalishlariga muvofiq kiritilgan maxsus fanlar boʻyicha kasbiy mahorat va koʻnikmalarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylarining faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishgan holda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlariga muvofiq IIV akademik litseylarining oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish, oʻqitishning zamonaviy shakl va usullarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, oʻquvchilarga global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xizmatiga yoʻnaltirilgan mavzudagi mashgʻulotlarni oʻtkazishda zarur yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlarning IIV akademik litseylari oʻquvchilarini Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlashdagi roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek bevosita ishtirokini taʼminlash;
(37-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishgacha dastlabki tayyorlash dasturini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylariga oʻqishga qabul qilish komissiyalari faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va IIV akademik litseylari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplomlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi IIV akademik litseylarining oʻquv-metodik jarayonini muvofiqlashtirishni hamda ularga amaliy jihatdan va axborot resurslari orqali koʻmaklashishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. IIV akademik litseyi faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va IIV akademik litseyining ustavidagi vazifalariga muvofiq boʻlgan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. IIV akademik litseylari moliyaviy mablagʻlardan qonun hujjatlariga hamda oʻzining ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. IIV akademik litseylarining mol-mulki asosiy fondlar, aylanma mablagʻlar, moliyaviy resurslar va akademik litseyning mustaqil balansida aks etgan boshqa moddiy qiymatliklardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. IIV akademik litseyining oʻquv, laboratoriya xonalari va boshqa obyektlarini jihozlash davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi jarayonini moddiy-texnik taʼminlashning namunaviy normativlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. IIV akademik litseyi oʻquvchilari akademik litseylarining mavjud yotoqxonasidan qonun hujjatlarida belgilangan umumiy talablar asosida foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. IIV akademik litseyi oʻquvchilari taʼlim olish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda taʼlim muassasasining oʻziga xosligini aks ettiruvchi ramziy belgilari mavjud boʻlgan namunadagi kiyimda yuradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. IIV akademik litseyining maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari va oʻqituvchilariga akademik litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
451. Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan kafedra boshliqlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra oliy taʼlim muassasasining kafedra boshligʻi (mudiri)ga tenglashtiriladi
(451-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi 528-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. IIV akademik litseyi direktorining pul taʼminoti ichki ishlar organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va normalarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. IIV akademik litseyi belgilangan tartibda oʻz ishlari natijalarining tezkor buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. IIV akademik litseyida xoʻjalik va moliyaviy intizomga rioya etilishini nazorat qilish ichki ishlar organlarining vakolatli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. IIV akademik litseylarini tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3216-son qarori va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, umumtaʼlim muassasalarining 9-sinflarini tamomlagan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda nomzod deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda IIV akademik litseyi deb ataladi) tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. IIV akademik litseylariga qabul yilida umumtaʼlim muassasalarining 9-sinfini tamomlaganligi toʻgʻrisida shahodatnomaga ega boʻlgan, sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqli deb topilgan, dastlabki, maxsus-professional tanlov va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga IIV akademik litseylariga kirish uchun oʻquvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizli kvota ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari va Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiyaning qaror (bayonnoma)larida belgilangan IIV akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishning umumiy sonidan besh foizgacha qoʻshimcha kvota ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIVning akademik litseylariga oʻqishga qabul qilingan ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalarning namunali formali kiyim-boshi, oʻquv qurollari va oziq-ovqat taʼminoti bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qabul komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlar hamda viloyat IIB boshliqlari IIV akademik litseyi qabul komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining yuqori malakali va tajribali katta ofitserlari komissiya raisi oʻrinbosarlari etib belgilanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi tarkibiga IIV akademik litseyi direktori, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hududiy boshqarmalari va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hududiy Kengashidan bir nafardan aʼzo kiritiladi. IIV akademik litseyi direktori komissiya kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus-professional tanlov boʻyicha imtihonlarga qabul komissiyasi tarkibiga qoʻshimcha ravishda tor doiradagi mutaxassislar ham jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. IIV akademik litseylari oʻquvchilari kontingentini sifatli va maqsadli butlash uchun quyidagilarni oʻz ichiga oladigan bosqichma-bosqich kompleks tanlov amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tanlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus-professional tanlov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dastlabki tanlov IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganishni, tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazishni, nomzodning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganishni, yakka tartibdagi dastlabki suhbat oʻtkazishni, dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini va tanlov natijalarini oʻrganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qoʻyish masalasini hal etishni oʻz ichiga oladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 374-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/374/3094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus-professional tanlov nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini, umumjismoniy tayyorgarligini aniqlash boʻyicha sinov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish hamda ularni test sinovlariga qoʻyish masalasini hal etishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar bilan yakuniy suhbat oʻzbek, qoraqalpoq va rus tilida yakka tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qabul komissiyasiga test sinovlarini oʻtkazish uchun quyidagilar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus-professional tanlov natijalari asosida test sinovlariga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovlari natijalari boʻyicha IIV akademik litseylariga birinchi bosqichga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish roʻyxatini tayyorlash va buyruqqa kiritish uchun hududlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda viloyatlar IIBlariga taqdim etish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni qabul qilish natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash (qabul komissiyasi bayonnomalari, IIV akademik litseylari birinchi bosqichiga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlar roʻyxati, test sinovlari natijalari boʻyicha umumiy roʻyxat) va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosadigan shaxslarning IIV akademik litseylariga oʻqishga qabul qilish masalalari boʻyicha shikoyatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nomzodlarni oʻqishga qabul qilish tanlov yoʻli bilan, teng huquqlilik va odillik prinsiplari asosida, qabul qilishning yagona tartibi va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomzodlarning oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalarni topshirish muddatlari va qabul komissiyasiga taqdim etiladigan zarur hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlari oʻqishga nomzodlarni xolisona va sifatli tanlab olish boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dastlabki tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish uchun murojaat qilgan nomzodlarning kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat olib borishi uchun sogʻligʻi va ruhiy mosligi, barqaror ichki eʼtiqodi, intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatni aniqlash dastlabki tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dastlabki tanlovda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseylariga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda dastlabki suhbat oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 374-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/374/3094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini va tanlov natijalarini oʻrganish hamda ularni maxsus-professional tanlovga qoʻyish masalasini hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganishda birlamchi vazifa hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rejali jamlash va tizimlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning ijtimoiy faolligi va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqishda va sport musobaqalarida erishgan natijalarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Dastlabki tanlovda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududiy jihatdan tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri nomiga ariza;
(16-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) belgilangan shakldagi soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻqish joyi va mahalla fuqarolar yigʻinidan tavsifnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari boʻlimlarida roʻyxatda turishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) fanlarni oʻzlashtirishi toʻgʻrisida oʻqish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 3 x 4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dastlabki va maxsus-professional tanlov talablariga javob beradigan, taʼlim muassasalariga test sinovlarisiz qabul qilinish huquqiga ega boʻlgan ayrim toifadagi nomzodlar qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli ixtisoslik fani boʻyicha xalqaro olimpiadalar va respublika fan olimpiadalarining respublika bosqichi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining belgilangan namunadagi guvohnomalari;
(17-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida belgilangan bolalarni akademik litseyiga tanlovdan tashqari qabul qilish toʻgʻrisida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining vafoti toʻgʻrisida xizmat tekshiruvi (maʼmuriy tekshiruv) xulosasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlim haqidagi guvohnoma nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171. Test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan chet tili va umumtaʼlim fanlari boʻyicha test sinovlarisiz maksimal ball olish uchun nomzodlar tomonidan qoʻshimcha ravishda quyidagi sertifikatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ingliz tilidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
International English Language Testing System (IELTS academic) boʻyicha 5 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test of English as a Foreign Language (TOEFL) boʻyicha IBT 42 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cambridge Assessment English PET boʻyicha B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy sertifikat B1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nemis tilidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Goethe-Zertifikat boʻyicha B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TestDaf boʻyicha B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deutsches Sprachdiplom boʻyicha B1.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fransuz tilidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplome dʼEtudes en Langue Francaise (DELF) boʻyicha B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test de Connaissance du Francais (TCF) boʻyicha B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha (ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tili) B1;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) umumtaʼlim fanlari boʻyicha C.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoki pasport, harbiy xizmatga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻgʻrisida guvohnoma, oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (17-bandda koʻrsatilgan nomzodlar toifasi uchun) asl nusxalari nomzodlar tomonidan qabul yilining 1-iyun kuniga qadar tegishli IIV akademik litseyining qabul komissiyasiga shaxsan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul yilining 1-iyun kunidan soʻng oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi nomzodlarning oʻqishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini qabul yilining 25-iyun kuniga qadar tegishli vazirlik va idoralar bilan koʻrib chiqilishi va Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasiga taqdim etadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nomzodlar bilan yakka tartibdagi dastlabki suhbat ularning yashash joyi hududidan kelib chiqib, tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan oʻtkaziladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi dastlabki suhbatda quyidagilar aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini, davlatni himoya qilish boʻyicha konstitutsiyaviy majburiyatlarini tushunishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori darajadagi hushyorlik hamda yot mafkura va huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
burchni his etishi, qatʼiyatligi, ishchanligi, mehnatsevarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlar (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlarida xizmatga munosabati va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xodimi kasbini tanlashining sabablari, asoslari va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yakka tartibdagi dastlabki suhbat natijasida quyidagi xulosalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomzodlarning individual-psixologik xususiyatlarini oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti tomonidan taqdim etiladigan metodikalar boʻyicha psixologik test sinovlari oʻtkaziladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Individual-psixologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Individual-psixologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra, tanlovdan oʻta olmagan nomzod tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nomzodning sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtkazishda asosiy vazifa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan tibbiy komissiya koʻrigidan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yakunlari boʻyicha nomzodga tibbiy maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzod tanlovning keyingi bosqichlariga qoʻyilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 374-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/374/3094-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. IIV akademik litseyiga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzoddan ariza olingandan soʻng, tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi tomonidan nomzodning belgilangan tartibda muomalaga layoqatliligi yoki muomala layoqati cheklanmaganligi, muqaddam sudlangan boʻlsa, sudlanganlik holati tugallanganligi yoki sudlanganlik holatining olib tashlanganligi va ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan boshqa talablar asosida oʻrganiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dastlabki tanlov yakuni boʻyicha nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi tomonidan oʻrganiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini oʻrganish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni oʻrganishda nomzod toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamentining Taʼlim jarayonini tashkil etish boshqarmasi tomonidan belgilanadigan muddatlarda tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildlarini oʻrganadi va natijasi yuzasidan maxsus-professional tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan nomzodlarning roʻyxati hamda har bir nomzod boʻyicha IIV akademik litseylarining qabul komissiyasiga umumlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etadi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Dastlabki tanlov natijalariga koʻra IIV akademik litseyiga kirishga tavsiya etilmagan nomzodlar maxsus-professional tanlovga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nomzodlarga quyidagi hollarda rad javobi beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganlik holati olib tashlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodga nisbatan jinoyat ishi, surishtiruv va dastlabki tergov ishlari yuritilganda, sudda jinoyat ishi koʻrib chiqilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyidan, ichki ishlar boʻlimlaridan salbiy tavsiyanomalar taqdim etilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasida saqlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maxsus-professional tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini anglaydigan, keng dunyoqarash va intellektual salohiyatga ega, yetakchilik sifatlari rivojlangan, jismoniy tayyorgarlikka ega, orfografik va punktuatsion savodxonlik boʻyicha talablarga javob beradigan nomzodlarni aniqlash maxsus-professional tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maxsus-professional tanlovning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus-professional tanlov natijalariga koʻra nomzodni test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasini hal etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. IIV akademik litseyida maxsus-professional tanlov tegishli viloyatlar IIB, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBBlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning Kadrlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha maxsus-professional tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan nomzodlar bilan oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nomzodlarning orfografik va punktuatsion savodxonlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan sinovda ulardan yozma ish (diktant) olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov qabul komissiyasi tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash boʻyicha sinov oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat qabul komissiyasi tomonidan nomzodning respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini anglashi, keng dunyoqarashga va intellektual salohiyatga egaligi, yetakchilik sifatlari rivojlanganligi, bilimi, aqliy qobiliyati va boshqa muhim kasbiy fazilatlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish tartibi, metodikasi va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nomzodlarning test sinovlarini topshirishga qoʻyish masalasi maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha uzil-kesil hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Test sinovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Test sinovlari belgilangan tartib asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlar test sinovlarini oʻzlarining tanlovi boʻyicha uchta: davlat tili, rus tili va qoraqalpoq tilining birida topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Test sinovlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli IIV akademik litseyi qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Nomzodlarga beriladigan imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. IIV akademik litseyiga Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, dastlabki va maxsus-professional tanlov natijalariga javob beradigan quyidagi nomzodlar test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslik fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalarda oxirgi uch yil (qabul yili va undan oldingi ikki yil), respublika fan olimpiadalarida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil), Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarning respublika bosqichida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida gʻolib boʻlgan nomzodlar;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari qabul kvotalaridan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashga munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida, test sinovlarisiz imtiyoz tartibida maxsus-professional tanlovda toʻplagan ballari boʻyicha ketma-ketlikda qabul qilinib, toʻplagan ballari teng boʻlib qolgan nomzodlar umumiy kvotadan tashqari qabul qilinadi.
(39-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi 466-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan besh foizli qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus-professional tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 529-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashgan maktab-internatining dastlabki tanlov natijalariga javob beradigan bitiruvchilari hamda Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi qarori, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasiga muvofiq ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar doimiy yashash manzili boʻyicha maxsus-professional tanlov va test sinovlarisiz imtiyoz asosida qabul qilinadi.
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391. Nizomning 171-bandida belgilangan darajadagi sertifikatlarga ega boʻlgan nomzodlarga test sinovlarining fanlar majmuasiga kiritilgan mos chet tili va fanlardan test sinovlarisiz maksimal ball beriladi.
(391-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-maydagi 239-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. IIV akademik litseylariga qabul Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan ichki ishlar organlarining ehtiyojini inobatga olgan holda belgilanadigan kvotalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nomzodlarni IIV akademik litseyining oʻquvchilari safiga qabul qilish test sinovi natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bir nechta nomzodning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan holatlarda ular IIV akademik litseylariga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Test sinovlari natijalariga asosan IIV akademik litseylarining qabul komissiyasi oʻqishga kirgan oʻquvchilar roʻyxatini tuzadi hamda birinchi bosqichga qabul qilish toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi va IIV akademik litseyi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Qabul komissiyasi bayonnomasi nomzodlarni IIV akademik litseyining oʻquvchilari safiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mazkur Nizomni qoʻllash bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2017-y., 09/17/767/0022-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 06.05.2019-y., 09/19/374/3094-son, 28.06.2019-y., 09/19/529/3346-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.07.2021-y., 09/21/466/0713-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 13.05.2026-y., 09/26/239/0481-son)